MYEN
Men – suluvni körmagan oşiq
va körmasdan ketişi ayon.
Ortingizdan yetolmayapman –
Siz halloslab borursiz qayon?
Men – sözini yöqotgan şoir,
Qayğularni sevuvçi dalli.
Piçirlasam ustimdan kulmang,
Berayapman özga tasalli…
Siz topingan sağir dunyoni
Asrab qoliş bilan maşğulman.
Mavlononing çoriğiman men,
Maşrab taşlab ketgan kaşkulman…
Men – Mansurning közidagi mung,
Men – Isoga atalgan xoçman.
Nahot meni tanimayapsiz,
Men öşaman, öşaman… qoçmang.
Sizni izlab kelganman axir,
Nega jimsiz yöqlaganimda.
Doimgidek xurram, befarqsiz,
Qarsak çalmang yiğlaganimda…
Yoningizdan besas ötyapman,
Tovonimdan qon sizar – çak, çak…
Ming yil meni bilmadi dunyo,
Yana ming yil sezmasa kerak…
SIZ BORSIZ…
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam,
Közingiz – behiştning darçasi.
Dunyoda bir sizni tanidim,
Notaniş barçasi-barçasi…
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam,
Sizsiz hayot – quduqning tubi.
Siz – mening oxirgi ilinjim,
Siz menga tangrining maktubi.
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam,
Tuğilgandan sizga zorman men.
Közimiz töqnaşsa Yer titrar,
Borman men, borman men, borman men!
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam,
Dunyoning köziga boqdim tik.
Qarşimda qaltirab turibdi,
Eng buyuk maqomdir – Oşiqlik!
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam,
Barçasiga könikdim unsiz.
Hajringiz şirindir umrimdan,
Visoldan gözaldir qayğungiz.
Yaxşiyam siz borsiz, yaxşiyam –
Tomirimda suzib yurgan Erk!
Demakki, Tangriga yaqinman,
Demakki, yaşayman Odamdek…
BIR MARTA…
Bir marta közimiz böldi röbarö –
Fasllar çalkaşib, aqldan ozdi.
Göyoki hayitlik olgan boladek
Bulutlar özini yöqotayozdi.
Nogahon tiriklik isini sezdim,
Men – qismat qölida tizilgan qarta.
Yulduzlar suyunçi oladi Arşdan,
Meni öylasangiz agar bir marta.
Toğlar termiladi çordana qurib,
Ularning taqdiri boğliqdir sizga.
Ming yilga uzaydi dunyoning umri,
Bir marta sevaman deganingizga.
Ummonlar çayqalib aytadi takbir,
Yetti qat kök bağri yoğduga töldi.
Oling, şu dunyoni men sizga berdim,
Labingiz bir marta entiksa böldi…
KUZAK
Mendek zerikkanga öxşaydi kuzak,
Musiça singari oğir xörsinar.
Soçlari közimga boğlangan Nargiz,
Sarğaygan boğimiz kelib körsinlar.
Xazonlar – oşiqlar qabristoniga
Umidini kömib, qaytar turnalar.
Samoda yuragim suratin çizib,
Sizning ismingizni aytar turnalar…
Bizni bu bekatda heç kim tanimas,
Hayot – men körişni istamagan tuş.
Bilaman qaydadir turibsiz ilhaq –
Soçingiz yelkandek yoyib faromuş.
Kimnidir, nenidir kutdim işonib,
Osmonga termilib ötdim terakday.
Xazon bölib hamki ketolmayapman,
Göyoki haliyam sizga kerakday…
Yaproqdek omonat tebranadi dil,
Tamaki tutatar yana ğolib kuz.
Dunyoni bir gözal rangga böyardim,
Afsus, sizdan oldin kuz keldi, afsus…
UMRIM
Umrimning qaysidir pillapoyasi
Uzilib tuşdimi uçdi qaboğim.
Balki bu uzlatga ketgan kulgimdir,
Anordek közlari yorigan ohim…
Yana soçingizni yoydingizmi, yor,
Bezgak tutgandayin titraydi tanim.
Mahşargaça bizga halovat yöqmi,
Umrimga tamğami – yetolmaganim…
Köçaga çiqaman başang kiyinib,
Uçraşuvga ilk bor çiqqan yigitdek.
Öttiz yetti yilki qaytaman noçor,
Egasini izlab topmagan itdek…
Zardobdek çakkillab tomadi umrim,
Har bir qatrasida – xurram tikanlar.
Şotutdek tökilib borar – bağriqon,
Meni işorasiz anglaydiganlar.
Muallaq yaşaşga könikib böldim,
Odamga öxşaşga qolmadi çora.
Şarafga kömilib borganim sari,
Egilib bormoqda boşim tobora.
Devorga suyanib ötarman endi,
Dunyoga suyaniş – bulutdek mubham.
Yerdek tebranaman qaboğim uçsa,
Yerdek oğirlaşib boryapti şubham…
Şuhrat Orif
1981-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida