Nodirning “Söz” dostonini qölimga berişganda, işxonada edim. Yangi doston hidini tuyib, quvonganimdanmi, darrov öqişga kirişdim. Lekin, uç bet öqidim-u, birdan töxtadim… satrlar yukini his etdim va alohida vaqt topib öqişim kerak ekan, degan qarorga keldim. Asl şeʼrni öqişning vaqti böladi-da, duç kelgan joyda öqib uvol qilmaslik kerak. Söng öşa vaqtni topib dostonni öqib çiqdim.
Avvalo, şuni aytişim kerakki, bu doston – çinakam ilhom mevasi. Unda bitta satr ham şunçaki yozilmagan. Har bir satrning öz örni va vazifasi bor. Har bir satrga şoirning köngli guvoh va hamroh. Şoir maʼno va mohiyatdan uzoqlaşib borayotgan dunyoning bugungi holini badiiy talqin etadi. Olamning tub maʼnosi – Söz. Sözsiz dunyo maʼnosiz dunyodir. Muqaddas Kitobda aytilgani kabi “Hamma narsaning avvali Söz edi”. Demak, oxiri ham Söz böladi.
Şoir olamga sayohatga çiqadi. Bu sayohatda unga Söz hamroh böladi. Maʼnoni topiş uçun maʼnoni his etiş kerak. Maʼno esa Söz edi. U dunyoni söz orqali taniydi, idrok etadi. Dostonning har bobi aniq timsollar va aniq maqsad bilan yozilgan. Sözlar ham quyilib kelgan, ramzlar ham. Voqealar, hodisalar, yuksak va tuban keçmişlar, sokin maromlar va talotöplar ramziy hikoyalarda maroq bilan tasvirlangan. Söz sirini anglaş, söz hikmatini topiş şoir uçun hayot mohiyatini anglaşday muhim. Nodir Jonuzoqning sözga muhabbati, sözga tavallosi bizni şu mohiyat sari undaydi.
Xalqimiz qasam içişni “Söz ber” degan iborada bekorga ifodalamagan. Bobolarimiz Nizomiy, Dehlaviy, Navoiylar öz asarlari ibtidosida söz vasfiga alohida örin berişlarida ham hikmat bor.
Nodirni bu doston bilan qutlayman. Doston bir nafasda, şiddat bilan yozilgan. Unda şoirning muhabbati va samimiyati har qadamda barq urib turadi.
Tirik sözga taşna oçunda
Maʼnosini topgan Söz qolar, – deydi şoir.
Mening tasavvurimda bu doston maʼnosini topgan yaxlit bir Söz kabi namoyon böldi. Şoirga hamroh bölgan şu Söz bilan şeʼrxonlar ham bir sayohatga çiqib körişsa, köp narsadan bahramand bölişardi.
Eşqobil Şukur,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

