Yoniq şeʼrlari bilan söz ixlosmandlarining könglidan joy olgan, bir neça körik-tanlovlarning ğolibi bölgan şoira Baxtiniso Mahmudova uzoq davom etgan oğir xastalikdan söng vafot etdi.
Baxtiniso Mahmudova Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumanida 1993-yil 31 oktyabrda tuğilgan. “Hovuçdagi yurak”, “Ufqqa yöl” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan. “Yurt kelajagi – 2015” iqtidorli yoşlar tanlovi ğolibasi bölgan. Şuningdek, 2017-yil Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan ötkazilgan tanlovda şeʼriyat yönalişi böyiça “Yilning eng yaxşi yoş ijodkori” sifatida eʼtirof etilgan. 2018-yil Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirok etib, ustoz şoirlarning nazariga tuşdi.
Baxtinisoning şeʼrlarida yoruğ Iztirob, Umid, Mehr va Muhabbat balqib turadi. Satrlari qatida könglining yoruğ tabassumi aks etardi. Eng asosiysi, köngil bitiklarining bari rost, bari samimiy edi.
Tahririyatimiz Baxtiniso Mahmudovaning oila aʼzolariga, barça yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Yaratgandan ularga sabr sörab qolamiz. Baxtinisoning oxirati obod bölsin!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


