341 marta körilgan

Men, axir, baxtning bir bölagi

Men, axir, baxtning bir bölagi

 * * *

Tomirim – muhabbat ildizi,

O, mening yuragim – közimda.

Gar senga yetolsam bir kuni,

Öşanda qaytaman özimga.

 

Ungaça şaklman bor-yöği,

Ungaça joni yöq soyaman.

Qalbimning toş erur bir yoği,

Bir yoği loy erur – toyaman.

 

Ungaça tafti yöq quyoşman,

Ungaça qayğuga qardoşman.

Senga ham yetarman, ungaça

Men aniq bardoşman, bardoşman…

 

Ungaça qiynalgay, ezilgay,

Yiğlagay közimning yuragi.

Men, axir, qayğuning butuni,

Men, axir, baxtning bir bölagi.

 

* * *

Balki yaxşi sözim unutding,

Unutgansan yomonlarin ham.

Mening yölim faqat sen tomon,

Köpdir balki tomonlaring ham.

 

Balki unutgansan işq rozing,

Balki sevdim demassan qaytib.

Balki menga himmat qilgansan,

Çarçagansan yolğonlar aytib.

 

Balki barin qismatdan bilib,

Unutmoqqa topding bardoşni.

Ammo bilmam, qanday unutding

Sen deb birov tökkan közyoşni.

* * *

Xaritalar hammasi bekor,

Yölğon qoğoz, böyoği bilan.

Yuragingning heç kim körmagan,

Gard yuqmagan bir yoği Vatan.

 

Çegaralar hammasi bekor,

Çegaralar hammasi kişan.

Otang har kun namoz öqigan,

Belboğining tört yoği Vatan.

 

Quçoğingga siğmagan toğlar

Yuragingga köçsa dafʼatan.

Közing yumsang, közingga siğib

Ketgan ne bor – hammasi Vatan.

 

Körganlaring, körmaganlaring,

Tuyganlaring – hammasi Vatan.

Suyganlaring, suymaganlaring –

Hammalari, hammasi Vatan.

 

Gulrux Xudoyorova

1992-yili tuğilgan.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.  Respublika yoş ijodkorlarining “Isteʼdod maktabi” VIII seminari iştirokçisi.

“Sen haqingda söz aytsam” şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.