Şunday ijodkorlar böladiki, bir umr faqat hayrat bilan boqib ötasan kişi. Yaratgan ularga taqdim etgan köngilga va isteʼdodga havasing keladi. Asqar Mahkam ana şunday ijodkorlardan edi.
1958-yili 27 noyabrda Tojikistonning Kofarnihon tumanida tuğilgan şoir ijodining kamoloti Toşkent şahri bilan boğlandi. U Xöjand davlat pedagogika institutini tamomlagaç, maktabda öqituvçi bölib işladi. Söng Toşkentga kelib, turli muassasalarda mehnat qildi.
Şoirning turli yillarda “Tazarru” (1982), “Navröz” (1988), “Ibodat” (1993), “Tavajjuh”, “Işq” (1994), “Haq” (1998), “Analhaq”, “Tabriz daftari”, “Oqkitob” (2003) kabi kitoblari naşr etildi. Uning tarjimonlik mahorati “Avesto”, Xoja Abdulloh Ansoriyning “Kaşf ul-asror” (Qurʼoni karimning adabiy-irfoniy tafsiri), Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviy masnaviy” (1- va 2-daftar), Şams Tabriziyning ğazallari hamda Eron şoirlari şeʼrlaridan qilgan tarjimalarida yaqqol namoyon böldi.
Asqar Mahkam 2007-yil 6 martda Toşkent şahrida vafot etdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


