54 daqiqada öqiladi

1 955 marta körilgan

Afandining yöriği

Afandining yöriği

(Esse)

Topqirlik

Özbek xalqining sevimli qahramoni Xöja Nasriddin afandining fazilatlari köp. Bu qahramonning öta bilağonligi, topqirligi, sözamolligi, epçilligi, sofdilligi, odilligi, dadilligi, mardligi, tantiligi tillarda doston! Janobi Afandi nafaqat özbek, usmonli turk, ozarbayjon, qozoq, turkman, qirğiz, qoraqalpoq, tatar, boşqird, uyğur va boşqa turkiy xalqlar, balki fors, tojik, yunon, arab, bolgar, serb va boşqa turkiy bölmagan xalqlarda ham yaşovçanu kuraşçan qahramon hisoblanadi. Afandiga xos fazilatlardan biri, hatto birlamçisi – bu, şak-şubhasiz, topqirlikdir. Çunki afandi latifasi öz tabiatiga köra topqirlikning eng yorqin körinişi, yaqqol namoyişidir. “Bilgan topib gapirar, bilmagan – qopib” deganlaridek, Afandiçalik mos sözni topib gapiriş, işning közini topib qiliş çinakam sanʼat hisoblanadi. Har qanday sohada yangi ğoyani topiş, kaşfiyot qiliş eng qiyin hamda eng qadrli iş sanaladi. Xöja Nasriddinning latifalarini öqigan yo eşitgan odamning yuziga kulgi taralib, Afandining topqirligiga “E, qoyil!” deb tan berişi bejiz emas. Keyingi yetmiş yetti yil mobaynida afandi latifalari özimizda jami töqqiz marotaba naşr etilgan bölib, şulardan yettinçisi va eng tölasi – 1990-yili çop etilgan “Afandi latifalari” töplamiga ajoyib olim Bahodir Sarimsoqov yozgan muxtasar sözboşi “Hamişa hozirjavob janr” deb atalgan. Latifaga berilgan eng qisqa taʼrif bu! Kamina latifaga “Hamişa topqir janr” deya taʼrif berişni istardim. Sababi, hozirjavob sözi izohli luğatda “berilgan savolga, luqmaga darrov, köp öylamasdan javob bera oladigan, kerakli söz va gapni darrov topa biladigan” deya şarhlangan. Töğri, Afandi hozirjavob, yaʼni gap-sözga usta, lekin u iş-amalga ham usta-da. Afandi aravani quruq olib qoçmaydi, balki amalda körsatadi, yaʼni faqat gapni emas, işni ham qoyil qiladi. Xöja Nasriddin afandidek jahon adabiyotidagi benazir qahramonni yaratgan topqir-topağon-topaloq-toparman xalq “Topdim! (Evrika!)” deya xitob qilsa arziydi. Yaratgan yarlaqagan qaysi xalq yaratgan ekan bunday jahongaşta elçi qahramonni, deysizmi? Öylaşimça, bu avliyosifat zotni bir emas, köp (öttizdan ortiq) turkiy xalqlar köplaşib-kömaklaşib yaratgan!

Töğri, xalq oğzaki ijodining söz öyiniga asoslangan aytişuv, lapar va askiya kabi boşqa ommabop janrlari bilan yozma adabiyotdagi bahri bayt va badia, xullas, tom maʼnodagi badiha (improvizatsiya) öz tabiatiga köra topqirligu hozirjavoblik demak! Lekin bu janrlardagi hozirjavoblikni latifalardagi topqirlikka taqqoslab bölmaydi. Bordiyu taqqoslansa, yutuq, söz yöq, latifada ketadi. Özbek xalqining özingiz xohlagan latifasini olib, uning vaznini – latifa zamiridagi badiiyat “yuki”ni salmoqlab qarasangiz, bunga töla işonç hosil qilasiz.

Mana, “Afandi latifalari”1 kitobida keltirilgan “Durustroq odam topilmadimi?” nomli eng ixçam va eng hikmatli latifalardan biri: yonqöşni jon qöşnisi töyiga taklifnomani bir boyga oborib berişni Afandidan iltimos qilgan ekan, boy taklifnomani ola turib nopisandlik bilan şunday kesatiq qilibdi: “Taklifnoma olib keliş uçun sendan köra durustroq odam topilmadimi?” Bunday qitmirona savolga har kim öz feʼliga yaraşa javob qiladi, albatta. Lekin Afandining hozirjavobligi barçasidan bir bahya balandroq turadi: “Durustroq odamlar ham bor edi-yu, ammo ular durustroq odamlarnikiga xat olib ketdilar”. Şu birgina latifaga olam-olam hikmat yöğrilgan. Birinçidan, “Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib”, “Yomonlikni yaxşilik bilan yeng”, “Egilganga egilgin boşing yerga tekkunça, kekkayganga kekkaygin boşing kökka yetgunça” kabi xalqona hikmatlar. Ikkinçidan, beş kunlik dunyoda özining omonat boyligiga işonib takabburlikka berilgan va özgalarga tahqir nazari bilan qaraşga yomon örgangan kimsani insofga keltirib, insoniylikka daʼvat etişning afandilarça töğri va samarali usuli. Uçinçidan, boyning kesatiğiga mos kesatiq bilan javob bera oliş mahorati, yaʼni raqobatda özib çiqiş malakasi. Törtinçidan, Afandining qora xalq bilan davlat kişilari orasidagi elçilik-vositaçilik yumuşi, yaʼni ular orasida tinçlik-totuvlikni, teng haq-huquqlilikni, adolatni taʼminlaşi va hokazo.

Adabiyot ilmida şunday bir hikmatli gap bor: “Hikoya detal bilan tirik”. Olamdagi eng qisqa va eng gözal hikoya bölmiş latifaning ham joni detalda, albatta. Keltirilgan latifadagi detallar – “qöşni”, “töy”, “taklifnoma”, “boy” va bu detallarning markazida ularni birlaştirib turgan boş qahramon Afandi. Öylab qarasangiz, har bir detal orqali köp fikrlar uqtirilyapti. Nega Afandining qöşnisi? Nega qöşni boyni töyga taklif qilmoqçi? Nega qöşni taklifnomani özi eltmay, aynan Afandidan iltimos qildi? Nega Afandi elçilikka rozi böldi? Nega boy norozi böldi?.. Bu savollarga har kim öz bilimi, dunyoqaraşi, hayotiy tajribasi, maʼnaviyatiga mos holda javob topadi, albatta. Boyning Afandiga aytgan kesatiği tagzaminida ham bir qança fikrlar bor. Jumladan, “Sendek anoyi mendek obröli boyga elçilikka mos emassan”, “Sendek anqovni sovğa-salomsiz yöllaganiga qaraganda töy özingga öxşagan yalangoyoqnikida bölayapti-da”, “Sen yalangoyoqlarga töyni kim qöyibdi?” kabi taʼna-malomat yotibdi. Boyu kambağal bilan qanday muomala qilişni yaxşi biladigan ruhşunos Afandi tagzamini yana-da pişiq, asosiysi, haq-rost gaplarni aytadi, albatta: “Men anoyi emasman, haddingdan oşma, böyningni egib qöyişga qurbim yetadi”, “Sen köpam kekkayaverma, sendan boyroq, obröliroq odamlar ham bor, ular ham töyga taklif qilinyapti”, “Töyda hamma töyadi, töy – xalqniki, boy-kambağal, yoş-qari, erkak-ayol, bola-baqra… – köpga kelgan töy bu…” Umuman, söz sanʼati tagmaʼno bilan iş köradi. Lekin bu sanʼatning eng nodir va taʼsirçan şakli hisoblangan latifada, tabiiyki, tagmaʼno (tagdor imo-işora, quloq qoqiş, uçuruq…) nisbatan köproq böladi. Binobarin, afandining şu bir latifada topqirlik bilan aytgan gapining mağzini har kim har xil çaqadi.

Afandining topqirligi tasodif emas, qonuniyat! Boşqaça aytganda, Afandining çinakam afandiligi (bilgamişligi, sözga çeçanligi, quvligi, uddaburonligi…) ayni şu topqirlikda körinadi-bilinadi. Lekin topib aytilgan gap yo qilingan iş bir zumda öz-özidan paydo bölmaydi, balki oylar, yillar, hatto umr böyi miyada va qalbda obdon pişib yetilgan va ayni lahzada beixtiyor tilga köçgan eng töğri, eng adolatli, eng kulgili gap yo amalga oşgan iş böladi. Buni yana-da yaqqolroq his qiliş uçun “Qozon ham öladimi” latifasini öqib köraylik: Afandi mingboşiga qöşni ekan. Uyiga mehmonlar kelganida u boy qöşnisidan kattaroq qozon sörab çiqibdi. Mingboşi qozonini bera turib tayinlabdi: “Qozonimning oy-kuni yaqin edi, tuğib qolsa, bolasi bilan qaytarasiz-da, a, Afandi?..” Bunday tagdor imo-işora, quloq qoqişgina emas, oçiq-oşkor masxara-kalakaga javoban nima deyiş mumkin? Bu yerda endi şoşqaloqlik bilan hozirjavoblik ketmaydi! “Teşa tegmagan” tadbir qöllaş va işning közini biliş kerak! Şuning uçun Afandi itoatkorlik bilan “xöp” debgina qolmay, ertasiga katta qozonga özining kiçkina dekçasini qöşib olib çiqibdi: “Töğri aytgan ekansiz, taqsir, mana, qozoningiz tuğdi!”. Odatda Afandi raqibini ahmoq qilişdan avval özini ötaketgan ahmoq körsatadi. Afandidan bunday ahmoqona javobni kutmagan mingboşi dekçani olibgina qolmay, katta qozonini yana bir marta sörab çiqqanida qöşnisini tentak fahmlab tağin qozonining oy-kuni yaqinligini uqtiradi. Afandi tağin xöp deb oladi-yu, biroq bu gal, dekça qöşib qaytariş tugul, qozonning özini ham qaytarmay yuraveradi! Mingboşining “Nega qozonimni qaytarmaysan?” qabilidagi kutilgan savoliga javoban avvaldan öylangan va kutilmagan gapini aytadi: “Qozoningiz tuğolmay öldi!” Ana öşanda mingboşining “Qozon ham öladimi?!” degan köndalang savoliga yuzaki qaraganda hozirjavoblik namunasi bölgan, aslida, puxta öylab, dil törida obdon pişitilib, pinhon saqlangan gapini aytadi: “Qozonning tuğişiga inonib, bolasini olib qolasan-u, ölganiga inonmaysanmi?” Haqiqatan ham, qozon tuğişi mumkin emas, lekin ölişi, yaʼni, sinib qolişi – bu, albatta, mumkin! Foyda undiriş köyida şu oddiygina mantiqni nazar-pisand qilmagan kaltabin kimsa Afandining mantiqi oldida nima qiladi – taslim böladi-da!

Avvalgi latifadagi töy kabi, bu latifadagi qozon şunaqangi tagzamini teran detalki, uning tagida ham, içida ham, atrofida ham gap juda köp! Yodingizda bölsa, buyuk Ğafur Ğulomning “Şum bola” qissasida egasini rozi qilib pulini öğirlaydigan kissavurning ustomonligi qalamga olingan. Mingboşini rozi, yaʼni, taslim, mot qilgan holda uning doşqozoniga özining dekçasini ayriboşlaş… buning uçun odatda çinakam Afandining işbilarmonligiyu tadbirkorligi kerak böladi!

Öylab qarasangiz, bunday ayriboşlaş ötaketgan adolatsizlik, noinsoflarça aldam-quldam emas, aksinça, çinakam adolatni qaror toptirişdir. Agar latifadagi mingboşi – amaldorning, afandi – xalqning timsoli ekanini nazarda tutsangiz, anglaşiladiki, aslida, doşqozon – xalqqa, dekça – amaldorga tegişli bölişi kerak! Boşqaça aytganda, xalq amaldorga emas, aksinça, amaldor xalqqa xizmat qilişi lozim! Amaldor öziça “Qozonçida ixtiyor – qaydan quloq çiqarsa”, deb doşqozonga özbilarmonlik bilan egalik qilib, xalqning kunini dekçaga qoldirdimi, bunisi yetmagandek, ana öşa dekçaga ham köz tikdimi, bas, bunday nohaqlik-adolatsizlik-noinsoflikka çek qöyib, haqni qaror toptiriş uçun afandining topqirligi, ustomonligi, aql-zakovati va, nihoyat, şularning qonuniy hosilasi sifatidagi hozirjavobligi kerak! Eslatib ötiş örinliki, buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlari sakkiz xil maʼdan qotişmasidan tayyorlangan ulkan doşqozonni özi uçun emas, xalq uçun yasattirgan, şu bois ham u piri komili Ahmad Yassaviy şarafiga özi qurdirgan mahobatli maqbara içida – xalqning köz öngida barçaga ibrat bölib turibdi. Bu olamşumul doşqozonni ham özining tomorqasiga olib kelib, omboriga qulf-kalit qilib qöyişni istovçi kimsalar esa, keng jahon ayvonida hamişa köplab topiladi! Şuning uçun ham Sohibqiron bobomiz “Yöqsullarni boylarning zulmiga topşirib qöymang!” deya avlodlarga vasiyat qilgan!

Buyuk Ğafur Ğulomning afandilarça topqirlik bilan mirzasiga aytib yozdirgan kattakon latifasi – özbek adabiyotidagi eng gözal hikoya “Mening öğrigina bolam” yodingizdami? Bu hikoyada ham qozon detali keltirilgan. Uyda holsizlikdan sulayib yotgan kampir tom boşida ötirgan öğriga “Qutluğ uydan quruq ketasanmi endi, mening öğrigina bolam? Anavi qozonni olib ketsang-çi!” deganida öğri bu “Hotamtoyning onasi” desa degudek mehru saxovat sohibasining taklifini keskin rad qiladi. “Men öğri bölsam ham bu qadar insofsiz emasman, onaxon! Hali bu xonadonda ham ulkan doşqozonlar osiladigan payt keladi!” deya yoruğ kunlarga umid bilan qaraydi. Ana endi, oğizda “kambağalparvar davlat!” deya jar solingan ulkan saltanatdagi xalqning xizmatkori hisoblanuvçi amaldor devdek bir dumalab “xalq otasi”ga aylansa-çi? Bunday misli körilmagan evriliş va ötaketgan nohaqlikdan yuragi örtangan haqgöy esa, “xalq duşmani”ga çiqarilsa-çi?.. Mana şunday ham kulgili, ham fojiali holatlarni dil-dildan teran his qilgan kitobxongina bizga zamondoş bölib yaşagan buyuk mutafakkirimiz Abdulla Oripovning, masalan, şunday bir törtligini kulibgina emas, öylab, tagmaʼnoni anglab, şu bois yiğlab mutolaa qiladi: Kulma, kulma, nega kulasan Xijolat çekkanning holiga? /Nega qöl uzatding kambağalning /Öğrilardan qolgan moliga?!

Şöro tuzumidagi amaldor zotining oldiga köndalang qöyilgan çinakam afandilarça savol edi, aslida, bu törtlik!

Körinib turibdiki, latifa nasrgagina emas, şeʼriyatga ham, oğzaki adabiyotgagina emas, yozma adabiyotga ham mansub bölişi mumkin! U faqat hikoya emas, törtlik ham, kattaroq şeʼr ham, masal ham, hattoki maqolmi-mataldek birgina hikmatli gap ham böla oladi! Şunday latifasifat “qanotli” gaplardan biri, masalan, buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoga tegişli: “Agar menki kofir ölsam, bu olamda musulmon yöq!” Özini kofirlikda ayblagan kaltabinlarga şayxurrais bergan çinakam afandilarça javob – hozirjavoblikning eng yorqin namunalaridan biri bu!

Keyingi paytlarda gazeta va jurnallarimizda jahon adabiyotidagi eng qisqa hikoyalar namunalari muntazam çop etib qelinmoqda. Hatto yaqinda “Drabbllar (Dunyoning eng kiçik hikoyalari)” deb atalgan kattakon töplam naşr etildi. Tabiiyki, “Drabbllar” nima ekan deya sözboşiga köz taşladim. Bu inglizça söz “parça”, “bölak” degan maʼnoni anglatar ekan. Rus tilidagi “drobleniye”, yaʼni, “bölaklaş”, “maydalaş” maʼnosidagi sözning özagi! Bu söz özbek tili uçun yangi söz bölsa bordir, lekin adabiy janrning nomi sifatida özbek adabiyoti uçun mutlaqo yangilik emas, deb öylayman! Çunki “qisqa hikoya” tilimizda “latifa”, latifaning eng köp şov-şuv qözğagan şakli esa, “hangoma” deb ataladi. Yuqorida tilga olingan “Afandi latifalari” töplami sözboşisida nuktadon olim Bahodir Sarimsoqov özbek yozma adabiyotidagi latifanavislik va latifaxonliklarning eng yorqin namunalari sifatida Avfiyning “Jome ul-hikoyot va davomeʼ ul-rivoyot”, Ubayd Zakoniyning “Risolayi dilkuşo”, Davlatşoh Samarqandiyning “Tazkirot uş-şuaro”, Zamaxşariyning “Rabeʼ ul-abror”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif” va Xondamirning “Makorim ul-axloq” kitoblarini tilga oladi. Bu bilan latifa janrining özbek xalq oğzaki ijodidagina emas, yozma adabiyotda ham naqadar çuqur ildizlarga ega ekanini uqtiradi. Sözboşida alohida tilga olinmagan Otoyi va Lutfiy şeʼriyatidagi “Mana, çinakam lutf-latifa!” deya körmas-körolmas közlarga ham nuqib körsatsa böladigan şohbaytlarni-ku, qöyaverasiz – bu alohida mavzu! Mazkur sözboşida muazzam Şarq adabiyotşunosligining nazariy masalalarini ham puxta biladigan olim latifa janrining şunday lönda taʼrifini beradi: “Latifa xalqning aql-zakovatini, mehr va nafratini, kulgisi va piçingini lönda, zaminida nazokat yotuvçi soddalik bilan dialog şaklida ifodalovçi bir epizodli asardir”. Yaʼni, latifa kiçik hikoya demakdir. Bu olamda latifadan qisqaroq hikoya yöq! Ayni çoğda, u bölak emas, butun asar, tölaqonli asarning parçasi emas, ana öşa tölaqonli badiiy asarning özidir! Binobarin, “drabbl” söziga nisbatan “latifa” sözi hodisaning mohiyatini aniqroq ifodalay oladi. Agar asar latifa janri talablariga javob bera olsa, albatta. Har qalay, adabiyotşunoslik ilmi latifa, hangoma, qatra, lavha, mansura, qayirma, mana endi, drabbl kabi bir-biriga ança yaqin janrlarning içki tabiati, muştarak va farqli jihatlari, bu janrlar örtasidagi öta nozik çegaralarni aniqlaştirib olişi kerakka öxşaydi.

Odatda hamma latifalar ham hangoma bölavermaydi. Latifaning hangomaga aylanişi uçun u jamiyatda sezilarli şov-şuv qözğab, oğizdan oğizga, tillardan tillarga köçib yurişi kerak. Masalan, bundan roppa-rosa bir asr muqaddam şunday bir purmaʼno-purhikmat törtlik öz zamonining eng zör latifalaridan biri oğizdan oğizga köçib bizning zamonamizga qadar yetib kelgan: “Hangoma talab bölsang, mahkamaga yörta kör, Uç eçkini bir löli afsun ila öynatur!” Laqabi “löli” bölgan bir amaldor – tarixiy şaxsning laqablari “eçki” bölgan uç amaldor – uç tarixiy şaxs bilan tarixiy ahamiyatga molik munosabatlari tilga olingan eng qiziq latifa, eng qisqa şeʼr, eng maşhur hangomalardan biri bu! Abdulla Oripov va Erkin Vohidovning şeʼriy hangomalari, yaʼni, özbekona hazil-mutoyibaga yöğrilgan maşhur şeʼrlarini kim bilmaydi deysiz! Tilimizda “nomalar, hangomalar” degan purhikmat ibora bor. “Yozma adabiyot va oğzaki adabiyot” degani, aslida şu! Boşqaça aytganda, “noma” – xatga tuşirilgan latifa, “hangoma” – oğzaki aytiladigan latifa demakdir. Nomaning hangomaga aylanişi oson emas! Adabiyotimizda ham noma, ham hangoma, ham masal, ham maqol, ham matal, ham maʼjoz…, qöying-çi, ham yozma, ham oğzaki adabiyotning eng beqiyos namunasi buyuk mutafakkirimiz Alişer Navoiyning “Lison ut-tayr” falsafiy dostonidan keyin mavlono Muhammadşarif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari hisoblanadi. Aytiş mumkinki, özbek tilidagi söz sanʼatida bu asardan yirikroq latifa yöq! Muqimiy va Avaz Ötar hajviyalari, Zavqiyning “Ahli rasta hajvi” şeʼridek durdona asarlar ham latiflik-latifalik bobida “Zarbulmasal” asari bilan böylaşolmaydi. Zotan, muallifga zamondoş bölgan tarixiy şaxslar hayoti haqqoniy, kulgili va heç kim tirğalolmaydigan darajadagi yuksak badiiyat bilan yoritilgan, şu bois öz davrida beqiyos şov-şuv qözğagan boşqa asar yöq! Agar bor bölsa, u, avvalo, buyuk Abdulla Qodiriyning öz tabiatiga köra afandi latifalariga hamohang “Toşpölat tajang nima deydi?”, “Kalvak maxzumning xotira daftaridan” singari kiçik nasriy asarlaridir.

Buyuk Ğafur Ğulomning butun ijodiy faoliyati mobaynida yaratgan hikoyalari va ayniqsa, “Şum bola” qissasida muallifning tabiatidagi öyçanlik bilan topqirlik hozirjavoblikdan ming karra ustunroqligini aniq-ravşan körsatib turibdi. Bu asarlarning qariyb barçasi Afandi latifalari asosida, ayrim latifalarning mağzini çaqiş va ularga ijodiy yondaşiş asnosida dunyoga kelgan! Agar öxşatiş örinli bölsa, tarixnavis adib Mirkarim Osim özining gözal tarixiy hikoyalari va qissalarini tarixiy şaxslar haqidagi mavjud afsona-rivoyatlar asosida yaratganidek, Ğafur Ğulom nafaqat “Afandi ölmaydigan böldi” bilan “Afandi va şayton alayhi laʼna” hikoyalari, hattoki “Hasan Kayfiy”, “Hiylayi şarʼiy”dek bir qaraşda afandi latifalaridan yiroqdek tuyuluvçi asarlarini ham latifalarga tayanib yaratgan! Bu holni yana bir mohir novellistimiz Abdulla Qahhor hikoyalarida ham yaqqol körişimiz mumkin. Masalan, Abdulla Qahhorning eng maşhur “Öğri” hikoyasini Afandining bir latifasiga qiyosiy tahlil qilib qarasangiz, bunga özingiz ham amin bölasiz. Mana, öşa “SAVOLGA YARAŞA JAVOB” deb nomlangan latifa: “Afandi eşak öğirlatganini eşitib, uzoq-yaqindan oşna-oğayinlari kelib köngil söraşdi… Ularga oş-suv qilgani uçun Afandining eşak narxidan ön hissa ortiqroq puli ketdi. Bu ham yetmagandek bir ezma oğaynisi kelib, Afandiga har turli savollar bera boşladi: – Afandim, eşagingizni bir kişi öğirladimi, köpçilikmi? Eşakni minib ketdimi, yetaklab ketdimi? Eşak ostonadan çiqişda öng oyoği bilan yurib çiqdimi, çap oyoği bilan çiqdimi?.. Afandi javob berdi: – Yanagi safar eşak öğirlatadigan bölsam, sizni aytib kelaman, hammasini öz közingiz bilan körasiz”. Bu latifa şuning uçun ham “Savolga yaraşa javob” deb atalganki, savol qançalik tuturuqsiz va ğaşga tegadigan bölsa, javob ham şunga yaraşa mantiqsiz va kulgi qözğaydigan. Axir, öğri şuning uçun ham öğriki, u ömarayotgan mulkning egasiga özining qorasiniyam körsatmaydi-da. (Hattoki “Mening öğrigina bolam” hikoyasi qahramoni ham kampirga öz ovozini eşittiradi-yu, qorasini körsatmaydi – qörqqanidan emas, uyalganidan!) Binobarin, öğri eşakni minib ketdimi, yetaklab ketdimi, eşak uyidan qay oyoği bilan çiqdi, Afandi buni bilmasligi aniq! Bilmasligini biliş uçun ham katta aql kerak emas! Bila turib tuturiqsiz savollar bilan yongan yurakka battar öt yoqiş-da bu! Öt yoqarning öziga öt yoqib, uni kulib yengiş hamişa topqir-hozirjavob afandiga xos!.. Mana şu, aslida, oşna-oğaynilar örtasidagi birmunça yengil hazil-mutoyiba, “Eşagidan töqimi qimmat” degan purhikmat maqolga asos bölib xizmat qilgan latifalardan biriga Abdulla Qahhor çinakam söz sanʼatkori sifatida ijodiy yondaşadi. Adibning “Öğri” hikoyasi mazmunini bu yerda eslatişga hojat yöq. Unda hazilkaş Afandining örnida beçora Qobil bobo, eşakning örnida hökiz, oşnaning örnida ellikboşi! Savollar ham oşnaning savollaridan beş battar tuturiqsiz va kalakaomuz: “Öğri yetaklasa ketaveradigan qanday hökiz edi u? Yetaklaganga ergaşib ketaverma deb tayinlab qöyilmagan ekan-da, a?..” Sezilib turibdiki, buyuk adib latifadagi yengil kulgini aççiq zaharxandaga, oşna-oğaynining şaxsiy munosabatlarini ijtimoiy hodisaga, yaʼni, yumorni satiraga aylantirgan. “Öğri öğri emas, boşingga muşkul iş tuşganida kömak berişning örniga, aksinça, qaroqçidek öğridan qolgan-qutganini ham talon-toroj qiladigan manavilar öğri!” deya öquvçiga baayni nuqib körsatadi. Bu bilan mohir yozuvçi latifaga ijodiy yondaşişning ibratli namunasini namoyiş qiladi. Adib qalamiga mansub yirik nasriy asarlarning eng gözali – “Ötmişdan ertaklar” qissasidagi har bir hikoya ham “Öğri” hikoyasidan, demakki, içakuzdi latifadan qolişmaydi. Xullas, Ğafur Ğulom va Abdulla Qahhor hikoyalarining favqulodda zavq-şavq bilan qayta-qayta öqilişiga boş sabab ularning latifaga eng yaqin asar, tom maʼnodagi hikoyalar ekanidadir.

Odatda latifanavislik bilan latifaxonlikning oldiga ötib bölmas tösiq qöyiş mumkin, albatta. Lekin latifagöylikni heç qaçon heç bir kuç taqiqlab-töxtatib qololmagan. Ğafur Ğulom va Abdulla Qahhorning unça-munça latifadan qolişmaydigan “qanotli” gaplari adabiy jamoatçilik orasida oğizdan oğizga ötib yurgani barçaga maʼlum. Hattoki başariyat tarixidagi eng mustabid şöro tuzumida ham xalq oğzaki ijodining eng gullab-yaşnagan turi latifagöylik, ayniqsa, siyosiy latifagöylik bölgani köpçilikka ayon. “Yangisidan eşitaylik!”, “Yangisidan bor!” qabilidagi xitoblar zamirida doston, ertak, qöşiq, hikoya, maqol-matallar emas, aynan latifa nazarda tutilişi bejizmi, axir! Bu hol Afandi latifalarining va latifagöylikning, xuddi Afandining özidek, naqadar ölmas va yaşovçanligini ayon körsatib turibdi. Keyingi yillarda adabiyotimizda Alişer Navoiy davrida keng quloç otgan latifanavislik anʼanasi qayta jonlanmoqda. Şu örinda bir paytlar “Yoşlik devoni” bilan mumtoz adabiyotimizdagi ğazal janriga yangi nafas baxş etgan ajoyib şoirimiz Erkin Vohidov bilan bu zukko, çinakam afanditabiat adibning munosib izdoşlaridan biri Şodmon Otabek nomini yana bir karra tilga olişni istar edik. Erkin Vohidovning “Donişqişloq latifalari” şeʼriy turkumi bilan Şodmon Otabekning “Dörmon hangomalari” nasriy töplami qayta-qayta naşr etilayotgani heç kimga sir emas. Agar sir bölsa, bu sir har ikki adibning afandilarça topqirlik-hozirjavoblik namunalarini amalda namoyiş etib turgan latifanavislik mahoratidagina emas, ayniqsa, hozirgi yalpi kitobxonlik davrida xalqimizning latifaxonlik iştiyoqi latifagöylik havasidan ming karra kuçliroq ekanidadir.

Kamina “Teşa tegmagan bir söz yoxud lutf-latifa qadri haqida” degan bir maqola 1997-yilning 13 iyulida haftalikda eʼlon qilinib, unda, jumladan, “Donişqişloq latifalari” bilan “Dörmon hangomalari”ning ilk naşrlari qizğin olqişlangan edi. Bugungi kunda afandilarça topqirlik-hozirjavoblikning yorqin namunalari bölgan har ikki latifalar töplamlari xalqimizning eng sevimli kitoblari qatoridan mustahkam örin egalladiki, ularni atrofliça tahlil qiliş uçun boşqa kattaroq maqola yozsa arziydi.

Modomiki, Afandi latifalari xalq ijodining eng yorqin va topqir janrlaridan biri ekan, u xalq ijodining boşqa janrlari bilan çambarças boğliq, albatta. Deylik, latifalarda ertak va rivoyatlarning öziga xos “xamirturuşi” bor. Masalan, “Xabarçi öğri” latifasini öqib köring: “Afandi bir kuni qirqta öğriga duç kelibdi. Öğrilar: “Yuring, Afandi, podşoning ördasiga öğirlikka boramiz, siz ördadan xabar olib çiqadigan bölasiz”, – deyişibdi. Afandi: “Böpti, men oldin kirib qorovulini öldirib çiqaman”, – deb kirib ketibdi. Tomdan asta-sekin borayotgan vaqtda xazinaning tuynugidan tuşib ketibdi. Xazina içida aylanib yurib, köziga bolalar çaladigan qöşnay körinib qolibdi. Afandi nayni olib çalib yuboribdi. Podşoning yasovullari uyğonib qolib quloq solişsa, xazina içidan qöşnay tovuşi çiqayotgan emiş. Sekingina borib Afandini uşlab olişibdi. Qirqta öğri ham qölga tuşibdi. Ularni söroq qilgani podşoning oldiga olib borişibdi. Podşo Afandidan: “Nima uçun şunday iş qilding?” – deb sörabdi. Afandi: “Ey, podşohim! Sizning ördangizga qirq öğri kirayotgan ekan, sizga xabar qilgani qöşnayni çaldim-da”, – debdi. Sizga bu latifa “Uç oğa-ini botirlar” ertagini eslatmayaptimi? Esingizda bölsa, ertakda tönğiç botir ajdarhoni (jaholat timsoli), örtança botir arslonni (nafs timsoli), kenja botir esa, qirq qaroqçini (insoniy illatlar timsoli) yengadi. Yana şunisi borki, ertakda ham kenja botir podşoh saroyiga qaroqçilardan avvalroq kirib olib, söng birin-ketin kirgan öğrilarni qiliçdan ötkazadi. Bu jasorati va xizmati uçun podşoh uç qizini uç aka-ukaga beradi-da, kenja botir taxt vorisiga aylanadi. Qirq öğrini boplab tuzoqqa tuşiriş – mana buni topqirlik – topib qöllangan tadbirkorlik desa böladi. Aytiş mumkinki, Afandining yöriği, yaʼni tutgan yöli har jihatdan ibratli: birinçidan, öğrilarning taklifiga “yöq, men öğrilik qilmayman” deb norozi bölmaydi, sababi, öğirlik sirlaridan xabardor bölgan “şerik”ni tirik qoldirmasliklarini yaxşi bilgan. Ikkinçidan, “duşmanning içida böl” deganlaridek, Afandi duşmanning içida bölib, uni içdan qöpormoqçi. Hamma zamon va makonlardagi uruşlarda köpinça duşmanning sir-asrorini bilgan tomon yutib çiqqan-da. Uçinçidan, öğrilarning köziça Afandi saroyga ayğoqçi, yaʼni öğrilarni xatardan ogohlantiruvçi sifatida yaşirinça kiryapti, aslida esa, saroydagilarni öğrilar xataridan ogohlantirmoqçi. Törtinçidan, töppa-töğri saroy yasovullariga borib xabar qilsa, özi ham öğrilarga şerik sifatida jazolanişi mumkin. Şuning uçun Afandi xazina içiga tuşgaç, yaʼni murod-maqsad manziliga yetgaç, saroy ahliga xabar beryaptiki, bu bilan asl maqsadi xazinani ömariş emas, balki haqiqatan ham, öğrilarni tutib beriş ekanini bildirmoqçi. Beşinçidan, latifa podşoning söroğiga Afandining javobi bilan taqqa tugagan. Na podşoning, na öğrilarning bölgan voqeaga munosabatlari bildirilmagan, yaʼni qissadan hissa çiqarilmagan. Bu, albatta, latifaga xos eng muhim xususiyatlardan biri – muammoning yeçimi berilgaç, uni qanday yöyiş öquvçi va tinglovçiga havola. Masalan, podşoning qançalik oqil yo johilligiga qarab Afandi siylanadi yo qiynaladi. Öğrilar ham Afandiga eʼtiroz bildirişolmaydi, sababi, u “nima qilay, xazinaning içiga ağanab tuşib qamalib qoldim, şuning uçun sizlarni yordamga çaqirdim, qölga tuşgaç esa, podşoning jazosidan qutuliş uçun sizlarni sotişga majbur böldim, baribir sizlar jazodan qutulolmaysizlar-ku?!” deya özini oqlaşi mumkin-da… Qarang, qisqagina latifaga şunaqangi katta hayotiy haqiqatlar singdirilganki, qoyil qoladi kişi. Latifadagi bolalar çaladigan qöşnay xalq oğzaki ijodidagi töy, karnay-surnay, qozon-tovoq kabi yuqorida keltirilgan va keltirilmagan köpgina timsollardan biri bölib, uning zamirida ham teran maʼnolar bor. Qöşnay bolalarça soddadillik-beğarazlik-oqköngillik bilan sirni foş qiliş va haqni qaror toptiriş vositasi hisoblanadi. Maşhur rivoyatdagi Iskandarning şoxini körib qolgan sartaroşning bu sirni içiga siğdirolmay taşlandiq quduqqa aytgani, quduqdan bir qamiş ösib çiqqani, bir usta bu qamişdan nay yasab çalganida undan “Iskandarning şoxi bor” degan gap atrofga taralgani bejiz emas, albatta. Rivoyatda haqiqat ertadir-keçdir özini körsatadi, sir sirligiça qolib ketmaydi, qinğir işning qiyiği qirq yildan keyin ham çiqadi, degan maʼno sanʼatkorona ifodalangan. Lekin Afandining qöşnayi töğrisözlik-haqgöylikning mazkur rivoyatdagi nayga nisbatan ikki karra kuçliroq timsolidir. Zotan, unda kattalarga, yaʼni, rivoyatdagi sartaroşga öxşab sir saqlaşdan asar ham yöq. Unda bolalarça oqköngillik-beğarazlik bilan afandilarça topqirlik uyğunlaşgan holda öziga xos tarzda tantana qiladi. Yana bir maşhur rivoyatdagi Şiroqning yolğiz özi butun boşli eron qöşinini boplab tuzoqqa tuşirgani, şu maqsadda quloq-burnini kesib bosqinçiga peşvoz çiqqani yodingizdadir? Yuqorida aytganimizdek, ertakdagi Kenja botir bilan romandagi Otabek yovlarni öldirib, aktiv harakat qilgan bölsalar, bu rivoyatda Şiroq özini qurbon qilib, şahidlik yölini tutmoqda, yaʼni, aytiş mumkinki, passiv harakat qilmoqda. Nima bölganda ham, Şiroq el-yurtini bosqinçilardan qörigan xalq qahramoni, Afandiga xos topqirlik qilgan qahramon, aldanganlarini tuşungan bosqinçilar Şiroqni tilka-pora qilsalar-da, u xalq yodida hamişa barhayot qahramon, albatta. Biroq çinakam Afandi ölmas qahramon, garçi uni öldirişga köp urinişlar bölsa-da, u har qanday qaltis vaziyatlardan omon-eson çiquvçi, yaşovçan qahramondir. Şu nuqtayi nazardan Xöja Nasriddin afandi boşqa har qanday adabiiy qahramonga nisbatan qahramonroq, çunki ularning barçasiga nisbatan topqirroq, pişiqroq, quvnoqroq, töğriroq, işbilarmonroq, oqköngilroq, yaşovçanroq, ölmasroq…

Xulosamiz şuki, Afandining topqirligiyu hozirjavobligi hamişa bor bölsin! Xalqda afandilar köpaysin! “Kuraşadi ikki tölqin, qarab turaymi?!” deya xitob qilgan edi buyuk afandilarimizdan biri Oybek. “Men endi jim qololmayman!” degan edi yana bir buyuk afandi. “Oxiridan yorlaqasin” deydi donişmand xalq. Ijodiy faoliyatini, özining haq eʼtiqodida sobitlikni afandilarça namoyiş qiliş barça yozuvçilarga nasib qilsin! Namoyiş mavridi kelib turganida ham, gapiriş şart bölgan paytda ham baliqdek jim turiş, ayniqsa, gapiriş-yoziş imkoniyatidan mosuvolik, yaʼni tilsizlik fojiasidan Tangrining özi saqlasin!.. Zero, islomiy aqidaga köra, kişi nohaqlikni körsa, qöl bilan qarşilik qilsin, yöqsa, til bilan qarşilik qilsin, heç bölmasa, dilida qarşilik qilsin, deyilişi bejiz emas. Eng quvnoq qahramonimizning aynan “Nasriddin afandi” deyilişi ham bejiz emas, albatta. “Nasriddin” sözining tub luğaviy maʼnosi “dinning nasri” demakdir. Ha, Afandi dinning eng birlamçi himoyaçisi, adolatparvar, insonparvar, tinçliksevar, taraqqiyparvar, qöyingçi, eng qutluğ insoniy fazilatlarni özida birlaştirgan, ong bilan qalbni din-diyonatga eş qilgan eng sevimli Qahramonimiz Afandi latifalari kulib-kuldirib-kuydirib adab beradi.

Töğrilik

Özbek xalqining “Uç oğa-ini botirlar”, “Zumrad bilan Qimmat”, “Ur, töqmoq” kabi hikmatga boy ertaklaridan biri “Töğri bilan Egri” deb ataladi. Bu ertakda töğrilik bilan egrilikning nimaligi badiiy vositalarda teran yoritiladi. Umuman, ertaklarda töğrilik va egrilik, yaxşilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, saxiylik va baxillik, işçanlik va yalqovlik kabi tuşunçalar hayotiy misollarda sodda va ravon tilda tasvirlanadi. Şuning uçun bobo-momo, ota-ona, aka-opalaridan ertak eşitib ösgan bola hayotda töğri yölni topib ulğayadi. Ertak eşitiş baxtidan mahrum bölgan, ertaklarning ijobiy qahramonlariga havas bilan qaramagan, kelajakda ularga öxşab bilimdon, botir, mehribon, töğri bölişni orzu qilmagan bola esa, afsuski, kelajak hayotida töğri yölini topolmay, egri yöllarga kirib ketişi mumkin. Biroq inson hayotining har bir bosqiçida öziga xos va mos badiiy janrlar mavjud. Deylik, xalq dostonlarini kattalar uçun ertak, deb sanasak böladi. Dostonlarda ham töğrilik va egrilik kabi tuşunçalar keng miqyoslarda körsatiladi. Lekin xalq ijodining şunday bir janri borki, u yetti yoşdan yetmiş yoşgaça insonlar uçun mos bölib, unda töğrilik va egrilik kabi tuşunçalar ixçam va asosiysi kulgili yösinda körsatiladi. Zero, asalning ozi şirin, deganlar. Baayni asaldek ozginayu sozgina asar, eng latif va eng jajji janr, albatta, latifadir.

Avvalo, töğri nimayu egri nima? Izohli luğatlarda töğri sözining önga yaqin maʼno tovlanişlari berilgan. Töğrilik va egrilik şunaqangi purmaʼno-purhikmat sözlarki, ularni nafaqat badiiy vositalar, balki ilmiy tuşunçalar orqali ham çeksiz tahlil va talqin qilişga aql-zakosi yetadiganlar yanada boyitadiganlar köplab topiladi. Qolaversa, töğrilik va egrilik tuşunçalari xalq maqollarida juda taʼsirçan aytilgan: “Töğri yurdim – yetdim murodga, egri yurdim – qoldim uyatga”, “Töğrilik najot yöliga boşlar, Egrilik halok çohiga taşlar”, “Töğri bölsa oşin yer, egri bölsa boşin yer”, “Töğriga duo yoğilur, egriga balo yoğilur”, “Töğri til toş yorar, egri til boş yorar”, “Egri köçadan yursang ham töğri yur”…

“Egri” sözi “egmoq” sözidan yasalganidek, unga maʼnodoş “bukmoq” sözidan “bukri” sözi yasalgan bölib, ulardan “egri-bugri” juft sözi yaratilgan. “Bukurni qabr töğrilaydi” degan hikmatli gapda ham jismoniy, ham ruhoniy maʼnolardagi bukurlik nazarda tutiladi. Bukurni töğrilaş suyakni sindiriş bilan baravar bölganidek, ruhiy bukurlikni töğrilaş, deylik, asli tabiatan yomon odamni yaxşiga aylantiriş ilojsiz işdir. Tuyadan “nega böyning egri?” deb sörasalar, “qayerim töğri?” deb javob bergan ekan. Mana bu latifadagi töğrilik va egrilikning eng qisqa tasviri. Afandi latifalarida bunday tasvirni istagança topiş mumkin.

Yuqorida ertakning bola tarbiyasidagi örni haqida gapirdik. “Afandi latifalari” kitobida keltirilgan “Afandining nasihati” latifasida ham bola tarbiyasi haqida gap ketadi: “Afandi qizini uzatdi. Kelinçakni olib ketayotganlarida odamlar Afandiga: “Qizingizga fotiha bering, ehtimol, aytadigan nasihatingiz bordir”, – deyişdi. Afandi qizining yoniga kelib quloğiga şivirladi: – Borgan yeringda çok-pok tikadigan bölsang, ipning uçini tugib qöyişni unutma, agar unday qilmasang, ip çokda sira turmay, mehnating zoye ketadi”. Avvaliga Afandining bu antiqa gapini eşitgan odam ensasi qotib, uning ustidan kulişi mumkin. Lekin bu gapni çuqurroq öylab qaragan odam beixtiyor “E, gap bu yoqda ekan-ku?!” deb qoyil qolişi tayin. Gap şundaki, tikiş-biçiş, pişiriş-tuşiriş, supuriş-sidiriş, artiş-surtiş kabi uy-rözğor işlari asosan xotin-qizlarning zimmasida. Odatda qizini uzatayotgan onaizor “baxtli böl, borgan joyingda toşdek qot, suv kelsa simir, toş kelsa kemir” kabi tilak bildiradi. Tikkanda ipning uçini tugib qöyiş tilagi ham odatda otadan emas, onaizordan çiqişi kerak. Modomiki, Afandi şunday tilak bildiryaptimi, demak, u qizining tarbiyasida, yaʼni rözğor yuritiş uquvida bevosita qatnaşgan. Qolaversa, ota qiziga özi tuşunadigan tilda nasihat qilib, töğri yöl-yöriğini beryapti. Buning ustiga, gap faqat tikiş haqida emas, balki har qanday iş – qaynota-qaynonaning hurmatiyu xizmatini joyiga qöyiş bormi, erning köngliga qaraş bormi – rözğor işlarini qoyillatiş bormi, qöni-qöşni bilan xuş muomala qiliş bormi, barça-barçasini maromida qiliş haqida ketyapti. “Har bir sözni mix qilib qoqib, qalpoğini uçirib yuboriş kerak, toki uni heç kim suğurib ololmasin” degan edi uluğ söz sanʼatkorlarimizdan biri. Ammo bu hikmatli gap Afandi latifasiçalik kuçli va mantiqan asosli emas, çunki qalpoği yöq mix birlaşgan yoğoçlarni yetarliça mustahkam uşlab turolmaydi, şunday emasmi? Xuddi ipning tuguni kiyimni tutib turgani kabi mixning qalpoği qurilmani tutib turadi-da. Odatda “toparmon-tutarmon”dagi birinçi söz oiladagi erkakka, ikkinçisi esa, ayolga taalluqli. Onaning tutib turişi, tutumi, “tuguni” otaning topişidan kam ahamiyatga ega emas, hatto bunisi unisidan muhimroq! Şuning uçun xalqimiz “Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin” degan hikmatli gapni yaratgan. Körinib turibdiki, Afandining qiziga nasihati bemaʼni emas, aksinça, öta bamaʼni!

Oila boşliği sifatida Afandining töğriligini “Sening gaping ham maʼqul” latifasida körasiz: “Afandining oldiga birov kelib, yomon körgan bir odami ustidan arz qildi. Afandi, gapingiz maʼqul, deb jönatib yubordi. Ertasiga boşqasi kelib, undan şikoyat qildi. Afandi unga ham, gapingiz maʼqul, deb çiqarib yubordi. – Erkak bölmay qoling, – dedi Afandining xotini, – har ikkalasiga ham, gaping maʼqul, dedingiz. Dunyoga kelib siz ham “Yöq, gaping nomaʼqul” desangiz-çi! Afandi öylab turib: – Xotin, sening ham gaping maʼqul, – dedi.” Hayotda odamni töğri yöldan ozdiraman, tuyasini adaştiraman, baloga yöliqtiraman deydigan urişqoq-buzuqilar, baloxörlar, ğiybatçiyu yaramaslar har qadamda uçraydi. Bunday kimsalarning qutqulariga uçmay, özi va yaqinlarining boşlarini omon saqlaş katta hikmat va töğrilikning belgisidir. Bunday baloxör va ğiybatçi odamlar bilan muomalaning eng töğri yöli, “sen yaxşi, sendan it yaxşi” deganlaridek, betaraf turişdir. Sababi, bunday qaltis vaziyatlarda urişqoqlarning orasiga tuşib odam baraka topmaydi. Afandi xuddi şu muomala madaniyatini, töğri yöl-yöriğini xotiniga, u orqali bolalariga uqtirmoqda. Kulgili latifaning oğir yuki mana şunda. Tibbiyot tilida gapirsak, aççiq dorini şirin suv yoki şirin söz bilan içiriş mana şunday böladi.

Nima töğriyu nima egri ekanini baʼzan Afandidek bilgamiş odam ham bilolmay boşi qotib qoladi. “Malomat” latifasida şunday: “Afandi bir kuni öğlini eşaka mindirib, özi piyoda ketayotgan edi, odamlar masxara qilib: “Anavi tentakni qaranglar, sölaqmonday öğlini eşakka mindirib, özi piyoda ketyapti”, – deyişdi. Afandi öğlini eşakdan tuşirib, özi minib oldi. Biroq yölda odamlar yana masxara qilişdi: V-a-a, anavi kishini qaranglar, bolani piyoda quyib, özi eşakda ketyapti. Afandi öğlini mingaştirib oldi, lekin odamlar bunga ham kulişdi: “Anavi noinsofni köringlar, kiçkina bir maxluqqa jabr qilib, ikkovi minib olibdi. Afandi darhol eşakdan tuşdi, öğlini ham tuşirdi, odamlarga qarab: “Mana, şunday qilsam, malomatdan qutulamanmi?” – deb eşagini opiçib oldi. Unday qilsa ham – yomon, bunday qilsa ham – yomon, ötirsa – öpoq, tursa – söpoq, deb şunga aytadilar-da. Qani endi tanqid va masxara qiluvçi odam töğri yölini aytib maslahat bersa. Afsuski, şunday yaramas, baloxör, noinsof odamlar borki, ular töğrini egri, egrini töğri, deb turaveradilar. Abdulla Oripovning “Şarq hikoyasi” şeʼri mana şu latifa asosida yaratilgan. Agar latifada Afandi eşakni opiçlab oliş malomatdan qutulişning eng sönggi çorasi deb bilsa, şeʼrda boşqaçaroq mantiqiy xulosa çiqariladi – bir eşak sabab ota bilan öğilning orasi buzilgani aytiladi. “Eşakka yuk tuşmasin” latifasida Afandi azbaroyi odamlarning malomatidan qutuliş uçun öziça töğri, çinakamiga afandilarça tağin bir yölini topadi: “Afandi bir kuni bir qop yukni eşagiga ortib, ustiga özi minib olib ketar edi. Yölda bir odam uçrab: “Afandi eşakka juda jabr bölibdi-ku, yuk ortib, tağin uning ustiga özingiz minib olibsiz”, – dedi. Afandi, sening aytganing ham töğri, deb eşagidan tuşib, qopni öz ustiga olib, yana eşagini minib oldi. Haligi kişi yana uçrab qolib: “Bu nima qilganingiz, Afandi?” – dedi. Şunda Afandi: “Eşakka yengil bölsin dedim-da”, – deb bamaylixotir yölida davom etdi.” Bu latifani eşitgan yo öqigan odamning kulgisini qistatadigan narsa, albatta, Afandining töğriligi bilan soddaligi. Unga “Hoy, Afandi, modomiki qop bilan siz eşakka ortilar ekansiz, qaysi tartibda bölişning farqi yöq, yuk öşa-öşa böladi-ku” degingiz keladi. Ammo Afandi qopni öz ustiga ortib olgan ekan, demak, u ham eşakka qöşilib joni qiynalyapti-ku, uning dardiga hamdard bölyapti-ku, deya öylab qolsangiz ajabmas. 

Bugungi axborot asrida ham xuddi ötmişdagi kabi munajjimlarga işonadigan odamlar talaygina. Hatto töy kunini belgilaş bormi, iş haftasining rejasini tuziş bormi – munajjimlar maslahatiga qarab iş tutadigan odamlar uçrab turadi. Osmonda bulutlar harakati, havo bosimining özgarişi, şamol va suvning özaro munosabatiga qarab ob-havoni başorat qiliş mumkin, albatta, lekin odamning omadini, taqdirini başorat qilişga faqat Yaratgan qodir. Şunday ekan, munajjimning, yaʼni yulduzlarga qarab başorat qiluvçi odamning gapi töğriligiga heç qanday kafolat yöq. Xöş, Afandiga munajjimlikni taklif qilsalar, yana kimsan – mamlakat hukmdori taklif qilsa, töğrilikka örgangan Afandi nima qilsin, qanday töğri yöl tutsin, sixni ham, kabobni ham qanday kuydirmasin? Buni “Afandi – munajjim” latifasidan öqib bilamiz: “Podşo bir kuni Afandidan söradi.

– Saroybon munajjimni istab heç yerdan topolmayapman. Siz munajjim bölib qöya qolmaysizmi?

– Şohim iltifot qilsalar, xotinim ikkalamiz bölar edik.

– Nega endi?

– Çunki, – tuşuntira boşladi Afandi, – men xotinim bilan sözda, işda sira murosa qilolmayman. Men bir xil gapirsam, u teskarisini aytadi. Men, bugun yomğir yoğadi, desam, u, yoğmaydi, deydi. Mana, uzoq yillardan beri sinaymanki, yo mening yoki uning aytgani böladi, uçinçisi bölmaydi. Şuning uçun xotinim ikkalamiz munajjim bölsak, hamma narsa bizning aytganimizça böladi.” Qalay, Afandining aqliga qoyilmisiz? Qozoqçasiga aytganda “Jamğir jağsa jağar, jağmasa jöq” degani bu.

Afandi hamişa töğrilikdan, töğri yöldan adaşmagan, hamişa ğururini baland tutgan. “Nega qulluq qilarkanman?” latifasini öqib bunga guvoh bölamiz: “Afandi yaşab turgan qişloqda bir katta boy bor edi. U birovlarning öziga qulluq qilişini hammadan ham yaxşi körardi. Qöl ostidagi barça xizmatkorlarini har kuni uç mahal qulluq qilişga majbur etardi. Kunlardan birida şu boy köçada ketayotib, Afandiga duç kelib qoldi. Afandi unga salom ham bermay, qanday kelayotgan bölsa, şunday ötib ketaverdi. Boy uni töxtatib:

– Mulla Nasriddin, mening kimligimni bilmaysizmi? dedi.

– Bilaman, nega bilmas ekanman endi.

– Bölmasa nega menga qulluq qilmaysiz?

– Nega endi sizga qulluq qilarkanman? Boy bölsangiz özingizga. Ming qulluq qilganim bilan, baribir boyligingizni menga bermaysiz. Nima qilaman özimni past tutib?!

– Agar boyligimning uçdan birini bersam, qulluq qilasizmi?

– Yöq. Sizga ikki hissa qolsin-u, menga bir hissasi ötsin-da, yana sizga qulluq qilaymi? Bu insofdan emas.

– Xöp, yaxşi, bölmasa sizga boyligimning yarmini beraman. Ammo şu şart bilanki, menga hamma vaqt qulluq qilib yurasiz.

– Yöq, bölmaydi. Boyligingizning yarmini bersangiz, ikkalamiz teng bölamiz. Şunday bölgandan keyin, nega endi sizga qulluq qilarkanman? – Obbo Afandi-yey! Boyligimning hammasini bersam, qulluq qilarsiz. – Yöq, unda men boy bölaman-u, siz kambağal bölib qolasiz. Boyning kambağalga qulluq qilganini heç qayerda körganmisiz?” Xullas, Afandi har qanaqasiga boyga boş egişga rozi emas. “Pul qölning kiri” deganlaridek, Afandi istasa har qanday boydan boyroq böla oladi, lekin har qanday boy har qança çiranmasin Afandidan aqlliroq bölolmaydi. Bas, şunday ekan, aqlli odamning aqli kamroq odamga böyin egişi bemaʼnilikdir. Afsuski, hayotda öz aqli, vijdoni va töğriligiga emas, boylik, şon-şuhrat, mansabga qulluq, yaʼni qul bölgan odamlar köpçilikni taşkil qiladi. Muqaddas kitoblarda jonsiz but va sanamlarga sajda qilişdan qaytarilib, töğrilikka, yaʼni Haq taologa sajda qilişga daʼvat qilinişi bejiz emas, albatta.

Johil va zolim odamlarning “Oldingdan töğrisöz odam bilan ilon çiqsa, avval töğrisözni öldir” degan maslahati bor. Nega? Sababi, ular töğrisöz odamdan ölgudek qörqadi va uni özlarining boş duşmani deb hisoblaydi. Afandi şunaqangi töğrisözki, “Boşingga qiliç kelsa ham rost gapir” deganlaridek, töğri sözni hatto podşoga ham topib ayta oladi. “Kim baxtsizlik keltiradi?” latifasini öqing: “Podşo ertalab ovga borar edi, röparasidan Afandi çiqib qoldi. Afandining körinişi ança xunuk bölganidan podşo öz odatiça xodimlariga buyurdi: – Ovning boşidan şunday badbaşara odam uçradi, bugun ov yurişmaydi, olib borib uni zindonga taşla, hali ovdan qaytganda gaplaşaman u bilan! Olib borib Afandini zindonga taşladilar. Ammo şu kuni podşoning ovi juda yaxşi yurişdi. Podşo ovdan qaytgaç, Afandini çaqirtirib, dedi: – Agar bugun ovim yurişmaganda, seni öldirar edim, baxting bor ekan. – Bir savol sörasam, maylimi? – dedi Afandi. – Söra! – Baxtsizlik keltiradi, ovim yurişmaydi, deb meni ertalab qamatdingiz, aksinça, ovingiz yurişib ketdi. Men ham bola-çaqamning şu bugungi tirikçiligi uçun bir parça non topgani çiqqan edim, keçgaça zindonda yotib, tiriçkilikdan qoldim, bola-çaqamning holi nima keçganini bilmayman. Qani, ayting-çi, ikkalamizdan qaysi birimiz baxtsizlik keltirar ekanmiz?” Yetarliça dalil keltirib, ayblanuvçining böyniga qöyiş, uni öz aybiga iqror qildiriş, söng tegişli jazo tayinlaş har qanday adolatli sud tizimining boş vazifasi hisoblanadi. Töğrisöz Afandi şunday inkor qilib bölmas dalil keltirib, savolni köndalang qöyyaptiki, podşo har qança johil va zolim bölmasin, agar ğirt ahmoq, jinni yoki befarosat bölmay (unday bölsa, podşo bölolmasdi!), ziğirça mantiği va fikrlaş qobiliyati bölsa, bu töğri gapni tan olmasligi mumkin emas. Bu latifa boyligi, yuqori mansabi, obröli taniş-bilişlariga işonib istagan qinğirlikdan qaytmaydigan noinsof odamlarning qiyofasini yaqqol çizib körsatadi. Afandi ana şunday odamlarni bizga tanitib, ularni qanday tergaş kerakligini örgatadi! 

Yuqorida sud tizimi haqida gapirdik. Sud tizimi adolat va töğrilik posbonidir. Afandi xalq hayotining barça jabhalarida ana şunday töğrilik qörçisi-qöriqçisi, desak mubolağa bölmaydi. “Afandi – malikuşşuaro” latifasini öqib köring: “Afandining xotini hammomga borgan edi, hammomçi malikuşşuaroning xotini keldi, deb hammomga qöymadi. Xotin qaytib kelib Afandini xafa qildi: – Siz ham şoirman deb yuribsiz-da! Böladigan bölsangiz, malikuşşuaro böling, bölmasa javobimni bering! Afandi eng yaxşi şeʼrlarini bir çöntagiga, eng yomon şeʼrlarini bir çöntagiga solib saroyga, malikuşşuaro oldiga bordi: – Men ajoyib şeʼrlar yozib keldim. Siz manzur qilsangiz, keyin xonga öqib bersam… Malikuşşuaro özi pöstaki şoirlardan bölsa ham, eşitganini esdan çiqarmaydigan odam edi. Şuning uçun uluğ şoirlar yozib kelgan şeʼrni bir öqişda yodlab olib, qölyozmani qöliga qaytarib berar, şoir ketganidan keyin xonga öqib berib, inʼom olar edi. Bu sirni yaxşi bilgan Afandi çap çöntagidan tuturiqsiz şeʼrlarni olib öqidi, keyin malikuşşuarodan söradi: – Bu şeʼr sizga manzur böldimi? Malikuşşuaro maqtadi: – Şeʼr degan şunçalik böladi, mana buni xonga öqib bersangiz, arziydi. Qani, saroyga!.. Malikuşşuaro Afandini qabulxonaga qöyib, özi xonning oldiga kirdi: – Nasriddin Afandi öğri şoir desam, mening sözimga işonmagan edingiz. Şeʼr yozib kelgan emiş. Qabulxonada ötiribdi. Ijozat bersangiz, kirib öqib bersa-yu, keyin mening daʼvom haqligiga işonsangiz. Afandining ötkir şoir ekanini bilgan xon ijozat berdi. Afandi kirib, poygakdan joy oldi va öng çöntagidagi yaxşi şeʼrlarni olib öqiy boşladi. Har bir şeʼrni öqib tugatganidan keyin, malikuşşuaroga qarab: “Bu şeʼr ham siznikimi?” deb qöyar edi. Ortiq xursand bölgan xon Afandiga tön kiydirib, inʼomlar berib bölganidan keyin söradi: – Har bir şeʼrni öqib bölganingizdan keyin malikuşşuaroga qarab, bu ham siznikimi, deganingizning boisi nima? Afandi qöl qovuştirib javob berdi: – Sizga öqib berib, manzur qilib, malikuşşuaro bölib yurgan yaxşi şeʼrlar malikuşşuaroniki emas, menga öxşagan fuqaro şoirlarniki. Agar men bu şeʼrlarimni oldin malikuşşuaroga öqib berganimda, sizning yoningizga kirişdan mahrum bölar edim. Xon tuşundi, malikuşşuaroni bekor qilib, örniga Afandini tayinladi. Afandi saroydan çiqib, öpkasi oğziga tiqilib, uyiga bordi: – Xotin! Xotin! Hammomga boraver, Afandi – malikuşşuaro! – dedi.” Tasavvur qilyapsizmi, malikuşşuaro er, aslida şeʼr öğrisi (köçirmakaş, nusxakaş…), uning xotini – yer öğrisi, yaʼni hammomda özi xon, kölankasi maydon! Afandining ustaligi bilan öğri şarmandali quvilib, töğri uning örnini, yaʼni öziga munosib mavqeni egalladi. Adolat va töğrilikning tiklanişi şu emasmi?! Lekin hayotda bunday tiklaniş va adolatning qaror topişi latifadagidek oppa-oson röy bermaydi. Natijada hayotda, deylik, Abdulla Oripovning “Nusxakaşga” degan şeʼrida yozilganidek, malikuşşuaro ham “Asl nusxaman deb dod solmasang bas!” deya iltijo qilişga majbur bölib qoladi goho. Naql qilişlariça, Charli Chaplinga taqlidçilarning tanlovi ötkazilganida buyuk qiziqçining özi ham yaşirinça iştirok etgan va sönggi örinlardan birini bazör egallagan emiş! Bunday tragikomik holatlarga munosabatda özbek xalqining bir hikmatli gapi bejiz aytilmagan: “Eşak öz egasini ortiga mingazmaydi”, holbuki, eşakning asl egasi – janobi Afandi!..

Şeʼriyatda ham, boşqa sanʼatlarda ham, umuman, hayotda, ayniqsa, savdo-sotiq işlarida halollik va töğrilik öta muhim, aytiş mumkinki, hal qiluvçi ahamiyatga ega. “Sotuvçi tölaydi” latifasi aynan şu haqda: “Afandini qozilik lavozimiga qöymoqçi böldilar. Uni podşo oldin ulamolar örtasida imtihon qilib köriş kerak edi. Afandini çaqirib kelişdi. – Faraz qilaylik, bir odamning eçkisi bor, – dedi podşo Afandiga. – Uni bozorga olib bordi. Bir odamga “bor baraka” qilib sotdi. Hali pulini olgunça bölmay, eçki qölidan çiqib qoçdi. Bir odam uni uşlayman degan edi, eçki suzib, uning közini çiqardi. Endi bunga xunni kim tölaydi? Sotuvçimi, oluvçimi? Afandi dovdirab qoldi. Keyin tavakkaliga: – Sotuvçi… – deb yubordi. – Sabab? – Çunki eçkim suzonğiç, qoçganda tutaman degan kişining közini çiqazib kör qiladi, deb avvaldan aybini aytmagan.” Körinib turibdiki, Afandi dovdir bölsa bordir, lekin töğri, topqir, hozirjavob, pişiq… Şuning uçun uning tavakkal aytgan gapi ham töppa-töğri bölib çiqaveradi! Narsa sotganda undan foydalaniş qoidalarini, ehtiyot çoralarini, ayniqsa, uning aybini aytib sotiş töğri va halol hisoblanadi. Öşa aybi uçun narxini tuşiriş yanayam töğri. Hozirgi kunda tovarlar qutilari ustiga turli yöriqnomalar yoziladi yoki çiziladi. Deylik, sinuvçan, yonuvçan, namdan saqlang, quyoş nuridan saqlang, muayyan haroratda saqlang, bu yerdan oçing, dumalatmang va hokazo ogohlantirişu tavsiyalar beriladi. Hayvonlarni esa, masalan, itlarni maxsus böyinboğ va tumşuqboğlarda olib yuriş şart. Şuning uçun eçki sotuvçi ehtiyot çoralarini körmadimi, mendan ketgunça, egasiga yetgunça, qabilida iş tutdimi, demak, u aybdor! Latifada mana şu töğri va adolatli qoidalar kulgili va taʼsirçan yoritilgan. Yana şuni qöşimça qiliş mumkinki, qonunçilikka köra ekinzorlar payhon qilingan joyda uşlangan çorva mollari (masalan, qöy, sigir) mahalla fuqarolar yiğinlariga topşiriladi hamda ular faqat çorva mollari egasiga nisbatan maʼmuriy jazo (masalan, jarima) çoralari qöllangaç va yetkazilgan zarar töliq undirib olinganidan söng egasiga qaytariladi. Eʼtibor bersangiz, yuqoridagi latifada sotuvçi hali pulni olib ulgurmagan, demak, rasman uning egasi hisoblanadi. Javobgarlik uning böynida-da!

Qonun barçaga barobar bölmoği kerak. Baʼzida şunday böladiki, kiçkina jinoyat, deylik, mayda öğirlik qilgan kambağal katta jazo oladi-yu, katta jinoyat, yirik öğirlik qilgan boy kiçkina jazo oladi yo olmay, yölini qilib qutulib ketadi. “Öğri” latifasida Afandi ana şunga nozik işora qiladi: “Afandi hokimning mahkamasida ötirgan edi, öğrini tutib kelişdi. Hokim öğrini tanib: – Baççağar, sen qanday benomus öğrisan? Şu bilan mening mahkamamga sakkizinçi kelişing! – deb daşnom berdi. Hokimning bu söziga Afandi kulib yubordi. Hokim qahrlanib Afandiga qaradi: – Mening sözimga nega kulasiz? Afandi javob berdi: – Mahkamangizga bu öğri sakkiz marta kelgan bölsa nima qilibdi, har kuni keladigan öğrilar ham bor-ku!” Gap egasini topadi, deganlaridek, bu yerda gap taşqaridan tutib olib kelinadigan öğrilar emas, içkarida xizmat qiladigan qinğir, poraxör, tamagir öğrilar haqida ketmoqda. Taşqaridan tutib kelinadigan mayda öğrilarga qaraganda içkaridagi yirik öğrilar xavfliroq. Yaʼni, tuzatiş va tozalaş işlarini, avvalo, öşa adolat qöriqçilari içidan çiqqan balolardan boşlaş kerakligiga işora qilmoqda Afandi janoblari. Nega deysizmi? Mana, masalan, “Bir mardlik qilmaysanmi?” latifasidagi qinğirlikni öqib köring: “Afandi şaharda qozilik qilar edi Mirşablar qaynonasini öldirgan bir qotilni tutib keltirdilar. Afandi mirşablarni xonadan çiqarib yuborib, söroq boşladi: – Nega odam öldirding, noinsof? – Qizini mendan çiqarib olib, bir boyvaççaga bermoqçi böldi. Şunça yalinib-yolvordim, amin, ellikboşi, oqsoqollarga arz qildim, natija çiqmadi. Noçor öldirdim, qanday jazo berilsa, roziman, – dedi u. – Ölimdan qörqmaysan, şundaymi? – Xuddi şunday! Öliming oldidan bir mardlik qilmaysanmi? – Men har qanday işga tayyorman! – Sen baribir ölimga mahkumsan. Hozir qöyib yuborsam, mening qaynonamni ham biratöla öldirib kelmaysanmi?” Hayron bölyapsizmi “Afandining özi qinğir-ku!” deb? Xulosa çiqarişga şoşilmaslik kerak. Bu latifani turliça yöyiş mumkin. Birinçidan, Afandi qozilikni tökis bajaryapti, yaʼni jinoyatçining asl niyatini, feʼl-atvorini, ilmiy tilda aytganda “şuurli (tuzalar)” yoki “şuursiz (tuzalmas)” ekanini aniqlamoqçi. Bilsa hazil, bilmasa çin, deganlaridek, agar jinoyatçi Afandining taklifiga könsa, demak, u aşaddiy qotil. Agar könmay, Afandiga eʼtiroz bildirsa, demak, unda ong-şuur bor, vijdoni butkul yöqolmagan. Oilasini saqlab qoliş uçun ming bir çora qöllagan beçora kuyov öz qaynonasini öldirişdan boşqa iloji qolmaganini aytib hasrat qildi. Bundan çiqdi, u Afandining taklifiga könmasligi tayin. Ikkinçidan, bu latifada töğri Afandi va beçora kuyov örnida öğri qozi va öğri (jon öğrisi) kuyov bölişi ham mumkinligiga işora qilinmoqda. Yaʼni, öğri-muttaham qozi odatda öz atrofiga taptortmas şotirlar va yollanma qotillarni töplab, ular yordamida öz qinğir va qabih işlarini amalga oşiradi. Afsuski, “jinoyatingni yaşiriş evaziga joningni menga sot” deguvçi şayton qozilar (jon öğrisi) ham, qanday bölmasin, adolatli jazodan qutulib qolişga urinuvçi jinoyatçilar ham hamma zamon va makonlarda bölgan. Bu maʼnoda ham latifa ibratli hisoblanadi. “Öynaşmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan” deganda arbob bevosita emas, bilvosita, yaʼni özining önlab-yuzlab şotirlari yordamida urişi nazarda tutiladi-da.

Töğri yöldan adaşiş, yaʼni, egrilikning bukrilik qadar tuzatiş öta muşkul bir “turi” borki, u xalqona tilda “qöli egri” deya taʼriflanadi. Bu yerda gap töğrilikning tom maʼnodagi ziddi bölmiş öğrilik haqida ketmoqda. Jismoniy maʼnodagi egri qölni töğrilaş suyakni sindiriş bölganidek, öğrining tabiatan egrilikka moyil qölini kesiş qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan öğrilikka barham berişning eng töğri yöli sifatida qaralgan.

Turfa egriliklar, yaʼni, Haq yölidan oziş, Adolatni tan olmaslik, iymon, vijdon, insof, diyonat va tavfiq kabi eng muqaddas qadriyatlarni mensimaslik, munofiqlik, riyo, aldam-quldamlar avj olgan jamiyatda, tabiiyki, öğrilar ham öz-özidan köpayadi. Natijada turli toifalardagi egri-bugrilar bilan öğrilar qurşovida qolgan töğrilarning holi tang böladi. Ularning Töğri Yöldan yo öngga, yo sölga oğib ketmay töğri yurişi tobora muşkullaşib boraveradi. Natijada insoniy jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Aksinça, turfa egriliklar bilan öğriliklarga örin qoldirilmagan insoniy jamiyat va huquqiy demokratik davlatda töğrilar unib-ösib, töğrilik tantana qiladi. Bunday yetuk jamiyat va davlatni buyuk mutafakkir bobolarimizdan biri Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar şahri” deya taʼriflagan edi. Ğofillar, johillar, razillar butkul yöqolib, yetti yoşdan yetmiş yoşga qadar barça insonlar fozil odamlardan iborat bölgan şahar (jamiyat, davlat)ni özingiz tasavvur qiling! Tabiiyki, olamdagi eng obod şahar (jamiyat, davlat) böladi-da u!

Sevimli qahramonimiz Xöja Nasriddin afandi va uning purhikmat latifalari ana öşa,  “fozillik”, “töğrilik” tantanasi yölida beminnat xizmat qiladi. Şuning uçun ham Afandi latifalarining ançagina qismi bevosita töğrilik bilan öğrilik örtasidagi munosabatlarni atrofliça yoritadi.

Qarang, Afandi va öğri munosabatlariga boğliq latifalar turkumidagi bironta latifada Afandi ham, uning mulkiga köz olaytirgan qöli egri öğri ham boy emas, balki har ikkisi kambağal-yöqsul böladi. Xususan, öğrining maqsadi boylik orttiriş emas, yaşaş uçun kuraşiş! Öğri tuşgan uy ham boyning koşonasi emas, kambağalning kulbasi! Nega? Buning bir sababini, masalan, Ğafur Ğulomning “Mening öğrigina bolam” hikoyasi qahramoni aytadi. Hikoyada uy egasining “Nega heç vaqosi yöq mening uyimga öğirlikka tuşasan-u, anavi boyning uyiga tuşmaysan?” qabilidagi köndalang savoliga javoban öğri qizişib tuşuntiradiki: “Boyning uyiga öğirlikka tuşiş osonmi, onaxon, qöşa-qöşa böribosar itlari, baland-baland paxsa devorlari!..” Gap faqat boyning uyiga öğirlikka tuşiş öta qiyinligida emas, asosiy gap öğrilik bilan kambağallikning xuddi bir juft kavuşdek bir-biriga öta mos va xosligida! Avvalo, öğrilikning özi maʼnaviy-ruhiy qaşşoqlikdan – turmuş maşaqqatlariga çidayolmay, töğri yöldan yurişga qiynalib, qinğir yölga kirişga majbur bölganlikdan kelib çiqadi. Heç bir öğri öğrilik ortidan olamşumul şon-şuhrat va dovruğ qozonay va yo hamma boylardan ham boyroq bölib ketay degan niyatlarda bu qinğir köçaga qadam qöymaydi, balki tirikçilik-tirriqçilik vajidan, töğri yölda yurişga qiynalganidan şu yölga kiradi. Hindiston aholisining katta qismi öta qaşşoq yaşaydi. Hatto köçada tuğilib, köçada ulğayib, köçada öladigan odamlar oz emas. Masalan, hind kinosanoatining eng yorqin yulduzi Raj Kapur boş rolni öynagan “Daydi” filmini eslang. Unda odamlar töda-töda bölib qoq köça-köyda oğir ahvolda yaşaşi körsatiladi. Öqib, taʼlim-tarbiya oliş bu yoqqa tursin, kunini ötkazişga qiynaladi ular. Şu sababli ular ölib qolmay yaşaş uçun mayda öğirlik qilişga majbur. Boş qahramon Raj – köçada yaşovçi daydi va kissavur, u köngil qöygan qiz esa – prokurorning boqib olgan jiyani, yoş advokat hamda maktab öqituvçisi. Öğrilik va töğrilikning töqnaşuvi sanʼatkorona oçib berilgan kino asari bu! Eng qiziği, aksariyat hollarda öğri urayotgan kambağal öğrilik köçasiga kirgan kambağaldan ham kambağalroq bölib çiqadi. Çunki öğrilik va bosqinçilik ham zöravonlikning bir turi bölib, zöravon odam odatda özidan ojizroq odamga kuçini körsatadi. Şu bois bir latifada uyiga öğri tuşganida Afandi sandiqqa kirib berkinadi. Öğrining “Xöş, sandiqning içida nima qilib yotibsan?” degan savoliga javoban: “Uyda senbop heç narsa yöq, şunga xijolat bölganimdan bekinib oldim” deydi. Yana bir latifada “Afandi, turing, uyga öğri kirdi” degan xotiniga u şunday deb şivirlaydi: “Jim yot, men uyğoqman. Ovozimizni eşitib öğrilar qopni kötarib qoçib qolmasin. Men qopdagi buyumni möljallab turibman”. Uçinçisida xotiniga “Tur, xotin, chiroqni yoq, köçada nima ğavğo bölayotganini bilib kelay” deya yelkasiga çoponini taşlab çiqişi bilan öğriga çoponini oldirib qaytgan Afandi “Hamma ğavğo mening çoponim ustida ekan! Çoponni olişdi-yu, ğavğo bosildi” deydi. Törtinçi latifada esa, Afandi yarim keçasi “Dadasi, turing, uyga öğri kirdi” deb uyğotgan xotiniga “Jim-jim! Ovozingni çiqarmay jim yot! Öğri uyni xöp körsin, heç narsa topolmasa, bizga rahmi kelib, biron narsa taşlab ketar” deydi. Beşinçisida uyidan heç narsa topolmasdan çiqib ketayotgan öğrining ortidan Afandi: “Bir nima berib ketinglar, quruq çiqib ketaverasizlarmi?“ deb qiçqiradi…

Bu latifalardan murod-maqsad esa, öğrilikning ham, muhtojlik-kambağallikning ham qançalik kulfat, biri-biridan oğirroq fojia ekanini körsatib, şu orqali öğrini töğrilikka, insofga çaqirişdir! Zero, “öğri böl, ğar böl, insofli böl” deb bejiz aytilmagan.

Maʼlumki, insoniy jamiyatning qançalik unib-ösgani, avvalo, unda muhtoj-kambağal bilan öğri-kissavurning yöqligiga uzviy boğliq. Odatda kambağallik muhtojlikni oşiradi, muhtojlik esa, öz navbatida, öğrilarni köpaytiradi. Har ikkisini kamaytiriş, iloji bölsa, butkul yöqotiş har qanday insoniy jamiyat hamişa intilib kelgan eng oliy yuksaklik hisoblanadi. Masalan, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot Dasturi 170dan ortiq mamlakat va hududlarda qaşşoqlikni yöq qiliş, adolatsizlikka barham beriş va teng huquqlilikni taʼminlaş kabi sohalarda öz faoliyatini olib boradi. Özbekiston BMTga 1992-yil aʼzo böldi. 1993-yili esa, Toşkentda BMTning Taraqqiyot Dasturi vakolatxonasi oçildi. Bu taşkilot mamlakatdagi davlat va nodavlat taşkilotlariga iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oşirişda, xalq tinçligi va farovonligi uçun zarur bilim, tajriba va salohiyatni orttirişda bevosita hamkorlik qilib keladi… Xalqning maʼnaviyati va huquqiy savodxonligini oşirişda, nima töğriyu nima notöğri ekanini tuşuntirişda, öğrilik, poraxörlik, zöravonlik, noinsoflik kabi ijtimoiy illatlarga qarşi kuraşişda Afandi latifalarining ham ozmi-köpmi öz hissasi bor. Afandining öğri bilan boğliq latifalari, qolaversa, ayni şu xildagi latifalar taʼsirida yaratilgan özbek nasridagi har ikki gözal hikoya – Ğafur Ğulomning “Mening öğrigina bolam” asari ham, Abdulla Qahhorning “Öğri” asari ham mavjud jamiyatning notökisligi va zamonning nosozligini töğri aks ettirib, ana öşa eng oliy yuksaklikka daʼvat qilişi bilan alohida qadrlidir. Birinçi hikoyada öğri bilan muhtojning zamonning oğirlaşib borayotgani haqidagi sidqidil hasratlaşuvlari, ikkinçi hikoyada esa, öğri urgan muhtojni qaroqçilar qanday ölganning ustiga tepgandek qilib talon-toroj etişgani sanʼatkorona körsatiladi… Navbatdagi “Afandining bahosi” latifasini öqib, ana şunday noinsof va haddidan oşgan öğriyu qaroqçilarning başaralarini aniq-ravşan körgandek bölamiz: “Afandi bozordan eçki olib, uning boşboğini eşakning egariga boğlab, yetaklab kelar edi. Uç öğri uning iziga tuşdi. Biri payt poylab eçkining arqonini yeçib olib qoldi. Bir ozdan söng ikkinçi öğri Afandiga salom berib: – Nega bozordan quruq qaytdingiz? – deb söradi. Afandi orqasiga qarasa, eçki yöq. Afandi faryod qila boşlagan edi, öğri: – Xafa bölmang, buva, men hozir eçki yetaklab ketayotgan odamni kördim. Tez boring, qaytarib olasiz, men eşagingizga qarab turaman, – dedi. Afandi peşingaça eçkini qidirdi, qaytib kelsa, eşagi ham yöq. Afandi uyga ketayotgan edi, quduq tepasida yiğlab ötirgan odamni kördi-da: – Nima musibat tuşdi, nega yiğlayapsan? – deb söradi. – Yer-suv, hovli-joylarimni sotib, bir xurjun qilib, şaharga köçib kelayotgan edim. Şu yerga kelganda xurjunim quduqqa tuşib ketdi. Tuşib olişga qörqib, birorta xudojöy odam kelişini kutib turibman, – deb javob berdi u. Afandi ham uning yoniga ötirib yiğlay boşladi. – Nega yiğlaysiz? – deb söradi u. Afandi unga bölgan voqeani aytib berdi. – Yiğining foydasi yöq, – dedi u. – Turing, ikkalamiz sallamizni bir-biriga ulaymiz, siz quduqqa tuşib xurjunni olib çiqasiz. Men sizga şunça tilla beramanki, unga bir neça eşak, bir suruv eçki sotib olişingiz mumkin. Afandi yeçinib quduqqa tuşib ketdi. U odam uçinçi öğri edi. Afandi quduqqa tuşişi bilan sallaning uçini katta toşga boğladi-da, Afandining hamma kiyimlarini olib qoçdi. Afandi quduqdan heç narsa topolmay qaytib çiqdi. Qarasa, ust-boşlari yöq. U öğridan özini himoya qilayotgandek, qöliga kaltak uşlagança, uyiga qarab çopdi. Yölda bir töda odamlari bilan şahar hokimi kelayotgan ekan, ularga kaltak öqtalib qiçqirdi. – Keting, keting! Sizni bir yoqli qilaman. – Nima böldi? – deb söradi hokim. – Nima böldi emiş-a, talmovsiraşini qara! – Javob berdi Afandi. – Döstlaringdan biri eçkimni, ikkinçisi eşagimni, uçinçisi esa ust-boşimni olib qoçdi. Meni öğirlaşga endi sening özing keldingmi? Qöl-oyoğimni boğlab bozorga olib çiqsang, beş-ön tangalik bölişingga aqling yetadi-da, a?! Endi meni aldab böpsan, şu kaltak bilan bir urayki, öğri bölganingga yuz marta puşmon yegin.” Ha-a, bu latifani öqib kulişni ham, yiğlaşni ham bilmaydi kişi. Afandining naqadar töğriligi, oqköngilligi, tantiligi, işonuvçanligini qarang-u, beçora Afandini bir emas, ikki emas, uç marta ketma-ket çuv tuşirib, bor bud-şudini talab, yöqsulga aylantirgan öğrilarning naqadar noinsof va yaramasligini qarang. Qayta-qayta pand yeyavergaç, har qanday töğri odam ham asabiy, jizzaki, gumondor, boringki, urişqoq, qinğir, şumga aylanişi heç gap emas. Lekin kör kör bilan qoronğida topişadi, qarğa qarğaning közini çöqimaydi, deganlaridek Afandi şahar hokimiga “döstlaring” deb juda töğri va topib aytayapti. Gap şundaki, hokim bevosita öşa öğrilarni yöllamagan bölsa ham, ularning qinğir işlariga tösiq qöymay, Afandiga öxşagan töğri odamlarni talatib qöyibdimi, demak, boş öğri – öğriboşi şahar hokimidir. Masalan, Amir Temur saltanatining jahonşumul barqarorligi va taraqqiyoti bu saltanatda örnatilgan tartib-intizom, qonun-qoida, tinçlik-totuvlik, qöying-çi, kişilik jamiyatining unib-ösişiga zarur şart-şaroit yaratilganining şarofatidir. Rivoyat qilişlariça, bir bolakay boşiga bir lagan tillani qöyib saltanatning u boşidan bu boşigaça yurib ötsa, heç kim tillaga köz olaytirmagan ekan. Demak, yuqoridagi latifa nafaqat öğrilarni, balki boşliqlarni ham töğrilikka, sergaklikka, qattiqqöllikka undaydi.

Afandi latifalarida öğri urgan muhtoj Afandini köplab uçratişingiz mumkin, biroq muhtojning uyiga öğirlikka tuşgan Afandini kunduzi çiroq yoqib qidirsangiz ham topolmaysiz! Bu hol Afandining, demakki, xalqning tabiatida öğrilik xohişi yöqligini körsatuvçi eng yorqin alomatdir. Lekin bu “Afandi heç qaçon öğrilik qilmagan!” degani emas. Mana, Afandining öğrilikka qöl urganini yaqqol körsatuvçi “Eng oson yöli” degan latifa: “Afandining birovda puli bor edi. U pulga zoriqib, pul olgan odamning oldiga bordi. Biroq Afandidan pul olgan odam yonida bir çaqa ham yöqligini bildirib, biron haftadan keyin kelişni aytdi. Afandi noumid bölib uyiga jönadi. Yöl uzoq, çöntagida bir tiyin yöq edi. Qorni nihoyatda oçdi. Yölda bir novvoyxona uçradi. Novvoyxona oldida bir savatda töla non turar, novvoyning özi novvoyxonaning içkarisida edi. Afandi savat oldida töxtab, osmonga qaradi va ikki qölini kötarib, Xudoga arz qilgan böldi: – Parvardigori olam, özing bilasan, menda hozir bir tiyin yöq, nasiya ham unmadi, qorin oç. Hozir men şu savatdan ikkita non olaman. Buning haqini sening özing mendan qarzdor bölgan odamdan olib, novvoyga berib qöyasan. Şunday deb savatdan bir neçta nonni olib, kavşab jönadi.”

Xöş, çinakam öğri kim: Afandimi yoki qarzini qaytarmagan odammi? Töğri, qarzdor odam bevosita öğirlik qilmadi-ku, deya eʼtiroz bildiriş mumkin. Lekin öğirlikning turlari köp: omonatga xiyonat qiliş, birovning jufti haloliga köz olaytiriş, Yaratganning nemaʼtiga kufr keltiriş, vaʼdasida turmaslik, sotqinlik… Afandi-çi: u döppi tor kelganda birovning döppisini birovga kiydiryapti, xolos. Sirasini aytganda, bu latifa juda ötkir muammoni kötarib çiqyapti. Gap şundaki, bir korxona öz işçilariga maoşni öz vaqtida bermasa, işçilar nima qilsin? Yoki öz omonatlarini saqlagan bank tanazzulga uçrab yopilib qolsa, omonatçilar nima qilsin? Qarz olgan odam qarzini berişdan böyin tovlasa, qarz bergan odam nima qilsin? Bunday vaziyatlarda eng töğri yeçim – kelişuv yoki kafolat qoğozi, albatta. Deylik, qarzdor odam Afandiga öz qarzini bermasa, demak, Afandi kelişuv qoğozi yordamida öz qarzini qonun yöli bilan undirib olişi yoki u qarzni boşqa odam yo taşkilotga sotişi mumkin. Latifada Afandi Xudoga murojaat qilar ekan, aslida, aynan mana şu qonunçilikka işora qilmoqda. Bu murojaat uning Xudoga işonişini, Xudodan umidvor ekanini, Xudodan qörqişini, yaʼni tom maʼnodagi öğri emasligini körsatib turibdi. Agar latifada qahramonning qançalik muhtojligi, qarzga bergan pulini qaytarib ololmay, uzoq yöldan ovora-sarson bölib qaytgani, juda oçqagani batafsil aytilmaganida edi, afandining şu işini öğirlik deya talqin qiliş mumkin edi. Qolaversa, u gadoyning törvasidan öğirlayotgani yöq, novvoyning savatda köz-köz qilib qöygan bir dasta nonidan bir juftini öziça “halollab” olyapti, xolos. Eng muhimi, Haq taoloning hamişa haqni qaror toptirişiga astoydil işongani uçun şunday qilmoqda. Mabodo, könglida Uning Qodirligiga şubha tuğilgudek bölsa, novvoy bilan qarzdordan bu “qarz”ning uzilgan-uzilmaganini aniqlaştirişga, agar uzilmagan bölsa, uzişga ham tayyor u!

Fikrimizning qançalik töğri ekanini “Ketmon bilan qumğonni öğri olib ketdi” degan yana bir latifa ham aniq körsatib turibdi. Latifada töğrilik bilan öğrilik örtasidagi öta nozik munosabatlar taʼsirçan yoritiladi. Unda dalaga işlagani ketayotgan Afandiga otasi tayinlaydi: “Öğlim, ketmon bilan qumğonni biron joyga kömib kel, öğri olib ketmasin!” Dili töğri, köngli toza, sodda-beğaraz, töğrisöz, xullas, çinakam Afandi daladan qaytayotganida mahalladagi masjid oldida bir töda odamlar bilan gaplaşib turgan otasiga özining töğri sözini baralla aytadi, albatta: “Dada-dada, ketmon bilan qumğonni yonğoqning tagiga kömib keldim”. Tabiiyki, nuroniy ota uyga qaytganida soddadil öğlini koyiydi: “Yaşirgan narsani ham baqirib aytadimi kişi!” Otasining bu koyişini öziça tuşungan Afandi ertasiga tağin masjid oldida odamlar bilan suhbatlaşib turgan otasining yoniga kelib, sekin quloğiga şivirlaydi: “Dada-dada, ketmon bilan qumğonni öğri urib ketibdi”. Mazkur latifadagi ketmon bilan qumğon xuddi avvalgi latifadagi buzuq qöl maşinasi kabi mağzi töq detalki, uning zamirida olam-olam maʼno bor! Dehqonning eng muhim iş quroli bilan tirikçilik vositasi nima? Albatta, ketmon bilan qumğon-da. Unisida mehnat qiladi, bunisida çoy qöyib içib, tanovul qilib, çanqoğini bosadi. “Oşing halol bölsa, köçada iç” degan gap bor. Otasining nasihatiga amal qilib, şu eng muhim iş quroli bilan tirikçilik vositasini yonğoqning tagiga kömib kelganini, diqqat qiling, aynan maçitning oldida turgan odamlarga eşittirib aytgan bölsa, aslida, buning nimasi notöğri, xöş? Şu iş aybmi?! Aslida, maçitning oldida turib, Afandi bilan otasi örtasidagi oilaviy sirni bilgan va bundan ustalik bilan foydalanib, beçoraning eng muhim iş quroli bilan tirikçilik vositasini öğirlab ketgan noinsof mahalladoşlardan birida emasmi ayb?! Nega ketmon bilan qumğonni yaşirib kelganini baralla aytgan Afandi endi ular öğirlanganini otasiga şivirlab aytyapti? Otasining koyişidan tegişli xulosa çiqargani uçun şivirlaşga ötdimi? Latifaning mana şu avj nuqtasini öqigan yo eşitgan odam, “ha, mana endi aqli kiribdi” deb kuladi. Lekin bu yerda boşqa çuqurroq gaplar bor! Birinçidan, “Özingni ehtiyot qil, qöşnini öğri tutma” deganlaridek, Afandi ehtiyotkorlik qilyapti. Kim bilsin, balki, “Bolaga iş buyur, ketidan özing yugur” deganlaridek, otasi u buyumlarni uyga olib kelib qöygandir. Ikkinçidan, “Jinoyatçi jinoyat joyiga, albatta, qaytib keladi” deganlaridek, Afandi öğrilik haqidagi sirni oşkor qilmagani maʼqul. Darhaqiqat, tergov-suriştiruv qoidasiga köra, to jinoyat töla foş etilmagunça, tergov tafsilotlari oşkor qilinmaydi. Uçinçidan, haqiqat baralla aytilmaydigan, başarti aytilgudek bölsa, maçitning oldida turgan odamki undan ustalik bilan foydalanib mahalladoşining eng birlamçi iş quroli va tirikçilik vositasini ham öğirlaşdek qinğir işga qöl uradigan bölsa, bunday noinsoflik, nohaqliklar odatda şivirlab, quloqqa aytiladigan böladi-da! “Aytsam – tilim, aytmasam – dilim kuyar”. Baralla aytiş mumkin bölmasa, şivirlab aytiladi-da, Haq Söz qay şaklda bölsa-da, aytilişi kerak! Ötgan-yitgan şöro tuzumi davrida köp haqiqatlarni röy-rost aytişning imkoni bölmagani, bu yoqda esa, har qadamda öğrini qaroqçi urayotganini körib-bilib turgan odamlar nima qilsin, özaro şivirlaşadi, piçirlaşadi, hasratlaşadi, turfa xil qinğirliklarga barham berişning eng töğri yöllarini birgalikda zimdan qidirişadi-da!

Afandidek adabiy va abadiy qahramon uçun esa, bu tabiiy hol. Agar tabiatan töğri Afandining aşaddiy raqiblaridan biri öğri bölsa, ikkinçisi, yolğonçi-aldamçidir. Yuqorida keltirilgan latifada otaning buyruğini noçor-noiloj bajarib, ketmon bilan qumğonni yaşirgan Afandining bu sirni barçaga oşkor qilişi zamirida otaga itoat, lekin aldamçilikka qarşi isyon yotibdi. Lekin otaning özi aldam-quldamga yöl qöysa-çi? Bunday paytda ham otaga itoat qilib, uning aldam-quldamlariga şerik bölib yuraverişi kerakmi? “Aldagani bola yaxşi” deydilar, lekin u bolaning öziga emas, uni aldab turgan kattalargagina yaxşi! Aslida, bolani aldamaslik kerak, çunki bu olamdagi heç bir kuç bola könglini aldov va yolğon qadar jarohatlayolmaydi. Tabiatan töğrisöz Afandining bola köngli har qanday aldov, soxtalik, ayniqsa, otasining yolğonini kötarolmaydi. Bunday paytda otaga böysunişdan unga qarşi çiqiş töğriroqdir. Mana, “Bu pul bölmay nima?” deb nomlangan latifa! “Afandi bolaligida otasi birovdan ikki yuz tanga qarzdor edi, ana-mana deb qarz bergan kişini ovora qilar edi. Bir kuni u kelib pulini qistagan edi, otasi: – “Jonim bilan berar edim-u, bir çaqa ham pulim yöq, sabr qilasiz, birodar”, deb turgan edi, Afandi uydan bir hamyon tangani kötarib çiqib: “Dada, bir çaqa ham yöq deysiz, bu pul bölmay nima?!” dedi-da, yerga tökdi”.

Agar ota azbaroyi muhtojlik sabab qarzini qaytarolmayotganida edi, bola Afandi unga xayrixoh, hamdard va hatto kömakdoş bölişi tayin edi. Lekin yelkasidagi qarz yukidan qutuliş imkoniga ega böla turib bir paytlar yordam qölini çözgan qarz beruvçini hadeb ovora-sarson qilaveriş va oşkora aldaş insofdanmi?! Ota oşkora noinsoflik qilayotganini köra-bila turib jim qoliş mumkinmi?! Yöq, çinakam Afandi uçun bu mumkin emas, çunki u tabiatan töğri va töğrisöz!

Sud mahkamasida guvohlik beruvçi odam töğri va rost gapirişi şart. Afandi bu maʼnoda eng işonçli guvoh böla oladi. Nega deysizmi? Buni “Zamzam” latifasini öqib bilib olasiz: “Afandini qozi guvohlikka çaqirdi. Söroq navbati kelganda, javobgar tomon qoziga murojaat qildi: – Taqsir, qozim! Bu kişining guvohligini qabul qilmaysiz, çunki bu kişining yetarli miqdorda moli bölsa ham, hajga borişdan qoçib yuribdi. – Bu kişi bekor aytadi! – dedi Afandi qoziga. – Men haj qilganman. Qozi Afandidan söradi:

– Agar hajga borgan bölsangiz, ayting-çi, zamzam quduği Kaʼbaning qaysi tomonida? Afandi javob berdi:

– Men hajga borganda bir töda arablar, zamzam quduğini qayerdan kavlasak ekan, deb joy qidirib yurgan ekan”. Afandi jahongaşta va umriboqiy qahramon hisoblanadi. U barça zamon va makonlarda yaşagan, odamlarni kuldirgan, töğri yölni körsatgan. Demak, bunday odam eng işonçli guvoh böla oladi-da! Yuqorida Afandining yigirmadan ortiq xalqlarning qahramoni ekanini taʼkidlagandik. Jumladan, u arablarda ham keng tarqalgan. Demak, Afandi arab diyorini obdon kezgan qahramon, haj qilgan qahramon. Kezi kelganda qiziq bir maʼlumotni aytsak: bir afanditabiat rus tilşunosi “haj” sözini rusça “xodit, xojdeniye” sözi bilan özakdoşligini faraz qilgan edi… Şunday safar-sayohatlarning birida Afandi öz hamkasbi, boringki, raqibi Aldarkösa bilan uçraşib qoladi-da, u bilan sözda bellaşadi. Tafsilotlarini “Röza tutiş vaqti” latifasida öqiymiz: “Bir kuni Afandi bilan Aldarkösa uçraşib qolibdilar. Afandi Aldarkösadan sörabdi, rözani qaçon tutib, qaçon oçsa böladi, deb. Aldarkösa bunday debdi: – Agar osmonga toş otsalar, körinmasa şu holgaça rözani tutib oçiş mumkin, – debdi. Buni eşitgan Afandi:

– Bordi-yu, kuppa-kunduz kuni ham ikki toğning oraliğiga kirib, qoronği yerida ovqat yeb çiqsa ham bölaverar ekan-da, – debdi”. Afandi röza tutiş qoidasini bilmagani uçun sörayaptimi yoki sinaş uçunmi? Hoynahoy, keyingisi. Aldarkösaning javobiga eʼtiroz bildiryaptimi, demak, uning javobidan töla qoniqmagan, yaʼni uni sinaşda davom etyapti. Bu latifani öqigan yo eşitgan odam asl qoidani bilişga qiziqişi tayin. Maʼlumki, rözada oğiz quyoş çiqqunça yopilib, quyoş botgaç, oçiladi. Muqaddas Qurʼonning Baqara surasi 187-oyatida: “Tong paytida oq ip qora ipdan ajragunça yeb-içavering. Söngra rözani keçasigaça batamom qiling”, deyiladi. Aldarkösa aytgandek, toş otiş qoidasi yöq, demak, Aldarkösa Afandini aldamoqçi, ehtimol, u ham Afandini öziça sinamoqçi bölgan.

Xulosa örnida aytişimiz kerakki, Afandining özi töğri, sözi töğri, işi töğri, niyati töğri… Afandi latifalarida bunday töğriliklarni topib örganiş barçamizga foydali. Topganga esa, Afandining sovğasi bor. Qanday sovğa deysizmi? Buni “Şaftoli ekanini kim aytdi” latifasidan öqib töğri javobni özingiz toping: “Afandi bir xalta şaftoli kötarib, köçada borar ekan, bir töda bolalarga qarab: “Xaltadagi nima ekanligini topsalaring, bitta şaftoli beraman”, – dedi. “Xaltangizdagi şaftoli”, – deyişdi bolalar. “Şaftoli ekanligini sizlarga qanday badbaxt aytdi?” dedi Afandi ajablanib”…

 

1Töplab, naşrga tayyorlovçilar: Bahodir Sarimsoqov, Farida Yöldoşeva. Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyoti, 1990 y.

 

(Boşi. Davomi kelgusi sonda)

 

OTAULI

1949-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Osmon töla yulduzlar”, “Qalb darçasi”, “Surnay navolari”, “Elçi (Afandi ölmaydigan böldi)”, “Ruhiyat ehromi”, “Zamona zayli”, “Tilsim”, “Otning qaşqasi”, “Közlarga tötiyo sözlar”, “Bilga xoqon dostoni” kabi qissalar, badialar, hikoyalar, nasriy doston va adabiy-tanqidiy maqolalar töplamlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…