(Hikoya)
Tong. Sigir-buzoqlarning jaği oçilib, meni tinmay öz tilida çaqirayotgandek. “Demak, bugun uxlab qolibman” dedim özimga. Yozgi taʼtil bölgani uçunmi ertalab uxlab qoliş, sigirlarni kun yoyilganda boqiş ham ayb emasdek tuyuladi. Taʼtilning töqson kuni töqqillab ötgani sayin esa uy işlari, öyinlar ham biroz zeriktirayotgandek göyo.
Aytgança, bu yil töqqizga tölaman. Momomning aytişiça, “odam soniga” kirar emişman. Hozir-çi, nima odammasmanmi? Momomga şunça yordamlaşganim bilan har doim menga: “Bolasan-da, bilmaysan, bu dunyoning işlari köp ğalat… Heç kimning oilasi buzilmasin. Onang ham qiziqqon bölib qolgan… Men kuymay, kim kuysin?! Onangni eslatib turgan qoş-közlaringdan örgilay. Baxting öxşamasin işqilib”, – deb peşonamdan öpadi.
– Lobar! – dedi momom, – peşin böldi-yov qizim. Mollarning qobirğasi qobirğasiga yopişib ketdi. Şirçoyingni suzib qöydim. Turgin endi.
– Hali sakkiz bölgani yöq-ku, enajon, – dedim bir közimni zörğa oçib derazadan möralab.
– Kunni qaragin, ertalabdan qizdiradi-ya. Dugonalaring allaqaçon Şörtandan ötib, hu, yam-yaşil zovur çetlariga mollarini boqib, töyğazib ham bölişgandir.
Içimda mol bahona öyindan ham qolib ketganimni fahmlab: “Özi ketganini kördingizmi?” – dedim eşik tomonga yurib.
– Körganimga ança böldi, bolam.
– Ertaroq uyğotmabsiz-da, momo, – deyman yana aybimni tan olgim kelmay.
– Qança çaqirdim, özing erinçoqsan, qizim, – dedi momom. Yuzimni çala-çulpa yuvib, şoşib mollarni böşatgani yöl oldim.
Yumşoq nonni yaşirib qöygan qaymoğimga botirib-botirib yedim-da, sigir-buzoqlarni yölga solib haydab dalaga yöl oldim.
Buyoği endi bepoyon paxtazor va ekin maydonlari. Undan sal nariroği esa daryo qirğoği – dayrovot. Men-ku u yerlarga deyarli bormaganman. Çunki toğam u yerga borişimni taqiqlagan. Dugonalarimning aytişiça, daryoning narigi qirğoği yam-yaşil bedazor emiş. Şu bois ayrim sigirlar u tomonga suzib ötaman deb daryoda oqib ketgan.
Sigir ança qarib qolgan. Keçgaça boş kötarmay ötlasa ham, negadir, uni töydirolmayman. Uyga ketar çoğda töyguniça suv içiraman. Meş qorni şişib töygani bilinib tursin deyman-da.
Bu yerda hamma meni “şaharlik” deydi. Lekin bu gapni yomon köraman. Otam-onam ajraşib ketişganida onam beçora tört bolani boqaman deb qiynalib qolgan. Men esa otamni ham onamni ham emas, momom bilan yaşaşni tanladim. Toğalarimning biri köçib ketgani, biri öqiş uçun şaharga ketgani sababli momom katta hovlida yolğiz qolgandi.
– Katta toğangni bekor köçirib çiqargan ekanman. Kattasi köçib çiqsa, kiçigini uylantiraman degandim-da. Qayda, kiçkina toğang öqiyman deb oyoq tirab turib oldi. Omadini bir sinab körsin, keyin öz-özidan köngli qoladi, deb öylagandim. Lekin toğangning omadi çopib öqişga kirib ketdi, – deya zorlana boşlaydi momom. – Bobong rahmatli erta ketdi. Bolalarimning katta bölişini qança kutganimni bilsayding. Mana, katta bölişdi ham. Ammo endi öqişini bitirib qaytişini kutyapman. Közim yölda. Odamzot nimanidir kutib yaşarkan. Kutib-kutib, umring ötib ketganini ham bilmay qolarkansan.
Momomning gaplariga baʼzan tuşunib, baʼzan tuşunmay boş irğab tinglagan bölaman. Ammo tinglaganim sayin negadir könglim köçada – dugonalarimning oldiga çopmoqçi bölaveradi…
Qişloqda har bir dalalarning, qirlarning, tepaning öz nomi bor. Mana, qadamlarimni tezlatib, sigirlarni yugurtirib Şörtanga ham keldim. Jonivorlar ham bu yerga örganib qolgan. Paxta dalasiga sira kirmaydi. Ariq yoqalab bir tekisda ajriqlarni yeb ketaveradi. Men dugonalarim Ozoda va Gulrux bilan körişganimdek sigirlarimiz ham bir-biri bilan yer çimdişdan boş kötarib “mö-mö”laşib salomlaşib qöyadi.
Ozoda uzoqdan meni körişi bilanoq qölidagi makkajöxorini kötarib köz-köz qildi. Birdan xayolimda çaqin urgandek nimadir yalt etdi-yu, içimda xörsinib qöydim. “Ana, köp uxlaşning oqibati, keça kelişganimizdek tomorqadan makka sötasini uzib oliş esimdan çiqibdi, esiz”.
– Soçini qaragin, Lobar, – dedi Ozoda makkajöxori popugini öynarkan.
– Mening qöğirçoğim çöpdan böladi, – dedim.
– Öynaymizmi?
– Öynaymiz!
Mollarni galma-gal qaytarib kelamiz. Har doim quyoş tik kelganda, boşimiz qizib qornimiz oçganini sezamiz. Şunda Bolibek boboning dala çetidagi tarvuzlariga sekin yaqinlaşardik. Bolibek bobo oilasi bilan har bahor mana şu kenglikka joylaşib qovun-tarvuz ekadi. Öğrilardan qöriş uçun uzun durbini bilan atrofni kuzatib ötiradi.
Aslida, polizga pusib borsak ham böladi. Şunda söraşga ham hojat qolmaydi. Ammo bizni otning qaşqasidek tanib qolgan, bilib qolsa uyat böladi-da. Keyin bilsam, Bolibek bobo rahmatli bobomning örtoği ekan. Yodidan çiqib ketgandir deb har gal tarvuz sörab borganimda “Omonning nevarasimisan?” deydi negadir öyçan xayolga berilib. Söng qölimga bitta tarvuz tutib, “kelib turinglar” deydi. “Rahmat!” deymizu, tezroq tarvuzni paqqos tuşiriş payida bölamiz.
Çanqoqdan ölayozib turganimiz yetmaganday dugonam Ozoda tarvuzni muzday oqar suvga qöyib, birpas kutişimizni aytadi. Keyin römolimizni töşab, tarvuzni yerga urib, yorib yeymiz. Ayni pişiqçilik mavsumi bölgani uçun içi qizarib çiqadi. Yarmini yeb, qolganini sabzi ötoq qilayotgan ayollarga eltib beramiz.
Quyoş botar mahal ufq qizarganda dalalar salqin bölib koladi. Öyin öynab keç qolganimiz sabab qorni töygan sigirlarni yugurtiramiz. Yana qoş qorayar mahal momom yölga çiqib, kutib turgan böladi…
Devorga boşimni suyab mudray boşlayman, şunda momom:
– Ertaga Şörtandanmi, tepalik yonlaridanmi şöra terib kelsalaring piçak qilib beraman, – dedi. Boşim qiyalab borayotganiga ham eʼtibor bermay mastava töla kosani oldimga surib qöyadi.
Söng quloğimga yana momomning zorlangani eşitiladi…
Közimni oçganimda tong yorişgan ekan.
– Lobar! Qizim, turaqol, dugonalaring kutib turibdi.
Oçiq derazadan boşlarini suqib piqir-piqir kulayotgan dugonalarim bu safar momomga qöşilib:
– Heç uyquçiliging qolmadi-da, dugonajon! – deyişdi.
Bahoriy kökatlar qotişib, yalpizlar ham açimsiq taʼmga kirgan. Doim şifobaxş taomlar tayyorlaşga iştiyoqmand momom:
– Endi peşingaça mol haydaş yöq. Şöra terib kelinglar, maza qilib piçak yeysizlar, – dedi.
Yana har işni öyinga aylantirib, bir-birimizni turtkilab öyinqaroqligimiz tutadi. Momom aytgan tepalik yoniga yetib borganimizda xuşxör yam-yaşil şöralar ğuj-ğuj ösib yotardi. Har qalay oyoq ostida emas tepalik yonida ösgani uçunmi, momom bizni şu yerga jönatardi. Goh şöraning bargquloqçasini uzib, goh tomiri bilan suğurib çelakçalarimizni töldirib uyga qaytardik. Momom allaqaçon piçak xamirini muştlab qöygan ekan.
Biz terib kelgan şörani eski dasturxon ustiga yoya turib: – Iye, bu yovvoyi şöra-ku, qizim, – deb qoldi momom. Nafasim qaytib ketayozdi. Şunça mehnatimiz, buning ustiga enam xamirini ham qorib qöygan ekan-a!
– Qaysisi çin şöra unda? – söradim. Enam çelakni ağdarib içidan yapaloq bargining orqasi oqimtir şörani qölimga tutqazib:
– Mana bunisini yesa böladi, – dedi.
Dugonalarim ham allaqaçon uylariga ketganini fahmlab yana oyoğimni qölga olib ortimga yugurdim. Çelagimni töldirib qizğiş bargli şöralarni terib, uyga qaytdim.
Uyda kundaçani ayvonga olib çiqib ötirgan momom ham meni şoşib qarşiladi. Ğayratim jöşib kundaçada şöralarni çopib ham berdim. Momom biçaklarni bukişga ötirganida yugurib tandirni qizdirdim.
Tandir içi juda katta. Bir marta olov yoqib oqartiriş kamlik qiladi. Ikki marta tandir içini oqartirib rapida va yengçani qoqib-qoqib tayyorlab qöydim. Momom qizigan tandir içining ikki tomoniga suv sepib hovuridan tuşurib qöyadi. Keyin yengçani bilagiga kiyib, birin-ketin piçaklarni yopib tandir oğzini biroz berkitadi. Köp ötmay, piçakning hidi dimoğimni qitiqlay boşladi. Keyin enam piçaklarni uzib toğorani töldirdi.
– Birpas damini olsa, muloyim böladi, – dedi momom. Piçakni yeb bir köça narida bölak bölib çiqib ketgan toğamning uyiga dasturxonga öralgan biçakni olib yuguraman.
Toğamnikidan qaytib kelayotsam, ayollar ketmonçalarini tutgança paxta çopiğidan qaytişayotgan ekan. Ularni körib havasim keldi.
Momomga: “Men ham paxta çopiğiga çiqay? Toğamni qizlari çiqişyapti-ku” dedim. Momom meni kiçkinaligim uçun ayadimi, işqilib ortiga qarab ham qöymay, “mollarni kim boqadi unda?” – dedi.
– Men, men hammasiga ulguraman. Faqat xöp desangiz bölgani! – dedim özimni xuddi katta odamday tutib.
– Özing bilasan. Lekin çarçab qolasan-da, öylab kör, bolam, – deydi bu safar ortiga burilib xuddi mening böyimni çopiq ketmonning böyiga taqqoslab ölçayotgandek tikilib.
– Çarçamayman, – dedim.
Endi bu gapni dugonalarimga ham aytib ularni ham özim bilan birga dalaga olib borişim va çopiq masalasida brigadirdan ruxsat oliş kerak edi.
Raim brigadir avval böyimizni, keyii şaştimizni sinadimi, bizni ançayin söroqqa tutdi:
– Qurmagurlar-ey, mayli, kiçikdan katta böladi-da odam, yana paxtani ildiz-pildizi bilan çopib boşimni baloga qoldirmaysizlarmi? – deb şop möylovini buragança uçalamizni ketmonçalar bilan uçta egat boşiga olib bordi.
Paxtazorning uzundan-uzun egatlarida kun qizib borgani sayin dam-badam ötirib öyinga berilib qolganimizii aytmasa, Raim birgad aytganday endigina barg çiqara boşlagan ğözalarni çopmadik. Çopgan bölsak ham endi söliganda seziladi. Xullas, bir sigirlarga, bir paxta egatga çopib kunni keç qildik. Bir kunda özimizni katta odam çoğlab ketmonçaga suyanib olib bir-birimizga “maslahatgöylik” qilişimizda ham, nazarimda, tezroq katta böliş umidi bor edi.
Uyga qaytganimda, sigir-buzoqning u yoq-bu yoğidan ötib, közdan keçirib kelgan momom mening rang-röyimga boqib: “Çarçab qoldingmi, qizim?” dedi. Söng yana alqab: “Barakalla, yaxşiyam sen borsan”, deb yelkamga sekingina urib, söng xörsindi.
Men esa çarçoqdan yelkamni devorga suyab mudragança enamni kuzataman. Bunday paytlarda enam har kuni oz-ozdan keçqurunlari paxta çigitlab ötiradi. Men ularni kuzata turib, uyquga ketaman. Ertasiga ertaroq uyğonib, paxta dalasiga çopiqqa otlandim. Tuşlariga çopiq kirib çiqqanday Gulrux bilan Ozoda ham allaqaçon sigirlarini oldilariga solib yölga çiqişgandi. Etagimiz töla oq olma. Bolalikning oq olmalari ham şirin bölarkan. Biz öşa oq olmalarni ham dalada yeyişni yaxşi körardik. Harqalay çarçaganda çanqoqni bosadi. Paxta dalasiga yetib borişimiz bilan dala aylanib yurgan Raim brigadir bizga:
– Ha, barakalla! – deydi.
Şunda uçalamiz ham bir-birimizga qarab eşkirib ketamiz va çopiqni boşlaymiz.
Bu keng dalalarning sira adoği yöqdek edi, nazarimizda. Biz uçun har bir narsa qiziq, har kun sarguzaştga töla edi. Ammo tezroq katta bölişni, tezroq bu hayotning özimiz bilmagan jumboqlarini yeçişni istardik. Peşinda çarçaganimizdan sigirlarni oldimizga solib oq olmalarni bir-bir tişlab uyga qaytdik. Oq olmani tişlasang, boşqa olmalardek qarsillamaydi-yu, lekin baribir şirin. Keyin uni paxta olma ham deyişadi. Nega unaqa deyişar ekan-a?.. Tiş botgani uçundir balki… Balki oqligi uçundir. Balki paxta çopiqda paxta dalaga olib çiqib yeyiş uçun şunday nomlaşgandir. Bilmadim, ammo odamning köngli oq bölsin ekan. Şu oq olmalardek…
Nilufar Bekmurodova
1984-yili tuğilgan.
“Baxt degani şumikan”, “Xato”, “Masʼud kunlar” nomli hikoya va şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


