(Hikoya)
Siyrak, tillarang soçlari peşonasiga tuşirib kalta qirqilgan, puçuq burun, yoqimtoygina bolakay guruç donalaridek old tişlarini köz-köz qilgança şirin jilmayib turardi…
Hulkar közini suratdan uzib, darpardalar oraliğidagi puştirang osmon parçasiga noxuş tikilib qoldi. Könglining tubida oğir ğaşlik çökib yotardi… Parişon nigohi devorning bejirim gulqoğozlari böylab kezina-kezina, qaytib yana toşoyna ustidagi suratga qadaldi… Surat… dunyoga kelib, bor-yöği ikki yilgina yaşagan gödakning yagona surati… Öta ehtiyotlab saqlangan – yigirma yildan ziyod vaqt keçsa-da, göyo yaqinginada işlangandek yap-yangi… Bolagina – uning ukasi, surat u bir yaşarlik payti, şamollab şifoxonaga tuşgan çoğida olingan; bola asli dömboqqina, yuzlari kulçaday qizğiş, löppi-löppi edi. Rasmdagining esa yuzi bir burda, közlari kirtaygan, jilmayişi ham odamning rahmini keltirardi hatto… (Ukasini difteriya olib ketganida Hulkar hali uçga tölmagandi.) Çapgi quyi burçakda bolani tutib turgan qöl – onasining qöli va yana ola-bula xalatning yengidan ham biroz körinib qolgan. Bu xalat yodida – u doim vannaxonadagi qoziqda iliğliq turar, onasining ölimidan söng ham ançagaça öşa qoziqda iliğliq qolgandi… Gödakning hafsala bilan taralgan soçlariga termilarkan, Hulkar onasining öşa vaqtdagi – yopişqoq suratkaşlardan biri tirikçilik köyida nihoyat kasalxona bölmasiga ham boş suqib, avrab-avrab surat olişga köndirgandan söng, bolasini artib-surtib, yoqalarini töğrilab, yuzida faqat onalarning öz farzandlarigagina ataluvçi allaneçuk tabassum bilan şu bir tutamgina soçni ham avaylab tarab qöyayotgan holatini tasavvur qildiyu… yuragi sitilib ketguday böldi…
Suratni keça oqşom payti, jomadondagi mayda-çuydalarni javonga olayotib, hujjatlar saqlanadigan çarm jild içidan, tuğilganligi haqidagi guvohnoma orasidan topib olgandi. Xayol bilan toşoyna qarşisiga qöygan bölsa, şu böyi unutgan. Biroq könglidagi ğaşlik marhumlarni xotirlaganidan emasdi çoği – közlarini yumgança soatning çiqillaşiga quloq tutib yotarkan, u qandaydir tuş körganini eslay boşladi. Qandaydir tuş… Bu bezovta ğaşlik ayni öşa – hozir sira xotiriga kelmayotgan tuş bois ekanini his qilgan köyi birmunça vaqt qimirlamay yotaverdi va tuyqus qalbida ayni dam yangi sokin bir sevinç ham borligini ilğadi. Keyin şu kunlarda hayotida qandaydir ulkan quvonçli voqea yuz bergani va bir neça tongdan beri öşa ulkan quvonç harorati içra uyğonayotgani yodiga qaytdi. Közini oçib şiftda ajabtovur şokildali yoğoç qandilni kördi, boşini kötarib oynadagi öz aksiga boqdi, söng yoniga ögirilib, nigohi vannaxonaning qiya oçiq eşigiga tuşdiyu butun borliği yorişib ketdi. Eh, axir, ular nihoyat uylik bölişdi-ku! Hulkar irğib örnidan turdi, atrofga entikib köz yugurtirdi. Köngli tölib, kerişgança oyoğiga yap-yangi, yumşoq, kelinlarniki kabi ukpar qadalgan çiroyli şippaklarini ildi, atayin şoşilmay, sarxuş, bitta-bitta qadam bosib vannaxona tomon yurdi. Hozirgina nimadandir ğaş bölayotgani xayolidan butkul kötarildi…
Vannaxonada, oyna ostidagi tokçada Faxriddinning soqol oladigan buyumlari, bir neça xil odekalon, tiş pastasi va çötkalar solingan idiş, lason va yoğupali rang-barang yelim qutiçalar tartib bilan terib qöyilgandi. Ikkala jömrakni baravar burab vannani töldirarkan, Hulkar sartaroşxonada işlagan yillarini xotirladi – Faxriddin bilan öşa yerda tasodifan tanişib qolgandi (Töylaridan ança avval Faxriddin uni sartaroşlikdan ketişga majbur qilgan, Hulkar keyinroq tarbiyaçilik kursini bitirib, boğçada işlay boşlagandi). Yigitning uyidagilar, öğillarining ota-onasiz, sepi ham bir navi, tağin sartaroş qizga uylanişiga avval qarşi edilar. Ammo köp ötmay, kutilmaganda özlari sovçi bölib kelişdi. Hulkar buni Faxriddinning öjarligidan körgandi, keyin bilsa, boşqa tomoni ham bor ekan. Erining ota-onasi – azaldan örtahol, işçi odamlar öşa paytga kelib birin-ketin böyi yetgan farzandlarining orzu-havaslariga yanada qölikaltaligi sezilib qolgan, buning ustiga, eng katta muammo – uy-joy boş oğriği ham köndalang – qaynona-qaynota, Faxriddinning uylangan, ikki bolali akasi, yaqinda harbiydan qaytgan egizak ukalari – jami töqqiz jon uç xonali uyda turişar; Faxriddin kiçkina töyça bilan kifoyalanişi, töydan keyin tezda ijaraga uy olib çiqib ketişi va şu bilan u yoğiga aravasini özi tortişini aniq qilgaç, bittasining taşvişidan qutilayotganlariga suyunibmi, töyga rozilik berişgan. Hulkar qaynona-qaynotasi bilan ikki oy ham birga yaşagani yöq – kelin-kuyov törvaxaltalarini orqalaşib, peşonalariga bitilgan birinçi ijara uyi sari ravona bölişdi. Ana öşa kunlarning zahri heç qaçon yuragidan ketmasa kerak – D.ga jönagunlariga qadar uç bor ijara almaştirildi, ayniqsa, oxirgisi eng rasvosi edi – eski, katalakdek hovlining bir burçidagi, şuvoqlari köçgan, poli çirik, yoqimsiz hidli bitta dahliz, bir xona… Keç kuz, sovuq tuşib qolgan, uyning esa peçkasi ham yöq. Köçib kelgan kunlari “koşona”ni körib Hulkarning asabi doş berolmay qoldi – avval ötirvolib rosa yiğladi, söng tars-turs qilgança xolasinikiga jönavordi; ertasiga kunni keç qilib qaytib kelsa, Faxriddin dahliz ostonasida papiros tutatib ötiribdi, eşik-derazalar lang oçiq. Hulkar birdan böşaşib, araziga puşaymonlar yeb ketdi. Beçora eri… u ketgaç bir özi binoning iç-taşini supurib-sidiribdi, u-bu yerlarini suvab, yaxşilab oqlab çiqibdi. Hulkar darrov çoy-non qildi, keyin er-xotin qayta inoq bölişib, yeng şimarib işga tuşib ketişdi – yerga avval poxol, kigiz, ustidan palos yozişdi, derazaga parda ilib, köç-köronlarini joylaşdi. “Koşona” yaşasa böladigan epaqaga keldi, işqilib. Bir neça kundan söng Faxriddin “golland peçkasi”ni keltirib örnatdi, bahorgaça yetadigan ötin-kömir tuşirdi. Bir amallab qişni ötkazişdi. Boy oiladan bölmasa ham, har holda barça zarur qulayliklari bor uyda ösgan emasmi, Hulkar hammayoqni qorakuya qilib kömir yoqişu uyni isu çangga töldirib kul olişlardan, ustiga-ustak hammomning yöqligidan qattiq qiynaldi. Uy egasi – yoşligida yomon nom çiqargan, lekin birovga gap bermaydigan şallaqi söqqaboş kampir yesa, har oy yigirma beş sömni qurtday sanab olsa-da, heç insofga kelay demasdi – “oşxonaga hadeb kirib çiqaverma”, “kiringni hovliga yoyma”, “uzzukun chiroqni yoniq qoldirasan, elektrga munça pul kelibdi, yarmini sen töla…” kabi vaysaşlari bilan quloq-miyani yegani yetmagandek, goh oşxonadagi gaz balloni quloğini yaşirib qöyar, goh muzlatkiç kiçikligini bahona qilib, Hulkarga tegişli bir bölak göşt, yarimta saryoğni olib taşlar… asabini egovlardi. (Faxriddin u paytlar kiçkina sabzavot dökonida sotuvçi edi, oyligi töqson söm, yana topganining bir qismi töy arafasi taniş-bilişlardan kötarilgan qarzni tölaşga ketardi). Kampirning turqini körmaslik uçun Hulkar ovqatni ança avval pişirib olib oşxonadan çiqib ketar, çoynakni doim öz xonasida, “golland peçi” ustida qaynatardi; idiş-tovoqlarni ham, kir-çirlarni ham dahliz burçagida yuvib, öşa yerning özida quritar; çömilgani esa haftada bir eri bilan Hulkar – xolasinikiga borib kelişardi. Lekin u uyda Hulkar uçun eng yomoni har qor-yomğir yoğganida tomdan ötadigan çakka edi. Faxriddin ilma-teşik tomni qölidan kelgança yamab-yasar, ammo kelasi safar baribir qayerdandir yana çakka ötaverardi. Esida, bir keça şundoq yuziga çakka tomçilaşidan uyğondi, joylarini boşqa yerga surişdi, lekin çorak soat ötar-ötmas u yerdan ham suv çakillay boşladi. Qisqasi, er-xotin u burçakdan bu burçakka örin-körpa taşib tong ottirişdi, xona uydagi bor tovoq, kosa-piyolalarga tölib bitdi.
Tun sukunatini çakkaning tak-puki buzgan öşa keçalarni eslasa, hali-hali yuragini zax bosadi.
Qişning oxiri körinay deganida kampir ijara haqini birdan qirq beş sömga kötarib, “çidasalaring – şu, bölmasa – katta köça”, deya tönğilladi. Ayni öşa kezlar Faxriddin D.dan harbiyda birga bölgan qadrdon döstidan xat olgan – dösti korxona oçganini maʼlum qilib, uni öz yoniga çaqirardi. Ançadan beri daromadliroq iş topolmay boşi qotib yurgan Faxriddin bu xatdan söng taraddudlanib qolgandi, kampirning sönggi qarori turtki böldi – döstiga sim qoqib gapni aniq qilgaç, Hulkarni köç-köroni bilan vaqtinça bir beva ammasining uyiga qöydiyu D.ga jönadi-ketdi.
Ammaning yolğiz öğli harbiy xizmatda, tört xonali uyda kelini ikkovlon turişardi. Oşxonayu vannasida doim issiq-sovuq suvi tayyor edi. Boşida hammasi binoyidek – amma juda sodda, ikki gapning birida “aylanay-örgilay” deb turadigan yumşoqtabiat ayol, kelin ham halimdekkina körinuvdi. Bir haftalar ötib, kelinning qöşni şaharda yaşaydigan onasi keldi-yu “ob-havo”da keskin özgariş yuz berdi. Barkaşday yuzida ösiq tukli qop-qora xoli bor ayol kelgan zahotiyoq Hulkarga qoşlarini çimirib, ensasi qotib qaragandi; keçqurun kelinning yotoği yonidan ötayotib, Hulkar uning atayin baland ovozda: “Indamasang, öğlim ketdi – yolğiz qoldim deb hamma uysiz uruğ-aymoğini boşiga yiğadi”, – deya şanğillayotganini eşitdi.
Ertasiga ertalab ayvonga çiqqanida, çaqçaqlaşib ötirgan ayollar uni körib birdan jimib qolişdi. Salomiga ham heç kim alik olmadi, nonuşta çoği kelin ham odatiça çoy quyib uzatmadi. Özini sir boy bermagandek tutsa-da, Hulkarning içida yomon zil ketdi. Ona-bola mayli-ya, lekin şu kungaça “aylanib-örgilib” yurgan ammani nima jin urdiykan? Hulkar şunda ham badgumonlikka berilmay, “har kimda bölgani kabi buning ham öziga yaraşa ğam-taşvişi bordir, öşalarni öylabmi yo şunçaki öğlidan xavotir olibmi, kayfiyati yöqolgandir”, deb qöya qolgandi. Biroq keyinçalik ham amma unga oşkora röyxuşlik bermay yuraverdi. Vaziyat kundan-kunga yomonlaşardi. Bora-bora, uni dasturxonga ham çaqirmay qöyişdi – özi kelsa keldi, yöqsa, birov nomiga ham “keling” demaydi… Oşxonani-ku, quda xola butunlay qölga olgandi, Hulkar biror işga yordamlaşay desa, “yöq, qöying, siz bilmaysiz”, deb hatto kartoşka-piyoz arçiş, idiş yuvişga ham yölatmasdi. Qaraşmagandan keyin tappa-tayyor ovqatga borib ötiriş noqulay… yana oxirgi kunlar dasturxon ustida tez-tez köz uriştirib oladigan odat çiqarişgan… Oşxonaga boş suqişdan bezillay boşladi – şkaf yoki muzlatkiç oçilib-yopildi degunça, albatta, kimdir böynini çözib qolardi. Bular ham kam ekan…
Bir kuni quda xola: “Kelinpoşşa, sizzi uyizda qandoğ bölganini bilmadim-u, lekin biza çömilgandan keyin vannani tozalab, tökilgan soç-poçlarimizzi yiğiştirib çiqamiz”, – deb piçing qildi. Öşa kuni Hulkar vannaga tuşgan, özidan söng har galgidek hammayoqni yuvib-tozalab qöygandi. Xudo urib bir-ikkita soç tolasini körib qolgan bölsa, “uzib” olişga bahona topilgan. Hulkar indamadi, ammo öşa kundan boşlab xonasidan taşqariga çiqişga yuragi qolmadi. Ketvoray desa, Faxriddinning feʼli maʼlum…
Ğirt tekinxör bölmay deb eri taşlab ketgan öttiz sömça pulga baʼzan yonlaridagi dökondan non, saryoğ, şakar kabi mayda-çuydalar olib kelardi. (Keyin bilsa, Faxriddin ammaning qöliga ham alohida ellik söm bergan ekan, amma esa bu haqda “miq” etmadi-ya.) Ona-bola surbetlikni avjiga mindirib, uyda non qolmasa – nonsiz, sabzavot tugasa – ovqatsiz, Hulkarning qöliga qarab ötiradigan bölişgan, agar Hulkar dökondan, masalan, sut yoki tuxum keltirsa, kelin darrov biror pişiriq pişirişga tuşib ketar va uç kunning özidayoq bor masalliqni tugatib qöyib, bezrayib turaverişardi. Hammalari til biriktirib olib siyosat yurgizişayotgani endi kundek ravşan edi – yo anavi pismiq kelin uning bu yerdaligini yoqtirmay onasini kömakka çaqirgan, yo mehribon onaning özi Hulkar uzoq qolib ketib qiziga dardisar bölişidan qörqqanmi, taşabbus körsatib yetib kelgan söng nima deb avraganlarini Xudo biladi-yu, işqilib, sodda ammani ham öz tomonlariga oğdirib, Hulkarni bu uydan öz ixtiyori bilan, yaʼni “dod” degudek bezor bölib çiqib ketişga majburlaydigan reja tuzişgan. Hulkar hammasini tuşundi, aççiqlangan bölsa faqat özidan aççiqlandi…
Ikki oydan beri xat-xabarsiz yöq bölib ketgan Faxriddin öşa voqeaning indiniga, qoq sahar payti eşikdan kirib keldi. D. dan bir iş çiqişiga közi yetgan şekilli, ruhi tetik, dimoği çoğ. Ertasigayoq jomadonlarini kötarişib, u ğurbatxonani tark etişdi. Biroq siğindilik alami allaqaçon suyak-suyagiga singib, toabad öçmaydigan asorat qoldirib ulgurgandi.
Xudoga ming-ming marta şukr – endi öz uylari bor. Qanday yaxşi-ya! Bilganingni qil, xohla, kuniga mehmon çaqir, xohla, musiqa qöy, televizor ovozini istaganingça balandlat, birov “ğiring” demaydi… Hulkar iç-içidan huzur qilib közlarini yumdi… Odamzodning kapadek bölsa-da, öz uyiga ega bölişi heç narsaga qiyoslab bölmas baxt ekanini, ammaning ğurbatxonasidan çiqib ketayotib his qilgandi, lekin bunday baxt öziga ham nasib etajak kunni u paytlar sira-sira tasavvur qilolmasdi…
Hulkar D.ga, oçiği, u qadar oyoği tortmay jönadi. Yöl böyi ham, erining oğaynisi tayyorlab qöygan uyga kelib tuşganlarida ham köngli yorişmay, behalovat bölavergandi. Endi esa… Yuragi bir orziqdi – mana uylik ham bölişdi, birin-ketin boşqa niyatlari ham röyobga çiqar, ammo D.dagidek hayot nafasini qaytib heç qaçon tuymasa kerak. Hulkar D.ni, öşa damlar fayzi, şukuhini juda köp qömsardi. Özi asli kirişimli, serğayrat yigit emasmi, döstining yöl-yöriği bilan Faxriddinning işlari boşidanoq yurişib ketdi, uç-tört oy ötmay qöllarida mömaygina pul yiğildi, turmuşlari özgardi. Oğiroyoqligi bois Hulkar oxirgi kunlar piyozdoğ hidini kötarolmay qolgan, tez-tez toliqardi; uni urintirmaslik uçun Faxriddin har kuni ham tuşlik, ham keçki ovqatga taşqaridan biror tansiqroq yegulik keltirar yo Hulkarning özini eng yaxşi restoranlarga olib borardi. Muzlatkiç doim sarxil neʼmatlarga töla, istagani darrov muhayyo bölar, eri har qadamida uning köngliga qarardi… Yakşanba kunlari ular köpinça şahar aylanişardi, dökonlarga kirişardi, köziga yoqqan narsani Faxriddin qöyarda-qöymay olib berardi – Hulkar yoqtirdimi, tamom, narxi bilan işi yöq. Öğli Sardor tuğilgaç esa Faxriddin uni butunlay boşiga kötarib oldi. Xullas, öşa yillar Hulkar “yemaganini yedi, kiymaganini kiydi, körmaganini kördi”.
Doim şunday bölib qoladi deb öylagandi…
Bir bodrab çiqib, ikki-uç yil içida rosa gurillab ketgan xususiy korxonalar asta-sekin “çiğiriq”dan öta boşlagan payt Faxriddinning dösti ham korxonasini tarqatdi – uzoqni közlaşga odatlangan uddaburon bundan keyin D.dagi işlar faqat orqaga ketaverişiga amin edi; endigi omadini sinab köriş uçun Ukrainaning qaysidir şahriga otlanarkan, Faxriddinga ham topgan-tutganini mahkam tişlab uyga qaytişni, öşa yerda biror işning boşini tutişni maslahat berdi… Keliboq uy sotib olmaganlariga Hulkar hali-hali açinadi – uç xonali ğiştli uyni jihoz-pihozi bilan olişga bemalol qurblari yetardi öşanda. Faxriddin “biror işning boşini tutiş” uçun yaxşigina sarmoya kerakligi, ozroq sabr qilsa, keyin bir yöla hovli olib berişini aytib, işni paysalga solaverdi. Biroq ikki yillik çop-çopning natijasi ölaroq, sarmoyaning yarmidan köpi olatasir zamon quyunida sovurilib ketdi – Faxriddin qadamini katta oladigan davrlar ortda qolganini, nihoyat, tuşunib, balandparvoz rejalarni xayolidan çiqarib taşlagan vaqt qöllaridagi pul bir xonali eng arzon beton uyga ham kifoya qilmasdi. Faxriddin öylay-öylay, şu pul bilan yaqin xorijga qatnab savdo qilmoqçiligini bildirganida dastlab Hulkarning köngli ozib qolay dedi. Keyinroq tuşundi, könmay iloji yöq – baribir pullari uy olişga yetmaydi hozir, yetgan taqdirda ham, böm-böş uyni keyin qaysi pulga töldirişadi, u yoğiga tirikçiliklari qanday keçadi – avvalgidek quruq oylikka kun körib böladigan payt emas.
Faxriddin uç-törtta tanişi bilan bir bölib çet elga qatnay boşladi. Er-xotin taqdirga tan berişib, bellarini siqib boğlaşdi… Yana ijarama-ijara sanğişlar, uy sohiblarining minğir-minğiri… Baʼzan Hulkarni biri-biridan noxuş öylar qamrab olardi – göyo nimadir bölib, eri qölidagi pulidan ham ayriladiyu keyin qolgan umrlari ham şu tarzda – ijaralarda ötib ketadigandek tuyulib vahima bosardi…
Höl soçlarini momiq soçiq bilan tanğiyotib oxirgi marta ijarada turgan joylarini esladi – bir tatar ayolning uç xonali uyidan ikki xonani olişgandi; ayol özi yomon emasdi-yu, lekin sal injiqroq, masalan, vannaxonaga sovun, tiş çötkasi, soçiq kabilarni qöyişni qatʼiy taqiqlagan – özlari bilan olib kirib, yana özlari bilan olib çiqib ketişlari şart, bir gal Faxriddin şoşganidan soçiğini unutib qoldirganida ayol juda iflos bir narsadan ijirğangan misoli yuzini bujmaytirgança soçiqni uçidan zörğa kötarib kelib xonalariga irğitib yuborgandi… Hulkar ilgiçlarda qator osiğliq , çekkalarida qulupnay, ağanagan qöziqorin, yelkanli kema tasvirlari bor soçiqlarga xuş nigoh taşlab, ruhi tetiklaşib vannaxonadan çiqdi. Oşxonaga kirib çoy qöydi, undan mehmonxonaga ötdi… Köçib kelganlaridan beri şunday – hali ayvonga, hali yotoqqa, hali mehmonxonaga qayta-qayta kirib-çiqaverdi, uyning har burçagiga közi töymay tikiladi…
Mehmonxonadagi stol ustida çoynak, çoy yuqi piyolalar, örik murabbosidan böşagan likopça turardi. Faxriddin bugun ham, uni bezovta qilmay, Sardorni özi uyğotib, yuvintirib-kiyintirib, çoy ham içirib, boğçasiga olib ketibdi. Hulkar erini eslab jilmaydi – paxmoq qizning baxtini bersin deganlari şu bölsa kerak.
Dasturxonni yiğiştirarkan, tezroq oşxonaga jihoz olişlari kerakligini öyladi. Keyin oş-ovqatni taşib yurmay ,öşa yerning özida yeb qöya qolişardi, mehmonxona ham ozoda turardi. Agar gaz plitasi ayvonga köçirilsa, oşxonani keyinçalik Sardorga xona qilib berişlari mumkin. Ayvon kattagina edi; Hulkar hanuz parda ilinmagan deraza yoniga kelib, taşqariga nazar soldi. Röparada ularniki kabi töqqiz qavatli uy. Çapda qator-qator hali qurib bitkazilmagan uylar, endigina kötarilayotgan beton poydevorlar, xandaqlar, hammayoq qazib taşlangan. Huv anavi tramvay yöli, imoratlar tuşgaç, körinmay ham ketar. Öngda, uç-törtta temir garaj, sölida bir qavatli oq bino, ehtimol, oziq-ovqat dökoni, yana nariroqda, ziç teraklar ortidagi pastlikda tökilay deb turgan yakkam-dukkam eski hovlilar…
Hulkar maʼyus tortdi – deraza qarşisiga keliş azaldan köngliga tuşuniksiz ğussa solardi. Bolaligida, tört yarim-beş yoşlar bölsa kerak, ular buvisinikida turişardi (ota-onasi, ukasi yoşiga tölib-tölmay ajralib ketişgan, xolasining aytişiça, bunga otasining boşqa ayolga ilakişib qolgani sabab bölgan ekan. Hulkar otasini eslolmasdi, şu paytgaça uning suratini ham körmagan), buvisining uyi ham yettinçi qavatda edi – köp qavatli uylarni, ayniqsa, ularning derazalarini Hulkar öşandan yomon körib qolgan. Faqat balandlikdan qörqqani uçungina emas…
Bir yarim smenada işlagani bois onasi juda keç qaytar, boğçadan uni har kuni buvisi olib kelardi. Söng keksa ayol oşxonada ğimirlab yurar, Hulkar esa bir özi deraza yonida turib onasini kutardi. Ona hadeganda kelavermas, ğira-şira tuşgani sari qizçaning yuragi siqilar, hatto “onam endi kelmaydi” deb qörqa boşlardi. Odamlar uy-uyiga qaytib, köp qavatli binolar çumolining inidek ğuvillab qolar, ulardan uçib çiqqan har xil baqir-çaqir tovuşlar, televizorlarning darang-durunglari, köça maşinalarining ğiz-ğiziyu tramvaylarning taraq-turuği bir bölib, oqşomning, onasini kutayotgan qizça uçun öta nafratlanarli “simfoniya”sini hosil qilardi… Keyin oqşom şovqinidan ham xunukroq sukunat çökar, qizçaning vahimasi orta borib, baʼzan onasidan boşqa hammani, hatto buvisini ham yomon körib ketardi. Lekin bir paytning özida, onasi qaytişi bilanoq hammasi özgarişi darrov köngli tinçib, öyinçoqlariyu televizorga çalğib ketişi, ovqatdan söng ayvondagi sörida, çoy ustida uzundan-uzoq gurunglaşib ötiradigan ona-bolaning örtasiga tuşib, kattalar suhbatini öziça tinglab yotişi – ularning uylari ham çiroq yonib turgan baxtli derazalarning biriga aylanişini qizaloq bilar, “mana, onam kelsin…” deya özini yupatgança köçaga tikilaverardi. Nihoyat, uzoqdan – uylar orasidagi torgina yöldan kattakon sumka kötargan onasi körinib qolar, böynini çözib qiziga qöl silkir, qizça irğişlagança eşikka yugurardi.
Bir kuni qörqqani yuz berdi. Onasi qaytmadi… Ertasiga ham… Indiniga ham… Heç qaçon…
Uçinçi sinfdaligida buvisi qazo qildi, Hulkar bir neça oy öşa uyda, toğasi va yangasi qölida yaşadi, keyin uni xolasi olib ketdi. Xolasi yurist bölgani uçinmi, yo asli tabiati şunaqamidi – juda qattiqqöl, uning uyida hamma narsa tartib-intizomga böysunardi – aniq belgilangan vaqtda yotib-turiladi, ovqat yeyiladi, dars tayyorlanadi, hatto televizor körişning ham maʼlum, çegaralangan soatlari bor. Yöq, qançalar qattiqqöl bölmasin, xolasi uni heç nimadan zoriqtirmasdi, öz bolalari qatori parvarişlab katta qildi. Lekin, baribir, Hulkar bu xonadan öz uyi emasligini his qilardi – xolavaççalari kabi u yoqdan-bu yoqqa bemalol çopqillab yugurolmas, öziça televizor quloğini burolmas, haddi siğib muzlatkiçni oçolmasdi. Uning öz karavoti, javonda öz bölmasi bor edi, xolos.
“Maktabni bitirsam, işlab pul topsam, hammasi boşqaça böladi, hammasi özgaradi…” – deb öylardi Hulkar.
Maktabni bitirdi, işga kirdi – xolasi ming “yöq” desa ham – sartaroşxonaga. Şu kasbga qiziqardi, şunga uquvi borligini bilar, eplab ketişiga işonardi. Işladi, hamma ayollar sartaroşxonasida bölgani kabi durustgina pul topişni boşladi, kiyim-boşi şunga yaraşa özgarib, uydagilarga ham ul-bul olib beradigan, baholi-qudrat rözğorga qaraşadigan böldi. Ilgargi qisilib-qimtinib yurişlari yöqoldi. Lekin odamoviligi, baʼzan gap-sözsiz, çet-çetlarda ğamgin öyga botib ötirişlari… yöqolmadi. Uni kuzatarkan, xolasi köpinça oğir “uh” tortib qöyar, keyin Hulkardan köra özini köproq işontirmoqçi bölganday şivirlardi: “Turmuşga çiqsang, bola-çaqa qilsang, hammasi yaxşi bölib ketadi, hammasi özgaradi…”
Turmuşga ham çiqdi. Lekin hatto D.da, öşa baxtli, bearmon kunlarda ham, oqşom çoği baʼzan deraza qarşisiga borib qolsa, yuragi yana yoqimsiz uvişa boşlar, istar-istamas yana oğir öy-xayollar girdobiga tuşib qolaverardi… Şunda u hayotida hamon nimaningdir yöqligi, juda-juda muhim nimaningdir yetişmasligini, göyo qizaloqligida onasini kutgani kabi hamon nimaligini özi ham bilmagan, lekin bir kunmas-bir kun kelişi, kelib könglining kemtiklarini töldirişi, mana bunaqangi iztiroblariga çek qöyişi mumkin bölgan öşa nimaningdir yölini intizor bölib poylayotganini sezardi…
Ijarada yaşagan sönggi kezlari esa, oqşomlar Hulkar uçun çidab bölmas uqubatga aylandi. Oqşom tuşişi bilan yuragi siqilib, dardu dunyosini zulmat qoplar, qöşni xonadagi uy egalarining ğönğir-ğönğiri, qadam tovuşlari, keçki ovqat piyozdoğining hidi vujudini parmalab taşlayotganday bölardi göyo…
Va yana ming azob, ming bir umid içra öylab ketardi: “Bir kun kelib uy olamiz, öşanda hammasi yaxşi böladi, hammasi özgaradi”.
Çovgum “huştak” çala boşladi. Hulkar gazni öçirdi, negadir çoy içgisi kelmay qoldi. Muzlatkiçdan bir boş uzum olib çaydida, yöl-yölakay çöqilagança mehmonxonaga yönaldi. Faxriddin uy oliş harakatiga tuşganidan beri, Hulkar bölajak uylarini qanday jihozlaşni xayolan rosa maşq qilib körgan, buyumlar örnini neça bor “almaştirib” çiqqandi. Aslida-ku, jihozlarning özi ham hali yöq narsa edi, birgina “stenka”ni aytmaganda. Unga ham ne-ne hangomalar bilan erişgandi… Öşanda D.dan qaytganlariga ikki-uç oyça bölgan; Sardorni boğçadan olib kelayotib, Hulkar goho yöl ustidagi jihoz dökoniga kirib ötardi, bir gal qarasaki, narxi odatdagidan ança arzon çet el jihozlari sotilyapti. Pişiq yoğoçdan işlanib, ustiga qizğiş qora lak qoplangan, devorning u boşidan bu boşigaça bemalol egallaydigan “stenka”ni körib yuragi jizillab ketdi. Sotuvçi qiz ötgan kuni çiqarilgan törtta şunaqa “stenka”dan bugun faqat şunisi qolganini aytgaç, yuragiga ğulğula tuşib, hovliqqança taksi kira qilib kelgan Hulkar erining “avval uy olaylik, keyin bir gap bölar…”idan esi oğib qolayozdi. Faxriddin hozirça faqat muzlatkiç bilan gaz plitasi olib berişga könardi. Feʼlini bilgani uçun ortiq yalinib ötirmadi, biroq “stenka”ni ham qöldan çiqargisi yöq, keyin negadir, agar şu jihoz olinsa, uyli bölişlari ham tezlaşadigandek edi.
Bir iş qildi – Sardor tuğilganida eri hadya etgan brilliant közli uzugini zargarlik dökonida işlaydigan sinfdoş dugonasiga xiyol arzonroqqa pulladi-da, ertasigayoq “stenka”ni uyiga tuşirdi. Puldan piça ortayotgandi, maqqi-saqqilarga işlatib yuborgandan köra deb çoğroq palos ham qöşib oldi. Erining jahli çiqib ketişidan biroz qörqqandi, yöq, Faxriddin boşini sarak-sarak qilgança: “Ikkinçi taqinçoqlaringni sota körma”, – dedi, xolos. Oxiri baxayr böldi, işqilib. Yaxşiyam, öşanda şunday qilgani, hozir bunaqa narsaning yaqiniga yölab bölmaydi…
Taʼmirga muhtojligi bölmasa-da, har qalay, “birov turgan uy” deb, yengilgina oqlab-köklab çiqqaç, “bismilloh” bilan ostona hatlaganlariga ham mana bir haftadan oşdi. Bir hafta içida Hulkar özi ham tinmadi, Faxriddinni ham tindirmadi – usta çaqirib “stenka”ni qurdirişdi, yotoqni joylaştirişdi, palos-gilamlarni töşab, pardalarni ilişdi… Ayniqsa, “stenka” bitib, şiftga qandil osilgaç, mehmonxonaga qarab Hulkarning közi yaşnab ketdi. Öşa kuni ovqat qiliş ham Faxriddinning zimmasiga tuşdi – Hulkar yarim keçagaça qöşiq xirgoyi qilib “mayda bezak işlari” bilan maşğul böldi – “stenka”ga hafsala bilan çinnilarni terdi, divan – oromkursilarga yopqiçlar taşladi, D.daligida xarid qilgan, yaxşi niyat bilan “uy olganda tutaman” deb asrab kelayotgan xitoyi dasturxonni yozib, billur guldonga ikki dona sunʼiy atirgul solib qöydi… Yarim tunda baxtiyor er-xotin mehmonxonada ötirib şirinliklar bilan çoy içişarkan, Hulkar ertagayoq uylariga kimningdir mehmon bölib kelişini yo qöşnilardan birortasi “möralab”qolişini juda-juda istardi…
Endigina televizor tugmasini bosişga çoğlanganida, bugun duşanba ekani esiga tuşib, qölini tortdi – hamma körsatuvlar keçki oltidan söng boşlanardi. Nima qilarini bilmay turib qoldi. Bunaqa kun boşqa qaytarilmasa kerak – qilay desa, arzigulik iş yöq, hammayoq saranjom-sarişta, qölga ilinadigan kir-çir, dazmol ham tuşmagan. Faqat keçga ovqat pişirsa bölgani. Hali juda erta edi, vujudida yengil horğinlik tuyib, yana biroz mizğib oliş niyatida yotoqqa kirdi. Kirdiyu közi toşoyna qarşisidagi suratga tuşdi va ertalab qandaydir tuş körgan, köngli ğaş tortganini xotirladi. Peşonasini tiriştirib nima tuş körganini eslaşga urindi. Umuman, bu endi befoyda – ertalab eslolmaganini hozir eslaşi dargumon. Borib suratni qöliga oldi. Bu suratni turmuşga çiqişi arafasida, xolasi şu paytgaça undan yaşirib saqlangan, onasiga tegişli surat va boşqa baʼzi buyumlar solingan qutini qöliga tutqazgan kuni körgandi. Unga qadar bolakay Hulkarning xotirasida nuqul… egnida kökişmi… yo nim yaşil tungi köylak, panjarali yoğoç karavotça içida, yarmi sariq-yarmi qizil jajjigina koptokçani tişlaşga urinayotgan holida ğira-şira suratlanardi. Ukasidan söng öşa koptokça ham uyda körinmay qoldi… Baʼzan ukasi esiga tuşib, uning qayerdaligini söraganida, onasi: “Ukang uzo-oq şahardagi boğçada, sen katta bölsang, qaytib keladi”, – derdi. Keyin onasining özi haqida ham xuddi şunday deydigan bölişdi – “Onang uzo-oq şahardagi zavodda işlayapti, katta bölganingda qaytib keladi…”
Söng buvisi ham “uzo-oq şahar”ga yöl oldi. Bor gapni, onasi zavoddagi baxtsiz hodisa tufayli halok bölganini ham ön yoşlardan oşganida, xolasi bir kuni yoniga ötqazib olib, yotiği bilan “tuşuntirib” bergandi. Hulkar ahyon-ahyonda suratlarni qutidan olar, köngli zirillab ketayotganiga qaramay, uzoq termulib qolardi. Marhumlar göyo qoq yuragiga dafn etilganday – bu yurakni kötarib yurişga madori yetmasdi baʼzan… Köngli yana ğaşlandi. Har holda, nima ekan-a tuşida körgani?..
Bolaligidan tuş körişni yoqtirmasdi. Töğri, buni xöb orzu qilgan damlari ham bölgan – juda kiçiklik payti. Kattalar bir-birlariga “tuşimda uni kördim, buni kördim” deyayotganlarini eşitsa, tuş köriş nimaligini hatto tasavvur qilolmasa-da, uning ham biror nimani tuş körgisi, onasi, örtoqlariga aytib berib maqtangisi kelib qolardi. Katta bölgani sari Hulkar tuş hayotda endi qaytib topilmaydigan, takrorlanmaydiganlarni aqalli unutişingga ham qöymaydigan, azobli, beşafqat hamroh köproq işonç hosil qiladi. Xolasining uyida yaşagan kezlari tuşiga nuqul onasi kirar, ayniqsa, bir ğalati manzara tez-tez takrorlanardi – har doimgidek yettinçi qavat oynasidan möralab turgan bölar, öşa tor yölda bahaybat bir daraxt köndalang ağanab yotardi, katta sumka kötargan onasi bu tomonga ötolmay hayron, daraxtning ustida esa kiçkina-kiçkina ayiqçalar örmalab yurişardi…
Hatto ulğayib, oilali bölgan kezlari ham şunday tuşlar körib uyğongaç va yana neçançidir bor onasining endi heç qaçon qaytib kelmasligini eslagaç… odamzodda tuş köriş qobiliyati borligidan afsuslanib ketardi. Hulkar tomoğiga bir nima tiqilayotganini sezdi. Agar hoziroq turib biror işga çalğimasa, yiğlab yuborişi tayin edi. Barvaqt bölsa ham keçki ovqatga unnaş niyatida tez-tez yurib oşxonaga çiqib ketdi.
Biror tansiqroq taomni möljallab muzlatkiçni közdan keçirarkan, işxonadagilarni öyladi – köçganini eşitişgan, ertami-indin qönğiroqlaşib, “muborak bölsin”ga kelib qolişar, balki. Har ehtimolga qarşi bozor-öçar qildirib qöyişi kerak. Bozorni eslagani hanuz qişga qovurma-tuzlamalar yopib olmagani, taʼtil esa tugab borayotgani yodiga keladi. Xudo xohlasa, ertadan şuning harakatiga tuşadi… Faxriddin uç-tört kun burun karam dölma yegisi kelayotganini aytgandi. Karam yöqligi uçun dölma örniga çuçvara qila qolmoqçi böldi – oxirgi marta çuçvara yeganlari ham qaçon edi… Xamir qorib böluvdi hamki, yölakda telefon jiringladi. Hulkar bir qalqib tuşdi. Bu köçib kelganlaridan beri birinçi qönğiroq edi. Qölini fartugiga arta-arta, şoşilib telefon tomon yurdi va xuddi şu payt… Ehtimol, bu sal keyin, dastakni kötarayotgan çoği yo yanglişib tuşgan allakimgadir javob qilayotib, va balki, dastakdan qisqa-qisqa “tu-tu”laş eşitila boşlaganida yuz bergandir… biroq aynan yölda, aniqroği, yölakdagi olça rang telefon apparatiga közi tuşganidayoq yuragi allaneçuk urib ketgan va u ğayrişuuriy bir tarzda hozir nimanidir eslaşi… allaqaçon eslay boşlaganini ham sezgandi… Hulkar dastakni köksiga bosgança böşaşib kursiga çökdi… Göyo kimdir olis ötmiş manzarasi aks etgan suvratni maydalab yuziga soçib yuborganday köngli hapqirdi… Trolleybus bekati yonidagi eski sartaroşxona, peşband taqqan kasbdoşlari, doimiy mijozlarning ğira-şira çehralari köz oldidan “lip-lip” etib ötdi. Dimoğida sartaroşxonaning köpdan unut, qadrdon isini tuyganday, hatto derazadan taralayotgan tangaday-tangaday oftob nurlarini yuzida his qilganday böldi. Sartaroşxona direktori – doim u bilan jiqillaşib yuradigan yahudiy Rozana, darz ketgan yeriga yelimboğiç yopiştirilgan telefon dastagini uzatgança tagdor kulimsiragan payt dilida çaqnagan umid, göşakdagi taniş ovoz… Yaqinda poyezddan tuşgani, hozir töğri işxonasiga kelişini aytganida sevinçdan qiçqirib yuborayozgani va öşa – tuşdagi sevinç qoldiqlari uyğonganida ham qalbining burçak-burçaklarida aks-sado berib turgani… Yo Rabbiy, bir vaqtlar hayotida şunday ovoz, şunday keçinmalarning bölgani hozir unga şu qadar ğalati tuyuldiki, beixtiyor, bularning bari bölganmidi yo ular ham qaçonlardir körgan tuşlarimning xotirasimikan deb öylanib qoldi. Öşa paytdagi Hulkarning ötmişiga ham, kelajagiga ham yopişmasdi u kunlar. Hulkar to bugunga qadar uni biror marta eslamaganiga astoydil ajablandi. Faxriddinni uçratganidan söng uning xatlariga javob yozmay qöygandi. Xolasining aytişiça, Hulkar turmuşga çiqib ketganidan keyin ham ança vaqt uylariga har oy beş-oltitalab maktub kelib turgan ekan. Balki harbiydan qaytgan zahoti çindan ham töğri öşa sartaroşxonaga borgandir. Vaqtning temir çangalidan bir neça daqiqagina qutulib çiqişning iloji bölganidami… Ertalab köngli nedan bunçalar ğaş tortganini tuşungandi endi.
Göşt qiymalagiç dastagini aylantirarkan, u harbiyga ketayotib sovğa qilgan atirgullarning sölib qolişidan qörqib keçqurun yaşirinça hovliga kömib qöyganini esladi. Ruhi tuşib ketdi. Boşidan soçiqni sidirib oldi, yuragi siqilib atrofga alangladi – özini yana birovning uyida ötirgandek sezayotgandi. Peşonasi qiziy boşladi. Ayvonga çiqdi, deraza yoniga borib qöştavaqani birvarakayiga oçib yubordida, yuzini şamolga tutdi – şu zahoti dimoğiga “gup” etib qandaydir qovurmaning ötkir hidi urildi.
Pastdan aralaş-quralaş ovozlar quloğiga çalinardi – garajlar yonida uç-törtta ayol tik turgança gap sotişar, kiçkinagina bolakay uç oyoqli velosipedni ular atrofida gir aylantirib haydab yurardi, ayollardan biri qizil yomğirpöşli qizçaning qölidan mahkam uşlab olgan, qizça esa velosipedga qarab talpinar, çiranib ayolning qölidan qutulib çiqişga urinardi…
“Heç nima özgarmaydi…” Hulkar binolar orasidagi torgina yölga tikildi. Yöl böm-böş edi…
Orqada yana telefon jiringladi, pastdan kötarilayotgan liftning guvillaşi eşitildi. Agar hozir eşik qönğiroği çalinib qolsa ham, joyidan jilolmay turaveradigandek edi göyo…
“Heç nima özgarmaydi…” – bu gal ovoz çiqarib piçirladi u va birdan, özini butunlay yangi, butunlay notaniş bir yölning boşida kördi…
Qay manzilga eltardi bu yöl va qaçon – buni faqat Xudo bilar, ammo yölning zalvori hozirdanoq yelkalarini bosib tuşgandi.
Söng nigohi röparadagi bino derazalaridan sirğalib pastga qadaldi…
Umrida ilk bor balandlikdan qörqmadi, boşi ham aylanmadi…
Nodira Sodiqova
1972-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Hikoyalari matbutda çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


