5 834 marta körilgan

Ayol

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,

Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,

Uning ham panohi qaytmadi jangdan,

Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.

Sevgidan yetim-u umrdan yarim,

Qurigan köksida yolğiz belançak.

 Abadiy firoqni, hayhot, döstlarim,

Abadiy visol deb bildi kelinçak.

Qaqragan lablarda olovli nafas,

Keçalar keçmişin ayladi kömir.

Parişon soçlari yor köksi emas,

Muzdayin bolişda qoldi bir umr.

Yillar ham ötdilar, hamon u yolğiz,

Munğayib termular botguvçi kunga.

Ey nomard tabiat, bormi senda his,

Qaytadan baxt bersang bölmasmi unga?!

Nahot işq qismati bunça berahm,

Bunçalar buyuksan vafo şevasi.

Sengadir hurmatim, senga şarafi

Qahramon jangçining sodiq bevasi.

Siz-çi ey, sadoqat satridan nolib,

Nadomat komida qolganlar, ayting.

Özini ming bitta bozordan olib,

Ming bitta bozorga solganlar, ayting.

Şu çölpon közlarning buyuk hurmati,

Şu aqiq lablarning rost sözi deya,

Söylang-çi, vafoning nadir

Baʼzida tirnoqlar bezagi uçun

Sahardan şomgaça qilursiz toqat.

Biroq yoringizni kutgali neçun

Topilmas tirnoqça sabr-u qanoat.

Nazokat paytimas, yaqinroq keling,

Buyuk zot qoşida aylangiz salom.

Şu sodiq bevaga sajdalar qiling,

Şu sodiq bevaga aylang ehtirom.

Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,

Haykal ham qöyingiz bamisli xayol.

Şundaylar bölmasa agar dunyoda,

Bu qadar muhtaram bölmasdi ayol.

1965

Abdulla ORIPOV
Özbekiston Xalq şoiri,

Özbekiston qahramoni

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (4)

  1. zilola soliyeva

    haqiqatdan ham juda zor yozilgan şer. tariflaşga til ojiz.

  2. Loçinbek Böriboyeviç

    Şe'r juda zur çiqqan

  3. Zubayr

    Vafo mana şunaqa böladi 💫💫💫

  4. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Yaxşi

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)