Kutgin meni…
Kutgin soğinç yomğirlarini,
Men yuzingda şabnam bölaman.
Yulduzlarga singil tutinib,
Vujudingda baxtga tölaman.
Olislarga ketmadim, aslo,
Hali dilga qaytişlarim bor.
Öşal maʼyus işq kuylarimiz,
Qöşiq qilib aytişlarim bor.
Unib çiqsa yerdan bir çeçak,
Iforida yaşayman şaksiz.
Biz yaratgan ajoyib ertak,
Asrniki bölar şubhasiz!
Soğiniş
Keng şaharda öqiyapman, döst,
Keng şaharda baxtliman, Ona.
Bu yerda yöq biror kamu köst,
Axir, poytaxt yakka-yagona.
Tovonimda yaltirar yöllar,
Tuproq emas biror joyi ham.
Bunda qadoq bölmaydi qöllar,
Özgaçadir kökda oyi ham.
Binolari osmonça yetar,
Aylantirar bu sodda boşim.
Aql şoşib, özidan ketar,
Endi ösma bezamas qoşim.
Zamon dedim, tovonim öpgan,
Soçlarimni tözğitdi şamol.
Endi esa qişloqni sevib,
Yöqlamoqlik kelmoqda malol.
Odamlari osmonça yetar,
Oğritadi boqsam közimni.
Aql şoşib, özidan ketar,
Taniyolmay qoldim özimni.
Bu yerda bor faqat toş yöllar,
Dimoğimda ising bor, tuproq.
Şu şaharning bir çekkasida,
Seni sevgan qizing bor, tuproq.
Maftuna RAIMQULOVA
1998-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida