Öz davrida faqat özi uçun emas, balki xalqi, adabiyoti uçun yangi yöl axtarib, tinimsiz çarx urgan, saʼy-harakatlari davomida inson keçirişi mumkin bölgan turli holatlar: yakkalanib qoliş, musofirlik, özaro tuşunmovçiliklar tufayli arazlaşlar, tahqiq hamda tazyiqlar, va albatta, sevgi-muhabbat mojarolarini keçirgan, ruhiy iztiroblarini çuqur dard, samimiylik bilan ifodalagan, Ivan Turgenevning hayot va ijod yölida faqat uning özigagina yaraşadigan joziba bor. Şubhasiz, uning tarjimayi holida yangi bosqiçga kötariliş azmu şijoatida bölgan xalqining kayfiyati, ruhoniyati quyuq aks etgan.
Turgenev sahro bahodirlariga öxşagan yirik odam bölgan. Uni ardoqlab “Spassk Garpagoni” (Molyerning “Xasis” komediyasi asosiy qahramoni) deb ataşgan. Lev Tolstoyning öğli Sergeyning xotiralarida darj etilganki: “Men Turgenevning böyi baland ekanini eşitgandim, körganimda esa kutganimdan ham ziyoda bölib çiqdi. U menga muloyim nigohlari bilan boqib turgan, qizil yuzli, yaxşi taralgan qalin oq, hatto sarğiş soçli pahlavondek tuyuldi. Otam garçi böyi örtadan yuqori bölsa-da, uning oldida kiçkina bölib qoldi. Muomalalaridan sezilardiki, Ivan Sergeyeviçning yoşi uluğ, otam unga bosiqlik, qiziqiş va hurmat bilan, Turgenev esa jöşqinligiga qaramay biroz ehtiyot bölib muomala qilişardi”.
Bu manzara Turgenev 50 yoşga tölgan paytidagi holat, bungaça ikki muhtaram zot örtasida köplab sir-savdolar keçgandi…
Turgenevning sahro bahodirlariga öxşaşi behuda emas edi. U nasl-nasabi va kelib çiqişiga köra turkiy qavmlarning avlodi edi. (U özining tomirlari bilan faxrlanib yurgan; Badendagi villasini sotişga töğri kelganda pinagini buzmay, “Men uçun uy-joy heç narsa emas, çunki tomirimda köçmançilar qoni oqadi, ularga ötov ham boşpana” degan ekan).
1440-yili Oltin Ördadan örta darajali amaldorlardan biri mirzo Arslon Turğun (murza Lev Turgen) Vasiliy Vasilyeviç huzuriga kelib, rus faqirligini qabul qilganini bildiradi va öziga qönimjoy söraydi. Knyaz unga Ivan degan rusça ism va Kaluga guberniyasidan yer beradi. Şundan söng Turgenevlar Rus tartiblarini qabul qilişadi va örta toifali dvoryanlar qatoridan örin egallaşadi. Turgenevlar sulolasining köplab vakillari Rossiya tarixida öz maqeiga ega bölişgan. Ayniqsa, ularning köpçiligi “davlat polki” – harbiy kuçlarning oliy tabaqasida nufuzli mavqeda böladi. Yakov esa Pyotr I saroyida masxaraboz hamda boyarlarning soqolini oladigan (bu yumuş öşanda davlat ahamiyatiga ega bölgan) sartaroş ham bölgan, boşqa bir qarindoşlari – bobokaloni Roman Semenoviç Narva yurişida qatnaşgan, Poltava jangida yarador bölib, podşoning nazariga tuşgan ekan.
Ivan Sergeyeviçga esa boşqa taqdir nasib etdi. Bu borada uning ona tomon avlodi (garçi ular davlat boşqaruvi yoki harbiy sohada jiddiy yutuqqa erişmagan va rus yilnomalarida bu sulola nomi qayd etilmagan bölsa-da) muhim örin egalladi. Qolaversa, yozuvçi Turgenevning tarjimayi holida onasi Varvara Petrovna Lutovinovaning örni bölakça.
Orlov guberniyasining çöloldi unumdor yerlarida Çapligin örmoni, unda Spassk boği yoyilib yotar, uning bağrida dvoryanlar avlodidan bölgan Lutovinovlar umrguzaronlik qilişardi. Uç öğil va beş qizning otasi Ivan Andreyeviç Lutovinovning kenjasi Pyotr Yekaterina Ivanovna Lavrovaga uylanadi va yagona farzandi tuğilişidan ikki oy oldin vafot etadi.
Öğillarning qolgan ikkalasi yolğiz ötişadi, biroq ikkinçi öğil Ivan Ivanoviç yaxşi maʼlumot oladi, Pajlar korpusida maşhur faylasuf A.Radişçev bilan birga xizmat qiladi. U fransuz, lotin tillarini örgangan, ança maʼrifatli bölişi bilan birga, ota mulkida katta boğ va uy-joy yaratadi. Ota vafotidan söng tuğilgan qiz (yozuvçimizning bölajak onasi) keyinçalik ana şu mulkka yagona qonuniy merosxör deb topiladi va kutilmaganda katta boylikka ega böladi. Yetim qolib, turmuş zarbalariga uçragan (onasi boşqa erga tekkan, Varvara u muhitda doimiy xörlaş va kamsitiş şaroitida yaşagan) qiz ança pişiq-puxta, qolaversa, şafqatsiz bölib tarbiyalangan edi. U bir muddat Vatan uruşi yaradorlariga köngilli bölib şafqat hamşirasi sifatida yordam ham körsatadi. Katta mulkka ega bölgaç esa uni qattiqqöllik bilan boşqaradi. Hatto boşqaruvda imperator ayollardek tutumni yölga qöyadi (xizmatidagi amaldorlarini “ministrlar” deb atar ekan). Hamma narsa köngildagidek, faqat Varvaraning yoşi ötib borayotgan, u bölajak şahzodaning oq otda kelişini intizorlik bilan kutib tonglarni ottirayotgan edi.
1815-yil Oryolga otliqlar polki köçirilgan edi. Tezda harbiy maqsadlarda ot sotib oliş uçun safarbar etilgan remontyorlar safida Spasskka yigirma ikki yoşli navqiron, xuşröy poruçik Sergey Nikolayeviç Turgenev kelib qoladi. Bu joylarning tanho bekasi Varvara Petrovna taqdir unga möjizani duç qilganini darhol sezib garçi özidan olti yoş kiçik bölsa ham, poruçik atrofida parvona böladi, bu omadni qöldan çiqarmaslikka tirişadi. Butun sanʼatini işga solib, muomala qiladi, mulkini körsatib, mehmonning könglini ovlaydi va yana kelişiga vaʼdasini olib, jönatadi. Bu paytda Turgenevlarning moddiy ahvoli yaxşi emas, voqeadan xabar topgan otasi “Lutovinovaga uylan, uylan, bölmasa, rözğorimiz tözib, gadoyning holiga tuşamiz” deb astoydil qistaydi. Şunday qilib, 1816-yilning 14 yanvar kuni töy marosimlari bölib ötadi. Bu nikohdan uç öğil farzand tuğiladi. Biz uçun qadrdon örtança öğil Ivan 1818-yili 28 oktyabr, duşanba kuni dunyo yuzini körgan ekan. Bu haqda Varvara Petrovna uy daftariga aniq-tiniq yozib qöygan edi.
Varvara Petrovna va Sergey Nikolayeviçning nikohini ikki tiniq çaşmaning qöşilişiga qiyoslaş mumkin. Zero, asil nasllar toza palaklarda tup yozadi. Bu holni ming yillik tarix isbotlagan. Bundan yuz yil oldin Spasskdagi çerkovda nikoh marosimiga guvoh bölganlarda ham şunday tuyğu bölgani şubhasiz: Turgenevlar ham, Lutovinlar ham öz nasl-nasabi jihatidan eʼtirof etilgan oilalar edi. Bu tantanalarning boşqalarga öxşamagan yana bir jihati bor edi: amalda bölgan tartiblarga zid ravişda töy kuyovnikida emas, kelinning mulkida bölayotgandi. Uşbu vaziyatni kelinning haddan taşqari iştiyoqi balandligi va kuyovning moddiy imkoniyatlari pastligi bilan izohlaş mumkin. Keyinçalik ham tabiatan şaddod, birinçilikka moyil Varvara Petrovna mavqeini qöldan bermaydi, içkuyov unga quloq tutişga majbur, mulkda esa ayolning xohişi qonun.
I.Turgenev şaxsiyatidagi yuksaklik uning bolalik çoğlaridan nişon berganligini tasdiqlovçi köplab dalillar yozib qoldirilgan. Uning gödakligidanoq şirintoyligi, kulgili qiliqlari hammaga yoqsa-da, töğrisözligi, qolaversa, betgaçoparligi Varvara Petrovnani noqulay holatlarga tuşirib qöygan çoqlari köp bölgan. Bir safar ularnikiga tevarak-atrofda eʼtiborli knyaginyalardan biri mehmonga keldi. Uning yoşi ötib qolgan, körinişi haddan taşqari ohanjama, pardoz-andozga zör bergandi. Unga çuqur hurmat körsatildi, bolalarga taniştirildi. Kolya va Seryoja möminqobillik bilan boş egişdi, xonimning qölini közlariga surtişdi. Vanya esa mehmonga uzoq tikilib qoldi, rangi öçdi va birdan tomdan taraşa tuşgandek hammaga eşitarli qilib, şunday dedi: “Siz maymunga öxşaysiz!” Onasi bölganiça böldi.
Yoki oilaning yaqin döstlaridan masalçi şoir Ivan Dmitriyev taşrif buyuradi. Obröli mehmonning hurmati uçun 3-4 yoşlarda bölgan Vaniçkani taklif qilib, masallardan yoddan öqib berişini söraşadi. Bolakay uyning örtasiga turib olib, baland tovuşda şeʼrni öqiydi. Bundan keksa şoir juda taʼsirlanadi. Bola esa yoltoqlanib mehmonga yaqinlaşadi, unga tikilib: “Sizning masallaringiz yaxşi, ammo Ivan Andreyeviç Krilovniki juda yaxşi”, deydi.
Bola bunday töğrilikka tuğma ravişda moyilga öxşardi, uning boşqaça böla olmasligi maʼlumdek edi. Ha, şunday ham bölib qoldi. Yozuvçi Ivan Turgenev jahon adabiyoti tarixida haqiqatni gapirgan (yozgan), uni himoya qilgan, u uçun kuraşgan buyuk qalamkaşlar röyxatida mangu qoldi. Zotan, har qanday şaroitda adolat tarafida böliş, bor gapni qörqmay ayta oliş ham nodir xislat hisoblanar ekan. Hamma ham töğri gapni boriça sözlay olmaydi, bu xislat odamning tarbiyasiga boğliqmi yoki tabiiy fazilatmi – bir narsa deyiş qiyin. Axir, nozandek salobatli odamlar arzimagan manfaat uçun ğirt yolğon gapirib turganini yoki çin gapni aytiş lozim bölganda til çaynab qolganini köp körganmiz. Har holda “Gar qiliç boşimga ham kelsa degaymen rostin” – bu insonni bezaydigan maʼnaviy yuksaklik!
Umuman, ularning oilasi öziga töq bölişi bilan birga (köproq ona tomonning yutuği, hissasi) maʼrifatga oşno, jamoatçilikka tanilgan maşhur kişilarga yaqin edi. Ana şu ikki omilning qöşilişi va boladagi tabiiy iqtidor Rossiya tarixida maʼlum bir yirik şaxsning kamolga yetişini taʼminlagan, deb aytiş mumkin. Demak, oila muhiti havas qilgudek edi. Masalan, dastlabki rus romanlaridan biri “Yuriy Miloslavskiy”ning muallifi M. Zagoskin otasining dösti bölgan, ularnikiga tez-tez kelib turgan. Roman bilan esa nemis muallimi Krauzening pansionatida tanişadi. Rus xalqining polyak-litva bosqinçilariga qarşi 1612-yilgi kuraşini aks ettirgan asar xalqona şirali tili bilan öquvçini jalb qilgan bölsa, Minin, Pojarskiy singari xalq yölboşçilarining qahramonligi vasfi bilan yoşlarda vatanparvarlik tuyğularini uyğotgan edi. Öşa yillarda fransuz, ingliz, nemis madaniyati iskanjasida bölgan rus ziyolilari ana şunday qahramonnomalar taʼsirida milliy ğururlari uyğona boşlagan, ular milliy özligini topiş borasida birlaşayotgan edi.
Öqiş yillarida ham Turgenev köplab taniqli zotlardan saboq oliş baxtiga muyassar bölgan. Moskva davlat universitetining ilohiyot fakultetida tahsil olib yurgan çoqlari uçinçi kursda tarix fanidan N.Gogolning maʼruzalarini tinglagan. Şunisi borki, domlalikda öz uslubiga ega bölgan Gogolning saboqlari unga boşqa tomondan taʼsir qilgan. Imtihonlarning birida domla va talaba bir-birini tuşunmagan, juda köp kitob öqigan Turgenev örta asrlardagi jazo turlari haqidagi savolga şunçalik köp misollar keltirganki, ularni na Gogol, na assistentlik qilayotgan rektor Şulgin bilar edi. Bu yoği qiziq: baho “qoniqarsiz” bölgan va bunday munosabatdan keyin Turgenev öquv yurtini tark etgan. Şunaqasi ham bölib turadi.
Keyinçalik Turgenev katta yozuvçi sifatida tanilgan paytida bu ikki yirik şaxs qayta uçraşadi, talabalik yillari eslolmagan, şekilli, Gogol “Biz ança oldin uçraşişimiz kerak edi”, deb taassuf bildirgan ekan. Maʼlumki, Nikolay Vasilyeviç Gogol rus badiiy tafakkurida öçmas va yorqin iz qoldirgan, öz vaqtida tan olingan maşhur şaxs. Behudaga 1836-yilning 19 aprelida Alesandrinskiy teatrida “Revizor”ning premyerasiga podşoh Nikolay I qatnaşmagan.
Xuddi şunday, Berlin universiteti falsafa fakultetida öqib yurgan çoqlarida “XIX asr Aristoteli”deb şuhrat qozongan Karl Gumboldning maʼruzalarini tinglaydi, mehmondorçiliklarda suhbatlaridan bahramand böladi. Rossiyada “Haqiqiy hayot haqida oğiz oçiş mumkin emas, biroq istagança falsafa söqsa böladi” tarzida aqida qaror topgan şaroitda yirik olimlar, gumanistlar bilan suhbatlar yoş yigit dunyoqaraşida keng qamrov va teranlikni tarbiyaladi.
Bölajak yozuvçining şaxsiyati şakllanişi, adabiy iqlimni his qilişida Vissarion Belinskiy bilan uçraşuvi va keyingi munosabatlari katta rol öynaydi. Turgenev Belinskiy bilan yuzma-yuz körişganda 25 yoşda edi. Bungaça u maşhur şoir Jukovskiy bilan uçraşgan, “Sovremennik” jurnalida yurtdoşi, yirik olim Timofey Granovskiyning yordami bilan uçta şeʼri eʼlon qilingan, poemalar yozgan, nemis klassik falsafasi ruhidagi donişmandlar bilan bahslaşgan, Faust (Gyotening maşhur qahramoni)ning birdaniga oliyjanob şaxsga aylanib qolişidagi sunʼiy talqinni tanqid qilib, tilga tuşgan, Berlin universitetini tugatgan edi. Belinskiy uning “Paraşa” poemasiga yuqori baho beradi. Paraşaning Faust, Onegin, Peçorindan farq qilib, taqdir inʼom etgan tuhfalardan mast bölib, özini turli kuylarga uradigan romantik qahramon emas, balki ezilgan, xörlangan kişilar(Rossiyada bundaylar tiqilib ketgan edi)ning timsoli ekanligini taʼkidlab, şoir uning ğam-ğussalarini juda taʼsirli ifodalab, jamoatçilikda quyi tabaqa vakillariga eʼtibor va mehr-şafqat uyğota olganini maqtaydi. Turgenevning özi sezib-sezmay qilgan xizmati – adabiyotni oddiy xalq hayotiga yaqinlaştirganini uluğ mutafakkir va insonparvar tabriklaydi. “Umuman, u Rusni tuşunadi, – deydi Belinskiy Turgenev haqida. – Uning barça mulohazalarida haqiqat va haqqoniyat körinib turibdi. U har qanday mavhumlikning duşmani. Şuning uçun unga qulluq qilaman”.
Özlariga millat, vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini yuqtirib olgan bu ikki ziyolining insoniy munosabatlari samarali davom etdi. Belinskiy uçun barça masalalarda Turgenev tengi topilmas suhbatdoş edi. Berlindan yaqinda qaytgan sobiq talaba yaratganning mavjudligi va mangulik masalalarida keçalari uyqusi qoçib yurgan olimning köplab savollariga maşhur faylasuf Feyerbax taʼlimotidan kelib çiqib, jöyali javoblar qaytarar, salmoqli xulosalar yangi talqinlarga ufq oçar, suhbatlar esa qizigandan qizirdi. “Belinskiyning xotini eriga va menga yalinib, biroz tin olişiimizni sörar yoki vraçning qoğozini eslatib qöyardi, – deb eslaydi Turgenev. – Belinskiy esa bir oz zarda bilan menga “Biz hali Xudoning mavjudligi haqida bir töxtamga kelmadik. Siz ovqatlanişni xohlaysizmi?” deb qöyardi”.
Albatta, bu suhbatlarning boş mavzusi abadiylik fonida Rossiyaning keyingi taqdiri bölgani şubhasiz. Moddiy (tabiiy) boyliklari möl-köl mamlakatlar emas, tafakkuri yuksalgan mamlakatlar insoniyatni boşqargan. Öşa damlarda Rossiyaning kelajagi haqida ikki xil qaraş mavjud edi. Ğarbçilar taraqqiyot andozasini Yevropadan va undan naridan oliş kerakligini uqtirişsa, slavyanparastlar vatanlari kelajagini qadimiy slavyan madaniyati unsurlarida, deb bilişar, hatto Pyotr I ni milliy tartiblarga zaxa yetkazganlikda ayblaşardi. Davralarda bu ikki oqim tarafdorlari murosasiz kuraşar, har kim öz fikrida haq edi. Bu borada Belinskiy va Turgenev hamfikr çiqib qolişadi. “Belinskiy Buyuk Pyotr körsatgan yöldan boşqa najot yöqligiga qatʼiy işonardi, – deb qayd etgan Turgenev, – u Ğarb tajribasini faqat qullarça, kör-körona emas, xususiyatlarni, tarixni, hatto iqlimni hisobga olib qöllaş tarafdori edi. Ha, u Rossiyani sevardi; şuningdek, u otaşin ehtiros bilan maʼrifat va erkinlikni sevardi: özi uçun eng oliy qadriyat bölgan ana şu ikki narsani yagona voqelikda körişni xohlardi – mana, uning hayotining mazmuni nimadan iborat edi, mana, u butun umri davomida nimaga intilgan edi”. Keyinçalik ham ularning döstligi samarali davom etdi, mutafakkir tanqidçi Turgenev ijodini muttasil kuzatib, öz bahosini berib bordi. Turgenev tarjimayi holida yorqin iz qoldirgan buyuk şaxslar köp bölgan.
Hakim Sattoriy
1953-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. “Xotira karvoni”, “Amir Temur sevgan yurt”, “Hazrat Sohibqiron”, “Imzoli xatlar”, “Malak toşi”, “Vaqt manzaralari” singari badiiy publitsistik kitoblari, “Soğinç” romani naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


