Taniqli şoir va dramaturg Maşrab Boboyev 1941 yili Samarqand viloyatining Payariq tumanida tuğilgan. Uning “Onamga xat”, “Bahor kayfiyati”, “Gurung”, “Keçki trolleybus”, “Olisdagi çiroq”, “Söz”, “Men bilgan sir”, “Qani mening yulduzim?”, “Nomsiz yulduzlar” kabi önlab şeʼriy kitoblari naşr bölgan. Şuningdek, uning “Öttiz yoşlilar”, “Yer tomiri”, “Toşkentdan kelgan mehmon”, “Muşkul savdo”, “Bizning hovli” (“Onaizor”), “Öz uyingdasan”, “Suyanç toğlari” kabi bir qator sahna asarlari tomoşabinlar tahsiniga sazovor bölgan.
Maşrab Boboyev A.Puşkin, R.Hamzatov va boşqa şoirlarning şeʼrlarini, V. Katayevning “Xayol çeçaklari” romani, Muin Bsisuning “Taşrif qoğozi”, Otar Çiladzening “Rangin dunyo” şeʼriy kitobi va yigirmadan ortiq dramatik asarlarni özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Maşrab Boboyev 2003-yili Toşkent şahrida vafot etdi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


