468 marta körilgan

Yutdi tongday yoruğ xayollar…

Aziz Said

BEŞ KUN

 

 (Turkumdan)

 

Içindagi içindadur.

Jaloliddin Rumiy

             1

Beş kundir, yöldaman,

Kimligim

Eslay olmayman –

 

Yarim – malak

Nurhuqqani otadi zulmathuqqaga,

Öynaydi… biri kim… gardkam…

Tişlab köradi – çaqilmaydi.

Töqqiz pardali sozni tirnaydi –

Çala olmaydi.

Ketadi – qaydasan

Nurmanzil.

 

Yarmim ilon

Oğziga gul tişlab olgan,

Kavakmi, ğovakmi,

Ğamakmi, şamakmi,

Surtib ado qilar.

Çaqmoq yonğoq çaqar

Burgutköz, kalxatköz yoğar şivalab,

Qoçadi – qaydasan

Qummanzil.

 

Yarmim baliq

Qoşini qoqmoqçi böladi oyga.

Qanotlariga qarab angrayar –

Uçsa yulduztanga olib qaytardi.

Ğovvosga qarab angrayar –

Hayrattanga, taajjubtanga.

Qamişdan qarzini uza olmaydi.

Şönğiydi – qaydasan

Suvmanzil.

                        2

Alqissa, qirq kun qavmsiz qoldi mamlakat,

Qirq kun şaytoni lainga böldi sayrgoh.

Siçqonga in qazdi qirq kun çökkalab,

Qirq kun qafas qurdi – bölsin tayrgoh.

Har eşik oldida bir tuzoq kördi,

Har köça söngida qurtlagan zindon.

Tikildi – çor atrof jarlig-u öpqon,

Hovuzga qarasa – qaradi şayton…

 

                        3

Uç törtta quzğun-u bitta ölaksa

Tomoşa beradi beş kundan buyon.

Kim gulxan yoqadi, kimdir sangtaroş,

Kimningdir kafti qon, kim aytar azon?

 

Tomoşabin yöq.

 

Beş kundir, tinmaydi mast-u alastlik,

Kuladi, yiğlaydi – yolğonmi rostlik.

Beş kundir, kör usta suyak jamlaydi –

Tersam bas, yiğsam bas – bitta qafaslik,

 

Tomoşabin yöq.

 

Beş kundir, arraning ovozi tinmas,

Beş kundir, tutatqi izlar çiroqçi,

Beş kundir, barmoğin sanar sanoqçi,

Beş kundir, karvonni poylar qaroqçi,

 

Tomoşabin yöq.

 

Beş kundir, oynasiz gardiş qölimda,

Yolğonçi qur’atoş öng-u sölimda.

Qirq tugun riştamdan dor ham tikilgan,

Xazina qörmagan ilon böynimda,

 

Tomoşabin yöq.

 

                        4

Alqissa, eşagin yöqotdi Odam,

Uç kun röza tutdi Tangridan sörab.

Topdi-yu qarasa, eşagi ölgan,

Alam qip döğladi osmonga qarab:

– Jonini olibsan bergil demasman,

Endi ot yöqolsa ham sendan sörmasman.

Uç kun rözam haqi mohi ramazon

Olti kun yemasam Odam emasman…

 

                        5

Keçiring, onajon,

Bugun yoningizga bora olmadim.

Çiqay desam,

Kulça bölib

Ölib qopti yöl.

Oç edi beş kundan buyon –

Tanovvul qilmagan birorta qadam.

Qirib çetga taşlay desam,

Xokandozni yöqotib qöyibman.

Qölimda soyaandoz,

Çoynak töla soya qaynayotir,

Qozon töla soya pişayotir.

Beş kundan buyon

Xayolsoya – ğizoyim,

Aqlsoya – jazoyim,

Tasavvursoya – sazoyim.

Qölimda soyaandoz.

…Birov içkari kirdi,

Ğaflatda qoldim.

Onajon, meni keçiring,

Yaqinda boraman,

Faqat

Ayting –

Soya oldin kirdimi,

Odam oldin kirdimi,

Qay birini olay soyaandozga?

 

                        6

Alqissa,

Sörayman –

Oq sigirdan qora sigir paydo qilgan zot

Qayerda yaşaydi?

 

Javob bermaydi heç kim…

 

Bölmasam,

Qora sigirdan oq sigir paydo qilgan zotni

Bilarsiz?

 

Javob bermaydi heç kim…

 

MING TÖQQIZ

YUZ ÖTTIZ YETTINÇI

 

Bobom Muhammad Maqsud

öğli xotirasiga

 

It akillaşi kabi bir ovoz:

– “Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi!”

Nafasini yutar uruş

Va faşistlar izğigan ölimxona.

Yoğoç kaliş ğöldiraydi –

 U bir qadam çiqar oldinga.

– Dono bölib ketyapsan, çöçqa,

Qayerdan kep qoldi front gazeti?

Avtomat öqdonidagi öqlarday

Tişlari qisilgan, u jim.

Jağiga qarsillab tuşadi qöndoq,

U yiqilar, yuragi ğijim.

Yançilgan labidan tomadi yerga

Qonolud nafrat.

 

– Sendan sörayapman,

“Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi?”

 

Köziga sançilar tiknak raqam,

Xayoli yirtilar – şarillab oqadi

Maşʼum suratlar.

Yalaydi ming töqqiz yuz

Öttiz yettinçi yil:

Savodsizlikni tugatar payti

Yaʼni oqşom kölmakdan çiqqanda sakrab,

Kirib kelişdi,

Qölida qurbonlar röyxati.

– Dono bölib ketyapsan…

Hayron qoldi boşliği

Haqorat xaltasiga qölini tiqib.

Özining nomidan bölak

Heç vaqo yöq edi bu xalqqa atalgan.

Ğijindi: xalq duşmani…

Otasining söng ikki akasining

Qöllari boğlandi pölat çiviqlar bilan.

(U bilmasdi, bilolmay ötdi

Pölat çiviqning tarjimasi

Sta-lin ekanligini).

Söng unga tikildi “hukumat”.

– Uning savodi yöq, – dedi otasi.

– Savodsizlarni ham tugatamiz,

(Savodsizlikni, deb eşitdi u)

Savodlilar tugayversin-çi.

Keyin…

 

– “Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi!”

Yil

Yana bir suratni yalaydi:

– Öqişni bilasanmi?

Jağiga qarsillab tuşadi miltiq qöndoği.

U yiqilmaydi,

Qonga qöşib tuflar savolni.

Yoddan bilişini aytmaydi

Bobosi örgatgan “Qurʼon”ni…

 

Yutdi tongday yoruğ xayollar-u

Dilni çaynab semirgan qamoq

Otasi va akalarini.

Unga tamğa bosişdi – quloq.

Uruşgaça toşlar taşidi

Huquqsizlik şaxtalarida.

Qişloq esa, qişloq öşa yil

Öğlonlarin kutdi izillab…

 

Şivirladi kimdir kimgadir:

Hammasiga gunohkor

Kitob…

 

Öşa kun angrayib qoldi tokçalar,

Kitob-u qoğozdan yasaşdi gulxan.

Varraklarni yoqişdi hatto

Bolalarning olib qölidan.

Xalq, deya lovullab yondi Navoiy,

Qalq, deya lovullab yondi Bobur ham.

Maşrabni yoqişdi dor bilan qöşib,

Xayyomni yoqişdi közaga solib.

“Ilmi nujum” yondi –

Bu xalqning boşida yulduz qolmadi.

“Tavorix” gurladi –

Avlod-u ajdod qolmadi.

Kul böldi Sino ham, xalqning dardiga

Şifobaxş mömiyo-yu malham qolmadi.

Keyingi kitoblar Buxoriy va Qodiriy…

Kelajak qolmadi, manzil qolmadi.

 

Söng kulni ezğilab vahşiy bir şamol

Qozonda qaynatdi, uni içdilar.

Tomirga yugurdi zaharga öxşab

Maşʼum bir kasallik, heç kim sezmadi.

Qör-rr-quvvv!

Vijdonni, miyani hamda zabonni

Yutdi u.

Köz közga tuşganda

Yuqdi u.

Köçada yuqdi u, töşakda yuqdi,

Kökrakdan gödakka sut bilan yuqdi,

Oçlikdan yuqdi u, töqlikdan yuqdi,

Tobutdan yuqdi u, beşikdan yuqdi.

Faqat omon qoldi mehnatkaş, qöllar

(Qullar, deb öqiysiz eski yozuvda).

 

“Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi”

yertölaga gursillab tuşdi.

Qarsillab yopildi temir panjara.

Hamon suratlarni yalar edi yil:

Keldi yana otasini va akalarini

Olib ketganlar.

Boşliği tiğ bilan temir kukunni

Xirillab qölida kötardi baland:

– Qani kim birinçi?

“Izm”ga boşlaymiz muzaffar yuriş.

Butun qişloq böldi birinçi.

Boş çanoğin tiğ bilan oçib,

Miyalarin sixga tortdilar.

Temir kukun sepib pişirgaç

– Biz olmaymiz heç narsangizni,

deya boşni qayta tikdilar.

– Şior endi pölat intizom

Qorindagi homilaga ham.

(U bilmasdi, bilolmay ötdi

Stal-in ekanligini

Pölat intizomning tarjimasi ham).

 

Söngra sekin piçirladi bir juhud mahbus:

Buğdoyning pişişini kutadilar

Azal-azal al zamon.

Bölmasa oç qoladi

Tandir bilan tegirmon.

Podşoh közin öyadi

Dehqon bilan çöponni.

Körib qolsa taxt yölin

Kötaradi isyonni.

 

– “Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi!”

Uni yana olib çiqdilar.

Yilning oşqozoni töldi suratdan,

Lekin töymadi közi.

Çölponni yutdi u, Fitratni yutdi,

Va ğajiy boşladi özini özi…

 

Yilning qorni töydi.

Ellik yil uxladi, xalqni uxlatdi…

 

Söng çaqmoq çaqdi-yu nogahon,

Ğofil yotibsanlar, dedi allakim.

Uyqudan uyğondi faqat töyganlar

(Töymagan uyquda yotibdi hamon).

Gulxan yasadilar.

Pölat çiviqlar-u pölat miyadan.

Yana bir tölğonib tuğdi onalar,

Qörquvga tupurib ösgan farzandlar

Söydilar ellik yil uxlagan yilni…

 

Qon hamon oqmoqda, qon hamon

Kasal. Piçirlar:

Savodxon, savodxon, savodxon.

 

Tomirni titkilab erigan kulni

Hijjalab öqiylik, yurtning boşiga

Intiho kelmasdan topaylik davom.

U xabarsiz ketdi uşbu gaplardan.

 

It akkillaşi kabi bir ovoz:

– “Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi!”

Nafasini yutmadi uruş

Va faşistlar izğigan ölimxona.

Yoğoç kavuş ğöldiramadi.

Bir qadam oldinga çiqmadi heç kim,

– Qoçibdi! Oh, men aytgan edim:

Mahbus dono bölib ketsa gar

Albatta, qonida isyon tuğilar!

 

 

AHLI (Q)ALAM

 

Birining quloğida

Daryo şovullar emiş.

Birisida şamollar

Tinmay guvillar emiş.

 

Birisida börilar

Uvillarmiş tun böyi.

Çigirtkalar basma-bas

Çirillarmiş kun böyi.

 

Birining quloğiga

Şayton piçirlar emiş.

Biri şikoyat qilar –

Siçqon qitirlar emiş.

 

Yursalar ham şu emiş,

Tursalar ham şu emiş.

Quloqqa bir-ikki muşt

Ursalar ham şu emiş.

 

Tabib dermiş: ijodkor

Yurar doim alamda.

Balki ilhom çoğida

Kavlagandir qalamda.

 

Quloqning şoh tomiri

Yo siqilib qolgandir.

Yurakda qolib ketgan

Söz tiqilib qolgandir…

Aziz Said

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Xolida

    Bugungi kunda abiyotimizning hayotini saqlab qoluvchi sanoqli shoirlarimizdan birisiz! She'rlaringiz köpaygandan köpayaverib, ana shunday ruhiyatimizda oqib yuraversin. Ijodingizga omad.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.