Tohir Malik 1946 yili Toşkent şahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Adib Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakulteti keçki bölimida tahsil olgan. Yozuvçi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, bölim boşliği, Respublika radiotelevideniye qömitasida muharrir, “Guliston”, “Şarq yulduzi” jurnallarida masʼul kotib, Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi kotibi bölib ham xizmat qiladi.
Tohir Malik 1991–1992-yillarda “Yoşlik” jurnali boş muharriri bölgan. Bu davrda jurnalda öqişli asarlar, ijtimoiy muammolar aks etgan maqolalar jurnalxonlar eʼtirofiga sazovor bölgan.
Yozuvçining birinçi asari 1971-yili “Hikmat afandining ölimi” nomi bilan çop etilgan fantastik qissasi böldi. Söngra “Zaharli ğubor” (1978), “Somon yöli elçilari” (1979), “Çorrahada qolgan odamlar” (1985), “Qaldirğoç” (1987), “Bir köça, bir keça” (1988), “Alvido, bolalik” (1989), “Sönggi öq” (1990).
Sönggi yillarda adib insonning maʼnaviy-ruhiy olamini tadqiq etişga köp eʼtibor qaratdi. Buning samarasi ölaroq “Jinoyatning uzun yöli” (2001), “Ayovsiz ilon” (2009), “Aql va Oqil” (2010), “Kelinlar daftariga” (2010), “Tilingni asra”, “Mehmon tuyğular” maʼrifiy asarlari hamda uç kitobdan iborat “Odamiylik mulki” (2012), Munojot” (2013), “Umidlar daşti”, “Umidimiz yulduzlariga” (2014), “Pörtanali ummonda suzar hayot qayiği (2015) kabi roman, qissa, hikoyalar, badealar kitoblari naşr etildi.
Taniqli yozuvçi Tohir Malik qoldirgan badiiy-maʼrifiy asarlar özbek xalqining eng sevimli kitoblari sifatida öqiladi. Adibning oxirati obod, joyi jannatda bölsin!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


