11 daqiqada öqiladi

536 marta körilgan

Ukajonim, Jahongir…

Ukajonim, Jahongir...

Yaşaş – bu ertangi kunga umid bilan qaraşmi? Qöyilgan maqsad-u orzular sari intilişmi? Umr yöllarimizni, ötgan yillarimizni, quvonçli va baxtli damlarimizni yodga olib, şukronalik qilişmi? Har bir ötayotgan kunimizdan maʼno-yu yupanç izlaşmi? Uşalmagan orzularimiz, kimgadir aytilmay qolgan, mehrli sözlarimizning armonimi? Kutilmagan qiyinçiliklar-u hayotning turli zarbala­riga çidab, yengib ötişmi? Hayotning har bir kuni tuhfa, ğanimat ekanligini qadrlaşmi?

Ukajonim, Jahongir, sen oilamizda farzandlardan kenjasi eding, hammamiz seni bolaligingdan erkalatardik, raʼyingga qarardik, yaxşi körardik. Seni, kipriklari uzun, közlari katta-katta çiroyli bolaçani, qöldan qöymay kötarib yurardik.

Barçamizni ğaflatda qoldirib, nega buvijonim va adajonimning yonlariga borişga bunçalar şoşilding, ukajon! Hali öylagan işlaring, ertangi kundan bizga aytgan, aytmagan umidlaring, işonç­laring bor edi-ku!

Qaysi damlarni eslay, ukajonim. Bundan 43 yil avval, 1974-yilning 7-avgust kuni (kuçli şamol turgandi öşanda) tuğilganingnimi, buvim, adam, men, Jamşid sen bilan opamni tuğuruqxonadan çiqi­şinglarda kutib olganimiz, keyin Tinçlikdagi hovlimizga (öşa paytlar yozda hovlida yaşar edik) borganimiznimi, seni bolalar boğçasidan olib kelişlarimnimi yoki ilk hikoyang çop etilgandagi quvonçlaringnimi?

Bolaligingda yakşanba kunlari hayvonot boğiga olib borişimizni sörarding. Galma-gal, baʼzan adam, baʼzan opam, baʼzan men böş vaq­timizga qarab seni u yerga yetaklardik (u paytlar hayvonot boği uyimizga yaqin joyda edi). Sen bolaligingdan sayohatlarga çiqib, yurt kezişni yaxşi körib voyaga yetding. Ikki-uç yoşingdan boşlab opam bilan yozgi taʼtilda Kavkaz, Qrim, Soçi, Issiqköl kabi dam oliş maskanlariga borarding. Men ham, akang Jamşid ham talaba edik. Adam esa har yili sizlar bilan dam olişga birga borişga vaʼda berardilar-u, lekin yaqinlaşganda doimgidek işlarini (yozayotgan asarlarini töxtatişga) közlari qiymasdi. Buvim, adam, men va Jamşid sizlarning qaytişinglarni intiqlik bilan kutardik. Kelgaç esa, sen opamga ham gap bermay, körgan joylaring, narsalaring, bölgan voqealar haqidagi taassu­rotlaringni aytib çarçamasding. Hammamizga sovğalar, öşa yurtning biror belgisini bildiruvçi yodgorliklar olib kelardinglar. Öşa yillardan odat bölib qolgan bölsa kerak, ulğayganingda ham turli sovğalarni yaqinlaringga, döstlaringga hadya etişni kanda qilmasding. Senga ham yodgorliklar, sovğalar berişganda xursand bölarding. Öz xonangda turli yurtlardan keltirilgan yodgorliklar, buyumlar xuddi öşa mamlakat tarixi haqida sözlayotgandek qatorlaşib turardi. Rus tilli boğçaga borganliging va rus maktabida taʼlim olganliging sababli baʼzan rusça sözlarni ham aralaştirib gapirarding. Keyinçalik özbek tilida sof, çiroyli sözlaydigan bölding.

Ukajonim, sening qölyozmalaring, turli yillardagi gazeta, jurnal va adabiy töplamlarda çop etilgan asarlaring nusxalari, hujjatlaring, kerakli qoğozla­ring qölimda, özing hammasini yillar davomida yiğmajildga töplab yurgan ekansan. Voy, Jahongirim-ey, bular sen uçun qançalar muhim, qadrli bölganligini va senga quvonçli, baxtli onlarni inʼom qilganlarini bilaman.

“Zarya Surxana” gazetasida (1995-yil, iyul) “Abo­rigen” nomli ilk hikoyang çop etilganida endigina 20 yoşda eding. Mana, bir neça nusxada olib qöygan ekansan. Keyinçalik, 2013-yilda betob holingda bu hikoyaning yaratilişi, umuman adabiyot olamiga kirib keli­şing, adam bilan ijod haqida qi­lingan suhbatlar haqida “Ilk qadam” nomli essengni yozding. Hozir şu esseni qayta varaqlar ekanman, unda men uçun eng yaqin insonlarim – adam va sening siymong gav­dalanadi. “Tong yulduzi” gazetasining  bir neçta sonlarida (1996-yil, iyul-avgust) “Faqat hayot abadiy” nomli ilk qissang “Çaqnayotgan yulduz” rukni ostida sözboşi bilan çop etilgaç, adabiyotşunoslar, ijodkorlar, kitob­xonlarning eʼtiborini tortib, oğizga tuşgan eding. Birin-ketin “Oltinçi hukm”, “Ötgan kunlardan”, “Ovçi”, “Ölmagan jondan umid” kabi hikoyalaring gazeta va jurnallarda çop etilgandi. Hali asarlaring kitob holida jamlanmay turib, 1997-yildayoq O. Yoqubov, Şukrullo kabi ijodkorlarning, A. Musaqulov, B. Sarimsoqov kabi olimlarning seni Yozuvçilar uyuşmasiga qabul qilişga bergan tavsiyanomalari saqlanib qolgan. Sen esa Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo bölişga şoşilma­ding. “Hali ulguraman. Asosiysi, yozganlarim maʼqul bölyapti-ku,” deganding kulib. Asarlaring ham rus tilida, ham özbek tilida bosilardi. Rus tilida yozga­ning uçun ularni özbek tiliga adam bilan birga ötirib tarjima qilardinglar.

1998-yilda Zominda ötkazilgan Yoş ijodkorlar tanlov-seminarida qatnaşib, nasr böyiça 1-örinni egallaganingda adam bilan opamning qan­çalar quvonganla­rini, sen bilan faxrlanişganini hamon eslayman. Sen u yerda yangi döstlar orttirding, özingni yana bir sinovdan ötkazding. Özingga, kelaja­gingga işonçing yanada ortdi.

Özbekiston Yozuv­çilar uyuşmasi hamda Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Oliy Adabiyot kursiga 2001-yilda qabul qilinib, 2003-yilda aʼlo baholarga tamomlading. Mana, qölimda diploming, unga berilgan ilova. Tabriklar… Kursdoşlaring Neʼmat Hayrat, Davron Rajablar bilan bir umrlik yaqin döstlarga aylandinglar. “Orzu daraxti”, “Sovğa”, “Umid”, “Töyga töyona” kabi hikoyalaring, “Xuş, qol…” nomli yangi qissang hamda “Yigirma yildan söng”, “Sönggi romantik” kabi esselaring ham kitobxonlar tomonidan yaxşi kutib olindi.

Hayotingdagi hamma voqealar bir oqimda kutilganidan köra yaxşiroq, özing xohlagandek ketayotgan edi, hatto bir-ikkita naşriyotlar özlari kitobingni çop ettiriş istagini bildirgandilar.

Şunda biz mutlaqo öylamagan, yetti uxlab tuşimizga kirmagan, xayolga ham kelmagan voqealar bölib ketdi-ya! Sen, ha, sen közingdan şikoyat qila boşla­ding, atrof butunlay xiralaşib ketayotganini aytding. Bizlar avvaliga ajablandik, sababini tuşunmadik, çunki bolaligingdan heç qaçon közingda muammo bölmagan edi. Közingning xiralaşişi kuçayotganligi hammamizni taşvişga solgandi. Adam bilan opam seni eng kuçli doktorlarga körsatdilar, bir neça bor operatsiya ham qildirişdi. Lekin taşxis özgarmadi, közning asab tolala­rida quriş, yaʼni jarohatlaniş yuz bergan, tiklanmaydi, deyişgandi. Közning bu ahvolga kelişiga kuçli toliqiş, miningit yoki miya çayqalişining asorati sabab qilib körsatilgandi. Vraç­lardan iborat komissiya seni mehnatga layoqatsiz deb topişib, umrbodga 2-guruh nogironligini belgilaşgandi. Közingning qolgan beş foizini saqlab qoliş uçun ham muntazam davolanişing kerakligini taʼkidlaşgan edi. Bu örtada 2005-yilning 29-sentabr kuni oilamizning suyangan toği, mehribon adajonimiz Şukur Xolmirzayev vafot etdilar. Hamma narsa tamom böldi, deb öyladim, hatto men ham qanday yaşaşni, qayerdan kuç olişni bilmay qoldim. Öşanda opamga qanday dalda bölişni, bu oğriqlarni, qayğularni yengib ötişlariga qanday yordam bera olişimni ham bilolmay qolgandim. A. Navoiy bo­bomiz aytganlaridek, “sabr etagini tutiş, barça qiyinçiliklarni sabr-çidam bilan yengiş”dan boşqa ilojimiz yöq edi.

Dard kelsa, qöşaloq keladi, deb şuni aytsalar kerak-da. 2007-yilning yozida ğira-şira qoronğida maşina yölidan ötayotganingda maşina yaqinlaşganini sezmay qolib, avtohalokatga uçraganing oilamiz uçun yana bitta oğir musibat böldi. Ukajonim, omon qolganingga şukur qildik. Bir neça oy kasalxonada yotganingdan söng (umurtqangni ope­ratsiya ham qilişgandi) uyga ruxsat berişdi. Doi­miy massajlardan, jismoniy harakatlardan söng, bir qölda devorni uşlab, ikkinçi qölda hassa bilan turişni maşq qila boşlading. Ketma-ket kelgan kasalliklar, turli mayda gaplar, oilaviy notinçlik seni tuşkunlikka tuşirib yubordi, hamma narsaga qöl siltading. Hayot­ning kutilmagan evrilişlari yonida özingni butunlay ojiz sezding. Hayot tugagandek tuyildi – yozmay qöyding. Hatto yaqin döstlaring seni bunday bemor holda körişlarini, açinib qaraşlarini istamasding. Uyga ham eng yaqinlargina keladigan böldi. Opam va senga qarovçi hamşiragina asl holatingdan xabardor edilar. Vaqti kelsa, menga ham oğriqlaringni bildir­ging kelmasdi, sezdirmaslikka, özingni tetik, bardam tutişga harakat qilarding.

Birin-ketin kunlar, oylar, hatto yillar ham öta boşladi. Sen asta-sekin şunday holatda yaşaşga özingni köniktira boşlading, moslaşişga urinding.

Ukajonim, senga yaşaşga kuç beradigan yagona narsa – bu qalam tebratiş, yoziş ehtiyoji ekanligini aytganingda, seni ruhlantiradigan gaplar aytgandim-u, özim esa boşqa xonaga çiqib közyoşlarimni artgandim. Şunda, esingdami, Jahongir, opamga nimalar deganing, keçagidek yodimda turibdi-ya. Sen: “Opa, köçaga çiqqaningizda ikkita qalin daftar, ikkita ruçka olib keling. Yozişni boşlayman. Qatori tekis bölmasligi mumkin, mayli, sekin-sekin maşq qilaman. Keyin özingiz çiroyli qilib köçirib, menga öqib bera­siz”, deding. Endi sening yostiğing yonida qalin daftar (içida ruçkasi bilan) paydo böldi. Kunlar­ning birida “И это пройдёт” (“Bu kunlar ham ötib ketar”) nomli essengni tugatganingni, hozir opam uni daftardan oq qoğozga köçirayotganlarini aytganingda, ovozingdagi qatʼiylik, dalillik meni quvontirgandi, özingdan qoniqiş hissi paydo bölgani şunday sezilib turardi.

Ukajonim-a, bir boşingga şunça narsa-ya. Esseni opam yana bir neça marta özingga öqib berganlaridan keyin sönggi nuqtani qöyding. Endi esseni rus tilidan özbek tiliga ögiriş masalasi turardi. Bu masalani hal qilişni men öz böynimga olgandim. U yoq-bu yoqdan suriştirib, şoir Muhiddin Omon badiiy asarlarning tarjimasi bilan şuğullanişini bilgaç, unga berib kelgan edim. Bir neça oydan keyin esse “Aʼlo kayfiyat” (2011) jurnalida çop etilgandi. Keyingi yillarda “Tumor” (2012), “Ilk qadam” (2013), “Yettinçi hayot” (2014) nomli avtobiografik esselarni yozding. Asarlaring çop etilgan gazeta va jurnallarni paypaslab uşlab, xursand bölding.

Jahongir, özingga heç qaçon aytmagan ekanman, endi aytaman – sen kuçli inson eding. Bir neça yillar davomida körpa-töşakka mixla­nib, uydan taşqariga çiqolmay qolganingda ham yaşaşdan maʼno-mazmun izlading, hayotning bergan quvonçli damlariga şukronalik qilding, ertangi kunga rejalar tuzib, umid bilan qarading, yaqinlaringga hamdard bölding, jiyanlaring kelajagiga işonç bilan qarading va ularning tarbiyasiga ijobiy taʼsir körsatding. Hayotni boriça qabul qilişni örganding.

Jahongirim, bolalarni, yoş bolaçalarni qançalar yaxşi körarding. Tanişlarimizning, qöşnilarimizning farzandlarini uyga töplab, ular bilan gaplaşib, hazillaşib-kulişib ötirarding. Ular ham senga intilişardi. Lekin öz farzanding sendan yiroq­da edi, diydoriga töya olmading. Unga ham butun umrlik armon bölib qolganingni yillar ötgan sari yanada his qiladi. Mening ikki öğlim uçun esa sen ham toğa, ham döst, ham sirdoş eding. Ularga kiçkintoyligidanoq bölakça mehr bilan qararding, umring davomida ularning öqişi, qizi­qişi, inti­lişi, tarbiyasi sen uçun muhim edi, ular ham buni qadrlardilar. Sen qançalik yaxşi körgan bölsang, ular ham sendan kam yaxşi körişmas edi.

Ukajonim, qalbing keng edi, kundalik hayotdagi baʼzi arzimas narsalardan xafa bölganimni eşitib, menga suyanç bölarding, könglimni kötarar­ding. Men har gal borganimda, ovozimni eşitişing bilan yotgan joyingdan söraşişni boşlarding. Men esa şoşa-şoşa yangiliklarni gapirib ketardim. Sen ham şuni poylab turgandek, jiddiy tinglarding. Opam xontaxtani turli yeguliklar bilan töldirib taşlardilar, keyin ötirib çoy içardik. Baʼzan hazilla­şib, “Zerikkan paytla­rimda meni hamma gapimni sözsiz tinglaydigan, eʼtiroz bildirmaydigan, fikrimga doim qöşiladigan ayiqçam bor”, – deb qöyar­ding. Darhaqiqat, kulrang ayiqça karavotingning böş joyini egallab, senga qarab ötirardi.

Uyning törida sening eng baxtli damlaringdan xotira bölib dösting, rassom Abdujabbor Erme­minovning “Jahongir” nomli portreti osiğliq turardi, endi şu portretdan hammamizga qarab, kuzatib turibsan-a…

Asarlaring matbuotda çiqa boşlagaç, taniş-bilişlar, döstlaring, adam­ning şogird­lari qönğiroq qilib hol-ahvol söraydigan, esselaring haqida fikr bildiradigan bölişdi. Ular­ning uyga ham kelib turişlaridan, ada­biyot, sanʼat haqida, umuman, turli mavzularda suhbatlaşib ötirişlaridan quvonar­ding, nafaqat quvonar­ding, balki bir neça kun kötarinki kayfiyatda bölarding.

Klassik kinolar (ovozini eşi­tarding), qöşiq-u musiqalar­ning, badiiy asarlarning disklarini sotib oldirar edi­ng. Umuman, musiqalarni, qöşiqlarni tinglaşni yaxşi köriş hammamizga xos, şekilli, bilasan-ku, adam ham qöşiq tinglaşni yoqtirardilar, baʼzan qöşilişib xirgoyi ham qilardilar. Men ham yaxşi qöşiqlarni tinglab, rohatlanaman, qaysidir maʼnoda ulardan malham izlayman. Sen ham örinda yotgança, yod bölib ketgan qöşiqlarni qayta-qayta tinglab öyga tolarding. Nimalar haqida öylarding, ukajonim, qöşiqlar qay kunlaringni yo­dingga solardi-a?

Jahongirim, kuni keça qabringga borib bir dasta oppoq gul qöyib keldim. Qaragin-a, qaysi gullarni yaxşi köri­şingni bilmas ekanman. Çunki şu paytgaça sen menga gullar sovğa qilarding, hatto sönggi yillarda ham bayram va tuğilgan kunlarimda kuryer orqali yuborarding. Men esa senga qönği­roq qilib, gullarni kel­tirişganini aytib minnatdor­lik bildirardim.

Dörmondagi dala-hovli­mizdan xabar olgani borar ekanman, Yozuvçilar boğining yonidan ötib ketayotib, şu yerda sen ilk bora, 21 yoşingda Gulçehrani uçratganing, baxtiyor damlarni boşdan ötkazganingni eslayman. Bor ovozimni töldirib, “Jahongir”, deb baqirgim keladi. Lekin har qança baqirmay, heç kim körinmaydi, heç qanday sado çiqmaydi…

Qölimda sening daftarga yoza boşlagan ikkita çala hikoyang. Biri “Узбек”, ikkinçisi “Когда засыпают ангелы” deb nomlangan. Ukajonim, yotgan joyingda sekin karavotingga ötirib: “Opa, men yozuvchiman-a, hali köp asarlar yozaman-a”, – der eding. Yozuvchilar uyushmasi kitobingni chop etishiga bosh-qoş bölayotgani hamda uyuşmaga aʼzo qilişni ham tezlatiş niyatida ekanliklari hammamiz uçun orziqib kutilgan xabar edi.

Şunda, esingdami, ukajonim, kitobingni qanday nomlaşni muhokama qilgandik. Sen öylab körib, adam, buyuk rassom R. Çoriyev va özing bilan boğliq voqealar tasvirlangan “Sönggi romantik” nomli asaringning qöyişni taklif qilgan eding. Bu gap opamga ham, menga ham maʼqul kelgandi. Keyin bir neçta suratlaringni kitob uçun tanlab olgan edik. Kitobning bi­rinçi korrekturasi öqilayotganini naşriyot tahririyatidan qönğiroq qilib aytişganda, sen tez kunlarda kitobingni qölingga olişni köz oldingga keltirganding. Tuğilgan kuning arafasida kitobing çop etilişi sen uçun eng katta sovğa bölardi. Biz tuğilgan kuningga kimlarni taklif etişimiz, qanday taşkil qilişimiz haqida birga ötirib fikrlaşgan edik.

Heç qanday tösiq yöqdek edi… Lekin bir kun kelib kundalik muolajalar ham yordam berişi qiyinligini, soğli­ging yomonlaşayotganini sezarding. Şuning uçun nimalarnidir tezroq bajarişga, ulgurişga harakat qilarding-a, ukajonim.

Ertaga nima bölişi bandasiga maʼlum emas ekan. 19-iyul kuni doktorni uyga çaqirganimizda, seni tekşirib körgaç, “isitmasini tuşirsak böldi, yoş ekan, tuzalib ketadi, har kuni kelib özim xabar olaman”, dedi.

Biz ham öğlim Javlonbek bilan keçqurun sen uyquga ketgaç, öz uyimizga ketişga otlangandik. Ketmasimdan oldin sekin boşing­ni kötarib, senga sovuq çoy içir­dim, çiroyli soçla­ringni, qölla­ringni silab qöydim, “ertaga ertalab vaqtliroq kelamiz”, de­dim. Sen “yaxşi” degandek, boş irğading va közingni yumding. Ey ukajonim-a, jonim-a, bu sönggi xayrlaşuv ekanligini qaydan bilayin?!

Jahongirjon, Olloh menga qança umr ajratgan, bilmayman – öziga maʼlum. Ammo bir narsani aniq bilaman, sening qölyozmalaring, sen uçun muhim bölgan buyumlar, suratlaring adamning arxivlari qatorida saqlanadi va bir kuni kelib adamning uy-muzeylaridan joy oladi.

Sayyora XOLMIRZAYEVA

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)