- Globallaşuv davrida dunyo xalqlarining madaniyati, sanʼati va falsafasi qorişib, tobora yaxlit qiyofa kasb etib bormoqda. Jozibali köringani bilan bu jarayon umummadaniyatga singib ketişining oqibatida yaxşilik yöq. Zero, globallaşuvning jilovi bizning qölimizda emas, balki uning şakllanişiga köproq hissa qöşganlar qölida. Şunday ekan, bugun nasrimizda milliy ruhni ifoda etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Xöş, bu borada nasrimizda qanday izlanişlar mavjud? Siz milliy ruhni tasvirlaşda ijodkor nimalarga eʼtibor qaratişi zarur deb hisoblaysiz?
- Adabiyot – ijtimoiy hodisa. Har bir yangi asar davr bilan hamnafas dunyo yuzini köradi. Uzoqqa bormaylik, 80-yillardagi “Javob”, “Galatepaga qaytiş”, “Yozning yolğiz yodgori” kabi asarlarda ijtimoiylikning qahramonlar ruhiyatidagi evrilişlarga sabab böluvçi omillari yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etilgan. Yoki 90-yillarda “ötiş davri” tufayli vujudga kelgan madaniy-maʼnaviy inqiroz, ayniqsa, ziyolilarning iztiroblari “Bozor”, “Muvozanat” kabi asarlarda öz aksini topgan. Xöş, bugun-çi, özbek nasrida zamon ruhini özida aks ettirayotgan asarlar yozilyaptimi?
- Zamonaviy qahramonlarni yaratiş faqat adabiyotning emas, balki ijtimoiy hayotimizning zaruratiga aylanib ulgurgani sir emas. Nosir sifatida zamonaviy qahramonni qanday tasavvur qilasiz? Uning qiyofasini yaratişda nimalarga eʼtibor qaratmoq kerak?
Javlon Jovliyev
- Özbek millatning XXI asr birinçi çoragidagi qiyofasiga bir qarang, qanday manzarani körasiz? Axborot bosimi odamlarimizni qay darajada özgartirib yubordi? Milliy ğururimiz qay darajada? Xalqimizning bugungi kundagi öy-xayollari, dard-u taşvişlari nimada? Yozuvçi, avvalo, şu savollarga javob izlaşi va uni adabiyotda aks etib berişi kerak. Qahramonlarni kaşta solingan çimildiqqa solib milliy adabiyot yaratdim deb daʼvo qiliş, bodomdöppi kiyib, “Barselona” jamoasiga muxlislik qilişdek gap. Millat dardi va haqiqat aks etmagan har qanday asar milliy adabiyot böla olmaydi.
Baʼzi “kattagina” yozuvçilarning asarlarini öqib hayron qolaman. Sözlarni, jumlalarni şunday mohirlik bilan işlatişadiki, tahsin aytaman, xatolardan xoli, ohangi bor, atrofga sinçi kabi (ikir-çikirigaça tasvirlaydi) nigoh taşlagan. Ammo, afsuski, unda xalqning dardidan asar ham yöq, oxirida köngil oraliğidagi bir nima bölib çiqadi. Jon olib-jon berib yozilmagani seziladi, zamirini kötarsangiz şamolda uçgan xas kabi har tarafga öynaydi. Axir, bu (özbek tilida yozilgan bölsa-da) qanday qilib milliy adabiyot bölişi mumkin. Kötaradigan ğoyasi yöq, sovet zamonidan qolgan nişon, yaʼni otgani mahalliy raisning yotoğidan nariga ötolmaydi. Axir, ularning qölidan millatning tiniq manzarasini beriş keladi-ku! Axir, uning yoşlikda juda yaxşi yozgan hikoyalarini öqiganman-ku! Nahot, şunça aynigan bölsa yoxud dard bilan jang qilişdan bezganmikin, yo boşqa sabablar bordir, bilmadim. Ammo bir narsa aniqki, ular adabiyotga emas, faqat özlariga xiyonat qilayotganlardir.
Bugungi milliy adabiyot xalq ongiga örnaşgan milliy nigilizmni – öz millatidan uyalişdan xalos qilişi kerak. Faqat çin sanʼat bilan bunga eriş mumkin. Toğay Murod kabi bugungi odamlarimiz yuziga oyna tutişimiz, bu oynadagi dahşatli manzaralarni körişdan “uyalmas”ligimiz, kimgadir “tegib” ketişidan çöçib ketmasligimiz kerak.
Yapon adibi Kobo Abening “Qumdagi xotin” romanida, bir qarasangiz, yapon milliy obrazlari yöqdek, ramzlar Ovröpa adabiyotiga taqlidan vujudga kelganga öxşaydi. Ammo aslo unday emas. Undagi ayol çinakam yapon xarakteriga ega, u na xitoy, na turk ayoliga öxşaydi, uning matonati, yaponça madaniyati bizga şunday xulosa çiqarişimizga asos böladi. Asarning yakunida köz oldingizda har azobga (qumlar yomğiriga) bardoş berib, jilmayib turişga kuç topadigan yapon ayoli namoyon böladi.
Milliy ruhni aks etiş uçun yozuvçi tanlagan qahramonning özi ham tom maʼnoda milliy bölişi kerak-da. Nega biz hamon “Ötkan kunlar”ni sevib öqiymiz? Çunki unda qon-qonimizga singgan çin özligimiz, milliy obrazlarimiz, orzularimiz bor. Yusufbek Hoji, Otabek, Qutidor, Kumuş, Özbegoyim kabi personajlar sovet taʼsiridan xoli, tom maʼnoda milliy qahramonlardir. Ötgan 50–60 yil davomida yaratilgan asarlarning köpida sovet taʼsirida ulğaygan odamlar obrazi olib çiqilgan. Qozonda bori çömiçga çiqadi deganday, xalqning özi ham katta özgarişlarni boşdan keçirdi. Ammo hozir ham şunday asarlar yaratilayotganiga, hamon çaynalgan mavzularni ezğilayotganiga nima deysiz? Mavzu va qahramonni his qiliş yozuvçi uçun juda muhim masala. Aytişadi-ku, yozuvçi nimani yozişdan köra, nimani yozmaslikni yaxşi bilişi kerak. Qahramon tom maʼnoda milliy bölmasa, milliy asar ham yaratib bölmaydi.
Yoş yozuvçilar bugungi yoşlar obrazini olib çiqişi kerak. Çunki ular tiniqroq köra biladi bugungi özbek yoşlarining yutuği va fojiasini. Şu navbatda aytiş kerakki, yoş ijodkorlar tengdoşlardan yaxşigina qarzdordir ham. Bu qarzni uzmaslik, maʼnaviy böşliqning kengayişiga xizmat qiladi. Bugungi yoşlar obrazi özbek adabiyotiga juda zarur deb öylayman.
- Adabiyot tom maʼnoda erkin bölişi kerak. Sen bunday yoz yoki unday yozma deb taqiq qöyiş ahmoqona iş bölardi. Fikr, qaraş va ğoyalarga heç qanday tösiq bölmasagina, adabiyot, çinakam adabiyot vujudga keladi.
Qator taşkilotlar esimni tanigandan beri işsizlik muammosi bilan kuraşayotgani haqida gapiradi. Ammo bunday quruq gaplardan foyda yöq. Uzoq yillar oğziga asal solingan matbuot, maqtovlarga tölgan “adabiyotçi”larning ham bu işlarda ulkan gunohi bor, deb öylayman. Adabiyot doim millat yölini belgilovçi yölçi yulduz maqomida turmoği lozim.
Bundan uç yillar oldin “Mustabidning haşarotlari” degan bir hikoya yozganman. Mustaqil bölganimizga 25 yil bölsa-da, özbek tilida gapirişni va yozişni bilmaydigan odamlar, rahbarlar haqida edi. Keyin, öylab qarasam, hikoyaning qamrovini juda tor olingan ekanman. Hozirgi kunda ham bolasining özbekça bilmasligi, yoza olmasligi bilan işi bölmaydigan, aksinça boşqa tilda ravon gapirişidan faxrlanib yuradiganlar ozmi? Ularning ongini mustabidning haşarotlari kemirmagan-ku? Ammo ular ham özini madaniyatli özbek ota-onalari deb hisoblaşadi. Ularni nima deb nomlaş kerak? Axir, til qon va jon masalasi… Unga befarq qarab bölmaydi. Şuning uçun yozuvçi tarixni örganibgina qolmasdan, zamonaga ham tiniq nigoh taşlaşi kerak, deb öylayman.
Har qanday holatda ham xalq adabiyotga tayana olişi kerak, uni suyançiq, adolatli ustun deb bilişi kerak, işonişi kerak. Çinakam asarlar yozilsagina xalqning adabiyotga bölgan bu işonçi ortadi.
- Talabalik paytda kim qayerga yetaklasa, qiziqib ketavergan ekanmiz. 2012-yili ötkazilgan “Sahnada zamondoş obrazi” teatr festivaliga qatnaşganmiz. Öşanda qaysidir kursdoşim bu festival zamon qahramonini bizlarga topib berarkan, deb qoldi – Prezident topşiriği ekan. Keyin birin-ketin şifokor, prokuror, irrigator, hokim, ixtiroçi kabi “zamon qahramon”lari sahnaga çiqib keldi, ular şunday “rol” öynaşdiki, festival oxirida zamon qahramoni degan sözdan könglim ayniydigan böldi. Negadir ular zamon qahramonini biror-bir kasbdan qidirişgandi. Axir, u oliy maʼlumotli bölişi kerak edi-da. Şundan beri zamon qahramoni haqida gap ketsa, öşa “rol” öynovçilar xayolimga keladi.
Adabiyot juda qudratli kuçga ega. Şuning uçun undan doim foydalanişni istaşadi. Zamon qahramonini qidirib yozib bölmaydi. Avvalo, öşa qahramon özi otilib çiqişi kerak, uni xalq körişi kerak, qahramonligini sezişi kerak. Masalan, yonğin ketdi deylik (Xudo körsatmasin), uyda yoş bolalar bor, odamlar birorta qahramon kutib turmaydi-ku, kimdir jurʼat topib dahşatli olov içiga özini otadi yoki heç kim joyidan siljimaydi. Hozir esa yonğin ketgan-u, qahramon körinmayotganday tuyiladi.
Neft-gaz mamlakat iqtisodiyoti uçun muhim sanaladi. U haqda qandaydir asar yoziş mumkin emasmi, mumkin. Hamma har xil yozadi. Masalan, men poççam haqida yozardim. U uzoq yillardan beri neft-gaz sohasida işlaydi. Bilimi va işçanligiga hamma havas bilan qaraydi. Ortidan şogirdlari ergaşib yuradi, ammo öquvçiga uning içki dunyosi, öylari, dardi, muhabbati kerak. Xöş, uning dardi nimada? U şu işidagi zararli moddalar tufayli qizining közi tuğma zaif tuğilganligini biladi, tunlari azob çekadi, ammo işini ham sevadi, keçib ketolmaydi. Har tong otasiga közoynak taqmayman deb xarxaşa qilayotgan qizini, yiğlaguday bölib bağriga bosgança maktabga eltadi. Tun-u kun özi neft, elektr işlab çiqarsa-yu, uyga kelib gazsiz, öçoqda tezak yoqib ovqat qilayotgan xotinini köradi. Keksa ota-onasining televizor körişiga, köz nuri zaif bolalarining elektr yoruğida kitob öqişiga imkon bölmaydi, ammo u nolimaydi, tinmay mehnat qiladi, çidaydi va yangi konlar kaşf etadi. Qahramonlik ortida qahramon kötara oladigan katta azoblar ham borligini unutmaylik.
Yozuvçi nima haqida “sözlamasin”, adolat tarozisi yonida turişi kerak. Manfaat-u qörqoqlikni ijodxonada ortiq uşlab turmaylik.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


