7 daqiqada öqiladi

491 marta körilgan

Muzaffar tuğ kötarganlar

Farrux Jabborov
  1. Globallaşuv davrida dunyo xalqlari­ning madaniyati, sanʼati va falsafasi qorişib, tobora yaxlit qiyofa kasb etib bormoqda. Jozibali köringani bilan bu jarayon umummadaniyatga singib ketişi­ning oqibatida yaxşilik yöq. Zero, globallaşuv­ning jilovi bizning emas, balki uning şakllanişiga köproq hissa qöşganlar qölida. Şunday ekan, bugun nasrimizda milliy ruhni ifodalaş muhim ahamiyat kasb etadi. Xöş, bu borada nasrimizda qanday izla­nişlar mavjud? Siz milliy ruhni tasvirlaşda ijodkor nimalarga eʼtibor qaratişi zarur deb hisoblaysiz?

 

  1. Adabiyot – ijtimoiy hodisa. Har bir yangi asar davr bilan hamnafas dunyo yu­zini köradi. Uzoqqa bormaylik, 80-yillardagi “Javob”, “Galatepaga qaytiş”, “Yozning yolğiz yodgori” kabi asarlarda ijtimoiylik­ning qahramonlar ruhiyatidagi evrilişlarga sabab böluvçi omillari yuksak badiiy maho­rat bilan ifoda etilgan. Yoki 90-yillarda “ötiş davri” tufayli vujudga kelgan madaniy-maʼnaviy inqiroz, ayniqsa, ziyolilarning iztirob­lari “Bozor”, “Muvozanat” kabi asarlarda öz aksini topgan. Xöş, bugun-çi, özbek nasrida zamon ruhini özida aks ettirayotgan asarlar yozilyaptimi?

 

  1. Zamonaviy qahramonlarni yaratiş faqat adabiyotning emas, balki ijtimoiy hayotimizning zaruratiga aylanib ulgurgani sir emas. Nosir sifatida zamonaviy qahramonni qanday tasavvur qilasiz? Uning qiyofa­sini yaratişda nimalarga eʼtibor qaratmoq kerak?

 

  1. Globallaşuv – tabiiy jara­yon, nihoyatda tabiiy jarayon. Bizni xavotirga solayotgani kelajakda hosil bölajak tamaddunda belgili örin egallay olmay qolişimiz mumkinligi. Şuning alamiga çidolmay ketamiz. Albatta, yozuvçi ğoliblar tarafiga ötvolmasligi kerak. Meni Sibirdagi kam sonli qardoşla­rimizning özga bir madaniyatga singib borayotgani, uşbu jarayondagi keksa avlodning iztiroblari tölqinlantiradi. Köz öngingda şovullab yotgan dengiz, ana boringki, möjazroq buloq ham qurib bitsa, qançalik qayğuga botasiz. Bugun bir neça ming, bir neça ön ming nufusga ega xalqlar şu köyga tuşmoqda. Ertaga şunday hol yuz minglab aholisi bor yurtlar boşiga keladi. Uşbu öta tabiiy-ijtimoiy jarayonga guvoh Inson qalb keçinmalari – adabiyotning eng katta mavzularidan emasmi?!

Siz, globallaşuvga qanaqa bisot bilan kirib borsak böladi, deb savol qöyyapsiz. Yonğin-u toşqinda odam eng qadrli narsalarinigina ortmoqlaydi. (Mirtemirning şeʼri bor-ku, agar imkoniyat berilsa, narigi dunyoga nimani olib ketardim, degan maʼnoda). Boşqaça ifodalasak, optimistroq bölsak, Yilboşi sayliga hamma eng yaxşi kiyimlarini egniga ilib, tansiqroq taomlar pişirib boradi. Bizda nima bor? Bir inventarizatsiyadan ötkazişimiz kerak ekan: 1) buyuk ajdodlarimiz; 2) beşik; 3) döppi; 4) mahalla; 5) atlas; 6) palov… Kesatma­yapman. Ijtimoiy hayotimizni kuzatgan odam röyxatga yana nimalarni qöşadi. Mehmondöstligimiznimi? Serquyoş ölkamiznimi? Musaffo osmonimiznimi?

Özbek özi kim? Alpomiş, Farhod, Kenja botir, Otabek, Dehqonqul… qaysi özbekroq? Abadiyotdagi asosiy obrazlarni tahlil qilib, yozuvçilarimiz bu savolga qanday javob berganini köriş mumkin? Özi, hamma obrazlarimizni pasportlaştiriş kerak. Şunda javobimiz aniq böladi. Bir qaraşda aytsak, orçilligimiz börtib çiqadigan fazilatimiz ekan. Lekin Dehqonqulning falon pullik baxmalni ikki bölib paytava qilib öraşi – öz nomi bilan qulning oriyat talaşişidir. Toğay Murod boplab taşxis qöygan. Bunaqa aqlsiz or oliş globallaşuv davrida yaramaydi, yaraşmaydi, albatta. Yana, biz özbekning mehnatkaşligiga, qora mehnatga ruju qöyganiga madh öqiymiz. Tarannum etamiz. Qaniy­di, xalqim dangasa bölsa. Bugun dunyoning jinnisini çiqargan internetni qahva damlaş uçun birinçi va ikkinçi qavat örtasida sarson bölişdan eringanlar ixtiro qilgan. Turgan-bitgani yalqovlik mevasi, bilsangiz agar. Gapning pöstkallasi, özbekning mehnatkaşligini bayroq qilaversak, yana neça ön yil gastarbayterlik bilan kun keçiriş mumkin.

Ong oqimi uyurma harakat bilan boryapti, lekin savoldan uzoqlaşganimizça yöq. Siz adabiyotni qanaqadir maʼnoda PiArga, imij yaratadigan sohaga yaqinlaştirib muammo qöygansiz, nazarimda: milliy ruhni qanday ifodalagan maʼqul, qanday taqdim etgan yaxşi va hokazo. Bunaqa körsatmani hu anavi sotsialistik realizm bergan. Men adabiyotni tibbiyot tomon tortqilaş niya­tidaman. Boya sal uçini oçdim. Adabiyot millat dardiga taşxis qöyişi kerak (rusni Tolstoylar tarbiyaladi – rus Tolstoylarni tarbiyaladi: qaysi tomondan kelişiga qarab odamlarni ikki toifaga ajratiş mumkin). Xalq adabiyotga köngil yorsin – Adabiyot xalqning könglini yorsin. Şu iboraning maʼnosi köp: ötakasini yorsin, yiğlatsin, ingratsin, uvlatsin, ayovsiz bölsin. Özbekning yuragini yorsin – operatsiya qilsin, harom qonini çiqarib taşlasin. Göröğlini, Avazxonni qirq çiltan inkarnatsiya qilganiday. Ana şunda milliy ruh çinakamiga uyğonadi va biz çinakam özbek kimligini tanib olamiz. Dehqonqulça orçilligimiz, yasama obröçamiz faqat va faqat ziyonimizga işlaydi.

  1. Avvalo, bu savolni adabiyotşunosga bergan maʼqul ekan. Çunki men maxsus kuzatuv olib bormaganman. Tengqurlar ijodi misolida gapirsam, ruxsat etsangiz agar. Qurdoşlarimiz, ehtimol, katta akalarimizga ham xosdir, “qişloq prozasi” atrofida aylanyapmiz. Bilvolganimiz – poda qaytar payti, enam yopgan non, çang köçalar… Yetmişinçi yillar nasrining hidi keladi. Taraqqiyot sanʼatda ham aks ettişi kerak. Aks etişi tabiiy. Bir asr ilgari allaqaysi şoir poyezdning taraqa-turuq ohangiga solib doston yozgan ekan. Kulgili-yu, biroq fan-texnika rivojlanişining sanʼat turlariga taʼsirini inkor etib bölmaydi. Adabiyot badiiy solnoma yaratadi. Bu borada xalq dostonlarimizdan örgansa arziydi: miltiq va kamon yonma-yon işlatilaveradi, bir-biriga xalaqit bermaydi. Xalq boşidan ötgan yaxşi-yomon kunlar eposda, albatta, izini qoldiradi. Masalan, men maşinani, telefonni adabi­yotga muqim kirgiza oldikmi-yöqmi, deb öylanaman. Olaylik, ot badiiy mamlakatimizga doimiy “propiska qilingan”, bunga şubha yöq. Lekin biz havo telefon, internetga qaçon yetib kelamiz?! Zukko odamlar tuşunib turibdi, men hikoyada yöl-yölakay tilga olib ötişni nazarda tutmayapman. Xorijda SMS romanlar yozilgani allaqaçon edi. Bizning qahramonlari­miz esa hamon xatjild kötarib yuradi. Egzotika qilib tasvirlaymiz. Jahon ilm-fanida genetika olamşumul yutuqlarga erişdi, katta şov-şuvlarga sabab böldi, tarix, millat haqidagi turğun tasavvurlarni özgartirib yubordi. Nasrimizda uşbu jarayon qaysidir darajada aks etganini taʼkidlaşni istardim.

Bolaligimiz 90-yillarga töğri kelgan. Yozuvçi ijodda bolalik taassurotlariga tayanişi bor gap. U davrga internet-u SMSni tiqiştirib bölmaydi, albatta. Biroq tendensioz kamçiligimiz şundaki, hikoyala­rimizni qişloq soğinçi, nostalgiyaga aylantirib yuboramiz. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi el yelkasidagi oğirliklarni va yuragidagi oğriqlarni badiyatga muhrlaş bugun öttizning ustidagi nosirlarimiz çekiga tuşadi. Afsuski, jurnalistikadan yuqtirgan içki senzuramiz, hadiklarimiz xalal beryapti. Ehtimol, bu isteʼdodsizlikni yaşiriş uçun öylab topilgan taskindir. Özbek xalqi şunçalik pragmatikki, yozuvçi farzandlari ğaladonga taşlab qöyadigan asarlar yozib, umrini havoga sovirib ötirmaydi.

Ha, aytgança, jahonda sevib öqilayotgan asarlarga köz yugurtirib anglaganim, bugun şahar proza­sining xaridori köp ekan. Har holda, menga şunday tuyildi. Sayyoramizda şaharlarda yaşayotgan aholi nisbati qişloqlarda kun keçirayotgan odamlardan oşib bormoqda. Bir paytlar qöy boqsayam kitob öqiydigan qişloqliklarning feʼl-xöyi özgargan. Havo telefoni bilan umrini, pulini, ongini havoga uçirayapti, buğlatib yuboryapti. Şahar aholisi orasida sifatli kitobxonlar köpçilikni talab qilişini statistika tasdiqlaydi. Ular esa özlariga yaqin syujet va mavzularga oşufta böladi. Bolaligi qişloqda ötgan, borliqni toğlarda anglagan men kabi ijodkor uçun şahar prozasini yaratiş oson va silliq köçmasligi tayin. Heç qursa, qişloqda ötgan bolaligimiz, bugun ota-onani ziyorat qilgani oyda-yilda bir borganda his etgan iztiroblarimizga ham tik qaray olsak, bas. Qolaversa, abituriyentlik paytida şahri azimda olamni qayta kaşf etib yiqqan materiallarimiz – köngil bisotimiz ham çakana boylik emas.

  1. Zamonamiz qahramoni. Şu ibora qa­yerdan kelgan ekan-a?! Kim öylab topdiykin? Ler­montovning qissasi bor. Lekin boş qahramoni ja ijobiy emas. Bizda mana şu “qahramon” degan söz çalğitadi. Ijobiy böyoqdor. Salbiy qahramon deyişning özi ğalati. Salbiy bölsa, qanday qahramon böladi, deb tuşanamiz. Adabiyotşunoslikda istiloh şu köyi qabul qilingan. Zamonamiz qahramonini qaynatilgan çoyşabdek toza odam böladi, deb tuşunişadi va yozuvçilarga ham şunday tuşuntirmoqqa tirişadilar. Menga qolsa, bugungi zamonamiz qahramoni – mo­şennik (“firibgar” degan özbekça muqobili bor nafratingni ifodalamaydigandek). Bugungi özbek jamiyati uçun adabiy zamon qahramoni – moşennik odam, uning taqdiri misolida moddiy-maʼnaviy hayotimizga zarrabin tutiş mumkin. Ayni mavzuda kattaroq bir nima çamalab yuribman. Qalb kosamga tomçima-tomçi yiğilyapti. Bir nafasda sipqormoq pallasi kelsaydi. Yo nasib.

Kuçli odam mazza qilib davri davronini suradi. Kuçsiz odam hayot maşaqqatlari haqida yozib, yozuvçi böladi. Şunçun adabiyotda ojiz qahramonlar köp uçraydi. Hamma öziga öxşatib yozadi-da. Kitoblar ösmirni xayolparast qilib qöyib, hayotdan çalğitadi, degan iddaolarga qöşilgan joylarim ham bor. Kitobiy odam, deb istehzo qilamiz-ku. Gapning indallosi, adabiyotimizga kuçli şaxslar gavdalantirilgan obrazlar kerak. Buning uçun kuçli şaxsiyatlar, şunaqa yozuvçilar kerak. Qayerdan topamiz, hayronman. Tovar bölsa ekan, import qilsak (töğri, tarjima asarlar bilan ehtiyojni maʼlum maʼnoda qondiriş mumkin). Özbek jamiyati şaxslarga qarşi kuraşişni bas qilişi şart. Örtamiyonalikni planka qilib qöyiş qaçongaça davom etadi. Soyasidan qörqadigan, kunni kunga amal-taqal ulab yaşaydigan nosirlardan dangal asarlar kutib bölurmi. Hayotning qaqşatqiç manzaralari oldida yo şoşib, yo anqayib qolamiz. Kitobiymiz, haddin kitobiy­miz. Şunçun ham yozganlarimizni xalq öqimaydi, eriş tuyiladi. Adabiyot özini ham, özgalarni aldaşdan çarçadi. Yovqir bolalarni kutmoqda. Biz ham kutyapmiz. Qorasi körinib qolar…

Farrux JABBOR

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…