284 marta körilgan

Senga qanday yetay, ayt…

Muhammad Siddiq

* * *

Ozor berdim nozik könglingga,

Bilib-bilmay qöydim ranjitib.

Bu oğriqqa bormikin malham,

Davosini bilarmi “Fit-tib”?

Barham topmas bu arazlaşuv,

Bekor bari yozgan xat-nomam.

Bu tun uşbu sevgi qissadan

Bitmoq mumkin “Muhabbatnoma”.

Boşdan ötdi ne-ne sarguzaşt…

Hamon borsan ötli ğamzada.

Şu firoqni yengib ötsak bas,

Joy berilar bizga “Xamsa”dan

 

 

* * *

Yillar – eşilgan ilon,

Fasllar tizim-tizim.

Tört tomoning beyaproq,

Umringga bermas tözim.

O, bahor – nozli suluv,

Yöqlab kelmas boğingga.

Kimlar toş otar, gulim,

Könglingga, yaproğingga?

Bu hazonliğda yolğiz

Kuzak biz bilan birga.

Kel, birga yiğlaşamiz,

Yuvib ketsin yomğirlar…

Borgim kelar şamolday,

Hijron ötar jon-jondan,

Senga qanday yetay, ayt,

Tinmay böğsa ilonlar?!

 

 

 

* * *

Yulduzlarin çöğlatib osmon

Doiradek çertadi oyni.

Sariq surat bağrida şodmon

Şöx yaproqlar yuzarib öynar

Va silkinar rangin ğöralar,

Hamroh bölib gullar raqsiga.

Boğ tonggaça kuyga öranib

Öynar tunning noğorasiga…

Muhammad Siddiq

 

2000-yili tuğilgan.

Toşloq agrosanoat kasb-hunar kolleji öquvçisi

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.