- Globallaşuv davrida dunyo xalqlarining madaniyati, sanʼati va falsafasi qorişib, tobora yaxlit qiyofa kasb etib bormoqda. Jozibali köringani bilan bu jarayon umummadaniyatga singib ketişining oqibatida yaxşilik yöq. Zero, globallaşuvning jilovi bizning emas, balki uning şakllanişiga köproq hissa qöşganlar qölida. Şunday ekan, bugun nasrimizda milliy ruhni ifodalaş muhim ahamiyat kasb etadi. Xöş, bu borada nasrimizda qanday izlanişlar mavjud? Siz milliy ruhni tasvirlaşda ijodkor nimalarga eʼtibor qaratişi zarur deb hisoblaysiz?
- Adabiyot – ijtimoiy hodisa. Har bir yangi asar davr bilan hamnafas dunyo yuzini köradi. Uzoqqa bormaylik, 80-yillardagi “Javob”, “Galatepaga qaytiş”, “Yozning yolğiz yodgori” kabi asarlarda ijtimoiylikning qahramonlar ruhiyatidagi evrilişlarga sabab böluvçi omillari yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etilgan. Yoki 90-yillarda “ötiş davri” tufayli vujudga kelgan madaniy-maʼnaviy inqiroz, ayniqsa, ziyolilarning iztiroblari “Bozor”, “Muvozanat” kabi asarlarda öz aksini topgan. Xöş, bugun-çi, özbek nasrida zamon ruhini özida aks ettirayotgan asarlar yozilyaptimi?
- Zamonaviy qahramonlarni yaratiş faqat adabiyotning emas, balki ijtimoiy hayotimizning zaruratiga aylanib ulgurgani sir emas. Nosir sifatida zamonaviy qahramonni qanday tasavvur qilasiz? Uning qiyofasini yaratişda nimalarga eʼtibor qaratmoq kerak?
- Bir jihatni aytib ötiş kerak: dunyo xalqlarining madaniyati, sanʼati va falsafasi globallaşuv degan kuçli töfon bostirib kelmay turib ham bir-biriga muayyan darajada taʼsir ötkazgan. Xususan, XIV–XVI asrlarda Şarq va Ğarbning, bu ikki qutb xalqlarining asl milliy madaniyatiga putur yetkazmagan holda özaro taʼsirlanişi natijasida Uyğoniş davrining olamşumul kaşfiyotlari (adabiyotda ham, sanʼatda ham) yuzaga keldi. Ammo siz nazarda tutayotgan globallaşuv niqobini taqib olgan “ommaviy madaniyat”, “olomon madaniyati” singari tuşunçalar, ğoyalar ostida dunyo xalqlarining “birlaşuv”i, tobora yaxlit qiyofa kasb etib borayotgani, “faqat bitta qoida bor – u ham bölsa heç qanday qoidaga böysunmaslik” tamoyili asosida turli millatlarning, xalqlarning ildiziga bolta urayotgani, dunyo sahnasida asl adabiyot, asl sanʼat öz örnini turli şoular-u şov-şuvlarga böşatib berayotgani har qanday ijodkorni taşvişlantirişi turgan gap. Millatning, xalqning MЕNini uyğotuvçi asarlarni yaratiş uçun nima qilmoq kerak? Nafaqat alohida bir millat, balki butun insoniyatning asrlar oşa suyanib kelayotgan qadriyatlari, tutumlari yöq bölib ketmasligi uçun nima qiliş kerak? Ijodkorni, ayniqsa, yozuvçini şu savollar qiynasa, yozuvçi öz millati, öz xalqining orzulari, öy-xayollari, turmuş tarzi-yu fazilatlarini körsatiş orqali başariyatning oldiga közgu qöysa, uni öylantirayotgan muammolarni kötarib çiqsa qanday soz bölardi-ya!
Uluğ adib Ğafur Ğulomning “Mening öğrigina bolam” hikoyasini köp öqiganmiz. Tong yorişib kelayotgan mahaldagi momo bilan öğrining suhbatini bir eslang. Momo öğridan ötin yorib berişini sörab, “çoy içamiz” deydi.
“Yöğ-e, buvi, – dedi öğri, – tönka yorib-ku berarman, ammo çoy içolmayman, çunki kun yorişib qolsa, meni tanib qolasiz. Juda ham yuzimni sidirib taşlaganim yöq, andişam bor, uyalaman”.
Bu voqea töqimami yo bölganmi – bizga qoronği. Lekin öşa oğir, uruşning sovuq şarpasi kezib yurgan, qahatçilik, oçarçilik zamonlarda ham şunday odamlar bölgan. Bunday misollarni köp keltiriş mumkin. Şiroq afsonasini oling yoki “Alpomiş”ni, Şukur Xolmirzayev, Tölepbergen Qayipbergenov, Örozboy Abdurahmonov, Toğay Murod, Erkin Aʼzam asarlarini oling…
Xöş, bugun-çi? Milliy ruhni qay darajada aks ettira olayapmiz? Özi millat sifatidagi qiyofamiz öşa siz aytgan globallaşuv tiği ostida sidirilib bormayaptimikin? Nega milliylik desa faqat qişloq joylarni, qişloq odamlarini tasvirlaşni tuşunamiz? Nega biz milliy ruhni tasvirlaşda qoliplardan foydalanamiz? Erinçoqmizmi? Behafsalamizmi? Beparvomizmi?
Zamona zayli yozuvçi qavmini ham biroz maqsadidan çalğitib qöydi, çamamda. Axborot oliş tarsaki yeyişdan-da tez bölib qolgan şu kunlarda tengqur ijodkorlar, hatto ayrim bizdan katta avlod vakillari ham hali siyohi qurib ulgurmagan asarini ijtimoiy tarmoq degan beminnat “tahririyat” sahifalariga joylaşga şoşyapti.
Milliy ruhni ifoda etiş – bu millatini, xalqini tasvirlaş degani emas, balki ana şu millatiga, xalqiga kerak bölsa yöl körsatiş, ularga daʼvat qila biliş, bir özanda suzib borayotgan öy-fikrlarini butunlay boşqa özanga burib yubora oliş degani. Buning uçun şijoat kerak, jurʼat kerak. Boşini yelkasining orasida qisib yuradiganlarning daʼvatiga heç kim quloq solmaydi.
- Adabiyot – ijtimoiy hodisa bölsa bordir, lekin u köngil işi, ruhiyat işi. Ming çiranmang, ijtimoiylikning maʼlum bir hodisalari aynan ruhiyatingizda ulkan buriliş yasamasa yozgan asaringizning bir tiyinlik qiymati bölmaydi. Ustozlar taʼbiri bilan aytganda, yurakdan çiqqan söz yurakka yetib boradi.
Siz misol keltirilayotgan asarlar qatorida öşa zamon ruhini aks ettirgan asarlar kam bölgan deysizmi? Eh-he… Faqat vaqt sinovidan öta olmagan. Qoğoz-u mehnat uvol, öqiganning köz nuri-yu ketkazgan fursati uvol…
Bugun ham nasrda zamon ruhini, bugungi odamlarning hayotini, tobora özgarib borayotgan davrda INSONning öy-u keçinmalarini aks ettirayotgan asarlar bor. Ammo çinakam badiiy asar barmoq bilan sanarli. Ovullarimizda töy yo maʼraka bölsa, tört-beş odam öçoq boşiga yiğilib oladi-da, qaynab turgan qozondan ozroq göşt, şörva suzib olib, içiga non töğrab, eldan burun qorin töqlab oladi. Bugun nasrda köpçiligimiz ana şu öçoq boşidagi odamlarga öxşaymiz. Yozayotganimizda qozondagi bor masalliqni körsatişga yo kuçimiz yetmaydi, yo qörqamiz, yo andişa qilamiz, yo “menga nima?” qabilida iş tutamiz. Şundan keyin yozganimizning bahosi ham öziga yaraşa böladi.
Bugunning odamlari heç narsadan hayratlanmay qöydi, deymiz. Bu bor gap. Nafaqat hayratlanmay qöydi, balki tobora özining qobiğiga öralib borayotganday. Uni qurşab turgan globallaşuv atmosferasi, turli zamonaviy texnologiyalar-u öyin-kulgi, vaqtixuşlikni tarğib qiluvçi axborotlar bilan öralgan tevarak-atrofi uni tobora ŞAXS sifatidagi qiyofasini tortib olib, evaziga zombilikni singdirayotganday. Bu katta fojia, bilsangiz. Bu agar mohiyatiga kirib borilsa, uruşdan-da dahşatli manzara kasb etadi.
- Qahramon yaratiş, qahramon qidiriş har qaysi davrda ham katta ehtiyoj, zarurat bölib kelgan. Bu, ayniqsa, ijodkorlarning zimmasiga katta masʼuliyat yuklagani sir emas. Yunonlarning barça afsonaviy qahramonlari, inglizlarning Robin Gudi-yu Sherlok Xolmsi, şotlandlarning Uilyam Uollsi, özimizning Xöja Nasriddin-u Umrbek laqqilar ana şunday ehtiyoj tufayli “dunyoga kelgan” bölsa ne ajab. Ota-bobolarimiz Alpomişni, Hazrat Navoiy Farhodni yaratdi. Odamlar şu qahramonlar orqali özlarida işonç, umid hissini tuydi. Fazilatlarini özida körgisi keldi, ulardan örnak oldi, ularga ergaşdi.
Bugun dunyo zamonaviy adabiyotida, sanʼatida ham qahramon topişga bölgan ehtiyoj kuçaysa kuçaydiki, aslo susaymadi. Yöqsa, Garri Potter haqidagi kitoblar, “Marvel” degan katta kompaniyaning milliard-milliard mablağ sarflab, turli örgimçak odam-u supermenlar, temir odam-u çumoli odam kabi yasalgan “qahramon”lari trendda bölmas, ular iştirokidagi kinofilmlar-u multfilmlar dunyo kinoteatrlarida yana milliard-milliard mablağ töplamas edi. Uning badiiy, maʼnaviy, estetik jihatlari esa boşqa masala…
Hozir adabiyotimizda zamon qahramonini yaratiş, keçirasiz-u, xuddi fermerning hosil rejasini bajarişiday tuyuladi menga. Bu ijodkorlarimizning katta xatosi. Fermer “planni bajarsa”, iqtisodiyotimizga foyda keltirişi turgan gap, lekin adib “plan bajarsa” bu adabiyotimizga ziyon. Yaqinda bir ustoz adibimizning qissasini öqib, şunday xulosaga kelgandirman. Axir, adabiyotga miqti-miqti asarlari bilan kirib kelgan akamizdan unday narsani kutmaysiz-da.
Zamon qahramonlari haqidagi baʼzi asarlarimizda (nasriy, dramatik, kino) qahramonlar xuddi noğoraga öxşaydi. Pafos bilan, balandparvoz gapiradi-yu, lekin içi pök. Hammasi xato-yu kamçiliklardan xoli, ular uçrayotgan konflikt holatlar ham, ziddiyatga keladigan boşqa obrazlar ham şişirilgan pufakday. Bunday “qahramonlar”ga heç kim işonmaydi, heç kim ergaşmaydi.
Balkim yoşlik tajribasi zamonaviy qahramonni qanday tasavvur qilişga, ularni yaratişda nimalarga eʼtibor beriş kerakligini bilişga kamlik qilar. Çunki qahramon yaratişning matematika yo fizikada misol yeçişday aniq bir formulasi yöq. Ammo bu borada ayrim fikrlarim bor. Masalan, u qaysi sohaning odami bölmasin (buning juda katta bir ahamiyati ham yöq menimça), avvalo, uning INSON ekanini unutmasligimiz kerak. INSONki, fazilati-yu kamçiligi bilan böy körsatişi, oldidan çiqqan har qanday kuraş-u qiyinçiliklarda toblanib, suv kelsa simirib, toş kelsa kemirib, özini, özligini yöqotmagan, ildizidan uzilmagan bölişi kerak. Qolganini yoziş, syujetni boyitiş, unga badiiy jilo beriş ijodkorning mahoratiga boğliq. Bizning adabiyotimiz oldidagi, xalqimiz oldidagi vazifamiz ham asli şu.
Bayram Aytmurod
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


