Muhabbat baxt berishi kerak

0
31
marta ko‘rilgan.

Gustav Flober hikmatlaridan

 

Agar iste’dodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan.

 

*

Omadsizlikka uchragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini ko‘rishdan ko‘ra og‘irroq kamsitish yo‘q.

 

*

Mavzu tanlanmaydi. Shoh asarning siri shunda: mavzu – yozuvchining mijozi ifodasidir.

 

*

Umidsizlik – kuchsizlik belgisi. Hafsalasizlarga ishonmang – ularning aksariyati zaif bo‘ladi.

 

*

Bahslashish tushunishdan ko‘ra osonroq.

 

*

Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi.

 

*

Yozuvchining butun iste’dodi oxir-oqibat so‘z tanlashi bilan o‘lchanadi.

 

*

Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshir­­gani vaqt qoldirmaydilar.

 

*

Agar reja juda uzoq vaqt va sinchiklab tuziladigan bo‘lsa, u oxir-oqibat yo‘q bo‘ladi.

 

*

Statistika – noaniq fanlarning eng anig‘idir.

 

*

Vijdonni toza saqlash uchun uni boshqalarning vijdonidan baland tutish kerak.

 

*

Afsuslanish yaxshi, lekin yomonlik qilmaslik undan-da yaxshi.

 

*

Yolg‘izlikni xotiralar bilan to‘ldirib bo‘lmaydi, ular tanholikni chuqurlashtiradi, xolos.

 

*

Yaxshi yozilgan asar hech qachon zeriktirmaydi. Uslub – hayotning o‘zi, u fikrlarning yugurik qonidir.

 

*

Yomon tushunadigan narsalarini ko‘pincha umuman tushunmaydigan so‘zlari bilan tushuntirmoqchi bo‘ladilar.

 

*

Dramatik san’at musiqaga o‘tgan geometriyadir.

 

*

Kitob – tirik jon. Begona qo‘l bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday o‘zgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob bo‘lmaydi!

 

*

Umidsizlanganingda hamisha umid qilishing, umidlanganingda esa shubhalanishing kerak.

 

*

Anglash ishtiyoqi – yo­rug‘ qalblar uchun buyuk quvonchlar manbaidir.

 

*

Xotirjam bo‘lish – hazi­la­kam gap emas, bu deyarli baxtli bo‘lish demakdir.

 

*

Hamma narsa eskiradi, hatto dard ham.

 

*

Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yo‘qmi, demak, adashibsan.

 

*

Yozuvchi salohiyatining bosh belgisi – nimani yozmaslikni bilishidir.

 

*

Iste’dodga ega bo‘lish uchun unga egaligingga ishonishing kerak

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.