***
Şunday böladimi odam ham,
Şunça xörlaydimi yurakni?
Döndirarmi şunçalar oson,
Bir umr tilangan tilakni.
Uzr sörab ustiga ustak,
Tortadimi dilga tarsaki.
Olqişmidi yoki haqorat –
Ikkisiga öxşar qarsagi.
Xira tortgan qalb közlarining
Közoynagin olarmi tortib,
Közyoşiga ğarq etib uni,
Söngra özi qöyarmi artib.
Şunday böladimi odam ham,
Şunça xörlaydimi yurakni?
Tugatarmi boşlanmasidan
Umrbod işongan ertakni.
***
Juda qaltis boşlandi öyin,
Örtaga şaʼn, ğurur tikildi.
Sipqorgança bahorning kuyin,
Şart öqildi, köngil öqildi.
Yutib oldim barini bir-bir –
Egdim nogoh mağrur boşingni,
Tortib oldim yuragingdan sir,
Yutdim hatto öt qaroşingni.
Titroğingni, zoringni yutdim,
Nafratingni, intiqomingni,
Yöğingniyu boringni yutdim,
Yutdim eng qimmatli – oningni.
Sipqorgança bahorning kuyin,
Mastu alast yutdim va kuydim:
Juda qimmat tuşdi bu öyin,
Men yurakni boy berib qöydim.
***
Bilmasman sendan ne istarim,
Sen mening kimimsan, bilmasman.
Har nafas izingni izladim,
Yo yölsiz yölimsan, bilmasman.
Böğzimda yançilar gaplarim,
Aytarim neligin bilmasman.
Dilimga sançilar dardlarim,
Dardlarim neligin bilmasman.
Bilganim – sen menga keraksan!
Не учун, не учун билмасман.
Vujudimda yongan yuraksan,
Öçirmoqqa yeçim bilmasman.
***
Közlarimni yummayman, dunyo,
Közlarimda fasllar bazmi.
Törtta emas, qirq fasl paydo,
Yetti emas, yetmiş ming rangli.
Nigohimni tinglab kör bir bor –
Azon yangliğ köp sirli ohang.
Tuygulik va körgulik ne bor,
Bari közlarimda mujassam.
Parvoz aylagani osmon-u,
Dengiz bor suzgani, çökkani.
Özni jazolaşga zindon-u,
Erk bor avf etgani, quçgani.
Berkingani yolğon, oşkor etgani
Haqiqat bor – ming bir qirrali.
Şamol bor tingani, esgani,
Toğ bor etaklari burmali.
Bu – şunçaki köngilning emas,
Senday keng dunyoning darçasi.
Oçiq közim orqali birpas
Havo almaştirar qança-qançasi.
Közlarimni yummayman, qasam!
Qöl silkima, aytmagin vido.
Közim yumsam, qanday yaşaysan,
Qaroğimga aylangan dunyo?
***
Ne tözğitdi bu sokin boğni,
Qay manzildan ne şamol esdi?
Ming asr jim keksaygan toğni
Şovqin solib bir jimlik ezdi.
Garçi kökda bulut kezar tinç,
Qaroğimga quyoş qadalgan.
Yuragimda bir buyuk soğinç,
Bilmam, kimga, kimga atalgan.
***
Dunyodagi hamma giyohga, toşga,
Istehzoga, tabassumga, közyoşga,
Borliqqa, tört emas, olti tomonga
Va har bir jins-jonga, hatto insonga
Seni sevişimni aytgim kelyapti –
Aytgim kelayapti
hayqirib, töyib.
Dunyodagi hamma giyohdan, toşdan,
Istehzodan, tabassumdan, közyoşdan,
Borliqdan, tört emas, olti tomondan,
Va har bir jins-jondan, hatto insondan
Yiqilib “keçiring”, degim kelyapti
Seni sevişimni
aytib qöyib…
***
Qismatning aybi yöq bu işda sira,
Köngil ham köngillik qilgandir, mayli.
Bahor ham yöq edi bu köngil içra,
Yöq edi gul sayli, muhabbat sayli.
Yöq joydan boşladi tuşlar barini,
Yopiq eşiklarin oçib yubordi.
Kelganingdan sen ham bexabar eding,
Bilmam, kutganimdan xabarim bormi?
Bu işning yaxşi yo yomonligini
Anglamoqqa hatto topmadim huşim.
Hamon bilmam bizni gunohlargami
Va yoki baxtlarga botirdi tuşim.
Oydinniso
1980-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Mensizlik”, “Nomsiz”,“Qaytiş”, “Hovur”, “Qoralama” kabi şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida