Cönggi yillarda yurtimizda adabiyotga qaratilayotgan eʼtibor natijasida jahonning köplab yozuvçi va şoirlari ijodini öqiş va örganiş imkoniyatiga ega böldik. Jahon tafakkurini yangilaşga xizmat qilgan, inson qalbi va maʼnaviyatini boyitadigan, dunyo haqidagi tasavvurimizni kengaytiradigan qator badiiy asarlarni özbek tilida mutolaa qilyapmiz. Xususan, maşhur irland yozuvçisi Jeyms Joysning “Musavvirning yoşlikdagi şamoyili” asarini mohir tarjimon Ahmad Otaboy, “Uliss” romanini esa ustoz tarjimon Ibrohim Ğafurov ona tilimizga ögirdi.
1982-yili YUNESKO qarori bilan Jeyms Joys tavalludining 100-yilligi keng nişonlanişi adib ijodi va şaxsining jahon miqyosida yana bir bor eʼtirofi böldi. Bugun uning asarlari dunyoning nufuzli oliy öquv yurtlari, örta taʼlim maskanlarida örganilmoqda. Özbekistonda ham bu jarayon keçmoqda. Filologiya fanlari nomzodi Tilavoldi Jörayevning oliy öquv yurti talabalariga möljallangan “Jeyms Joys” risolasi bu yöldagi dastlabki qadamlardan bölgandi. Adib ijodini yanada çuqurroq örganiş, tahlil qiliş muntazam davom etmoqda. Zero, muallif bejiz şunday deb yozmagan: “Oçiğini aytsam, “Uliss”da matnni şunday boşqotirmalar bilan töldirdimki, olimu taqrizçilar, tanqidçiyu adabiyotşunoslar jumboqlar mağzini çaqolmasdan umrlarining oxirigaça ovorayi jahon bölsinlar”.
Jeyms Joysning asarlari öziga xos uslubi va matndagi boşqotirmalari, adabiy murakkabligi bilan boşqa adiblar ijodidan keskin farq qiladi. Uning ijodi yuzasidan bahs-munozaralar salkam yuz yildan buyon töxtovsiz davom etayotgani sababi ham şunda. Tanqidçi va adabiyotşunoslar uning asarlarini turli yönalişlarda tahlil qilib, aksar hollarda bir-biriga butunlay qarama-qarşi xulosalar çiqarişayotir. Aslida, bu ham Jeyms Joysning noyob isteʼdod egasi, uluğ yozuvçi ekaniga yana bir dalildir. Buyuklarning fikri, dunyoqaraşi va orzu-umidlari bilan tanişiş har doim maroqli. Ularning mahorati va hayotiy tajribasi bilan yaqindan tanişiş asarlarini yanada teranroq anglaşga, tuşunişga yordam beradi. Şularni eʼtiborga olib, biz uluğ adib bilan suhbatlardan birini hamda uning sevib öqigan yozuvçilari haqidagi fikrlarini jurnalxonlarimizga havola etmoqdamiz. Mazkur suhbat adib ijodini örganişga bağişlab çop etilayotgan “James Joyce Broadşeet”, “James Joyce Literary Supplement”, “James Joyce Quarterly”, “Joyce Studies Annual” kabi jurnallardagi maʼlumotlar asosida jurnalist Mariya Gladbix tomonidan tayyorlangan.
Öylaymizki, adibning eng maşhur asari “Uliss” haqidagi dunyo olimlarining eʼtiroflari va adibning adabiyot haqidagi ötkir mulohazalari jurnalxonlar uçun qiziqarli böladi.
Yozuv stolida 20 000 soat
– Janob Joys, Sizni körib turganimdan baxtiyorman. Tuğilgan yurtingiz, unib-ösgan oilangiz va ota-onangiz haqida gapirib bersangiz?
– Kamina Irlandiya poytaxtidan janubroqdagi Ratgar şaharçasida tavallud topganman (2 fevral, 1882-yil). Otam Dublinda otning qaşqasiday taniğliq odamlardan biri edi. Işga masʼuliyatsizligi tufayli tez-tez kasbi-korini özgartirardi. Şuning uçun oilamiz bilan şaharning u çekkasidan bu çekkasiga köçib yurganmiz. Otam şinavanda odam bölib, ulfatlar davrasini yoqtirardi. Biroq mayxörlikdan tiyila olmagani bois obrö-eʼtiborini yöqotib qöygandi. Onam beçora ön beş bola tuğib, afsuski, şulardan öntasini voyaga yetkazgan uy bekasi edi. Mening şaxsiyatimga onamning fidokorligi, sabr-toqatidan ança narsa ötgan. Oilada ikkinçi farzand bölganim uçun men onamni yaxşi tuşunardim.
– Irlandiyadagi eng yaxşi maktablardan biri Klongouz Vudda taʼlim olgansiz. Ammo otasining çöntagida hemiri yöq bolaga u yerda öqişga yöl bölsin…
– Otam har doim bankrot bölib yurgan. Biroq uning qölidagi bor puli mening Klongouz Vudda öqişni boşlaşim uçun kifoya qilgan. Bu maktabda köp fanlarga qiziqqan bölsam-da, asosan til va adabiyotni çuqur örganişga intilganman. Lekin oradan biroz vaqt ötib, otamning puli tugadi va men boşqa maktabga qatnaşga majbur böldim. Oilamiz öşandan keyin tanazzuldan çiqa olmadi.
– Serfarzand oilasini qulay, farovon hayot bilan taʼminlamagani uçun otangizdan ranjiganmisiz?
– Men bolaligimda ham, ösmirligimda ham masʼuliyatsiz va irodasiz emas edim. Hozir ham. Doim qadr-qimmatimni bilganman. Ezgulik va hamdardlik tuyğularini yaxşi his qilaman. Öşa paytlar oilani boqiş uçun oxirgi tangasini sarflayotgan onamga rahmim kelardi. Otamga nisbatan nafaqat menda, balki aka-ukalarim va opa-singillarimda ham açiniş va nafratga öxşaş qorişiq tuyğu bor. Asarlarimdagi qahramonlarning ayrim jihatlarini aynan otamdan olib yozganman.
– Adabiyotga qiziqiş qanday boşlangan? Ijod çarxpalagi öz-özidan aylanib ketmagandir?
– Dublin universitetida öqiyotgan çoğlarimda Henrik Ibsen ijodi haqida esse yozdim (u sevimli yozuvçim). Keyinçalik “Biz ölganlar uyğonganimizda” pyesasiga “Ibsenning yangi dramasi” degan taqriz ham qoraladim. Londondagi “Ikki haftalik şarh” jurnalida puxta-pişiqqina holda çop etildi. Tez orada adibdan minnatdorlik va maqtov xatini oldim (albatta, jurnaldan qalam haqini ham).
Şundan söng “Olomonga tatabbu”, “Drama va hayot”, “Katilina” singari maqolalarim turli naşrlarda eʼlon qilindi. Gauptmanning pyesasini tarjima qildim va boşqa esselar deganday…
– Öşa paytdayoq yozuvçi bölişingizni tuşunib yetganmidingiz?
– Yöğ-ey, nimalar deyapsiz? Universitetni tamomlagaç, tibbiyotni örganiş uçun Parijga bordim. Lekin tibbiyotga qiziqişim sekin-asta barham topdi. Men tez-tez Milliy kutubxonaga boradigan, şeʼrlar va kiçik-kiçik nasriy asarlar yozadigan böldim. Qöşimça daromad işlaş maqsadida “Dublin Deyli Ekspress” naşri uçun kitoblarga taqrizlar yozib berdim. Bir yil davomida mazkur gazetada 23 ta maqolam eʼlon qilinibdi. 1903-yil 13 avgustda onam vafot etdi. U meni umrining oxirigaça qöllab-quvvatlab turgandi. Şundan keyin yana hayotimda muammolar, taşvişlar, kelajakka işonçsizlik boşlandi.
– Turmuş örtoğingiz Norani uçratiş hayotingizda, haqiqatan ham, unutilmas kun bölganmi? “Uliss” romanida uning nomini abadiylaştirdingiz. Yoşgina qiz sizni nimasi bilan rom etgan?
– 1904-yilning 10 iyunida Nora Barnaklni köçada birinçi marta uçratdim. Uning otasi novvoy yordamçisi edi. Rözğorini arang tebratardi. Noraning özi “Fayns” mehmonxonasida oqsoç bölib işlardi. Men uylanişim mumkin bölgan yagona ayol edi u! Juda orasta edi! Unga xat yozişni yoqtirardim. Oçiği, heç qaçon sözni ayamaganman. Otam Barnakl familiyali (barnacle inglizçada yopişqoq degan maʼnoni anglatadi) odamning qizi bilan uçraşayotganimni bilgaç, “U seni heç qaçon taşlab ketmaydi”, deb aytgan. Uning gapiga fariştalar omin degan ekan öşanda.
– Farzandlaringiz bormi?
– Albatta! Men juda ğamxör otaman.
– Adabiyotdagi keyingi işlaringiz qanday keçdi?
– Men köp va xöp işlaganman. Gazeta uçun şeʼrlar, pamfletlar, maqolalar yozardim. Keyin hikoya, pyesa va romanlar bitdim. 1906-yili Rimga köçib ketdim, bu yerda bankning yozuv-çizuv işlarini qiladigan xodim bölib joylaşdim. Ingliz tilidan dars berdim. 1907-yili “Marhumlar” hikoyasini yozdim. “Kamer musiqa” töplamimga kiritilgan. 1914-yilning 2 fevralidan boşlab amerikalik modernist şoir Ezra Paund yordami bilan “Musavvirning yoşlikdagi şamoyili” romanimni eʼlon qila boşladim. Öşa paytda yozganlarimdan ayrimlarining taqdiri oğir keçgan. Çunki meni senzura umidsizlikka tuşirib qöygandi. 1909–1912-yillari “Dublinliklar” nomli hikoyalar töplamimni tayyorlaganim behuda ketdi. Irlandiyadagi naşriyot avvaliga men bilan şartnoma imzolab, keyin vaqtni ataylab çözib, töplamni baribir naşr etmadi.
– Oxir-oqibat, “Dublinliklar” dunyo yuzini kördi-ku! Öşanda noşirlarni qanday jin çalgan edi?
– Yangi kitobimni senzorlar ötkazişmadi. Xuddi yoş yozuvçilar kabi menga ham rad javobini berişdi. Ular kitobni tuşunmagan, dadil va tanqidiy fikrlardan çöçigan bölişi mumkin. Noşir esa jamoat bosimidan hayiqqan. Töğri-da, unga vatan xoini degan tamğani bosuvçi hikoyalarni çop etişdan nima foyda? Kitobning çop etilgan barça nusxalari yoqib yuborildi. Bundan qattiq iztirob çekdim…
Albatta, ança vaqt ötib, boşqa naşriyotda kitobim 1250 nusxada çop etildi. Biroq bular ham baribir kitobni töliq bosişmadi. Hanuzgaça tanqidçilar adabiyot meʼyorlari asosida asarlarimga baho bera olmayotganiga hayronman.
– “Uliss” unutilmas taassurot qoldirdi. Roman yetti yil davomida yozilib, “Litl revyu” jurnalida bir neça yil davomida peşma-peş eʼlon qilindi. Uning yuzaga çiqişi dunyoda adabiyot tuşunçasiga munosabatni butkul özgartirib yubordi. Gap kelganda, romaning yaratilişi xususida sözlab bersangiz…
– Minnatdorman. Maqtov eşitiş doim maroqli. “Uliss” – ikkinçi romanim. Xiylagina semiz kitob. Uni 1914-yilning 1 martidan yoza boşladim, birinçi jahon uruşi yillarida 20 000 soat vaqtim ketdi. Qahramonlarim —dublinlik yahudiy Leopold Blum va yoş yozuvçi Stiven Dedal hayoti bayonini tonggi soat sakkizdan tungi ikkigaça qoralaganman. Kitobdagi barça voqealar Dublinda bölib ötadi. Har bir epizodning örni atrofliça körsatilgan. Şaharning har bir detali asarda şu daraja aniq bayon qilinganki, agar Dublin yer yuzidan yöqolib ketsa ham, kitobim orqali yana xuddi avvalgidek qayta tiklaş mumkin. Romanda yozuvçilik mahoratim, hayotiy tajribam, bor adabiy usul va janrlardan töliq foydalanişni xohlaganman. Baribir bu asar mening dunyomdagi orzu va intilişlarimdan katta emas.
– Fikrimça, asar hamma uçun emas. Har qanday odam uni mutolaa qilavermaydi. Hatto aql-zakovatli kişilar ham…
– Ehtimol, şundaydir. Asarda borliqning insoniyatgaça bölgan davri va keyingi davrini körsatib berişni maqsad qilgandim. Men bu asar orqali adabiyotga, odamzotning kasb-koriga munosabatini özgartirişni öyladim. Balki asarim fantastikdir. Nasrdagi eng oğir şeʼrdir! Afsuski, asarlarim xuddi odobnoma kitoblari misoli örganilayapti. Eng yomoni, buni köpçilik jiddiy qabul qiladi. Holbuki… Haqiqiy erkakça gapni aytaymi? Bu asarimda birorta jiddiy misra yöq. Qahramonlar şunçaki vaysaqilar!
– “Uliss” bu – “Odisseya” sözining lotin tilidagi varianti. Asar nomi orqali maqsadimga erişaman, deb öylaganmisiz? Yoki Homerning “Odisseya”si singari adabiyotda kamyob bölgan epos yaratişni xohladingizmi?
– Albatta, men uçun Homer, Dante va Şekspir namuna bölgan. Ular bilan ijodiy musobaqaga kirişa oldim, deb öylayman. Biroq zamonaviy adabiyotning eposi faqat roman singari bir janr bölişi mumkin edi, xolos. Romanning tuzilişidan kelib çiqib, “Odisseya”dan umumiy qolip olingan, deb hisoblasa böladi. Aylantirib hikoya qilib beriş ham undan yuqqan bölsa kerak. Oçiği, men aniqlik borasida unga ergaşganman. “Uliss” Homerning “Odisseya”si bilan özaro aloqador. Asardagi 18 voqeaning “Odisseya”da keltirilgan voqealar bilan özaro içki boğliqlik jihati bor. Özaro uyğunlik mazmunda, mavzuda va mohiyatda ham seziladi. Romandagi aksariyat qahramonlar Homer poemasining prototiplariga öxşaydi: Blum – Odissey, Stiven – Telemak, Molli Blum – Penelopa va hakazo. Taqqosni yana davom ettirsak, “ötaketgan” nomutanosiblikni ham köriş mumkin. Homer “Odisseya”ni boşqa davr va makonlarni kezib yaratgan. “Uliss” qahramoni esa kuni böyi Dublin köçalarida heç bir iş qilmay, sanğib yuradigan oddiy odam. Homerda Penelopa – ayolning vafodorlik timsoli. Molli Blumning işi esa xiyonatkorlik. Aslida, “Odisseya” va “Uliss” bir-biriga sira öxşamaydi. Masalan, Odissey yunon, Blum esa yahudiy. Agar hammasini aytib bersam, asarning boqiyligi qolmaydi. Romanda şunçalik köp jumboq va tilsimlar borki, ular hali olimlarning boşini yana yuz yillab oğritadi…
Jeyms Joys
1882-yili Irlandiyadaning Dublin şahrida tuğilgan. “Dublinliklar” nomli hikoyalar töplami maşhur. “Musavvirning yoşlikdagi şamoyili” va “Uliss” romanlari özbek kitobxonlariga yaxşi taniş. 1941-yili Şveysariyaning Syurix şahrida vafot etgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


