175 marta körilgan

Sening soçlaringga yoğmoqda umrim…

Qaro soçlaringga yozdim oq şeʼrlar...

Onam va rafiqamga

Qara, yomğir bölib yoğmoqda umrim,
Daraxtdan uzilgan bir yaproq bölib.
Sening soçlaringga yoğmoqda umrim,
Onamning soçiga yoğar oq bölib.

Rosti, yomğir bölib yoğilib ötdim,
Sening yuzlaringga yoğdim men köproq.
Köproq sening qaro soçingni öpdim,
Onamning soçini öpdim men köproq.

Sen yurgan yöllarga yoğdim men rosa,
Goho kunduz yoğdim, goh keça yoğdim.
Goh seni soğinib yoğdim men rosa,
Onamni soğinib men köproq yoğdim.

Qoğozning yuziga yoğdim şeʼr bölib,
Goho aruz yoğdim, goh barmoq yoğdim.
Sening tuşlaringga yoğdim sel bölib,
Onamning tuşiga men köproq yoğdim.

Axir yomğirman-ku paymonam tölib,
Tuyqus yoğmay qolsam, keçir, netarman.
Dunyoga kelgandim men yomğir bölib,
Bir kun yomğir bölib qaytib ketarman…

Yeseninning Geynega

xayoliy maktubi

Osiladi yoki otilar…
Yöq qilinar şoirning asli.
Bilasiz-ku, axir, şoirlar
Quvğin bölgan Odamning nasli.

Quvilgandi bir zamon Geyne,
Yana Puşkin ketgandi badar.
Bölmasam ham Geyniday geniy,
Men ham quvğin, men ham darbadar.

Yursam hamki öz vatanimda,
Bölsam hamki örnak har işda.
Xörlaş uçun meni ğanimlar
Quvğin qilmas endi Parijga.

Endi qattol duşmandan köra
Uçragan kas şoirga raqib.
Goho şarpa, goho senzura
Etmoqdadir meni ham taʼqib.

Garçi boşim tutaman mağrur,
Qismatimda ne bölsa şayman.
Ammo mening dardim köp oğir –
Öz yurtimga begonadayman.

Janob Geyne, ön uç yil ne gap,
Öttiz yilki özimga yotman.
Çekmay qöydim endi ortiq ğam –
Şeʼrim borki, men ham hayotman.

Bir kun tinglab sönggi sözlarim
Içsalar ham mayli reynveyn.
Yozmasa bas, menga döstlarim –
Şoir öldi degan rekveym.

 

Nasrullo ERGAŞ,

Oliy adabiyot kursi magistranti

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.