308 marta körilgan

Qanotlar parvozi ayirar huşim…

Qanotlar parvozi ayirar huşim...

Oneginga

Mening ne haqqim bor, söylar unim bor,
Sensiz yolğizlikda ötgan tunim bor.
Bu dunyo gohida bizga bölib tor,
Sensiz ado böldim, gado böldim men.

Seni suysin, mayli, suysin sanamlar,
Bizdan-da gözallar, qoşi qalamlar.
Bildim, suymaganga yöqdir salomlar.
Xatlar yozmamoqqa vaʼda berdim men.

Nega şunça jumboq, tuşunmas kişi?
Bizni adaştirgan taqdirning işi.
Sen-la muhabbatim – eng şirin tuşim
Öngidan kelar deb xato qildim men.

Senga xat yozmayman, qasam içdim men!..


* * *
Yolğiz keça, munça yolğiz –
Qişning suvaydo keçasi.
Sença yolğiz, mença yolğiz –
Çözildi yaldo keçasi.

Yolğiz keça, munça yolğiz –
Qişning qoraqoş keçasi,
Ming-minglab yulduz keçasi,
Ming-minglab közyoş keçasi…

Oqquşim 

Toşkent boğlarida uçratdim seni,
Qanotlar parvozi ayirar huşim.
Yalt yetib qarayman, izlayman seni,
Meni izlab uçib kelgan, oqquşim!

Bir ovuldoş bölib keldingmi yurtdan? 
Öngidan kelganday mening çap tuşim.
Bergin qanotlaring közimga surtay,
Amu yoqdan uçib kelgan, oqquşim!

Yonginamda qarab-qarab suzarsan,
Meni unutmabsan, senga olqişim.
Faqat tor şaharga qandoq siğarsan,
Keng Orolga siğmay qolgan, oqquşim!

 

 

* * *

Tangrim, meni nega unga oşiq etding,

Oşiq etib, yuragimni qöşiq etding.

Diydorin bir köriş uçun suyganimning

Bu dunyodan kelar mening keçib ketgim!

 

Yöllarida poyondozlar böloyin men,

Tözon bölib söqmoğida qoloyin men,

Yuzlariga, közlariga qönoyin men,

Tangrim, meni şamollarga soçib ketgin!

 

Yuragimning osmonini suygan sezim,

Şu kiborni suyub qolib kuygan özim.

Qöllaguvçi, yöllaguvçi yolğiz özing,

Tangrim, endi uni menga oşiq etgin!..

 

Abadan TURDIMURATOVA,

Oliy adabiyot kursi magistranti

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.