* * *
Bağrimga bosaman,
titroğing
qöynimda örmalar ilondek.
Ertaklar sözladim bir olam,
xuddi yoş boladay işonding.
Lablaring nenidir piçirlab
aytadir asrlik rozlarin.
Dunyoni mehrga töldirib
sevganing haqida sözlading.
Nigohlar – quvlaşib bir-birin
axiyri topişgan bolalar.
Böronlar tinçidi – yelkamda
soçlaring asta tin oladi.
* * *
Yaşillik örmalar zaminda,
yaşildir, oh, jonim yaşildir.
Ertaga oçilar, aminman,
gullarni bağrimga yaşirdim.
Daraxtlar uçida yongan u
uyğonmoq zavqini angladim.
Nega jim turibsan sen hanuz,
nahotki hislaring zangladi?
Köksingni sapçitmas nahotki
ğunçalar oçiliş bonglari?
Mudragan ruhingni uyğotgin –
uyğonib ketolsin tonglaring.
JALOLIDDIN
Dukurlarga töladi dara,
Şamol tarar otimning yolin.
Böronlardan özişim sara
Lolalarning olar xayolin.
Ot yeldirib boraman şitob,
Ilğanadi olisdan sohil.
Boşga taşlab oq şarfin betob
Yötaladi toğlaram gohi.
Bunçalar tez uradi yerning
Laxta qonga tölgan yuragi.
Neçuk tindi naʼrasi şerning,
Majaqlandi alpning kuragi?
Hoy, damingni içga yutmagin,
Bor mador-la hayqirgin, dengiz.
Baski, kökdan umid kutmagin,
Yotaverma endi jim, dengiz!
Yerni mahkam quçadi maysa,
Bossang çözib oladi qölin.
Şu zaminni sevar köpaysa,
Har baloning topilar yöli.
Dukurlarga töladi osmon,
Bir zalvorli kuç bölar bunyod.
Ot yeldirib borayotirman,
Ozgina jon saqlab tur, Dunyo!
Otabek ODIL,
Oliy adabiyot kursi magistranti
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida