273 marta körilgan

“Quloqsiz” bolalarga Meni qiling tavsiya…

“Quloqsiz” bolalarga Meni qiling tavsiya...

SABZI QÖŞIĞI

Quyon meni, aftidan,
Köproq yeb qöygan çoği.
Böyi ösiş örniga
Ösib ketdi quloği.

Ustozlarga maslahat:
Yurmangiz afsus, deya,
“Quloqsiz” bolalarga
Meni qiling tavsiya.

SARIMSOQ


Döstlarimdan heç biri,
Mos kelmaydi didimga.
Çunki qoçar barisi,
Çidolmasdan hidimga.

Nima qilsam ekan deb,
Juda köp öyga toldim.
Söng bozordan eng xuşböy,
Atirni sotib oldim.

Endi çiqmas noxuş hid,
Çindir aytgan sözlarim.
Keling, endi boşqatdan
Döstlaşamiz, döstlarim.
LAYLAK

Şanba kuni ertalab
Bozorga tuşdi Laylak.
Sotib oldi öziga
Bejirim qizil köylak.

Lekin şimga kelganda
Omadi heç çopmadi.
Öziga mos birorta
Loyiğini topmadi.

EHTIYoTKOR ŞILLIQQURT

Şilliqqurt
Ey silliq qurt,
Nega mudrab yurasan.
Kosaçangni özing-la,
Birga sudrab yurasan?

Men ham hamma qatori,
Yaşay deyman töğridek.
Lekin barça hayvonlar
Tuyuladi öğridek.

Şuning uçun xavfsirab,
Öyga tolib yuraman.
Kosaçamni özim-la
Birga olib yuraman.

 

Azamat Xudoybergan,

Oliy adabiyot kursi magistranti

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.