287 marta körilgan

Neki yaralibdi, işqdandir paydo…

Neki yaralibdi, işqdandir paydo...

Ey sen…

Men ğam darslarida ğamxona oldi,
“Aʼlo”ga tölgan, qara, mana bu manglay.
Mana bu çiziqlar Taqdir imzosi…
Umr daftarimga yaraşgan qanday?..

Sen, yaxşisi, menga kuylaşni örgat,
Yonişni örgatgin, kuyişga örgat…
Ikki dunyomga ham yetsin saboğing,
Meni ham özingdek suyişga örgat…

Ötma, yöq… Qaytmagin özga darsingga,
Ularni aytmoqqa yetmaydi dodim…
Barça saboğingni örgandim, ammo
Faqat işq bobida yöqdir savodim,

 

* * *

Yozolmayin ikki jumla söz,

Barmoqlardan sirğalar barmoq…

Yurak yutib, taşlolmasdan köz,

Qiyin hatto sen tomon bormoq.

 

Afsun öqir közingdagi ğam,

Sehrlanib til kelmas sözga.

Qöy, qarama, qaramay men ham,

Oşkor bölmas dildagi közga.

 

Sukutlarda yaşaymiz faqat,

Sukutlarda ayb-u ismatim.

Yuragimda bittagina xat –

Sening isming – mening qismatim.

 

Amudaryo

Hislarni hovuçlab otyapman senga,
Yolğiz bir sirimni sotyapman senga,
Tinglagin irmoqlar bölmasdan ayro,
Yuragimdan oqqin, ey Amudaryo…

Men bilan ufqqa boqdi umidim,
Kuyingda mavj bölib oqdi umidim,
Axir, sen tanhosan, axir, men tanho,
Yuragimdan oqqin, ey Amudaryo…

Öngimga aylanmas oğriq tuş bölma,
Holimni bilmasdan holi xuş bölma,
Qovjiroq qalbimni qaqşatdi sahro,
Yuragimdan oqqin, ey Amudaryo…

Kelbati kekkaygan ğururlarni qöy,
Sof bölmasa, soxta sururlarni qöy,
Neki yaralibdi, işqdandir paydo,
Yuragimdan oqqin, ey Amudaryo…

  

Javlon Yaxşiboyev,

Oliy adabiyot kursi magistranti

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.