Döstim, öz fikriga ega, gapniyam aççiq-çuçugini joy-joyiga qöyadigan yozuvçi ukalarimizdan birining, “Aka, siz Ilhom Hasanov bilan köp bölgansiz, hayotlari haqida jurnalga bir narsa yozib bersangiz, yaxşi bölardi, ustoz maqomida bölgan…” degan taklifidan yer yorilmadi kirib ketsang. Ayniqsa, oxirgi jumlasi. Maşoyixlarimiz aytgan matal mazmuni xayolda aylanadi: “Senga bir harf örgatgan kişining haqqini ming tillo bilan ham ado etolmassan”.
Kundan kunga uzoqlaşib borayotgan talabalik davrining boşida, 1983-yilning keç kuzida Samarqandda Ilhom aka Hasanov bilan tanişganman. Viloyat gazetasi bölmiş “Zarafşon” tahririyati ostonasida. Keçagidek esimda. Ilhom akaning kursdoşi, öşa vaqtlar gazetaning masʼul kotibi örinbosari lavozimida işlagan Hamza Şukurov bizlarni taniştirgan. Men ön sakkizga ötgan talaba va gazetada musahhih yordamçisi bölib işlardim. Hikoyalarim, maqolalarim viloyat, respublika matbuoti yuzini köra boşlagandi.
Men Hamza akaning otasi uyida yaşardim. Ertalab işga birga kelib, yarim keçasi, gohida tongga yaqin işdan qaytardik. Gazetçilik. U vaqtlar viloyat gazetasi bir haftada beş marotaba çiqardi. Kunlarning birida ertalab işga kelib, maşinadan tuşgan ham edikki uzun böyli, qotmadan kelgan, kaşmiri nimasi bilandir qişloğimiz odamlariga öxşab ketadigan Ilhom aka qölida bir dasta qoğoz bilan yaqin keldi. Ular salomlaşdilar. Biz – ikki notaniş ham salomlaşgan böldik. Şundan keyin Hamza aka bizlarni taniştirdilar.
– Ilhom Hasanov, yozuvçi, fakultetimizda öqituvçi…
Meni Hamza Şukurovga amakilari, ustoz Nuriddin Şukurov topşirgandilar. Ilhom aka Nuriddin Şukurovning işongan şogirdi edi. Ilhom aka odamlar könglidan ötgan narsalarni sezişlarini, baʼzi narsalarni boşqalardan oldinroq ilğaşlarini, köpçilikdan birinçi bölib fikr bildirişlarini, bildirgandayam, eng töğri fikrni bildirişlarini, biror işga odamlardan avval harakat qilişlarini, amalga kirişişlarini, odamlar u kişi öylagan narsalarni oradan ança vaqt ötib şu fikrga kelişlarini keyinçalik anglaganman.
Oldinroq his etiş… Isteʼdod degani balki şudir. Fozillik ham şu bölsa kerak, ehtimol. Olimlig-u odamiylik desayam bölar, balki… Adolatsizlik oldidagi, adolatsizlikka uçragan va adolat muhokama etilayotgan yiğilişlardagi holatlarini, jon kuydirişlarini tasvirlaş uçun, avvalo, odam öşa tabiatga sazovor bölişi lozim. Ilhom aka mening köz öngimda har bir harakati bilan zulmatlarni bir qaraşda çekinişga majbur qiladigan qiliçday bölib qolaveradi.
Ilk uçraşganimizda Ilhom aka qölidagi qoğozlarni Hamza akaga tutqazib, “biz bugundan boşlab bunday körişamiz”, deb quloçlarini oçgan va biz boşqatdan körişganmiz. Ming yillik aka-ukalardek, döstlardek.
Birinçi aytgan gaplari: “Men sizni kunduzgida öqişingiz uçun qölimdan kelganini qilganman. Lekin, bildimki, qölimdan heç narsa kelmas ekan. Öqişga kirolmay qolişingizni aybdorlaridan biri menman. Kiriş imtihondagi inşoni öqiganman. Fakultetni bitirib çiqqanlarniyam köpi, aniq aytaman, bunday yozolmaydi. Sizni oltin medal bilan maktabni bitirganingiz va öqişga kirişingiz haqida birov birovga iltimos qilmaganligi bir-ikkitani qattiq şoşirgan edi. Inşoni esa bemalol esse deb gazetaga bersa böladi…”.
Inşo erkin mavzuda, – Vatan haqida, Özbekiston haqida edi…
Öşanda Ilhom aka yigirma törtning ustida edilar. Bir oyoq gazetada, işxonada, bir oyoq fakultet, öqiş joyida ötgan ajoyib davrning eng esda qolar damlari shamolining epkini, odamlarning nigohi, mehri hali-hanuz kişiga entikişlar hadya etadi.
Ilhom aka boşqaça odam edi. Yuriş-turişiyam, gap-u söziyam.
Universitetning özbek va tojik filologiyasi fakulteti qoşida taşkil etilgan “Şalola” adabiy tögaragining özi bir universitet edi. Biz bu yerda adabiyotga oid eşitmagan gaplarimizni eşitar, öqimagan narsalarimiz bilan tanişar edik. Adabiyot, dunyo adabiyoti, turkiy adabiyot degani nima ekanligini şu maşğulotlarida tuşunganday bölganmiz. “Devoni luğotit turk”ni şu davrada birinçi marta uşlab körganmiz. Universitetda har bir öqituvçi özining sohasi, fani böyiça dars ötib, savol-javob qilsa, bu yerda unday emasdi. Biz “Şalola”da bir-birimizning yozganlarimiz bilan tanişiş, tahlil qiliş, fikr bildiriş bilan birga adabiyot nima ekanligini anglay boşlaganmiz. Ilhom aka taʼbiri bilan aytganda, “adabiyotda qalbdan köra böğiz köproq iştirok etişi” adabiy, ijodiy emas, boşqa jarayon ekanligini anglaganmiz. Aristotelning “Aflotun – mening qimmatli döstim, lekin haqiqat undan qimmatliroqdir” degan sözlarini daftarlarimizga öşanda köçirganmiz. Köça-köyda, işxona-yu öqişxonalarda eşitmagan tuşunçalarmiz: “yalpi baxtsizlik şaroiti”, “Öquvçini yolğonlar kömagida ezgulikka yöllab bölmaydi”, “Haqiqatni bitta-ikkita odamning orzu-istaklariga moslab turlanmaslik, tuslamaslik kerak”, “Schastlivoy detstvo” degan yozuvli şapkani kiygan bilan bolalik baxtli bölib qolmaydi” degan tuşunçalarni Ilhom akaning oğzidan eşitganimizda ne bir xayollarga borganimiz hali esdan çiqmagan.
Şuningdek, tögarak aʼzolariga adabiy asarning alifbolari – syujet qurilişidan tortib, portret tasvirlarigaça, badiiy vositalaridan tortib monogol-u diologlarni örnida berişgaça, fikr oqimi, matnosti oqimi, fikr tölqinining uzluksizligi, sözning issiq-sovuği, tafti, nafasi, rangi, hidi bölişiniyam körga hassadek qilib örgatişga jahd qilgan Ilhom Hasanov edi. Ilhom akaning bir közi hamişa soatda bölardi. Soatga tez-tez qarardi. Har bir daqiqalari hisobda ekanligini bilardik. Universitet yoşlar ittifiqoning yetakçisi edi.
Ilhomi Hasanov özbek tilini öta yaxşi bilardi, özbek tilini hurmat qilardi deyiş, albatta, juda eriş tuyuladi. Ilhom aka tilimiz uçun bor-yöğini berişga tayyorlardan biri edi. Men guvohman. Ota tilimizga davlat tili maqomi berilgandan keyingi çehralaridagi uluğvorlik masrurligi bilan bir qatorda yelkaga, zimmaga juda katta yuk tuşganligini, bu yukni kötariş hammagayam emasligini his etiş masʼuliyatini körganman.
Xudo mehribon bölib davlat idoralarida ona tilida iş yuritiş boşlanişi bilan jurnalistlarga eʼtibor kuçaygan edi. Respublika matbuotida “Şarqqa şarqonalik yaraşadi” turkum maqolalarim bosilib, ular mulohaza uçun Samarqand viloyat ijroqömiga yuborilgan ekan. Öşa vaqtlar yozma matbuotda çop etilgan maqolalar mutasaddi taşkilotlarga mulohaza uçun yuborilardi. Öşa maqolalarda Samarqand viloyati, şahrida joy nomlarining ğaribona şamoyili körsatilgan, şarqona nomlar yaraşişiga umid bildirilgandi. Qonun qabul qilingandan bir oy ötar-ötmay viloyati ijroiya qömitasida “Davlat tili haqidagi qonunini amalga oşiriş komissiyasi” hamda “Joy nomlarini örganiş, toponimik komissiya” faoliyatini yölga qöyiş işlari boşlangan, viloyat ijroqömining raisi Toşböri Qiliçev yuqorida qayd etilgan maqolalar bilan tanişib, muallifni çaqirişni ustoz jurnalist Abdurayim Ubaydullayevga topşirganlar. Ustoz viloyat ijroiya qömitasida masʼul lavozimda işlardilar. Biz birgalikda ijroqöm raisi oldiga kirdik va oradan ön daqiqa ötmay, maqolalarda körsatilgan barça takliflarni amalga oşirişni ikkovimizga yukladilar. Menga yuqorida qayd etilgan har ikki komissiya işini taşkil etiş va tarkibini şakllantiriş haqida ijroqöm qarori loyihasini kiritiş tayinlandi. Men komissiyalarning masʼul kotib böldim. Bu mutlaqo yangi va judayam masʼuliyatli vazifa edi.
1990-yilning 27-oktyabrida Davlat tili qabul qilinganligining 1 yilligini munosib ötkaziş komissiya iş rejasiga kiritilgandi. Öşa vaqtlar Registon maydonining yonida, Uluğbek madrasasining orqasida sölim va gözal “Şoirlar boği” bölardi. Biror ming kişi siğadigan amfiteatri bilan. Ijodiy uçraşuvlar maskani edi u joy. Ona tilga davlat tili maqomi qaytişining 1 yilligi bayrami Otamakonning ana şumaskanida nişonlangan. Mazkur bayram ssenariysini yozganlardan biri Ilhom Hasanov edi. Qölyozmalar menda. Bayramdagi turli çiqişlar, sahna körinişlari iştirokçilarini tayyorlaş bilan boğliq barça-barça taşvişni Ilhom Hasanov öz zimmasiga olgan edi.
Ona tili bayramining ikki yilligi şodiyonalarini köriş nasib etmadi.
Ilhom Hasan bizga, yoşlarga Mahmud Koşğariy, Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Ogahiy, Alişer Navoiiy, Bobur va boşqa köplab ajdodlarimizni yaqindani, taniştirganlari, xayollariga eş, dardlari bilan hamdard bölişlari, ularni yuqtirgani bilan ham qadrlidirlar.
Nuriddin Şukurov boşçiligida, tarixçi olim Amriddin Berdimurodov va Ilhom Hasanov taşkilotçiligida Sohibqiron tuğilgan kun sahar mardonda otalar qabrlarini ziyorat qilişni örganganlarimizni qayd etmaslik haqiqatga tik qaray olmaslikdan boşqa narsa emas.
Ilhom Hasanning yozuvçi, dramaturg, adabiyotçi olim va mohir tarjimon ekanligi haqida bu mavzuda gapirişga haqqi borlar gapirsa yaraşadi.
Ilhom aka bilan oxirgi uçraşuvimiz Samarqanddan Toşkentga bir iş bilan yölga çiqqanimda bölgan. U kişi ham Toşkentga kelayotgan ekanlar. Öşa davrning qizil rangli “Ikarus”ida birinçi qatorda gaplaşib kelganmiz. Qiziq. Öşa gurung ham boşdan oyoq adabiyot, adabiy jarayon haqida, ijodiy işlarimiz haqida bölgan. Qanday kitoblar öqiyotgani, ijodlari haqida bildiriş bilan birga mening nimalar bilan band ekanligimini söraganlar. Men Orol mavzusida materiallar yiğayotganim, “Mukofatga suv” degan bir narsa yozayotganimni, asar tuzilişi, muammaosi, yeçimi, qahramonlari orqali tabiat va inson dardini özimizça uyğunlaştirgan holda Orol dard-u hasratini aytib bergandim. Ilhom aka “mendayam Orol dardiga bağişlangan bir narsa tuğilmoqda, lekin Orol haqida yoziş uçun u yerga borib, bir-ikki kun bölsayam yaşab, köz bilan körib, havosini olib yozsak yaxşi bölardi” degandilar. Keyin, oradan ança yillar ötib, Orol dengiz örnidagi tuz sahrolarida yurib, yaşab, işlab, nonini yeb, nafaqat Orol haqida yoziş, balki örganişdan oldin körişni, eşitişni, ilğaşni örganiş kerakligi anglaganman.
Ilhom Hasanov tarjimasidagi Dimitriy Nikolayeviç Logofetning “Buxoro toğlari va tekisliklarida” asarini öqişning öziyoq adibning, tarjimonning kimligini köz öngingizda bor böyi bilan körsatadi. Tarjimaga asar tanlaş didining ne çoğli muhim ekanini peşonaning ustiga çiroqday osib qöyadi. Yurtimizning qadim tabiati tarovati betakrorligidan, nafasidan, urf-odatlarimiz tozaligidan, tilimiz kuç-qudratidan tuyinib suyuning, kuyining. Tarjimonlik sanʼatining ajoyib namunasidan bahramand bölişingizni ilindim. Köp gap hamişa yuk.
“Musulmon olami noqonuniy tuğilişni hatto bilmaydi va tan olmaydi, tabiat qonunlari asosida tuğilgan hamma vaqt qonuniy tuğilgan hisoblanadi va şuning uçun ota-bobolarining nomini olişadi. Biz yevropaliklar ham osiyoliklarning bu tajribasini örganib, özlaştirişimiz kerak va bu örinda şuni eslaş joizki, Şarq öz bolasini öldirişni aslo bilmaydi. Yevropaça asoslardagi fohişabozlik musulmon davlatlarida yaqinda paydo bölgan, u ham bölsa, Şarqda yevropaliklarning musulmon davlatlarini bosib olişining oqibatdir.
Nahotki bularning bari biz öylagandan boşqaça bölsa?
Ha, özingiz tasaffur qiling, musulmon öziga xotinni sotib oladi, bu xuddi bizda ayol erni sotib olgani va unga sep kelganiga öxşaydi. Demak, bizda ayol haq tölaydi, musulmonlarda esa – er…
Qarşimizda Denov vodiysi özining quyuq ösimliklar olami, oppoq baquvvat tanli asriy çinorlari bilan namoyon böldi… Yakka va guruh-guruh bölib ösgan baland çinorlar boşida turnalar in qurgan.
Oy özining kumuş nurlari bilan tevarak atrofni yoritgan. Toliqqan otlar qönim topişlarini sezib, qadamlarini tezlatadilar. Qorli çöqqilar oy yoruğida yaltirab tovlanadi. Faqat zulmat içida qolgan ufqning bir çekkasigina maʼyus qorayib turardi. Sezilar-sezilmas miltirayotgan yulduzlar oy yoruğini yanada kuçaytirayotgandek tuyulardi. Tun musaffo, ham salqin edi. Soy va ariqlardagi suvning şildiraşi tun quşlarining çuğurlaşlariga qöşilib ketayotgandi. Tuya karvonlari qönğiroğining hazin jiringlaşi bu yaxlit ohangni yanada taʼsirliroq qilayotgandi.
Göyo ulkan bir ibodatxonada çiroqlarning miltillagan şuʼlalari ostida vazmin va tantanavor marosim ötkazilayotgandek tuyulardi.
Xuddi bizning ibodatxonada ekanligimizni taʼkidlagandek, tun sukunatida uzoq-yaqinga azonning sehrli ohangi taraladi:
“La ilaha illalloh – Allohdan boşqa iloh yöqdir!!!”
Minoraga çiqib olgan odam buni kötarinki sözlar bilan uqtirib, hammani namozga, ana şu gözal olamni yaratgan va uni boşqarayotgan Tangriga toat-ibodat qilişga çaqirardi.
Elçixonaning yopiq ayvonidagi olovning yengil şuʼlasi keng hovlini ğira-şira yoritdi. Ayvonga çirmaşgan uzumning kök barglari biz tunaydigan joyga alohida bir gözallik baxş etadi”.
Maşoyixlar bekorga xotiraning uyğonganligi gözaldir, demagan körinadi, çoği.
Bahodir QOBUL
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


