3 daqiqada öqiladi

347 marta körilgan

Maktub

Vadim Murodxonov

Kirillning biryaqin tanişi Moskvaga ketyapman, agar birovga biror narsa yuboriş kerak bölsa, marhamat, deya öz xizmatini taklif etdi. Tanişi, oçiği, şunçaki odamgarçilik yuzasidan şunday taklif qildi. Balki şuning uçundir Kirill bu gapni uşlab oldi.

Şunda Kirillning Moskvada bir dösti yaşaşi, xayrlaşişlari oldidan u bilan manzil almaşgani yodiga tuşdi. Agar yozuv stolining bir burçida yondaftarçasi butun turgan bölsa, u albatta döstining adresini topadi, faqat uning ismi şarifini eslasa böldi.

Yondaftarça dastlab qidirganida topilmadi, Kirill bunga parvo qilmay, birdan maktub yozişni boşlab yubordi.

“Salom, Yuriy! – butun diqqatini jamlab xat yoza boşladi-da, birdan töxtab qoldi. Söng ikkilanmay, davom etdi: “Mening işlarim öşa-öşa. Tahririyatda işlayapman, har xil bir onlik narsalarni yozyapman va bir onlik qoniqiş hosil qilyapman, çunki heç qaçon heç qanday abadiyatga daxldor narsalarni yozişning uddasidan çiqmadim va hatto yillar mobaynida ular miyamda paydo bölgan zahotiyoq qoralamalarni yöq qilişni örgandim”.

Kirill hozir yozganlarini öqirkan, matn tumtaroq bölib çiqqanday, aniqlik yetişmayotganday bölib tuyuldi, söng u xatni miyasi tiniq işlayotgan payti erta bilan qayta yozişga ahd qildi.

“Esingdami, sen mendan tanlagan kasbimdan puşaymon qilmaysanmi, deb söraganding, – deb murojaat qildi ertasi kuni u döstiga. – Tan olib aytaman, bundan zerikarli maşğulot bölmasa kerak. Boşqa bir oddiy odamniki singari jurnalistning hayotida voqea-hodisa­lar öz-özidan, kutilmaganda paydo bölmaydi. Jurnalistning özi bu voqea-hodisani topadi, şişiradi yoki özi, yo muharrirning talabiga köra uni pisand qilmay ötkazib yuboradi. Maqolaning hajmiga qarab töğrilangan, taʼbimizga moslangan voqea-hodisa bizning qöllarimizda özining ilk, onasi öpmagan jozibasini yöqotadi.

Yaqinda tahririyatimiz hovlisida sönggi uruşdan qolib ketgan minalarni topib, ularni qazib çiqardilar. Bu haqda yozişimizni man etdilar, gazeta xodimlari mina qazilgan xandaqlardan hatlab ötganlariça tahririyat topşiriqlarini ado etiş uçun şoşdilar.

Kirill yozganlarini öqib çiqdi-da, söng, “ilk, onasi öpmagan jozibasini” jumlasini yana qayta körib çiqişga qaror qildi.

Matn kattalaşdi. Tani­şining Moskvaga jönashi nomaʼlum muddatga orqaga surilganini eşitgan Kirill buni yozayotgan maktubining yanada yaxşiroq çiqişi uçun bir imkoniyat deb qabul qildi.

“Men xizmat taqozosi bilan şoirlar bilan muloqotda bölişimga töğri keladi. Yoşlari va qiladigan işlaridan qatʼi nazar, ora-sira özlarining noçor, yordamga muhtoj ijodiy “notavon”lari haqidagi oğriqli taşvişlarini yaşirişga uri­nişlaridan ularni heç bir xatosiz tanib oliş mumkin. Ular tahririyatimizga naşr qilinayotganiga atigi beş yilgina bölgan “bolalikdan beri bizning gazetamizni öqişlari” uçun emas, balki boşqa joylardan rad javobi olganlari uçun ham kelardilar. Şunday esa-da, ana şu tan olinmagan tuğma isteʼdodlar ijodlari mevalari qançalar kulgi uyğotardi menda! Men ular taj­riba orttirsinlar, deb birortasini qaytarmadim. Şunda beixtiyor mening qanday qilib adabiyotnaşri tahririyati ostonasidan hatlaganim yodimga keldi. Nasr bölimi mudiri öşanda menga, “oçilmasligimni avjiga çiqarişimni, yaʼni hadeganda özimni namoyon qilmasligimni yoki Asar yoziş uçun aqldan ozişimni maslahat bergan edi. Ğalati odam edi-da u…”

Baʼzan Kirill birdan esiga kelib qolganday, döstidan hol-ahvol söray ketar, salomatligi, işi, kayfiyatini suriştirardi. Xotirasi pand berib qolişidan qörqib,bundan nari tayinli mavzularga ötişga jurʼat etmasdi.

U Moskvaga heç nima jönatmasligiga aniq közi yetar, şuning uçun ham tanişining ketişi xabari unga kutilmaganda yangilik bölmadi.

Kirill xuddi şu kuni xijolatpazlikni yengiş uçun maktub yozişda davom etdi.

Rus tilidan

Maʼsuma Ahmedova

tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)