8 daqiqada öqiladi

640 marta körilgan

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

Biz – ikki qitʼaga ayrilgan ğurur
  1. XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida, turfa keçinmalarni ifodaladi. Qisqasi, baland intellektual şeʼriyat böy-bastini körsatdi, boyidi. Bugungi yoşlar şeʼriyatini bu jihat ila maqtab bölmaydi. Ular bir neçta doimiy mavzu va köproq, köngil izhori bilan çeklanib qolişayotganday. Yoki öquvçi bunday serqirra, sermaʼno şeʼrlarni öqimay qöydimi? Umuman, zamondoşlarimiz qanday şeʼrlarni köproq öqiyapti?
  2. Yaqinda bir qadrdonimiz aytib qoldi, bizning adabiyotda hali telefon haqida tuzuk-quruq asar yozilmagan ekan. Öylanib qoldim, çindan ham şeʼriyat har vaqt davr ruhi, kayfiyatini özida jo etib kelgan. Ammo hozirgi şeʼriyatda ana şu ruh sezilmaydi, ellik yil oldin yasalgan qolip-taşbehlar hali ham “trend”da. Aytmoqçimizki, texnologik asrning unsurlari sezilmaydi. Bizningça, metroga tuşib manziliga yetib borgunça simlari şuvalaşib qolgan quloqçinini epaqaga keltirolmay xunobi çiqib yotgan yölovçi haqida ham gözal şeʼr yoziş mumkin. Bu bir misol, ammo bunday vositalar hayotimizda köp-ku. Kundaligimizdan muhim örin olgan mobil telefon haqida şeʼr yozsa, kişi modernist bölib qoladimi? Bu borada qanday fikrdasiz?
  3. Internet va ijtimoiy tarmoqlar turmuşimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, yoşlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanmagan, biror kun yöq, desak mubolağa bölmaydi. Albatta, bu omil ijodkorga, öz-özidan adabiy jarayonga ham taʼsir etmay qöymadi. Hozir “internet adabiyoti” degan tuşunça ham mavjudki, bundan asosan yoşlar “unumli” foydalanib, hali siyohi qurimagan asari uçun “like” yiğib olişmoqda. Xöş, sizningça, ijtimoiy tarmoqlar adabiy jarayonga, xususan, ijodingizga qanday taʼsir körsatyapti?
  4. Xalqimiz ustoz körmagan şogird har maqomga yörğalar degan maqol köp işlatadi. Albatta, bu maqol şeʼriyatga, şoirga-da, taalluqli. Bugungi şeʼriyatimizdagi ustoz-şogird anʼanalari, adabiy maktablar haqida fikringiz qanday?

 

  1. Savolni öqirkanman Afandi haqidagi bir latifa yodimga tuşdi. Afandi uyda atrofiga bir uyum kitobni yiğib olib, hali u, hali bu kitobdan köçirib, nimalarnidir yozib-çizib tursa, xonaga xotini kirib qoladi. Erini sira bunday holatda körmagan zavjasi hayron bölib, nima qilayotganini söraydi. Afandi işidan çalğimay, javob beradi: “Körma­yapsanmi, kitob yozyapman!” Sodda xotin uning javobidan qanoatlanmay, yana söraydi: “Afandim, kitobdan köçiriş qaçondan beri kitob yoziş bölib qoldi?” Hozirjavob qahramonimiz bir möyi ham qilt etmay, sopini savolning özidan çiqaradi: “Ey öqimagan xotin, kitobdan kitob yaraladi-da, şuniyam bilmaysanmi!” Afandining yumor hissiga boy, öta aqlli odam bölganini hisobga olgan holda, gap adabiyotning oltin qoidasi haqida ketayotganini tuşuniş kerak. Yaʼni kitob köçiriş bilan emas, öqiş va örganiş orqali yoziladi.

XX asr özbek şeʼriyati mavzular­ning turfaligi, taşbehlarning ohorliligi, bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etganligi, şuning barobarida, turfa keçinmalarni ifodalaganligi bilan juda baland mavqega ega. Negaki, bu davrda yaşab ijod qilgan aksar ustoz şoirlar öz ustida tinmay işlaganlar, yaratiş va ijod işi bir foiz isteʼdod va töqson töqqiz foiz mehnat bilan amalga oşirilişini hamişa yodda tutişgan. Balki şu sababli ham ular yaratgan şeʼr va dostonlarning köpi şeʼriyatimiz durdonalari­ga aylangan.

Ammo, bugungi yoşlar ijodini kuzata turib, şeʼriyat oddiygina köngil izhori vositasiga aylanib qolmayaptimi degan xavotir köngildan keçadi. Balki şeʼriyatning kölami, mavzusi torayib qolgani uçun ham bugun köpçilik şeʼr öqimas? Yaqinda bir taniş ijodkor bilan bugungi kitobxonlar­ning köpda saviyasizligi, yaxşi asarni tanlab öqiy olmasligi, şuningdek, haqiqiy şeʼr bilan faqat qofiyali qatorlardangina iborat “şiğir”larning farqiga borolmasligi haqida gaplaşganimizda, suhbatdoşimning “Ha, endi, şu opamga öşa poççam bölaveradi-da”, deya şu saviyasiz ommaga şu ada­biyot bölaveradi maʼnosidagi gapidan söng çuqur öyga toldim. Demak, qaysidir bir adibning “Har bir adabiyot öz davriga munosib” degan fikrlari haqiqat bölib çiqadimi? Aslida-çi, şeʼriyat qanday bölişi kerak?

Şeʼriyat – qalb va isteʼdod birlaşgan özanda yaratilgan irmoq. U pokiza buloq. Buloq suvi şunçaki çanqoqni qondiriş vositasi bölmaganidek, şeʼriyat ham şunçaki şeʼrxonning mutolaasi uçun yaratilmasligi – faqatgina hislar bayonidan iborat bölmasligi lozim. U adabiyotda inson qalbi va tuyğulariga taʼsir qilişning eng yaxşi yöli ekan, unga gözal maʼnolar jamlanmasi, öquvçiga eng yaxşi insoniy tuyğular beruvçi, şu bilan birga, uning tafakkuri va dunyoqaraşini bo­yituvçi vosita deb qaralsa, şeʼriyat öz vazifasini ado etgan böladi. Mana şunday qaralmagan va haqiqiy şeʼriy durdonalar yaratilmaganda edi, dunyoga maşhur adib, Nobel mukofoti sovrindori Herman Hesse “Bor bilimimni şoirlardan olganman” deb tan olmagan bölardi. Bunday şeʼriyatni yaratiş uçun esa bugungi ijodkorlardan köproq mutolaa va öz ustlarida işlaş, özbek mumtoz adabiyoti va jahon klassikasi bilan tanişiş, şuningdek, şeʼriyatdagi bugungi adabiy jarayonlardan ham boxabar bölişlari talab qilinadi. Qisqasi, öqiş va örganiş, ruhiyatni hamişa boyitib boriş zarur. Axir, biz öquvçiga özimizda borinigina bera olamiz. Şu örinda, Xorxe Luis Borxesning öz davri yozuvçilariga qarata aytgan gaplarini bugungi yoş şoirlarga aytgim keldi: “Servantes Servantes böliş uçun hatto köçadagi eʼlonlarni ham bitta qoldirmay öqir edi. Siz bölsa, ikki sahifa öqimay buyuk yozuvçi bölaman, deysiz-a, senʼor…”

  1. Yaxşi ijodkor, avvalo, yaxşi sayohatçi bölişi kerak. Negaki, Erkin Vohidov haqli ravişda taʼkidlaganidek,“Adabiy ijod hamişa Söz olamiga sayohatdir. Ijodkor Sözni tirik jon deb biladi va Söz bilan sözlaşadi”. Uning olamiga yöl esa yaxşi asarlar orqali ötişi heç kimga sir emas.

Söz olamiga sayohat haqida gap ketar ekan, asrimizdagi texnologik qurilma va vositalar nomlarining adabiyotga kirib kelişi tabiiy hol va ularning asarlarda qöllanilişi bilan bu modernistik ruhdagi adabiyot yoki modern şeʼriyati bölib qolmaydi. Bu şunçaki, insonning kiyimi özgargani bilan kiyim ostidagi odam va uning qalbi özgarmasligi kabidir. Bu texnologik unsurlar nomlaridan foydalanişdan maqsad esa, şu davr muhitini aks ettiriş va fikrni bugungi öquvçi tezroq tuşunadigan qilib yetkazişdir. Ammo bu borada bizda haliyam ötgan asrdagi qoliplardan çiqilma­yapti, degan fikrdan yiroqman. Ijodkorlar, xususan, bugungi tengdoşlarimiz şeʼrlarida asrimizning texnik qurilmalarini “qahramon”ga aylantiriş ho­disasi ozmi-köpmi bor. Masalan, Bobur Elmurodning “Fotoapparat va men”, şeʼrini olsak. Lirik qahramon fotoapparatga“Sen boqqan çoğ nega odamlar Xuşsuratdir, kulgidan töygan. Men termilsam – sarğaygan ötlar Va daraxtlar gullamay qöygan”. deya nido qiladi. Fotoapparat tufayli onasining dilbar, otasi­ning bardam qad kerib turgani, döstining uluğvor va bekam-u köst ekanligini, baxtli bölib köriniş uçun unga ham köz taşlaşini söraydi. Garçi bu yerda fotoapparat majoziy obraz bölsa-da, öquvçi asliyat va surat yillar mobaynida bir-biridan farqlanib borişini yaxşi biladi. Şeʼrdagi samimiylik tufayli möjizaga işongisi keladi. Yoki özimning ham “Telefon simi” şeʼrim borki, unda oddiy telefon aloqasining uzilganligi tufayli ikki insonning taqdiri özgarib ketişi qalamga olingan.

  1. Internet, xususan, ijtimoiy tarmoq­larning foydalanuvçilar uçun ilmiy va amaliy ahamiyati katta. Hayotimda uning faqat ijobiy taraflarini körganim, faoliya­timda beminnat yordamçi bölgani uçun ham bunga ijobiy qarayman. Televizorga çiqib olib, global tarmoqni yomonlaydiganlarning fikrlariga ajablanaman. Şoir Sadriddin Salim Buxoriyning şunday törtligi bor:

Illat izlaganga illatdir dunyo,

Ğurbat izlaganga ğurbatdir dunyo.

Kim neni izlasa topgay begumon,

Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!

Xullasi kalom, hikmat izlab, ijtimoiy tarmoqlarga kirgan oddiy foydalanuvçi, adabiyot tomondan qaralganda esa yozganlarini köpinça biror narsaga arzimaydigan deb bilib, boşqalardan yaşirib yuradigan ijodkor edim. Ammo ijtimoiy tarmoqqa kirgaç, qoralamalarim köpçilikka manzur bölganini bildim, ustozlar eʼtiboriga tuşdim. Garçi, maq­taniş bölib tuyulsa-da, yozgim keldi: “facebook” tarmoğida döstlaşganim­ning birinçi kuniyoq ustoz Xurşid Davrondan şeʼrlarim haqida iliq fikr bildirilgan maktub olganman. Ertasi kuni (öşa kuni tuğilgan kunim edi) ustoz özining “Xurşid Davron kutubxonasi” portalida ijodimdan namunalar va şeʼrlarim haqida qisqaça fikr-mulohazalarini eʼlon qilgandi. Töğrisi, hayotimdagi heç bir tuğilgan kunim öşa kundagiçalik esda qolarli bölmagan. Örni kelganda, aytişim kerakki, Xurşid Davronni adabiyot maydoniga hurkibgina kirgan köpçilik yoşlarning öziga işonç paydo bölişida, yozganlari nimagadir arzişini körsatişda jonkuyar bölgan sanoqli ustozlardan biri, deyiş mumkin.

Öşa kundan boşlab, rosti, yozganlarimga jiddiy qaray boşladim, öz ustimda işlay boşladim. Yozganlarimni esa ustozlar nigohi bilan tahrir qila boşladim. Qisqasi, ijtimoiy tarmoqning faqat foydasini körib kelayotgan odamman.

  1. Internet tarmoğida bir surat körgandim. Unda qöllarini narvon şaklida bir-birlarining yelkalariga qöygan bir neça odam va bu “narvon”dan ildam yuqorilab ketayotgan bolakay tasvirlangan. Bu rasmda ustozlarning şogirdlari kamoloti yölida qançalik jafokor böla olişlari aniq va judayam tuşunarli qilib körsatilgan. Şu-şu qayerda ustoz va murabbiylar haqida söz ketsa, öşa surat köz oldimga keladi.

Har bir sohada bölganidek, şeʼriyatda ham ustoz va şogird anʼanasi katta ahamiyatga ega. Ustoz körgan yoki heç bölmaganda qaysidir şoirni özi­ning maʼnaviy ustozi deb bilgan ijodkorning yozganlari boşqa tengdoşlaridan, ayniqsa, öz bilganiça qoğoz qoralab yurganlardan keskin farqlanadi. Ijodi­ning maʼlum bir pallasigaça ustozining nafasi va ruhi, şubhasiz, uning yozganlarida sezilib turadi. Balki bu ruh yoş ijodkorning toki öz yölini topib olguniça unga hamrohlik qilar, uni yomon tanqidlar-u nazarlardan, özi tanlagan yöldagi past-baland çohlardan himoya qilar. Bilmadim, negadir menga şunday tuyuladi.

Bugungi şeʼriyatimizda Omon Matjon, Usmon Azim, Xurşid Davron, Azim Suyun kabi katta avlod vakillarining, qolaversa, bir qança keyingi davr şoirlarining adabiy maktablari şakllanib bölganki, köplab yoşlarda ularning şeʼrlaridagi öziga xos ovozlarni, taşbeh va majozlarni sezib qolamiz. Qaysidir yoş şoir yoki havaskor ijodkordagi biror satr bizga Usmon Azim yoki Xurşid Davronni eslatib yuborsa, bilamizki, bu ijodkor öşa şoirdan taʼsirlangan, ijodidan zavqlangan. Bu holat, menimça, ijobiy hodisa. Çunki yuqorida nomlari tilga olingan ustozlarning ham ilk ijodiy namunalarini öqirkanmiz, ularda Abdulla Oripov yoki Erkin Vohidov qalamidan tomgandek öxşaşlikni sezib qolamiz. Ammo ularda mana şu ustozlar anʼanalarini davom ettiriş va keyinçalik öz ustida muntazam işlaş natijasida özining yönalişini, uslubini topib oliş kuzatilgan. Endi ularning maktabida yetişib çiqqan şogirdlardan ham kamida ular darajasidagi adabiyot odamlari kamol topişiga işonaman.

Gözal RÖZIYEVA

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…