- XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida, turfa keçinmalarni ifodaladi. Qisqasi, baland intellektual şeʼriyat böy-bastini körsatdi, boyidi. Bugungi yoşlar şeʼriyatini bu jihat ila maqtab bölmaydi. Ular bir neçta doimiy mavzu va köproq, köngil izhori bilan çeklanib qolişayotganday. Yoki öquvçi bunday serqirra, sermaʼno şeʼrlarni öqimay qöydimi? Umuman, zamondoşlarimiz qanday şeʼrlarni köproq öqiyapti?
- Yaqinda bir qadrdonimiz aytib qoldi, bizning adabiyotda hali telefon haqida tuzuk-quruq asar yozilmagan ekan. Öylanib qoldim, çindan ham şeʼriyat har vaqt davr ruhi, kayfiyatini özida jo etib kelgan. Ammo hozirgi şeʼriyatda ana şu ruh sezilmaydi, ellik yil oldin yasalgan qolip-taşbehlar hali ham “trend”da. Aytmoqçimizki, texnologik asrning unsurlari sezilmaydi. Bizningça, metroga tuşib manziliga yetib borgunça simlari şuvalaşib qolgan quloqçinini epaqaga keltirolmay xunobi çiqib yotgan yölovçi haqida ham gözal şeʼr yoziş mumkin. Bu bir misol, ammo bunday vositalar hayotimizda köp-ku. Kundaligimizdan muhim örin olgan mobil telefon haqida şeʼr yozsa, kişi modernist bölib qoladimi? Bu borada qanday fikrdasiz?
- Internet va ijtimoiy tarmoqlar turmuşimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, yoşlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanmagan, biror kun yöq, desak mubolağa bölmaydi. Albatta, bu omil ijodkorga, öz-özidan adabiy jarayonga ham taʼsir etmay qöymadi. Hozir “internet adabiyoti” degan tuşunça ham mavjudki, bundan asosan yoşlar “unumli” foydalanib, hali siyohi qurimagan asari uçun “like” yiğib olişmoqda. Xöş, sizningça, ijtimoiy tarmoqlar adabiy jarayonga, xususan, ijodingizga qanday taʼsir körsatyapti?
- Xalqimiz ustoz körmagan şogird har maqomga yörğalar degan maqol köp işlatadi. Albatta, bu maqol şeʼriyatga, şoirga-da, taalluqli. Bugungi şeʼriyatimizdagi ustoz-şogird anʼanalari, adabiy maktablar haqida fikringiz qanday?
- XXI asrda yozilgan şeʼrlarda tuyğularning öz ohangini topib ifoda etiş, ruhiyatni quyuq tasvirlaşga uriniş közga taşlanadi. Bu yaxşi bir tomondan. Ammo çekka qişloqda yozning jaziramasida yer çopayotgan dehqonga sizning ruhingizda keçayotgan talatöplarning qiziği bormi? U ekinining suvsizlikdan qovjirab qolmasligidan xavotirda, dalasini öğitlaş uçun qarz kötargan, uni qaytarişni öylaydi. Bolaligimda Abdulla Oripovning şeʼrlarini aytib yurgan oddiy qişloq odamlarini köp körganman. Dalada, bobomning çaylasida Omon Matjonning “Turğunlik yillari” degan ikki-uç sahifalik şeʼrini bir suvçi yoddan aytib bergandi. XX asr şeʼriyatining afzalligi u davralarda, adabiy keçalarda, ommaviy çiqişlarda şakllandi. Bugun kimdir öz tuyğularini şunday mohirlik bilan tasvirlaydi, original taşbehlardan foydalanadi. Ammo u şeʼrda ijtimoiy dard yöq. Ijtimoiy şeʼr boşqa, lirik şeʼr boşqa deguvçilar bor. Lekin mumtoz şoirlarimiz muhabbat, ilohiy işq mavzusida ham heç bölmasa, ğazalning begona baytida xalq dardiga işora qilib ötişgan. Bugun ijtimoiy mavzuda nimadir qoralaydigan bölsak, bu yoziqning badiiy yetukligi haminqadar bölib qoladi. Bir yöl qurilsa, undan tölqinlanib şeʼr yozvorsak, taxminan, uni Vatan taraqqiyotiga, bu yöl bizni kelajakka eltişiga urğu beramiz. Undan şodlanganimizni izhor qilamiz. Keçinmani yoziş oson-da! Qabul qiliş ham oson. Bunday yoziqlarning yöq bölib ketişi ham oson.
- XIX asr oxiri XX asr boşlarida zamona uçun yangi bölgan voqeliklar haqida şeʼrlar yozişgan. Masalan, Muqimiy va Furqatning “Surating” radifli ğazallari dastlabki fotoapparat suratlariga bağişlangandek tuyuladi menga. Ötgan asrda, bugungi şeʼriyatimizda ham metro, tramvay, poyezd, samolyot kabi texnikalarning obrazli ifoda etilganini bilamiz. Mirzo Kenjabekning “Tongda samolyotlar uyğotar meni…” deb boşlanuvçi şeʼrida samolyot tuyğularni bir-biriga boğlovçi vosita bölib xizmat qilgan. Usmon Azimda “Omadliman, mana qarşimda kompyuter va stol-u qoğoz” degan satrlar bor. Poyezd şeʼriyatimizda obraz darajasiga kötarilgan degim keladi. U bilan boğliq minglab misralarni keltiriş mumkin. Çunki bu narsalarni biz tafakkur qila olamiz. Uning vazifasini, qanday işlaşi haqida tasavvur bor bizda. Şu tasavvurni badiiy idrok etamiz. Unga asoslanib biror yangi gap aytamiz. Bugungi yoş şoirlarda ham yangi texnologiyalar haqida nimalardir bor. Ammo aytganingizdek, mobil telefon, fleşka, quloqçin kabi maişiy hayotimizda keng tarqalgan qurilmalar badiiy ijodga köçmagan. Bunga sabab biz hali zamonaviy texnologiyalarni badiiy idrok qila olmayotganimiz bölsa kerak. Hali özbek tafakkuri texnologik taraqqiyot yösiniga moslaşib ulgurmadi, şekilli. Balki yozganlarimiz sabab bunga bir darça oçilar.
- Avval vaqtli matbuot sahifalarida yangi muallifning asari bosilişi uning adabiyot maydoniga kirib kelayotganini bildirgan. Ammo bir muddat matbuotdagi turğunlik, muharrirlarning “siyosiy huşyor”ligi yoş ijodkorlarning jiddiy maşqlarining ommaga havola etilişiga tösiq bölib qoladi. Deylik, men yozganlarimni tahririyatlardan biriga olib borsam, bunaqa şeʼrlar mening yoşimga töğri kelmasligini aytişgan. Poytaxtga kelgan dastlabki paytlarim adabiy naşrlarning birida bölim muharriri mendan “Vatan haqidagi yengil-yengil şeʼrlaring yöqmi?” deb söradi. Men yöq dedim kulgidan özimni tiyib. Şundan keyin biror naşrga şeʼr qöltiqlab bormaydigan böldim. Bilasizmi, bu yoş ijodkorlarni maddohga aylantirişning bir yöli. Şundoq yozsam, çop etilarkan, deb öylab qolişadi. Ammo inson fikr aytişga muhtoj. Ijtimoiy tarmoq esa keng maydon, unda bekorçi ham, muxolif ham, ziyoli ham, rahbar ham öz sözini aytayotir. Nega endi ijodkor özini tortişi kerak. Öylaşimça, ötgan asrda internet bölganda jadidlar öz harakatlarida undan unumli foydalanişgan bölardi. Hozir esa şoir-yozuvçilar internet maydonini blogerlarga boy berib qöygan. Tabiatan oğir, mulohazakor ziyolilar maʼlum voqeaga munosabat bildirgunlariça uçqur blogerlar şov-şuv qilib bölişadi. Oqibatda jamiyatning umumiy fikri örtamiyona qaraşlar asosida şakllanib qolyapti. Ziyolilarimiz internetda ham jamiyatni yetaklovçi kuç bölişsa, qaniydi. “Like” yiğişga kelsak, men ham şeʼrimni internetga qöyaman. Birinçi munosabatni bilgim keladi. Töğri, aksariyat bunga yuzaki munosabat bildiradi. Lekin baʼzi insonlar yozganlarimni kuzatib borişini, zarur bölganda, yuz körişganda, öz fikrini bildiradi. Keyin bu yoş ijodkorlarning özaro ijodiy muloqoti uçun ham asqatadi. Kimning nima yozayotganini bilib boramiz.
- Çin maʼnodagi ustoz-şogirdlik adabiyotni yuksaltiradi. Ammo şogird atalmiş ustozdan nimadir tama qilmasin. “Lolazor”dagi çorşanbiyevlar bilan adabiyot yaralmaydi. Hali arzirli narsa yozdim deb hisoblamayman-u, lekin kimdandir sörab yozganimdan bir sözni özgartirmayman. Yozganimni birovningdir ortidan kötarib yurgim kelmaydi. Buni öjarlikka yöysa ham bölar. Tengdoşlarimizga qarab köp öy xayoldan ötadi. Birimiz yozgan ikki satrimiz sabab kibrga berilganmiz. Boşqamiz tirikçilik ortidan ovora, yana birimiz kimnidir etagini tutib, şu odamning yonida yursam şoir bölaman deb xomtama bölamiz. Men ijodni muttasil iztirob çekiş deb hisoblayman. Va özim buni uddalolmayotganimni yaxşi bilaman. Qolganlarning ham vijdoniga havola. Şavkat Rahmon aytgan-ku, “Bilsangiz, agar şoirlik jasorat sözining tarjimasidir”. Jasorat umrning ayni bir lahzasida sodir böladi. Har nafasni jasorat bilan ötkaziş, har sözni jasorat bilan yoziş asl şoirlik belgisi, xolos. Bundan mağrurlaniş yaraşmaydi. Ijod maydonida ustoz ijodi va amali bilan ana şu jasorat uçun bölğusi ijodkorning ruhini tayyorlaşi kerak. Bu har kimning qölidan kelavermaydi. Şoirning tanida bölmasa, Navoiy kelsa ham uning söziga jon kirib qolmaydi. Şu maʼnoda ijodning bir ustuni badiiyat bölsa, boşqa ustuni jasoratdir. Buni qay darajada namoyon bölişi isteʼdod va mahoratning işi. Kimnidir ustoz deb ortidan yursam, boşqalar nimadandir umidvor deb öylaşidan çöçiyman. Özim sevgan şoirlarni öqiyman, örganaman. Baʼzan yozganlarimga taʼsiri oşib ketganini sezib qolaman. Öqişdan töxtayman. Nasr öqiyman. Muxlis şoirning şeʼrini öqiydi, ijodkor esa özidan avval ötganlarning, katta adiblarning şaxsiyatidan ham saboq olişi kerak. Ularning xatolarini takrorlamaslikka harakat qilişi lozim. Özim ixlos qöygan ijodkorlar qaydadir eʼtiqodiga pand berganini bilsam, undan ixlosim qaytib ketmaydi. Çunki ular eʼtiqodiga sobit turgan damlarda asl asarlarni yaratib qöyişgan. Ular buyuk ekan deb illatlariga ham taqlid qilib yurgan tengdoşlarimga esa, rosti, açinaman. Şoirning şeʼri ham, şaxsi ham millat uçun oyna. Jamiyat toza söz bilan birga toza insonlarga ham muhtoj.
Suhrob ZIYO
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


