Lev Tolstoy hikmatlaridan
***
Agar gapirmaganingga bir marta afsuslansang, sukut saqlamaganingdan yuz bor nadomat çekasan.
***
Barça baxtli oilalar bir-biriga öxşaş, lekin har bir baxtsiz oila ayriça baxtsiz.
***
Ğiybat odamlarga juda yoqadi. Birovni muhokama qilmaslik va bu bilan suhbatdoşingni ajoyib huzurdan mosuvo eta oliş juda qiyin iş.
***
Axloqiy faoliyat insonning eng yuksak vazifasidir.
***
Köp biliş emas, eng keragini biliş muhim.
***
Aytadigan gapi yöq odam hammadan köp gapiradi.
***
Kutişni bilgan odam hamma narsaga erişadi.
***
Mayli, har kim öz eşigi oldini tozalasin. Agar har kim şunday qilsa, hamma köçalar toza böladi.
***
Men sevadigan hamma narsamga ega emasman. Lekin özimda bor barça narsani sevaman.
***
Yaxşi bölganimiz uçun bizni yaxşi körişadi, deb öylaymiz. Aslida, ular yaxşi bölganlari uçun bizni yaxşi körişlarini anglamaymiz.
***
Baxt – tabiat bilan böliş, uni köriş, u bilan muloqot qilişdir.
***
Muhabbat – sevadigan kişingning hayoti bilan yaşaşdir.
***
Nikoh singari öta muhim, keskin, hamma narsani özgartiradigan va ortga qaytiş imkonsiz bölgan iş yöq. Faqat ölim şunday, xolos.
***
Halol yaşaş uçun intiliş, yanglişiş, urilib-suriliş, doim kuraşiş va nimalarnidir boy beriş kerak. Loqaydlik – qalbning pastkaşligidir.
***
Faqat özingga maʼlum narsa haqida gapir. Aks holda jim tur.
***
Hamma insoniyatni özgartirişni istaydi, lekin heç kim özini isloh etiş haqida öylamaydi.
***
Örtaça va keraksiz narsalarni köp bilgandan, kam bölsa ham yaxşi va kerakli bilimga ega bölgan afzal.
***
Agar öqituvçi faqat işga muhabbatli bölsa, u –yaxşi öqituvçi. Agar faqat öquvçini suysa, unga xuddi ota-onasiday mehrli bölsa, hamma kitoblarni öqigan-u, lekin işini va öquvçilarini yaxşi körmaydigan muallimdan afzaldir. Agar öqituvçi özida işiga va şogirdlariga muhabbatni jam qila olgan bölsa, tökislik maqomiga erişibdi.
***
Odam hamişa baxtli bölişi kerak; agar baxting tamom bölayotgan bölsa, yaxşilab razm sol, qayerdadir xato qilding.
***
Odamlar köpinça vijdonlari tozaligi bilan mağrurlanadi. Aslida, ularning xotirasi yaxşi işlamaydi.
***
Odam könikmaydigan şaroit yöq. Ayniqsa, atrofdagi hamma şunday yaşayotganini körsa, bu juda oson keçadi.
***
Odamlarni qanday gapirişga örgatişadi. Asl ilm qaçon va qanday sukut saqlaşni bilişdir.
***
Odamlar muhabbat bilan tirik; özingga muhabbat – ölimning boşlanişi, Xudoga va odamlarga muhabbat esa hayotning boşlanişidir.
***
Xotirangiz emas, tafakkuringiz saʼy-harakati bilan egallangan bilim çinakam bilimdir.
***
Uruş – ğirrom va ahmoqona iş, çunki uruşayotganlar vijdonlarining ovozini öçirişga harakat qiladilar.
***
Sevgisiz yaşaş oson. Lekin bunday hayotda mazmun yöq.
***
Taʼlim bilan tarbiyani ajratib bölmaydi. Bilim bermay turib tarbiyalab bölmaydi. Har qanday taʼlim tarbiyalaşga ham xizmat qiladi.
***
Olim – kitoblardan köp narsa örgangan kişidir. Öz davrining ilm va tajribalarini özlaştirgan kişi öqimişli sanaladi. Hayotining mohiyatini anglagan kişi esa ziyolidir.
***
Şeʼriyat inson qalbidagi olovdir. Bu olov yondiradi, harorat va nur beradi. Çinakam şoir ixtiyorsiz şaklda, iztiroblar bilan yonadi va boşqalarni ham yondiradi. Hamma gap şunda.
***
Sanʼat yaxşini yomondan ajratişning bir usuli, ezgulikni tanişning bir vositasidir.
***
Töğri, oltin bor joyda tuproq ham köp böladi; lekin bundan biror-bir aqlli gap aytiş uçun istagança valdiraş mumkin degan xulosa çiqmaydi.
***
Sanʼat yaxşini yomondan ajratişning bir usuli, ezgulikni tanişning bir vositasidir.
***
Har qanday yaramas özidan tubanroq yaramasni topişi va undan yaxşiroqligi bilan ğurulanişi, özidan rozi bölişi mumkin.
***
Eng hayratlanarli xatoliklardan biri – baxt heç narsa qilmay yaşaşda, deb öylaşdir.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


