1.
Mani yozğirma, ey qismat,
özimdan özga kelganman.
Çamanlar kulgusi öçgan,
Yomğirvaş kuzda kelganman.
Kim atlas, kim kimxob uçun,
Men esa bözga kelganman,
Taʼmsiz, eski dunyosiga –
Bir hovuç tuzga kelganman.
Könglimni titmaki ğanim,
Sanga köz-közga kelganman,
Dedilar: işq-kasalmanddir,
Işqi qaqnusga kelganman
Adaştirdi mani ranglar,
Ğamangiz tusga kelganman.
Yonar gulxan aro jonim,
Öylama, muzga kelganman.
Umrimni kaşta qilsin deb
Çevar-guldözga kelganman.
Kim bölsang ham yölimdan qoç,
Mardona sözga kelganman,
Afsona sözga kelganman.
2.
Men sozman,
Qölingda sozlanguvçi soz,
Tomirlarim çertar işqning noxuni,
Barglar şivirlaşin
Solasan menga,
Sen menga solasan sargardon kunni
Çayqalib boradi umrim soyasi, –
Kuz ğazabin yegan gulday bemajol,
Kuylaring qaʼrida nimadir pinhon,
Kuylaring qaʼriga töldim ehtimol
Har kuni sozlaysan yangi ohangga
Kuylar oqib kelar dard çorboğidan.
Seskanib ketadi beçora hayot
Çarçagan yuragim qaltiroğidan
Men sozman.
Çalasan jilmayadi ğam,
Çalasan badtarroq kuyadi sahro.
Ayt, axir, bormidim özimdan avval,
Bormidim, kuyingda bölmagunça jo.
Men sozman, qölingda
Eskirgan bir soz,
Şimaman borliqning mahzun öyini.
Ilohiy sozandam,
nomini aytgin,
Menda çaladigan sönggi kuyingni.
Men sozman qölingda
Sozlanguvçi soz…
3.
Bu qaysar ğul ğula jonimdan kelur,
Umrim larzalardan heç olmadi tin.
Neni qoraladim, neni kuyladim
Men ham şoirmanmi özingiz ayting?
Qaçon öz ğamimdan ortib,
oğrinmay –
Özgalar dardiga böloldim şerik
Axir, qoçmadimmi,
bemor haqiqat –
Naʼra tortganida şerday:
Men tirik!
Oyning yoğdusiga ğarq
bölib, tanho,
Lof urdim işqimning
gulistonida
Ğaliz edi manda, quvonç ham
baxt ham
Nimani axtardim zulmat qonidan
Nega men yaşirdim özimni tunga,
Tonglar jarangiga qilmadim parvo
Nega yer qaʼridan manzil axtardim,
Yöqlab kelganida gohida samo
Şoirlik baxtmidi yoki baxtsizlik.
Men qaysi tarafdan keldim söz tomon.
Içimda ingraydi million yillik dard:
Sening şoirliging yolğondan, yolğon…
Axir xalq köngliga borguvçi yölni
Qayğular sindirib taşladi çil-çil.
Men kimga öxşadim,
kimga ergaşdim –
Şamolni kuylabman ellik
töqqiz yil!…
Men ham şoirmanmi özingiz, ayting?!
4.
Saraton,
hansirar yer bilan osmon,
O, nega gullarni ğijimlaydi yoz?
Va quyoş şönğigan suvning içidan –
Ğamgin qurbaqalar beradi ovoz.
Jismida bol tölgan şaftolilarning
Ifori quşlarni aylagan majnun.
Hansiragan yerni hamda osmonni
Soyalar çayqalib qilar tarannum.
Ammo men ketişim kerak bu yerdan
Şudringlarning saxiy qalbiga tomon.
Axir, ğijimlangan gullar faryodi,
Jon-u jahonimni örtadi yomon
Şunday söladimi yoşlik fasli ham,
Şunday tinadimi jonning naʼrasi.
Olib ketadimi bizni bir kuni
Osmon sarobi-yu yerning nafasi.
Yaşayman umidvor, ilhaq, jonsarak,
Sezgum: köpi ketib, qolganidir ozi.
Va kelar könglimning
qaʼridan yana
Ğijimlab taşlangan gullar ovozi.
5.
Jannat boğlarida pişgandir soğinç,
Nilufar yuziga qöngandir şabnam.
Kavsar suvlariga öyçan tikilib
Biz haqda xayollar surgandir onam,
Tubo hidlab qaytgan
qaldirğoçlardan
Berib yuborgandir bizga salomin
Va yana soddalik bilan aytgandir
– Unutib qöymangiz har birin nomin
…Onajon, men kördim qaldirğoçlarni,
Ular salom aytdi sening tilingda.
Jannat içida ham oroming yöqmi,
Nega taşvişimiz hamon dilingda.
Bizdan heç xavotir olma onajon,
Hamma öz kunida yayrab yuribdi.
Ortingdan qolganmiz oltita soya –
Hali yuragimiz urib turibdi.
Qaldirğoçlar kelmay qöydi sendan söng,
Derazani yopdi kiçkina ukam.
Sen bilgan huuv öşa qadrdon uyda
Kezib yurar endi bahaybat bir ğam.
Qabring toşidagi suratingni ham.
Öçira boşlabdi yomğir va şamol.
Men ham suratdirman hayot köksida,
Uni ham öçirgay yomğir ehtimol
Hamon ketayapman,
bilmayman qayga,
Qayğular yangi-yu, şodlik eskirgan,
Sen mehribon degan odamlar bugun
Beşafqat şaytonga tomon yugurgan.
Ularga yuragim açiydi, ona,
Közlarimga tölar aççiq bir boda
Köksimga urilib yupatar meni
Jannat boğlaridan kelgan şabboda.
Va yana öylayman:
soğinç pişgandir.
Rizvon daraxtiga qöngandir quyoş…
Va jonim uyidan közimga qadar,
Emaklab-emaklab keladi köz yoş…
Jannat boğlarida pişgandir soğinç.
6.
Bir kuni özimni olib ketaman
Hayot ildizidan dilni suğurib
Tomoşa qilaman quyoş uyini
Juda ham, juda ham yuksakda turib.
Bir kuni özimni olib ketaman,
Namozşomgullari közin oçgan payt,
Menga hamroh bölar, ham safar bölur
Suyak-suyagimdan ötib ketgan dard.
Va yuksakda turib tinglayman tağin,
Hayotning kir bosgan qah-qasini
Söng entikib deyman özimga-özim:
– Jonimga içirsam işq nafasini.
Bir kuni özimni olib ketaman,
Ğanimim suyunmang, döstim açinmang…
Aytay, tinç yaşaşga qöymaydi sizni
Yuksakda ruhimdan taralgan
jarang.
– Şaffof bölgin yana şaffof bölgin deb.
Billur ovoz kelar osmon qaʼridan,
Va samo ruhiga qovuşar könglim.
Qutulib tiriklik ğalvalaridan
Bir kuni özimni olib ketaman.
7.
Sen ham sezdingmi, döst yer tomiridan,
Sizib çiqqanini qandaydir alam.
Sarğayib borayotgan öt-ölan içra –
Sarğaygan daraxtday sillasiz tanam.
Zavqim ham yölidan qolmadi, ketdi,
Unga aytolmadim: – qaytging kelsa qayt
Qoqşolga çalingan panjasi bilan,
Meni mahkam quçib turar rutubat.
Sezdingmi,
tun böyi sölgan gullarning
Qayğusida şabnam, titroqlarini
Va şamol qaçondir öğirlab ketgan –
Yoşlik şiddatining ingroqlarini
Kimdir öt qöyganday umrim boğiga.
Çarsillab yonmoqda keçam, kunduzim.
Odamzor dunyoda biror odam yöq.
Ajralib ketayapman özimdan özim.
Qiçqiraman:
Hoy, döst qutqargin meni, –
Yerga çandib qöygan riştalarim uz!
Qayerdandir kelar döstning ovozi:
– Özingni bos, axir, kuz kelayapti, kuz…
8.
Ortimda fitna-yu, oldda ardoğlar,
Aytmişlar: nomida bunga köp doğlar.
Ruhimni yançmoqda ğanim, çarçoqlar:
Nomimni yuvişga daryoga ketdim.
Çaqirma, tillaring kuyadi şamol,
Quşlarday hurkakdir holimdagi hol
Hajrida men uni kördim ehtimol,
Nomimni yuvişga daryoga ketdim.
Çorlama yoningga bormayman endi
Çinnigul, qarğişing qonimga indi.
Döstsiz ekanligim yomon bilindi.
Nomimni yuvişga daryoga ketdim.
Ular töp-töp, ular uyur-uyurlar –
Bunçalar köp axir beor ğayurlar,
Qaçon tinç yaşaşga meni qöyurlar –
Nomimni yuvişga daryoga ketdim.
Ğiybat, miş-mişlarga tölgan öng-sölim
Sen ham maydalaşma, titmay dil kulim
Kelsang, mardona kel, mard kelgin ölim.
Nomimni yuvişga daryoga ketdim.
9.
U kimdir könglimda qilgan ğalayon
U kimdir borimni yöqqa berkitgan.
Va çayir qöllari qöliga tegmay,
Jonimni xoşokday olovga otgan.
Goh yiğlab, goh kulib keça-yu kunduz.
Umid boğlarimda şopirgan xazon
Yovvoyi ğam bilan çoğir talaşib.
Va yana ertamni aylagan payhon
U kimdir, baxt sari otlanganimda,
Yöllarimni tösgan , yongan, qaqşagan.
Kuygan yulduz bilan aldab ruhimni.
Va ojiz jismimni tuflab taşlagan.
Baʼzan sançiladi xayollarimga
Quyoş adaştirgan nurning siniği.
Aşkim oy tutilgan tunday qoronğu.
Böğzimga tiqilar çaqmoqday yiği
Ming yillik suronlar keçganday mandan,
Holsirab vujudim titraydi dir-dir.
Qaddimni tiklaşga bermaydi izn –
Men hanuz bilmagan ul maşʼum kimdir…
U kimdir könglimda qilgan ğalayon…
10.
Boryapman, jaranglaydi tun,
Va ruhimga qönadi şabnam.
Maysalarning hurmati uçun
Şabnam bölib titrayman men ham
Körgum, yoruğ dariçalarga –
Şirin xabar yetkazar şamol.
Va bulutning parçalariga,
Işq naqşini çizadi hilol
Nedir sodir bölganligi rost
Berolmasman garçi bunga tan
Ketayapman, oşiqlarga xos,
Işq naqşi bor bulutlar bilan
Ergaşadi zulmat boğidan
Qoçib çiqqan nurlar galasi
Qörqmayapman qoronğulikdan
Çunki tegram – Uning nafasi
Boryapman, borganmi sari…
O, könglimga yulduz çayqaysan.
Sezayapman, mendan ilgari
Bu yöllardan ötib ketgansan.
Boryapman, jaranglaydi tun.
Halima Ahmedova
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida