17 daqiqada öqiladi

276 marta körilgan

Maşriqqa yuzlangan suvoriy

Maşriqqa yuzlangan suvoriy

(Hikoya)

Öşa kun borliq qoravut tusga belangandi. Havoni rutubat qoplagan, yoğiy laşkaridek bostirib kelayotgan quyuq qora bulut oğir va ezgin ruhiyatni yetaklardi. Men işlayotgan şifoxona uyimdan ança uzoq bölib, yöli önqir-çönqir, qiyaliklardan iborat. Ayniqsa, yoğingarçilik paytlari bu yanada köproq sezilar, xavf-xatarsiz, erkin va ildam odimlaşimga yöl bermasdi. Talabalik yillarimdan yoğin-soçin kunlarga asqatib kelgan, hozirda ança uniqib qolgan yomğirpöşimni olmay yölga çiqqanimni öylarkanman, hademay yuz berajak, kuçli jala yoki etga igna sançib, kutilmaganda qorga evriluvçi sovuq yomğirda insiz qolgan polapon singari diydiraşimdan taşvişim ortardi. Qora bulut kirdikorlariga doş beriş payida qadamlarimni jadal va şu­ning bilan birga ehtiyotkorona bosişga harakat qilardim. Manzilimga talafotsiz yetib oliş va bu yerda adolatsizliklar jabridan telbalik bolişiga boş qöygan bemor ahvolidan mahobat dovulini çalayotgan qora bulutning muqaddas qu­yoş yuzini tösib olgani, yerdagi barça kölankalar, tutunlar, tumanlar bilan bahamjihatligi va yakdilligi taşvişlarimni yanada oşirardi. Biroq bu ğanimlikni kun kelib nur qarşisidagi soya yangliğ barham topişi muhaqqaqligini öylarkanman, könglimga xotirjamlik va halovat epkinlari sizib kirayotganini payqardim.

Qarovimdagi bemorning keça tunda ahvoli yanada oğirlaşgan: tana harorati kötarilib, terga botgandi. U dam ötmay telbavor hayqirardi. Göyo hademay boşiga yopirilajak va uni mahv qilişga şaylangan ölim şarpasi bilan duç kelgandek közlarida qörqinç va tahlika iz solar, hayratlanar, taʼqib ostiga olgan va tinç hayotidan mosuvo bölgan allaqanday qora bulut şaʼniga laʼnat öqirdi. Bu holat meni şunçalar esankiratardiki, bemor tanasiga yuborayotgan uxlatuvçi muolajalarim­ning taʼsirsizligidan hayratim oşar, taşviş, tuşkunlik va çorasizlik tobora şuurimni ostin-ustin qilardi. U jahl bilan qöllarini yu­qoriga çözgança havodagi allanimani ezğilab taşlamoqçi bölib böşliqqa çangal urar, bu paytda közlari kosasidan otilib çiqquday qörqinçli çaqçayar, gavdasi jonsizlangan holatiga nomutanosib, favqulodda paydo bölgan allaqanday kuç taʼsirida ğayritabiiy kötarilar, tişlari asabiy ğijirlar, lablaridan intiqom va nafrat ufurgan sözlar otilardi. Men uning dardi bilan kuraşardim. Dam-badam bilak tomirlari­ga tinçlantiruvçi ukol qilar, qoraçiqlariga eʼtibor qaratar, yurak urişini tekşirardim. Garçi kuçli muolajalar taʼsirida tongga yaqin közi ilingan bölsa ham uning qovoq va lablari­ning tez-tez uçayotgani, asabiy tiş ğijirlatişi, nafas oliş maromining öqtin buzilişi uyqusiz­likdan va kuçli çarçoqdan yumilib borayotgan közlarimdagi muvaqqatgina oromimni ham yulib ketardi. Men rostdan çarçagan edim. Keça kasalxonada tunab qolişim özim uçun ham qulay bölişini bilib tursam-da, kiçik öğlimning öpkasi şamollagani bois, uyga qaytişga majbur bölgandim. Biroq men uzoq vaqt öğlim bilan maşğul böla olmay, kerakli dori-darmonlarni içiriş tartibini xotinimga tuşintirarkanman, kasalxonada mendan najot kutayotgan bemorlar, ayniqsa, favqulodda zahnli, ğayrioddiy va salomatligi xatar iskanjasida turgan bemor qoşiga şoşilişim kerak edi. Ammo yer-u kökka titroq solib, vahşatli gumburlayotgan yildirim hamda tezda yuz berajak qudratli jala xavfi yuragimga dahşat olovini yoqar, bu esa tavakkal iş tutişim, olğa inti­lişimga qarşilik qalar, yölimdagi taşlandiq, tökilib bitgan çöponlar kulbasida nafas rostlaşimda boşqa çoram yöq edi.

Kulbani xaroblik botqoğiga botgan desa xato bölmasdi. Içkarini soçilgan har xil junlar, çala ğajilgan jonliq suyaklari, quş patlari, çakka ötişdan halqoblangan kölmaklar, zaxning açimsiq hidi dimoğni yorar darajada badböylik egallagandi. Burçakdagi tomçilardan xoli bir parça quruq joyning ham panoh bölişiga köp işonolmaysan. Qora bulut kuçi hali-beri böy bermasligini öylarkanman, yura­gimga vahm örlar, bemorimning keçirgan kunlari, ğayrişuuriy va ğayrioddiy tafakkuri va zabonidan nadomatga tölib otilayotgan nidolari hozir ham meni tinç qöymas, nigohimga dahşat va mavhumot tasvirlarini çizardi.

Uni bundan ikki oy oldin yoşi taxminan özi bilan teng bölgan bir kişi kasalxonaga olib kelgandi. U bemorning örtoği ekanini aytib, mendan unga yaxşiroq qaraşimni tayinlarkan, atrofga olazarak qaragan köyi uning oddiy bemor emas, balki fikri teran, favqulodda bilimli ekani va nufuzli odamlar eʼtiboridan uzoqda emasligini ham piçirlagança, qistirib ötgandi. Bemor juda kam gapirar, uni bilmagan odam kar-soqov deb öylaşi ham mumkin edi. Oradan bir hafta ötgaç, uni negadir boşqa palataga olib ötişdi. Bemorga öz işiga sovuqqon, ta­kabbur va tantiq bölim boşliğimiz davolovçi şifokor sifatida muolaja boşlagandi. Biroq bemorning palatasi va qarovçi şifokori boşqa bölsa-da, tez-tez oldimga kelib turar, bir lahzalik taşrifida ham lablaridan qora bulutga nafrat va intiqom sözlari uçar, köpinça yoşga tölayotgan közlarini mendan olib qoçib, rutubat qaʼriga tikilgança butunlay özga olam içida kezinar, uning mustağriq nigohlariga tikilar va aytayotgan sözlariga hayrat bilan quloq tutarkanman, mavhumot daştlarida çalğigan va adaşgan ruhiyatini anglaganday bölar, garçi tuşunilişi mavhum sözlarni söylayotgan bölsa-da, köz qarşimda u haqiqat tuğini kötargan, elning dardini matoga çe­kib olgan yalovbardor qiyofasida gav­dalanardi. Bemor deraza oşa uzoqlarga taassuf va nadomat in qurgan nigohlarini öqtin va mardona tikarkan, lablaridan ğalati sözlar uçardi: “Vo ajab! – hayrat-la xitob qilardi u. – Makkorlik va ayyorlik libosiga örangan bu bandalar adolatsiz­lik va qinğirliklardan qaddi bukilgan dunyo ustiga namunça gunoh-u qabohatlarini ortmasalar! Alp yigitlarni köringlar: közlari boğliq, qölla­rida qon tusli mato, ayol nomusi arzon, zoğlar­ning boşida toj, qaldirğoçlar qanotsiz, qora bulut qurt yoğar, arxar öljasi ohu, darvişning ohi-yohu!..”

U öşa kuni soqol oldirgan va kiyimi toza edi. Men bemorning körinişida allaqanday taniş qiyofani payqadim va uni köz oldimga keltiriş uçun boşim oğrir darajada zöriqib fikrladim. “Nahotki öşa odam bölsa bu telba?” degan öy çaqmoq çaqardi şuurimda. U ança kunlar oldin boş şifokorga kasalxonada inson zotiga yot va quyuşqondan taşqari işlar bölayotganini aytarkan, allaqanday gazetani uning başarasi qarşisida silkitar va alla­nimaga işora qilar, qöllarini paxsa qilgança kuyib-pişardi. Boş şifokorning göştdor, salqilangan yuzi terçilab ketgan, kökiş tus olgan lablari ğazabdan titragança sözlayotgan kişiga hadiksiraş, ayni paytda jirkaniş hissi bilan qarab turardi. U odamning xotinini yaqinda allaqanday maşina urib ketganini, ayol voqea joyida jon taslim qilganini yaqi­nimdagi ikki hamşiraning sinçkov nigohla­ri-yu sadafdek tizayotgan sözlaridan anglab turardim. Dalolatnoma va zaruriy hujjatlarda ayolning aqli joyida emasligi keltirilgan bölib, bir oy oldin uşbu kasalxonada davolangani va hatto kasallik tarixidan köçirmalar, taşxislar, laboratoriya xulosalari, boş şifokorning alohida qaydnomasi ham tirkalganini bildim. U boş şifokorning aftiga nuqib körsatayotgan gazeta qabulxona ötirğiçlarining birida unitilib qoldirilgani, uning asabi va es-huşi özida emasligidan dalolat berardi. Şunda beixtiyor qiziqsinib gazetani qölimga oldim. Oçiq qolgan sahifada köhlik bir ayolning surati bölib, tagida “Maktabimiz faxri, ustoz öqituvçimga” degan kattagina bağişlov ham körinib turardi. Şu kez favqulodda keça bölim boşliğimiz meni xonasiga çaqirib aytgan gapi esimga tuşdi. U menga ğoyatda sirli öziga yaraşmagan va köngilga sovuq ruhiyat qözğovçi iljayiş bilan:

– Kasalxonangizda şu ayol davolanganmi, deb bir ayolning suratini körsatişsa, – dedi u özini xiyla erkin tutarkan, – davolanganini tasdiqlang va taniyman, deb ayting, xöpmi?

– Nega endi? – dedim hayron bölgança. – Agar davolangan bölsa, albatta, aytaman, aks holda…

– Nima aks holda? Tuyqus rangi özgardi uning. – Qaysi azobda işga kirganingiz esingizdadir? – dedi qoraçiqlari öynab. – Kasalxonada işlaş umidingiz bormi özi, agar tinç işlab yuray desangiz xuddi şunday deb guvohlik berasiz. Bu yuqorining topşiriği. Xotiringiz jam bölsin, men allaqaçon yozib berganman. Kerak bölsa, avvaldan bu telbani taniyman, deb aytişim ham mumkin!

Töğri aytayotgandi u. Işga kirişim, dar­haqiqat, boşimga yetarli balolarni olib kelgan. Tuman şifoxonasining terapiya bölimiga işga kirişni orzu qilardim. Institutni aʼlo baho­lar bilan tugatganim bois, öqişim davomida tösiqlarga uçramaganman. Nazarimda hamma insofli edi. “Adolatliman, demak, hamma ado­latli” deya öylar va bunga qattiq işonardim.

Biz uç kişi kirdik boş şifokor qabuliga. Hamrohlarimning işi darhol bitdi. Biri tez yordamga, ikkinçisi poliklinikaga.

– Sen kutib tur, – dedi boş şifokor menga. – Hammani birdek iş bilan taʼminlay olmaymiz. Bu javob orimni qözitdi.

– Men terapiya bölimida işlamoqçiman, dedim şoşib. – Iltimos, işga oling, oşqozon osti beziga oid ilmiy tavsiyalarim bor, aʼlo baho bilan bitirganman.

Şunday dedim-da, ustozim, professor Salom Ğafurovning yozib bergan tavsiyanomasini uzatdim. Boş şifokor tavsiyanomaga bir zum hafsalasiz va sovuqqina köz taşlab olarkan, oğriniş bilan:

– Kutib turgin dedim-ku! – dedi iddao bilan. – Gapga tuşunmaydigan bolaga öxşaysan-a? Ğafuroving kim sening, tavba, Ğafurov emiş?

– Ğafurov uluğ odam, u kişi haqida be­pisand gapirmang, – dedim tap tortmay. Boş şifokorning közlari ğazabnok boqdi.

– Senga iş yöq, – dedi salmoq va qatʼiyat bilan. – Bölişiga umid ham qilma. Senday qöpol, betgaçopar döxtirdan bemorlar aziyat çekadi. Jahlim çiqib, olaygan va taʼqibli közlarga tik boqdim. Biroq aytişim kerak bölgan gap böğzimga tiqildi. Qanday omadsizlik. Men şifokor ekanimni öylarkanman, qaçondir bu takabbur közlar bilan töqnaş kelişimni va mening endigi yölim murosa-yu madora ekanligini bilgan holda, tilimni tişlaşim, jahlimga tuşov urmoğim kerak edi. Tuni bilan tölğonib çiqdim. Özimça boş şifokor bilan olişib-talaşdim. Unga aytişim kerak bölgan sözlar köp edi, biroq… Ertasi yana bordim. Kimsan deya, qayrilib ham qöymadi. Allanarsalarni titkilagança:

– Böş joy topilsa çaqiramiz, manzilingni kotibaga qoldir, – dedi bazör yuzimga qaraşni ham ep körmay. Şu onda yozuvçi aytgan haqiqat çaqmoq çaqdi ongimga: “Dunyodan qöl yuvğuvçidan ham tili uzun odam bölmas”.

– Böladi öşa böş joy, topib berasiz, – dedim keskin. – Albatta böladi! Boş şifokor hayratlangança közlari olayib ketdi. Stolga tiralgan qöllari titradi. Men ham undan közlarimni olmay turar, göyoki şer hamlasiga tayyorlanardim. Uning qaraşida majburiy bosiqlik va ayni payt meni qaçondir ğajib taşlaş maqsadi mujassam sovuq uçqun yiltirardi. Yana ortimga burildim. Şuurimda majburiy yeçim qaqşar, zabonimda alam şiviri betin edi: ku­tiş, kutiş, kutiş…

Bir yil ukalarimga qaraşdim, ular bilan loy suvoğ-u imorat, eçki-qöylarga yemiş-yantoq. Qaqragan, xas-u somonlarini devona şamol uçirib ketgan, köngilga tuşkunlik soluvçi taqir tepaliklar, fayzi yöqolgan qirlar makonimga, yolğiz öy suriş, yostiqday tibbiyot ensiklopidiyalarni varaqlab ötiriş kunlik maşğulotimga aylandi. Naqadar zerikarli edi hayot, köngilga qil siğmas mahallar, uzundan uzun kun-u keçalar… Qanoat kerak. Qanoat ötar kunlarga yovuq. Men hamon özimga işonar, umidlanar va oriyatimni boşim uzra baland kötarardim. Biroq hanuz öşa saroblik. Öşa jonga naştar qadovçi, mazax javob: ”Böş joy yöq…” Yuqoriga arz qildim yana. Kun aro çaqiriq qoğozi. Şumşuk talabgor, kal­tabin yozğuvçiman göyo. “Adolat peşvolari” közlarga baloy-u qazo… Öşa zerikarli kunlar saroblar ortidan quvaverdilar, quvaverdilar, al­qissa mendagi qanoat va işonç umid eşikla­riga kalit soldilar. Muruvvat darçasi qiynalib oçildi men uçun. Uzoq toğ qişloğiga. Xuddi asarda öqigan Ona Döliday, Zaynilar makoni kabi… Oddiy va kamtargina iş-feldşerlik. Uç yillik öqişni amal-taqal bitirgan diplomida “hamşira” sözi bitilgan, şifokor tavsiyasi bi­langina muolaja qila oladigan kamtargina kasb. Bu past nazar oriyatim va qatʼiyatimni xiviç kabi bukdi. Çidam va irodam toliqdi. Yana arz qildim. Yana çaqiriq. Yuqoridan kelişdi. “Sendan boşqa işimiz qolmadi” dedi iddao bilan tumandagi mutasaddi. Keyin tap tortmay: “Boş şifokor bilan kelişsang, osmon uzilib yerga tuşarmidi. Ğorda ösganmisan, nima balo. Yöli şu. Kelişiş?!” Baqrayib qoldim unga. Boş çayqadi. Yuzidan nafrat va hayrat yoğildi. ”Senbop iş bor, dedi nihoyat muruvvat uçqunlari uçgan közlarini qaratarkan. Zör iş. Psixbolnitsa. Bilib qöy, bu feldşerlik emas, yana yozib-çizib yurmagin. Vraçlik! Terapiyami, asab tizimlarimi, marhamat. Ilmiy iş uçun allanimalarim bor deyotganmiding? Bemalol tatbiq qilaver. Yaxşigina tajriba joyi.” Mutasaddining muruvvatidan har qança quvonsam kam. Yoki bu taklifga ham könma­yinmi? Könmay çora bormi? Bardoş-çi? Qoldimi öşa his? Terapiya degan tibbiy termin ham “yöl körsatuvçi”ning nopisandligi bilan qorişib ketdi. “Tajriba qiliş uçun joy, telbalar makoni” Alvido, ğörgina orzu! Alvido, terapiya!

Meni tizginsiz öylar iskanjaga olardi yana. Qarama-qarşi fikrlar yengişga çoğlanardi battar, tunlar bedorligi, öylar qiynoği: “Bölim boşliğining topşiriğini bajarişning imkoni bormi? – deya peşkaş bölardi toliqqan fikr, çuvab-çuvab körinardi çorasiz şuur. Uvol işlarni vijdoni lat yemay bajradiganlarga qançalik oson. Joynamozdan töqim tikkanlar aziz. Uvaysni sök desalar, sökarlar! Dil azobi qattol, bir umr ilon zahriga tan tutiş, vijdoni yurak kabi tepib turganlarga qançalar muşkul. Muşkulligi şu qadarki, ruboiydagi uç yuz Köhi Qofni kelida tuymoqdek, yurak qonidan falakni böyaş kabi. Men ayta olmayman. Aytib bölmaydi. Qasam kabi imkonsiz. Aytarga yöl beriş ham inson bolasi iymoni uçun lat . U ayol eng nafis va uluğ kasb egasi. Şogirdlarini sevgan, izdoşlari siylagan murabbiy. Telba emas, telba emas faqat!”

Yakşaba kuni menga qadrdon bölib qolgan bemorni kasalxonaga olib kelgan kişi eşikdan kirib keldi. U bemor örtoği haqida sörab suriştirarkan, nadomat hisi bilan menga umidli qaraş qildi va istihola bilan söradi.

– Doktor, ayolning kasalxonaga yotganligini tasdiqlovçi fikr aytdingizmi? Men boş çayqadim va dedim:

– Garçi bu kabi işlar qadr topmasa-da, vijdonim oldida yerga boqişni istamayman.

– Rahmat, – dedi u eşitilar-eşitilmas. – Biroq örtoğim xotinining xunini talab qildi va boşiga mana şunday baloni orttirdi. Men suhbatdoşimga qiziqsinib qaradim hamda özim uçun muhim bir haqiqatni topmoqçiday eʼtiborimni jamladim.

– Örtoğingiz nega bu holga tuşdi? Axir, bu dunyoda xotini qazo qilganlar, adolatsizlikka yuz tutganlar kammi?

U barmoqlarini asabiy şiqirlatib ötirarkan, atrofga olazarak, xuddi birov qarab yoki atayin quloq solib turganday, alanglab qaradi va menga xiyol egilgan köyi şivirladi:

– Örtoğim yuqoridagilarni köngliga ğulğula soldi. Ayniqsa, tomiri suvga yetgan takabbur boş şifokorning oromini buzdi.

– Xöş, – dedim sabrsizlik bilan. – Undan keyin…

– Har safar tekşiruvçilar ayolning aqldan ozganligiga işonar, örtoğimga taşxis va tahlil natijalarini rökaç qilişar, boş şifokorning işlarini töğri topişardi. Örtoğim esa kuraşni davom ettirişdan çarçamasdi. Bir kuni u işxonasiga tibbiyot körigi ötkazadigan xo­dimlar kelişadi. Hammasi qonuniy. Yillik tibbiy körik. Malakali şifokorlar, köçma laboratoriya. Har xil tekşiruv asboblari. Şifokorlar tört kişining qon bosimi oşganini aytişadi. Ular orasida örtoğim ham böladi. Törtovining ham tomirlaridan ukol yuboriladi. Bu voqeadan ön kunça vaqt ötgaç, örtoğimnikiga hol söraş uçun bordim. Uning gaplarida ğalatilik, çalğişlar, mavhum fikrlar, öziga öxşamagan xarakter menda şubha öyğotardi. Uni xolis yerga boşlab sörab-suriştirdim. Könglim alağda edi. “Begona kişilar bilan yaqin orada birga ovqatlandingmi, deya söradim. Yoki biror yering oğrib, ukol yoki dori qabul qilmadingmi?” U heç qanday dori qabul qilmagani, biror yeri oğrimagani, şunçaki bir neça kun avval işxonasida tibbiy körik bölgani, tört kişi­ning, jumladan, özini ham qon bosimi oşgani uçun muloyim muomalali xuşbiçim doktor ayolning tavsiyasi bilan tört kişi ham ukol olganini ğoyatda xotirjamlik bilan aytib berdi. Örtoğimning gapidan no­goh qalqib ketdim. Uning közlari porlab turardi. Buning ustiga haligi ukol qilişga tavsiya bergan xuşbiçim şifokor ayolni xotiniga öxşaşini aytarkan, jilmayar va hiqillab yiğlardi. Hammasiga tuşungandim. Subatdoşim afsus bilan boşini çangalladi. ”Endi uning holi nima keçadi, deya örnidan turdi. Suhbatdoşimning barmoqlari asabiy titrardi. “Bolalari kimga qoladi endi, davom etdi u, hali ular norasida. Beçoralar. Mendan onalari va otalarini söraşmoqda. Ularga vaʼda berayapman. Albatta, ota-onala­ringni olib kelaman, deyapman-u, ularni qa­yerga joylaştiriş haqida boş qotirayapman. Qarindoş-uruğlari yöq hisob. Bölganda ham nima özgarardi. Şu zamonda birovning ortiqça noni bor deysizmi? Ortiqça boş oğriq kimga kerak. Buning ustiga onaning aqldan ozganligi haqidagi mudhiş miş-mişlar-u otaning bu ahvoli. Ha, darvoqe, bu yoqqa kelgunimça bolalarni yetimlar uyiga joylaş­tiriş böyiça kerakli hujjatlarni bilib oldim.” U şunday deya yoqa tugmasini yeçgança, oçiq deraza oldiga keldi. Uning ruhiyati menga ham köçgandi. Boşimga ming bir xayol yopirilardi.

– Anavi nima qilyapti bu yerda, – dedi u tuyqus deraza oşa taşqariga qararkan. – Doktor, iltimos, qarang, qarang, böş hovuzga qarmoq taşlab ötirgan odamga qarang! Men şoşib deraza oldiga keldim. Yaqinda kelgan yigitni tanidim.

– Kasal. Davolanayapti, – dedim bamaylixotir.

– Kasal?! – Uning sözidan istehzo ufurdi. – Yana bir yovuzlik, yana bir jinoyat! Doktor, kasalxonami bu, nima axir?! Men uning hayajonidan hayronlik tuygança unga yaqinlaşdim va qöllaridan ohista tutdim.

– Ötiring, ötirib oling-çi, – dedim unga muloyim qarab. – Yana nima gap?

– Bu yer şifoxona emas, dedi u titragança. – Qabohatni yaşiradigan mudhiş makon! Axir, u keçagina öz döstining xotiniga tajovuz qilgan, şarmisor bölgan, odam zotini oyoq uçida körsatadigan amaldorning arzandasi-ku. Naqadar jirkançlik va insofsizlik! Qarang, unga ham kimdir muruvvat eşigini oçibdi. Ajoyib rahnamolik! Sizga hozirgina aytdim-ku, doktor, bu yer muruvvat makoni deb. U muruvvatga emas, aksinça osib öldirişga, yöq-yöq, baʼzi aʼzolari qiymalab taşlanişga arziydi. Jahldan yuzlari qoravut tusga kirgandi suhbatdoşim­ning. – Albatta, unga ham aqlan zaif, degan hujjat kerak, – deya davom etdi u, menga yovqaraş bilan. – Töğrimi gapim, örtoq doktor?! Hujjatni allaqaçon, qon tahlillari-yu taşxisiga qöşib tayyorlab qöygan bölsalaringiz kerakdir, a? Axir, şunday qilmasanglar u “beçora”ga qiyin bölardi. Kamida sakkiz yil-u yana qança­dir oy… U menga tikilib turarkan boş çayqadi. – Siz bu işni qilmang, xöpmi, – dedi sözlari birmunça yumşab. – Örtoğim bilan keçagi suhbatimizda u sizni hurmat qilişini aytdi. Ha, aytgança, u yaqinda sizni bölim boşliği vazifasiga kötararkan. U şunday deya zörma-zörakilik bilan kulimsiradi. – Uning aytişiça, siz bu yer­dagilarga öxşamas ekansiz. Örtoğim taʼkidlayotgan qora bulutni tarqatib yuboriş va qabohat öçoğiga suv sepiş sizga öxşagan odamlarning qölidan kelarmiş. Biroq unday odamlar yakkalik qiladilar, dedi örtoğim. Yana aytdiki: Siz oq tulporli suvoriylarga qöşilmoğingiz kerak ekan. Uning aytişiça, suvoriylar sarkori jafo öçoği bölmiş qora bulutni parçalaş uçun bel boğlagan, tez orada ana şu xayrli iş amalga oşadi, asriy azob yaloviga singigan qora tumanlar, kölankalar, rutubat olovini yoquvçi qora bulutlar, mağrur boş kötaruvçi muqaddas quyoş poyida tiz çökadilar, öşanda nomuslar va insoniy qadr­-qim­mat toptalmaydi, haqiqatni aytuvçilarni tillari kesilmaydi, tönğizlar lolani yemaydi, va… va farzandlari va şogirdlarining şuurida Ona-Vatanga mehr, kelajakka umid va işonç uyğotadigan mötabar ona şaʼniga telba degan tamğa heç qaçon ilinmaydi.

Suhbatdoşim örtoğining uşbu sözlarini aytarkan, közi namlangança qöşib qöydi: – Beçora odam, armonda ketmasa edi hali. Aytişiça, u suvoriylarga qöşilişni juda istagan ekan.

Darhaqiqat, bemor aytgan va men eşitgan sözlar donişmandlikka monand mulohaza va çaqiriq edi . Aslo telbalarga xos emas! Suhbatdoşim aytgan va menga ögit hisoblangan bu sözlardan lol qolgandim, botinimda allanarsa qözğalib kelayotganini sezardim: masʼuliyatdir balki u, daʼvatdir, ğururdir, ordir, burç, uyğoqlikdir ehtimol. Ayni çoğ köz oldimda bemorning alamli va armonli közlari muhr bosar, uning dardini anglamoq va fikriga eş bölmoq uçun yovuq va jondoş bir sezgining vujudimga qon kabi oqib kirayotganini sezardim.

Çöpon kulbasidan ötayotgan çakka hamon asabimga rahna solardi. Taşqaridagi sovuq havo va etga niş sançuvçi izğirindan aziyat çekkan vujudim içkaridagi iliqlikdan najot topgan, dovul çalayotgan va yerga tegay deb uçayotgan qora bulut hamlasi hanuz yuragimga vahima va noçorlik ruhiyatini solar, men esa betinimlik bilan quyoş issiqligini, uning jonbaxş nurlarini soğinar, ahyon-ahyon oniy  lahzada közlarim ilinar, bir çimdim uyqu hosilasida esa allaqanday omonatgina namoyon bölayotgan surat yoxud siymolar almaşinuvini payqab qolardim. Çamamda tong otişiga ham oz qolgandi. Bu paytda tirik jon ruhiyati bir qadar böşaşadi. Oğir xastalar­ning yuragi ana şu payt pand beradi. Uyqu xuruji kuçayadi. Qovoqlarimga toş osganday. Dimoğim içkaridagi badböylikka moslaşişga tirişadi. Inson aʼzosi naqadar kirişuvçan. Şu kez kutilmaganda quloqlarim ostida ğayrioddiy hayqiriq keladi va vahşatli guvranadi borliq. Xayolim bölinib ketadi. Köz oldimga bemor siymosi. Şuurim uyğoq. Qoronğilik qaʼridan nogohon uning huş­yor jussasi qalqib çiqadi. U najotkor qöllarini kunçiqarga çözmoqda va xitob qilmoqda: “Odamlarning közidagi boğiçlarini yeçing, közi ojiz odam yetovidan xalos qiling, qutqaring ularni, zoğlar boşidan yuling tojlarni, tönğizdan lolalarni asrang!!!

Uning xitobi tun qöynini yaşin kabi tilgança aks-sado bermoqda. Va unga eş dupurlagan sas dunyoni tutib kelmoqda. Suvoriylar qamçi öynatib boradilar. Arğumoqlari oppoq. Közni qamaştirar darajada oq. Qamçilar şiddat-la, qora bulut bağrini tilib borayotir, qamçilar yaraqlaydi, yaşin kabi köz oladi. Oldindagi sardor hammadan uluğvor, barçadan huşyor. Suvoriylar uning ortidan uçib borarlar. “Qu­yoş, quyoş!” Bu xitob barça hayqiriqlardan ustuvor. Kuçli sezgi. Saçrab uyğonib ketdim. Vo ajab! Qovoqlarimni bosgan toşlar zalvori yöqlikka singgan, ruhim quşlardek yengil. Men batamom huşyorman, ildam örnimdan turdim, suvoriylarni köriş uçun taşqariga otildim. Vo ajab, şunça köp uxlabmanmi? Şunçalar uzoq. Olamga tong nafis pardalarini yoyibdi. Tuş taʼsiri, şekilli, sabr­sizlik bilan suvoriylarni izlayapman. Körişga oşiqayapman. Xavotirlanmasam ham böladi. Ikkilanmayman. Çunki ular mavjud. Albatta, bor ular. Negaki, yurakka ezginlik va dilgirlik uruğini soçgan qora bulutning bağri yirtilgan, ğubor tarqagan, izğirin kuçi qirqilgan, kun çiqiş tomonda şafaq qizğiş tus bermoqda. Qadam taşlayapman, juda şoşilayapman. Bemorning közlarida xuddi tuşda körganim kabi işonç va daʼvat sururini körişni istayapman. U hozir uyğoq va albatta, derazadan qarab turibdi. Közlarini maşriqdan uzmagan, qöllari quyoşga tomon çözilgan…

Tursunmurod Ermatov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…