(Hikoya)
Men universitetning ğişt devori yoqalab borib, maktab binosining qarşisidan çiqib qoldim. Maktab hovlisi ensiz taxta panjara bilan öralgandi. Gullari tökilib bitgan sakuraning qoramtir şoxlari ostidagi qurib-qovjiragan öt-ölan orasidan çirillagan ovoz eşitilardi. Men qadamimni sekinlaştirib, nafas çiqarmay quloq sola boşladim. Söngra çirildoqning sayraşini davomliroq eşitiş uçun, avval öngga, keyin çapga burilib devor böylab ketdim. Devor ortida atrofiga apelsin daraxtlari ekilgan tepalik joylaşgandi. Tepalik poyoniga yetib borgan zahoti entikib, közlarim qamaşib ketdi: men borayotgan tomonda qoğozdan yasalgan rang-barang fonuslar kamalakdek tovlanardi – bamisli bir tupkaning tagida joylaşgan qişloqda bayram bölayotgandek. Hali ularga yaqinlaşmasimdanoq fahmladim-ki, bolalar çirildoq tutiş uçun töplanişgan.
Fonuslar taxminan yigirmataça edi. Ular orasida qizili ham, yaşili ham, sariq ranglisi ham bor edi. Bittasi beş xil rangdagi qoğozdan yasalgandi. Yana biri jajjigina qirmizi rang fonus, şubhasiz, fabrikada işlangani sezilardi. Boşqalari esa – oddiygina, törtburçak, lekin ğoyat çiroylilarini oçiği, bolalarning özlari yasagandi. Bunaqangi bor-yöqligining heç kimga qiziği yöq tepalikda ğaroyib fonus kötarib olgan yigirmata bolaning töplanişiga hayratomuz hodisa röy berişi kerak edi. Mana, masalan, aytaylik… Ittifoqo, keçki payt bir bola tepalik bağrida çirildoqlarning çirillaşini eşitib qoladi. U borib dökondan qizil fonus sotib oladi-yu, ertasiga qoş qoraygan mahal, çirildoqlarni izlab topiş uçun şu yerga keladi. Bir kundan keyin yana bittasi unga qöşiladi. Uning fonus sotib olişga puli bölmaydi. Şuning uçun u karton qutiça olib, uni yonidan qayçi bilan qirqib, tirqiş oçadi, söng öşa yeriga yupqa qoğoz yopiştiradi. Keyin qutiçaning içiga şam örnatadi va ipga osib qöyadi. Qarabsiz-ki, fonus tayyor.
Şu tariqa qöşilayotgan bolalarning soni avvaliga beşta, keyin esa yettitaga yetadi. Endi ular qoğozga rangli suratlar çizişni örganib olişadi. Şu tariqa bu navqiron musavvirlarimiz qutiçaning yonlarida doira, uçburçak, halqa şaklida ismlari yozilgan tirqişçalar qirqiş, bularning ustidan goh qizil, goh yaşil, goh yana allaqanday rangli yupqa, rang-barang qoğozlar yopiştiriş mumkinligini tuşunib qolişadi. Ular yasagan fonuslar bağoyat çiroyli çiqadi. Natijada fabrikada yasalgan qirmizi fonuslarning egalari öz fonuslarini axlatga taşlab yuborişadi, boşqa bolalar ham jöngina yasalgan qölbola fonuslaridan voz keçişadi. Hammalarining nazarida keça yasalgan fonus bugun heç narsaga yaramaydi, şu bois karton quti, qoğoz, möyqalam, qayçi, qalamtaroş va mumning bozori çaqqon bölib qoladi – öxşaşi yöq, fusunkor narsa yasamasa bölmaydi-da endi! Fonusni körib barçaning közi öynasin! Fusunkor, buning ustiga odamning zavqini toşirsin! Mana şunaqa fonuslar bilan bolalar ov qilişga borişmoqçi edi…
Men bolalarning tepalik etagida töplanib turişlarining sababini şunday, deb faraz qildim.
Bolalarni tomoşa qilib turganimda, dafʼatan bir narsani sezib qotib qoldim. Törtburçak fonusçalar qadimiy kitoblar singari suratlar bilan bezatilgan edi. Lekin bu fonusçalarga faqatgina gullar emas, undagi qoğozni qirqib yozilgan bolalarning ismlari ham alohida çiroy baxş etardi. Isixiko, Ayaka… Bular dökonda sotilayotgani emas, mutlaqo özgaça fonuslar edi. Ularning yoni kartondan bölgani hamda tuynukça oğzi naqş çizilgan harir qoğoz bilan tösilgani sababli şam yoğdusi faqatgina mana şu ziylardan taralib çiqardi. Yigirmaga yaqin turli rangdagi doğlar yerda soçilib yotardi. Bolalar çökka tuşib olgança ularni bir yerga jam bölib, töplanişga sabab bölgan çirildoqlar tovuşini tinglaşardi.
“Mana çirildoq! Kimga beray?”– deya tösatdan qiçqirib qoldi bola. U boşqa bolalardan bir qadamça nariroqda közlari bilan maysalar orasida olma-kesak terardi. “Menga! Menga!” – degança bir talay bola uni örab olişdi, ular ham maysalar orasidan nimadir izlagandek alanglaşardi. Bola öziga uzatilgan qöllarni itarib taşladi. U çap qölidagi fonusni boşi uzra azot kötardi-da, boya yaxşi eşitmay qolgan bolalarga qarata yana qiçqirdi: “Çirildoq! Çirildoq! Kimga çirildoq!”
Uning yoniga yana bir talay bola yugurib keldi. Ularning bittasi ham hali çirildoq tutolmagandi.
“Çirildoq! Çirildoq! Kimga çirildoq!”
Bolalarning bu izdihomiga yana bir-ikkitasi qöşildi.
“Menga ber! Menga ber!” – deya qiçqirdi hammaning havasini keltirayotgan bolaning ortidan yaqinlaşib kelgan qiz. Bola ohista ögirilib unga qaradi, fonusini çap bilagiga ötqazib oldi-da, öşa zahoti bajonidil öng qöli bilan maysalar orasini paypaslay boşladi.
– Mana!
– Menga ber, beraqol, iltimos!
Bola örnidan turib qaddini rostladi-da, tantanali qiyofada muşt qilib tugilgan kaftini uzatdi. Qiz fonus boğlangan çilvir ipni çap bilagiga osib oldi va uning muştini kaftlari orasiga oldi. Bola sekingina kaftini oçdi. Qiz haşarotni boş va körsatkiç barmoqlari bilan uşladi.
– Voy-böy, kattaligini! Qanaqasiga çirildoq bölsin! Rostakam çigirtka-ku! – Jajjigina, jigarrang beozorlikni körib qizning közlari çaraqlab ketdi. “Çigirtka, qora çigirtka!” jör ovozda qiçqirişdi bolalar hasaddan içlari kuyib. “Rostakam qora çigirtka!”
Qiz maʼnoli közlari bilan valineʼmatiga birrovgina qarab qöydi-da, beliga tugib olgan qutiçani oçdi va çirildoqni solib qöydi. “Ha, çindanam qora çigirtka”, – deya minğirladi bola. U qizning yuziga möjizakor qizil fonusning yoğdusini tuşirdi – qiz qutiçani köziga yaqin keltirgança içidagi çigirtkani zavq bilan tomoşa qilardi.
Bola qizga tikilib qoldi. Baxtiyor tabassumi uning dilidagini bildirib qöydi. Men esa bu manzarani boyatdan beri kuzatib turgan bölişimga qaramay, uning niyatini endi tuşunib yetdim va özimning befahmligimdan hayratga tuşdim. Şu daqiqalarda yana bir marta ajablanişimga töğri keldi. Buni qarang-a! Na bola, na qiz, na ulardan köz uzmay turgan örtoqlari heç vaqoni sezişmabdi. Vaholanki, qizning köksida oç yaşil rangda Fudjio, degan yozuv röyi-rost körinib turardi. Qutiçani yaxşiroq yoritmoqçi bölgan bolaning fonusi oppoq köylagiga juda yaqin turgani uçun kartonga iyerogliflar bilan yozilgan uning ismi – Fudjio – qiz köksida yaşil tusda jilolanardi. Qizning çap bilagiga osilgan fonus çayqalardi. Bolaning qorin qismida qizğiş doğlar bamisli raqsga tuşayotgan kabi iyerogliflar tinmay tebranar, biroq bu nurli raqsda ozgina hafsala qilgan odam qizning ismini öqib oliş mumkin edi. Uning ismi Kiyoko edi. Na Fudjio, na Kiyoko yaşil-qizğiş nurlar jilvasi içra buni körişmadi. Darvoqe, bu oddiygina jilvaning özimidi?
Faraz qilaylik-ki, Fudjioning Kiyokoga çigirtka hadya qilganini bolalar umrbod esdan çiqarişmas. Biroq özining yaşil rangli iyeroglifda yozilgan ismi Kiyokoning köksida, “Kiyoko” degan qizil iyerogliflar esa özining qornida aks etişini yetti uxlab tuşida ham körişi dargumon. Kiyoko köksida “Fudjio” degan yaşil iyeroglif porlab turganini, özining qirmizi iyeroglifda yozilgan ismi esa bolaning köylagida aks etişini heç qaçon körmaydi…
Sendan ötiniib sörayman, bolakay: baloğatga yetganingda, albatta, “Mana senga çirildoq” deginda, Kiyokoga çigirtka tuhfa qilgin. Şunda qiz: “Nahotki, şu çirildoq bölsa” desin. Sen esa, Fudjio, bu dam uning şodligiga şerik bölasan va ikkovingiz yana jilmayasiz. Şunda sen yana: “Mana çigirtka” deb takrorlaysan va unga çirildoq tuhfa qilasan. Kiyoko esa hafsalasi pir bölib: “Yöğ-ye!” – deydi va siz yana jilmayasiz.
Yana. Garçi boşqalardan nariroq borib yaproqlar orasini titkilaşga fahming yetgani bilan baribir, meni aytdi, dersan, sen çigirtka topolmaysan, Fudjio. Örniga sen özing uçun çirildoq-qiz topib olib, uni çigirtkaga öxşatişing mumkin. Lekin oxir-oqibat sening dilingga mahzun xayollar oralaydi va kunlardan bir kun hattoki haqiqiy çigirtka ham bor-yöği çirildoqdek tuyula boşlaydi. Men esa sen öz fonusingga xos kökiş yoğduning naqadar maftunkorligi va Kiyokoning köksidagi közga taşlanmayotgan nurli halqalarning najotbaxş ekani haqida heç vaqo bilmasligingni öylab, ökinç bilan xayollarga tolaman.
Yasunari KAVABATA
Olim Otaxon tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


