5 daqiqada öqiladi

505 marta körilgan

Zamonaviylik şeʼriyatga zörlab singdirilmaydi

Abdulazizxon Akramov
  1. XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida, turfa keçinmalarni ifodaladi. Qisqasi, baland intellektual şeʼriyat böy-bastini körsatdi, boyidi. Bugungi yoşlar şeʼriyatini bu jihat ila maqtab bölmaydi. Ular bir neçta doimiy mavzu va köproq, köngil izhori bilan çeklanib qolişayotganday. Yoki öquvçi bunday serqirra, sermaʼno şeʼrlarni öqimay qöydimi? Umuman, zamondoşlarimiz qanday şeʼrlarni köproq öqiyapti?
  2. Yaqinda bir qadrdonimiz aytib qoldi, bizning adabiyotda hali telefon haqida tuzuk-quruq asar yozilmagan ekan. Öylanib qoldim, çindan ham şeʼriyat har vaqt davr ruhi, kayfiyatini özida jo etib kelgan. Ammo hozirgi şeʼriyatda ana şu ruh sezilmaydi, ellik yil oldin yasalgan qolip-taşbehlar hali ham “trend”da. Aytmoqçimizki, texnologik asrning unsurlari sezilmaydi. Bizningça, metroga tuşib manziliga yetib borgunça simlari çuvalaşib qolgan quloqçinini epaqaga keltirolmay xunobi çiqib yotgan yölovçi haqida ham gözal şeʼr yoziş mumkin. Bu bir misol, ammo bunday vositalar hayotimizda köp-ku. Kundaligimizdan muhim örin olgan mobil telefon haqida şeʼr yozsa, kişi modernist bölib qoladimi? Bu borada qanday fikrdasiz?
  3. Internet va ijtimoiy tarmoqlar turmuşimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, yoşlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanmagan, biror kun yöq, desak mubolağa bölmaydi. Albatta, bu omil ijodkorga, öz-özidan adabiy jarayonga ham taʼsir etmay qöymadi. Hozir “internet adabiyoti” degan tuşunça ham mavjudki, bundan asosan yoşlar “unumli” foydalanib, hali siyohi qurimagan asari uçun “like” yiğib olişmoqda. Xöş, sizningça, ijtimoiy tarmoqlar adabiy jarayonga, xususan, ijodingizga qanday taʼsir körsatyapti?
  4. Xalqimiz ustoz körmagan şogird har maqomga yörğalar degan maqol köp işlatadi. Albatta, bu maqol şeʼriyatga, şoirga-da taalluqli. Bugungi şeʼriyatimizdagi ustoz-şogird anʼanalari, adabiy maktablar haqida fikringiz qanday?

 

  1. Har bir davrning öz adibi bölgani kabi öz öquvçisi ham böladi. XX asr şeʼriyatida badiiy didning yuksalgani bor gap. U davr kişilari informatsion oqimlar taʼsiridan bir qadar xoli bölişgan. Bundan taşqari, ijod ahlining maʼlum, tanlangan vakillaridagina ommaga köriniş imkoniyati bölgan va tabiiy ravişda oz narsa qadrliroq ham bölgandir, balki. Ammo işonamanki, ijodkorlar hamişa xalq orasida köp bölgan. XXI asrning şiddatkorligi, turli informatsion texnologiyalarning ixtiro qilinişi va rivojlanişi inson taʼsir qildi, uning ruhiyatini özgardi. Endi XX asrdagi ruhiy sokinlik örnini biroz şoşqaloqlik, vaqtdan unumliroq foydalanişga harakat qiliş va, umuman, sabrsizlik egalladi. Qalin romanlarni avvallari oddiy işçi ham öqiy olgan bölsa, hozirda bunday mutolaani faqat adabiy elita vakillari va ilmiy iş yozadigan bir-ikkita ilmiy xodimgina qila oladi. Şeʼr öqiş masalasiga kelsak, avvalo şeʼrdagi avvalgi aytilgan gaplar asta-sekin odamlarni toliqtira boşladi. Yangi şakl, yangi taşbeh­lar ehtiyoji yuzaga keldi. Hozirgi zamondoşlarimizning muayyan bir qismi, faqat maʼlum yoş çegarasidagina şeʼriyatga murojaat qilmoqda. Sababi, şeʼriyatning estetik kuçini media olami bir qadar susaytirişga erişdi. Xilma-xil stikkerlar, rasmlar, giflar, qöşiqlar inson könglidagi şeʼrga bölgan badiiy-estetik ehtiyoji örnini, oz bölsa-da töldira boşladi. Şu tufayli hozirgi zamondoşimiz köp ham şeʼr öqimayapti, ammo kam va tanlab öqiyapti deb ayta olaman.
  2. Kantning materialistik falsafasida buyumlarning asta-sekin inson ruhiyatiga taʼsir etişi va akslanişi haqida taʼkidlangan. Aslida, telefon haqida şeʼr yoziş biror kişini modernist qilib qöymaydi. Lekin agar tuyğular telefon buyumi orqali yorqin ifodalansa mo­dernizm boşlanadi. Misol sifatida quyidagi misralarni keltirişim mumkin:

Telefon zaryadi singari –

Tugab borar mendagi sabr.

Bu kabi ifoda XX asr şeʼriyatida uçramasligi va faqat bizning asr nigohi bilan qaralsagina yangilik, yaʼni modern ifoda ekanligini qayd etiş lozim. Deyarli har kuni hayotimizga kirib kelayotgan yangi texnologik qurilmalar jonli tabiat va hatto odamlarning örnini ham egallamoq­da. Bu hol zamonaviy ijodkor ruhiyatida evrilişlar sodir bölişiga, yangi badiiy tafakkurning şakllanişiga sabab bölmoqda. Buni kibermodern deb ataş mumkin. Lekin ijodkorning qaraşlari ötgan asr­dagi stereotiplari bilan suğorilgan bölsa, u çinakamiga krizis holatini boşidan ötkazmoqda. Şu evrilişlar davrida şakllanayotgan yoş ijodkor esa kibermodernni ayni voqelik va hayotning ajralmas qismi deya idrok etmoqda. Mana şu tuşunçalar örtasidagi farqlar Krilovning “Oqquş, çörtan va qisqiçbaqa” masalidagi arava kabi özbek şeʼriyatini bir joyda harakatlana olmay töxtab qolişiga sababçi bölmoqda. Ammo bu arava harakatlanişi zarur va unga qarşilik qilayotgan ötgan asr kuçlari asta-sekin tabiiy ravişda susayib bormoqda.

  1. Internet adabiyoti degan tuşunçaning kirib kelgani bor gap. Ammo bu jarayon bizdagi ijodiy ruh bunga tayyormi-yöqmi demay ayovsiz informatsiyalar hujumi yuzaga çiqmoqda. Albatta, buning ijobiy taraflarini ham qayd qiliş kerak. Internet bu har qanday ijodkorga minbar berdi. Tortinçoq, özini doimo ommadan olib qoçadigan ijod ahli uçun yaxşigina imkon deb qaraş ham mumkin. Bundan taşqari, na biror ötkir muharrir yoki taqrizçi nigohidan çöçiysan. Yana ijtimoiy tarmoq ijodkorga özi istasa anonimlik, yaʼni nomaʼlumlik yoki niqoblaniş imkoniyatini ham taqdim etadi. Endi mazkur holatlarning ham ijobiy, ham salbiy taraflarini qabul qilişga, könikişga majburmiz. Internet adabiyotida ijodkor namunasini eʼlon qilarkan, uning taʼsirini töğridan-töğri öquvçi kuzatişi, rağbat yoki tanqidni öşa zahotiyoq oliş imkoniyatiga ega. Aslida, mazkur “like” vozliklar ijodkor ruhiyatida öquvçi didi bilan hisoblaşişga, nafaqat hisoblaş, balki öquvçiga köproq yoqadigan narsalarni yozişga undaşi – ada­biy didning ötmaslaşişiga olib kelmoqda. Manaman degan maşhur yozuvçi-şoirlarimiz ham aynan şu omilning qurboni bölayotganiga guvoh bölib turibmiz. Bu esa internet adabiyotining şakllaniş kriteriyalarini tezroq anglaş, unga moslaşiş va salbiy taʼsirlariga qarşi yetarli immunitet hosil qilişga çorlaydi. Kim şu işni yaxşi uddalay olsa, çin ijodkorlik salohiyatini ham özida saqlab qoladi.
  2. Ustoz-şogird ananasi bölişi kerak va agar bölsa bunga ijobiy qarayman. Ammo 2-savolga javob berganimda taʼkidlaganimdek, ikki davr orasidagi tuşunçaviy tafovutlar bu anʼanalarga keskin zarba berdi. Endi ustoz şogirdni, şogird esa ustozni tan olmay qöydi. Bu, albatta, salbiy hodisa. Ijod olamida birovga ijod qilişni örgatib bölmaydi, ammo adabiyotga nisbatan hurmatni şakllantirişda, sözga munosabatni töğrilaş va avval yaratilgan asarlar­ning mohiyatini tuşunişda, istaymizmi-yöqmi, ustoz kerak. Mazkur anʼanani davom ettirişda köproq katta avlod vakillaridan taşabbus çiqişini xohlar edim. Töğri, ustoz şogirdni izlab topmaydi, ammo hozir şundayki, şogird ustozni nafaqat taniydi balki uni qanday izlaşni ham bilmaydi. Şu tufayli, bu anʼanani yöqotib qöymaslik uçun adabiyot darğalari xilma-xil tögaraklar, ijodiy davralar, şeʼriyat keçalarida faolroq bölişini istab qolar edim.

Abdulaziz Akramov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…