* * *
Kelmang, menda heç narsa yöq,
Topa olmaysiz…
Ruhimda faqat xazonlarning şitirlaşlari…
Men şunday mavhumman, xayolday mavhum
Könglingizga uraman birdan.
Azobman, öziga siğmagan lahza
Soçilib ketaman oğriqqa, şeʼrga.
Tuningizni baribir qilmayman xuşbaxt,
Kuningizda quyoşdek jaranglamasman.
Azobga soçilib sokin tortgan dunyoman,
Yodingizni kezib yurgan xayolparastman.
Kelmang, menda heç narsa yöq,
Topa olmaysiz,
Ruhimda faqat xazonlarning şitirlaşlari.
Tökilib-tökilib sokin tortgan dunyoman.
SAROSIMA
Göyo kimdir kelgan meni söroqlab
Yoki kimdir ketgan manguga taşlab.
Şunday sarosima qöynida bu tun
Hamma narsa ostinustin yurak içida.
Yo sen kelgansan-u, ketgansan zumda.
Sen ruhimni yoqqan mangu sarosimasan.
Men esa siğinib yaşayman oyning nuriga
Va senga doş bergum, ey sarosima,
şu xira yoruğning saboti bilan.
Va men seni sevarman şundoq xatarli,
Har lahza sevarman
Qayğu va quvonçning juda uzun hayoti bilan.
* * *
Onajon, men şahardan boraman sizga,
Öylarim içidan kelaman yelib,
Men sizga bir sokin dunyo eltaman,
Quyoşlar, daryo, töfonlar
Ul sokin dunyoga urilgan kelib.
Ul daryoga oqqan aççiq yoşingiz,
Ul töfonda mening qahrim, kuraşim,
Bir quyoş sizga heç eltmagan quyoşim.
Men sizga bir sokin dunyo eltaman.
Tillaniso EŞBOYEVA,
Respublika yoş ijodkorlarning Zomin seminari iştirokçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida