* * *
Ön asrmi, yuz asr,
Kahkaşonlar uzra sir.
Bir ğaflatki muttasil…
Ğorlar bu – mudrayotgan
Toğlarning homuzasi,
Uyğonasizmi, yöqmi!?
Uzlatiga bosib lab,
Sukutga özin sozlab,
qaqrayotgan ovozlar,
Bir-biriga öranib
betob yotgan qoğozlar,
Ayo, Hazrati Sözlar,
Ayo, Hazrati Sözlar
Uyğonasizmi, yöqmi!?
Ey, sohibi dilim yak,
Umrim umringiz içra.
Ming yillar u yoğidan
Ming yillar bu yoğiga
Qöşiqlarimiz uçar
Va ular qanotidan
Tomar anvoyi çeçak.
“Haq hadyasi – taqdirdan… ”
Ertak aytgum ming keça –
Uyğonasizmi, yöqmi!?
Örtan-ey ruhi ayub,
Ilohiy tuyğularning,
Arjumand kulgularning,
Ifori neçuk zaif?!
Subhidamga yuz çayib,
Asl gulin topolmay,
Sanduloçlar yiğlayur!..
Uyğonasizmi, yöqmi!?
Ey! Pokiza rang qani?
Taʼmasiz jarang qani?
Osiy siyohdoniga,
Begunohlar qoniga
Çömilmagan tong qani?
Uyğonasizmi, yöqmi!?
Öz onasi bir zamon
alla aytgandan buyon
Elinib mudrayotgan,
Haliyam uxlayotgan,
Ayo, ğaflati inson!
Uyğonasizmi, yöqmi?
* * *
Dimoğingga kirib işq
Butun umr mast bölsang
Va yo tiriltirib işq
Ruhi zabardast bölsang.
Kök orday ösaversa,
Tuvoday ösaversang,
Faqatgina Rabbing va
Rasulingdan past bölsang.
Sujudning har beş vaqti
Peşonang etib taqdim
Yor-la uçraşuv vaqti
Yölga poyondoz bölsang.
Pardada tursa joning,
Va harir ursa joning,
Ikki dunyo hayoning
Yuzida pardoz bölsang.
Haqiqatda ölmagan,
Va dunyoga kelmagan,
Hali heç kim bilmagan
Qadimiy ovoz bölsang.
Eng baxtiyor yiği, Ey!
Umrimdan ortiği Ey
Tangrimning tortiği , Ey!
Hadyasiga xos bölsang.
Holi hulvoyim içra,
Ruhi anvoyim içra,
Yolğon dunyoyim içra
Rost bölsang-o, rost bölsang!
* * *
Men özimdan özim xafaman,
Dilning şakli kamonmi, aka?
Balki jazo, aybdir bilmadim,
Yaxşi böliş yomonmi aka?
Nozima HABIBULLAyeva
1996-yili tuğilgan. Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Oliy adabiyot kursi tinglovçisi.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
Özbekiskon Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim”ruknida “Moviy qöşiq” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida