Örtamizda toğlar bordir…
Köçamdan bir ötsang ekan, tutib olsam, yor böl, desam,
Yo sandiqda oqsang ekan – tutib qolsam, yor böl, desam,
Baxtni topmoq qiyin bölsa,
Taqdir şunday öyin bölsa –
“Gartkam” deya oşiq otsam, yutib olsam, yor böl, desam…
Majnuntolning novdasidan suvga boqib, ötar umrim,
Tepaboğning olmasiday suvda oqib ötar umrim.
Majnuntolday, közyoşlarim daryolarga sim-sim töldi,
Tuşlarimga kirgin, debon, soğinç-la tun közni yumdim…
Yuragimda yaram bordir – qöllaringda tuzlar bordir,
Umrimning fasli bahordir, közlaringda kuzlar bordir.
Örtamizda biron nima yöq, deysan-u, köraman men –
Örtamizda toğlar bordir…
yöllar bordir…
qizlar bordir…
Qirqin qizga labin burgan osmonbegi şahzodasan,
Goh hurga söz otasan, goh osmonga yulduz otasan.
Könglim bilan öynaysan xöp, raşking bilan qiynaysan köp,
Uvolimga qopketmasang… heç yöq gunohga botasan…
Makr-hiyla köçasini bir kunda ming bor kezaman,
Senga qöl çözgan umidlardan kökka yulduz çizaman.
Yana bir oz olov bölsa, hislarimga qalov bölsa,
Seni tutmoq uçun bir kun köçamdan bir ötkizaman!..
* * *
Maylimi?..
Maylimi
Yaşasam uzo-oqda,
Qadaming yetmasa men tomon?
Va sira qilmasang bezovta,
Qaytmasang heç, toki bor jahon…
Maylimi,
Öçirsam xotirni,
Boqmasam sen ketgan makonga?
Baxt tilab yoğilgan yomğirni
Qaytarib yuborsam osmonga?
Maylimi,
Könglimga yutkazgan
Kunlarim umrimga joylansa?
Sen bilan baxtiyor ötkazgan
Soatlar ortiga aylansa?
Maylimi,
Heç kimsa tuşunmas
Orzuim armonga qistasam?
Yöq, seni…
Unutiş uçunmas,
Tanimay ötmoqni istasam?..
Maylimi?..
Uzoqda yaşasam…
Shahnoza
Eshmirzayeva
1990-yili tuğilgan.
“Oq quşlar qöşiği” , “Osmon bir dunyo”, “Qalbimdagi samo” va
“Maktub” nomli kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida