365 marta körilgan

Sal qoldi “Qizil kitob” Bağriga olişiga

Sal qoldi “Qizil kitob” Bağriga olişiga

Opa-singil tortişuvi

 

– Iya, mening ayiqçam,

Izlab yurgandim uni.

Yana söramay olsang,

Aniq uraman seni.

 

Ötgan kun ham yöqoldi,

Şunda ham sen olganding.

– Urma, keça tuşimda,

Özing sovğa qilganding.

 

 

Ulğayiş

 

Opasining tuflisin

Kiyib Hanifa şodon.

Onasi der: – Darhol yeç,

Yöqsa özingga yomon.

 

– Jonga tegdi hammaning

Kiçkinasan deyişi.

Hadeganda bahona

Topib, tinmay koyişi.

 

Şu boisdan opamning

Tuflisini kiyganman.

Endi koyiyvermaysiz,

Qarang, katta bölganman.

 

 

 

 

 

 

Noçorlik

 

Böri yotar oç-nahor,

Oldida öynar quyon.

Bu holni körib tulki.

Sababin sörab hayron.

 

– Ha, oşna nima böldi,

Yo, oğriyabtimi tiş?

– Daydib qolibsan makkor,

Uyingda yöqmidi iş?

 

– Tinçlikmi, holing yomon,

– Haliyam qoldim omon.

Agar nafsni tiymasam,

Ovçilar qilar tamom.

 

Endi qöy böğizlasam,

Mergan qaytar işiga.

Sal qoldi “Qizil kitob”

Bağriga olişiga.

 

 

Töqqiz raqami

 

– Töqqiz katta son emiş,

Aslida u qarigan.

– Nega unday deysan, Xol,

Uni köplar tanigan.

 

– Yozsam, doim katakda

Bir çekkaga suyanib

Özi zörğa turadi,

Hassasiga tayanib.

 

Naima Anvarova

1998-yili tuğilgan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi  tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Makka va hakka”  nomli şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.