QORA ÇÖĞ
Közlaring tubida tun böldi ğoyib,
Közlaring tubida osmon yaraqlar.
Osmonga uzangan qöllarin yoyib,
Oyni emib yotar uryon daraxtlar.
Tun yonar közlaring qoraçiğida,
Kiprigingga qönar arzanda Humoy.
Zardobda zanglagan oftob tiğida
Kesilgan siynaga öxşab ketar oy.
Zaharlangan yerning qursoği kabi
Qappaygan xazonlar eslatar görni.
Közlaring tubida tölğanar sabil,
Sitilgan köz yangliğ butoqdir örni.
Tuxum qöygan kabi oqquş xayollar
Kallaning tirjaygan çanoğiga jim,
Közlaring tubida maʼyus şamollar
Göyanda arvohday boşimda nadim.
Közlaring tubidan seni qidirdim,
Ustimda kulmoqda osmon ham, oy ham.
Men ikki dunyoni unga siğdirdim,
Men – ikki dunyoga siğmagan odam.
…Faqat, senga – yolğon, özimga – ayon,
Mening tuşlarimga kiradi har kun:
Sening közlaringni eslatgan osmon,
Sening közlaringni soğintirgan tun.
DIYDOR
Oç emasman, oçköz dunyodan töydim,
Dunyoda bormisan, qiyomatlik döst?..
Köngil kundasiga boşimni qöydim,
Kel, yurak qinidan suğurilgan söz!
Yiğlab, örtamaysan men uçun bağir,
Men ham mozoringda yotolmasman tinç.
Sen menga özingning tilingda gapir,
Kel, köngil qonidan yaralgan sevinç!
Mehr köçasida kezgan gadoman,
Adoman, lek ado etilmagan farz.
Özimdan özimga qaytgan jazosan,
Ey qöli duoga oçilmagan nafs!
Farazlar dilingga osoyiş bermas,
Gar Xudo bermagan bölsa isteʼdod.
Nozing bunça baland,
Zoting bunça past,
Ey, sen, qusuğiga yonboşlagan zot?!
Nima topding, yolğon quvonç axtarib,
Nima berdi senga öşal soxta ğam?!
Gunohin şaytonga butkul ağdarib,
Ey aybin ajalga tönkagan odam!
Xohlasang balanddan,
Xohlasang pastdan
Kel, öşal Qiyomat kelgunga qadar.
Oç emasman…
Senga muhtoj emasman…
Qayga qoçayapsan mendan, baççağar?!.
OQ ALAHLAŞ
Soğinç oğir, soğinç çökar ohimga,
Közlarimga tiğday botib ketar xob.
“Bir keça şafqat sör qatlgohimga,
Bir keça men bilan birga qol, oftob…”
Bejo közlarimni osmonga tikib,
Nigohimni yerdan olmasman taqir.
“Men endi ketarman jonimday çiqib,
Oymomo, meni kör közlardan yaşir…”
Boşim tandan judo, xayolim judo
Qon kabi soçilgan gustoh hislardan.
“Seni yuragimda asrayman, Xudo,
Xudo asrasa bas xudosizlardan…”
Sening tirnoğingga hatto arzimas
Közimda suyakday çaynalgan sukun.
“Dunyoning dunyodan qolgan qarziman,
Men tağin dunyoga qaytarman, quzğun…”
Qoronği tuşmasdan kelaqolgil, tun,
Qoronği tuşmasdan ketaqol, oftob.
“Faqat közlarimni kosasiga sun,
Faqat közlarimni… közlarimni yop…”
* * *
Bizning oramizda nima qoldi, ayt,
Yuraklar – talangan maʼvoday yupun.
Oramizdan ötar har duoyi bad,
Oramizdan ötar Xudo urgan tun.
Baʼzida yurakni kömar nolaga
Yuraklar oralab ötgan yer izi.
Baʼzida osmon ham tuşar oraga:
Zarhal harf bitilgan çöçqa terisi.
Oradan oy ötar – oysiz tunlarim,
Oradan yil ötar – çözilgan qasos.
Sensiz ötayotgan mening kunlarim
Mening gunohimdan ötmaydi xolos.
Oradan beşafqat ötib ketar vaqt,
Biz bevaqt qartaygan norasidamiz.
Bizning oramizda nima qoldi, ayt,
Javob ber, kimlarning orasidamiz?..
* * *
Közingda bir kalom tentirar unsiz,
Közingda bir qayğu jilmayar maʼsum.
Axir men – kafanga öralgan bir his,
Közlaring oqiga çulğangan mardum.
Axir men – zaminda yaşagan osmon,
Axir men – osmonga yetmagan ovoz.
Axir bu dunyoning rostligi – yolğon,
Axir bu dunyoning yolğonligi – rost.
Axir bu dunyoda men boşqa dunyo,
Meniki emas bu ötkinçi kadar.
Axir men qirq yilda bölay deb bunyod,
Keçdim töqqiz oylik dunyodan badar.
Jismimni kinnaday yorib kirgan jon
Çaqirganim bilan çiqmas bir muddat.
Yolvorganim bilan yorişmaydi tong,
Haydaganim bilan ketmaydi zulmat.
Aytsang-da – aytmasang ketarman tözib,
Gumrohman – yölimga tikaverma köz.
Axir men – dunyoga ötmagan sözing,
Axir men – dunyodan ötayotgan söz…
* * *
Mana öşa eşik, öşa ostona,
Qönğiroq tugmasin paypaslayman jim.
Nogoh yorişganday böladi xona,
Nogoh jaranglaydi bitta savol: “Kim?..”
“Kim?..”
Mendan domangir xomuş bir balo,
“Kim?..”
Mening qarşimda dözaxiy oğuş.
Özga olamdagi ozurda arvoh
Nolasiday çaqnar edi bu tovuş.
“Kim?..”
Sönggi nafasday oğir va öjar,
Öziday özgadan bexabar sado.
Hayotim töxtamay bejavob ötar,
Xuddi etmagandek öz qarzin ado.
“Kim?..”
Töxtov bilmasdan jaranglar ovoz,
Men esa tasqara misoli jimman.
Faqat kimligimni bilmayman, xolos,
Faqat ğöldirayman, xolos: “Men kimman?..”
YARIM TUN
Tun böyi siqtagan soğinçlarim oç,
Kökragimga botgan kimning izlari?
Neçun bunça sovuq laʼnati quvonç,
Neçun bunça gözal ğamning közlari?
Bir toza yurakda kelar yaşagim,
Qança yuraklarga keltirdim malol.
Neçun özim bilan özim yaşadim,
Neçun özimdan ham öligim halol?
Yuragim talpinar, soğinç rohida
Kökragimni bosib ötdi kunlarim.
Yuraklar qonidan, yurak qonidan
Neçun köngil tölar,
Neçun tun – yarim?..
* * *
Qölim oçilmaydi, ölgunimça to
Sendan yaşirganim – öşa bir narsa.
Mening bandaligim bölgunça bajo,
Bilmaysan.
Bilmaysan, bu xayol Iskandarning ham
Qölidan kelmagan orzusi, öyi.
Qölimdan keladi axir, azizam,
Qölim oçilganda – soçlaring böyi.
Yölim oçilmaydi, ölgunimça to
Yölimga siğmagan bitta qildaysan.
Folbinlar – yolğonçi, taʼbirlar – xato,
Bilmaysan.
Bilmaysan, bir kuni tumonat odam
Ortimdan ergaşar şoşib-şoşmasdan.
Yölni men boşlayman axir, azizam,
Yölni men boşlayman qadam bosmasdan.
Közim oçilmaydi, boşqa odam u –
Közin katta-katta oçib jilmaygan.
Men sendan bir dunyo yaşirdim mangu,
Bilmaysan.
Bilmaysan, sen – dunyo körmagan odam,
U – ğamgin yurakning yostiqdoşlari.
Közimda yaşaydi axir, azizam,
Közimda – közingning yoşlari…
UÇINÇI DUNYO
Vahdat şarobidan köngil bölar mast,
Diling bilan bitta bölsa zaboning.
Ikki dunyoda ham boşi qöşilmas,
Tilagi bir bölgan ikki gadoning.
Qölimizdan kelsa, yordam beraylik
Sözlarning bağrida ungan xunyoga.
Şohlar zeriktirdi, kelgin, ketaylik,
Gadolar bir-birin suygan dunyoga…
ELLIGINÇI QIŞ
Ellik yil yaşadim, baʼzan ozurda,
Baʼzan dabdaba-yu dağdağa qilib.
Goh jimjitlik, goho ğala-ğovurda
Ellik yil yaşadim qanaqa qilib?!..
Ellik yil yaşadim, pinhon-u oşkor
Umrimning boriga baraka qilib.
Gohida beminnat sadaqaga zor,
Gohida jonimni sadaqa qilib.
Ellik yil yaşadim, beğam, sertaşviş,
Goh katta, goh kiçik maʼraka qilib…
Ostonamda turar elliginçi qiş,
Ellikta bahorni kalaka qilib…
DUNYONING TAGI
Bir yonda ğam, bir yonda beğam,
Qon qonga, jon jonga qasd ekan.
Jon qadriga yetayin desam,
Kuygan jonning qadri past ekan.
Munofiqlar yorning işqidan
Mast bölmagan mayparast ekan.
Nomi uluğ ekan rizqidan,
Ohangidan avji past ekan.
Balogardon bölmadi heç kim,
Çunki balo zabardast ekan.
Bu dunyoning tagiga yetdim,
Bu dunyoning tagi past ekan…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida