Hikoya qanday bölişi kerak, degan savolga na men javob bera olaman, na adabiyotşunos ustozlarimiz. Töğri-da, na Kortasar, na Kavabata, na Tolstoy, özimizga kelsak, na Qahhor va na Xolmirzayev javob topa olmagan savolga, ustozlarimiz ham “ikki karra ikki tört böladi” qabilida hukm ayta olişmaydi. Şu sababdan men ham çaynalgan savolni çaynamay, muddaoga öta qolaman.
Nurilla Çorining “Taşvişi yöq odamlar” kitobi va Bobo Ravşan Ğoziddinovning “Tong va şom orasida” kitoblarini öqib, xayolimdan turli fikrlar ötdi.
Men hikoya haqida öz qaraşlarimga egaman. Hikoya qissadan kiçik bölişi, unda hayotning bir lavhasi aks etişi kerak, degan qoidalar ikki pulga qimmat ekan deb xulosaga kelganman. Lekin janr talablari ham borki, biz romanga qissa, şeʼrga doston kölamini kiygiza olmaymiz.
Nurilla Çorining “Taşvişi yöq odamlar”, “Lölitopmaslik çol” kabi hikoyalarda çollar ruhiyati tasvirlanadi. Çollar fonida yozuvçi özi körgan voqelikning fojiaviy manzarasini çizadi. “Taşvişi yöq odamlar” hikoyasidagi Bozirgon çavandoz umrining oxirida farzandining oqibatsizligidan doğda qolsa, “Lölitopmaslik çol”da Qulmat çolning zurriyodsiz hayotining aççiq alamlarini köramiz. Ularning xarakterini yaratişda yozuvçi xalqona iboralar va xalq oğzaki ijodiga eş tasvirlardan foydalanadi. “Podaning ortidan tayoğini sudrab çiqqanida oylab ketadigan qizğaldoqlik Qulmat podaçi peşonasi tirişib, burişib, burni oqib möyloviga tuşib, soqolini közyoşlari yuvib, eşonlarning poyqadamiga şirboz-bördoqi qöylarni söyib, mullalarning etagini köziga surtib yurdi”, deya Qulmat podaçini taʼriflaydi yozuvçi. Bozirgon çavandoz esa öğlining zuvalasi böşligi va kelinining uquvsizligidan kuyib, quş çöqimaydigan, jonliqqa et bitmaydigan aççiq piyozni bahona qilib şu piyozning boşidan ketmay yuradi.
Yozuvçi bolaligida körgan, bilgan oddiy qişloq odamlarini yozadi. Qahramonlar xarakterida ham çapanilik va oriyatlilik börtib turadi. Nurilla Çori adabiy qahramonlari Bozirgon çavandoz, Qulmat çol, Norböta Şarof bir-birini töldiradigan, bir-biriga öxşaydigan qahramonlar bölsa, Turdixol, Tölğonoy kabi qahramonlarda mutlaqo boşqaça xarakterni köramiz.
“Qizğaldoq” hikoyasi boşqa hikoyalardan farqli ruhiyatga ega: ertak-u doston kabi ravon öqiladi, odam kayfiyatiga taʼsir qiladi. Hikoyaning şirali tili öquvçini öziga tortadi. Hikoyada xoqon va kambağalning qizi haqidagi köhna ertak kiritilgan va şu motivning özi hikoyada zamonaviy talqinda, kengroq yoyiladi. Zamonlar özgaradi, ammo qismatlar qaytalanadi. “Qizğaldoq” hikoyasida şu aççiq haqiqat közga taşlanadi.
Yozuvçi adabiy qahramonlarini bitta adabiy makon – Qizğaldoqda jamlaydi. Qizğaldoq Murod Muhammad Döstning Galatepasi, Nazar Eşonqulning Tersota kabi muvaffaqiyatli va yodda qolarli adabiy makon. Şu tört hikoyada ham Qizğaldoqdan çiqib şaharga kelgan va şahar hayotini özida his etgan qahramonni körmaymiz. Men istardimki, şu adabiy makon kengayib, uning yangidan yangi fuqarolari çiqib kelaversa, biz ularni taniyversak.
Yozuvçi insonlar orasidagi oqibat, diyonat, halollik va mardlik tuşunçalarini uluğlaydi. “Taşvişi yöq odamlar” kitobidan şu fazilat körinib turadi. Nurilla Çori hikoyalarining tili juda pişiq, xalqona va ravon. Yozuvçi uslubida folklor motivlariga tez-tez murojaat qilib turişi körinadi. Har bir hikoyaning poetikasi mutolaa hazmini yengillaştiradi. Hikoyalar tilida poeziya bor. “Har mardumning dili bilan tili bir edi…”, “kesakdan olov çiqqaniday möndi çöğga aylandi”, “böğizni kuydirar çoylar puflanmay höplandi”, “Boysariday boy ham, Boyböriday şoy ham emas, yonida maslahat berguvçi Yortiboyi ham yöq”. Bu kabi misollarni sanasak, juda uzoq sanaymiz.
Nurilla Çori katta potensialli yozuvçi, hikoyalardagi fikr kölami qissa-yu romanga qarab olib borayotgandek kayfiyat uyğotadi. Ehtimol, qissa-yu romanni ham tez orada öqirmiz…
Bobo Ravşanning “Tong va şom orasida” kitobida 5 ta hikoya va bitta qissa örin olgan. Men bu hikoyalar yozilgan vaqtda birinçi öquvçilardan bölganman va fikrlarimni doim aytib kelganman. “Yoşlik” jurnalida “Suv” nomli hikoyasi bilan taniganman Bobo Ravşanni. Uşbu kitobga ham kiritilgan “Suv” hikoyasida inson har qança maşaqqatga duç kelmasin öz vatanidan yiroqlaşmasligi, odam uçun kindik qoni tökilgan tuproqdan bölak tabarruk narsa yöqligi haqida söz boradi. “Lafz” hikoyasida öziga xos tasvir, jonli obrazlarni köramiz, hikoya özbek erkaklarida kamayib borayotgan LAFZ haqida. Erkakning erkakligi lafzida, lafzidan qaytgan kişi er emas, deyiladi xalqda. Bu tuşunça qonimizga singib qolgan ijobiy bir xislat.
Yozuvçi odamlarning beoqibatligi, bir-biriga döstdan köra duşmanga qaraganday yaşaşini tahlil qilişga urinadi. Lafzdan qaytiş kiçik bir element. Bu kabi elementlar yiğindisi yaxlit bir tasavvur, butun bir fikr beradi. Bobo Ravşanning hikoyalari tili şirali, jumlalar qurilişi ravon, tişga botmaydi. “Mehribon” hikoyasidagi bir tasvirga eʼtibor bering: “Hamma dardini köz yoşiga qöşib köçaga taşlab kelgan-u heç bir hasrati qolmaganday kulib-quvonib gurung berib ötiraveradi”. Şu tasvir bilan hikoyadagi ayol Mehri opaning xarakteri çizilgan. Bobo Ravşanda biron voqelikni “ertak”lar bilan çoğiştiriş odati bor. “Mehribon” hikoyasida ham, “Farişta” hikoyasida ham ayrim ertaklardagi unsurlarga közimiz tuşadi. Ertaklar bolalikning bir parçasiday gap, ijodkor öz bolaligini soğinib, baʼzan fikrlaş azobidan oğrinib, bolaligiga ketib qoladi. Nurilla Çorida ham şunday. Bozirgon çolning nabirasi, ehtimol, yozuvçining bolaligidir.
Markes aytgan ekan: “Hayotimdagi barça voqealar 17 yoşimgaça Makondoda yuz berdi, undan keyin heç narsa sodir bölmadi.” Va yana bir şoir aytmoqçi, “Endi men ertakka işonmay qöydim”. “Farişta” hikoyasida bolalikka qaytiş bor. Hikoyada tiş fariştasi ham bolaning ertaklardagi tasavvurini hayotga köçirişga urinişi hosilasi. Bobo Ravşanning köplab qahramonlari – polvonlar; ğurur, mardlik tuyğularini qadrlaydigan va şaraflaydigan odamlar. Kitobning nomi bölmiş “Tong va şom orasida” qissasida katta bir tarix darj qilingan. Mengziyo baxşi ötgan asrdagi jafokaş özbek xalqining timsoli. Qissa Bobo Ravşanning hali aytadigan katta gaplari borligiga işora qiladi. Asarning tili ham yaxşi işlangan. Lekin qissada hali muallifning bu janrdagi tajribasi biroz kam ekani seziladi. Voqea, makon va zamon tasvirlari ravon boşlanib, qissa yakunida bayon uslubi körina boradi.
Umuman olganda, har ikki yozuvçi asarlarida men qadrlaganim – xususiy darddan umumiy dard köproq közga taşlanişini eʼtirof etgan bölardim. Ular yoş yozuvçi degan dovonni bosib ötdi, endi ular professional yozuvçi desak, xato bölmas.
Nurilla Çorining ham, Bobo Ravşanning yoziqlarida ham dostonlarga bölgan çeksiz muhabbat sezilib turadi. Şevalardan unumli foydalaniş, tilimizning boyligini va gözalligini körsatadi. Ayniqsa, Nurilla Çorida özbek tili jozibasini köramiz. Lekin yozuvçilarda zamon bilan hamqadamlik oqsaganday, asarlarda ijtimoiy yuk u qadar sezilmaydi. Adabiy makon ham, zamon ham qişloq va bolalik orasida qolib ketadi.
Umid qilamanki, ularning yaxşi va baquvvat asarlari hali oldinda. Men yozuvçi akalarimizga ğayrat, qalamiga baraka tilayman.
Xurşid ABDURAŞID
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


