356 marta körilgan

Yoşlik qaytmas bahor derlar…

Yahyoxon Fayoz

* * *

Er yigitlar bu dunyoda

Yaşar nomus-ori bilan.

Sevgi ahli şodon bunda

Jondan sevgan yori bilan.

 

Işq-muhabbat havas derlar,

Dili ayro kimning kimdan.

Oşiq sevsin maʼşuqini

Yurakdagi bori bilan.

 

Şoir ahli aşʼor bitsa,

Yiğlab dardin aytsa qalam.

Hofiz kuyga solib aytar

Jaranglagan tori bilan.

 

Yoşlik qaytmas bahor derlar,

Şirin yodlar qolar bundan.

Keksalikning gaşti asli

Boşga tuşgan qori bilan.

 

 

VATAN

 

Kökka yetgan çinorlarning

Har yoşida Vatan bor.

Boqib tursam hu-uv toğlarning

Har toşida Vatan bor.

 

Sarvqomat singillarim,

Soçlari sunbullarim,

Pilik mijgon, jayron nigoh,

Köz-qoşida Vatan bor.

 

Körgan kuni ğurbat edi,

Qodiriy ham Fitrat edi,

Ötgan neça ajdodlarim

Bardoşida Vatan bor.

 

Bobom kutgan kunlar keldi,

Momom aytgan kunlar keldi.

Kuyib-kuyib yiğlaganlar

Köz yoşida Vatan bor.

 

Vatan işqi dilim yoqqan,

Tomçi qonim şunday oqqan,

Har erta tong kulib boqqan

Quyoşida Vatan bor.

 

 

Yahyoxon FAYOZ

 

1988-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat sanʼat va

 madaniyat institutini tamomlagan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.