Har yili keç kuz qişloqdagi eski hovlilarida barça oila aʼzolari yiğilişadi. Odatdagidek bu gal ham eldan burun özi yetib keldi. Kirib borganda uyda heç kim yöq edi. Biroz ikkilanib turib qoldi. Bolaligi ötgan, hayotga ilk muhabbati uyğongan qadrdon joyda birinçi marta özini begonadek tuydi. Atrofga alang-jalang nazar taşlab çiqdi. Hammasi öşa-öşa: saranjom-sarişta. Faqat devorlar sal-pal nuray boşlabdi, xolos. Yo köziga şunday yotsirab körinyaptimi, harholda, unçalik tuşunmadi.
– Keldingmi? – dedi onasi hovli etagidagi daraxtdan terilgan sap-sariq behilarga liq töla savatlarni söriga qöyar ekan.
Xayol bilan bölib onasini payqamay ham qolibdi. U yugurgilab borib, qölidagilarni oldi.
– Oğir böp ketibdi-ku, – dedi beixtiyor inqillab, zil-zambil idişlardagi mevalarni yozilgan dasturxonga tökarkan.
– Könikib qolganman, – dedi onasi vazmin öğlini quçaturib, nafasini rostlarkan. U özini noqulay sezdi. Aybini yaşirmoqçi bölgandek, mahkam quçoqlab oldi. Onasi “Heçqisi yöq!” degandek yelkasiga qoqib qöydi.
– Bardammisiz, – dedi sekin piçirlab.
Onasi indamadi. Birozdan söng:
– Nevaralarim yaxşimi?.. Kelinni olib kelmadingmi? – deb söradi ösmoqçilab.
– Kelişmoqçiydi, yölimiz qovuşmadi, – dedi istar-istamas.
– Balki hamyoning kötarmagandir?.. – dangalini gapirib qöya qoldi ona.
– Şunaqaroq, – dedi tan olib u ham, tuşunarsiz ohangda minğirlab.
– Bekor qipsan. Ularniyam soğinganman axir. Özim borolmasam, – zorlandi onasi. – Hartugul, amallasang bölardi-ku. Ular uçun olmurutdan qoqi solib qöygandim.
Bolalari turşakning ana şunaqasini yoqtirişardi. Ayniqsa, buvilarining sutga solib qaynatib bergani joni-dili edi. Uning taʼmini şaharga qaytganlarida ham köp eslab yurişardi.
– Öqişlari qolib ketmasin tağin. Taʼtilda olib kelarman, – dedi bazör.
Onasi yana jimib qoldi. Indamay behilarni saralab, ikkiga ajratardi. U birpas keksa onasining yumuşini kuzatib turdi. Keyin kiyimlarini almaştirib çiqib, yordamlaşa boşladi.
– Qöyaver, özim uddalayman, – dedi kampir istamaygina. Ammo u özini işçan körsatib, yanayam çaqqon harakat qila ketdi. Bu işi onasiga yoqmadi, şekilli:
– Avaylamasang zaha qilasan, – dedi jerkib. U gap ohangidan hammasini tuşundi. Boyagi ginaxonlik haliyam tarqamagan edi. Endi könglini ovlaş yölini izlay boşladi.
– Yana terib ötaymi?.. – söradi böşagan savatlarni qöliga olarkan.
– Şunisi ham yetar, – dedi onasi erinibgina. – Ular öqib nimani qoyillatişardi. Barisi urf-odatlarni unutişyapti. Kattalardan uzoqlaşişgani qolyapti.
Oçiği, nima deyarini bilmay boşi qotdi. Onasi töğri aytardi. Öylab körsa, özi ham öqimişli bölib xuddi şunday qilgan. Mingni uqib tuzukroq hol söraşni bilmasa odam, undan ne naf. Bu iddaolarning barisi öziga qaratilgan asli.
– Hayot şunaqa ekan-da. Vaqt bir joyda kutib turmasa. Zamon kundan kun özgarib borayotgan bölsa…
– …Aqlimni tanibmanki, hammasi öşa-öşa. Dunyo ham joyida. Avval qanday bölsa hozir ham şunday, – gapini çört kesdi onasi. – Yana senga aytsam, odamzotning özi özgargan!
U tortişişni xohlamadi. "Bularning bari bor gap, – deb öyladi. – Lekin keçagi kun bilan bugun bir-biriga öxşamaydi-da baribir…" Xayolidagi fikrlar töqnaşuvida yana böş kelgisi kelmasdi uning.
– Sen toğoralarni ol! Anor uzamiz, – dedi onasi xayolini buzib. U beixtiyor böysundi. Idişlarni kötarib, onasiga ergaşdi.
Anorzorda hosil möl edi.
– Bu yil havo yaxşi keldi. Hamma mevalar boşini yeb soldi. Har yilgidan tuzuk-da, harholda. Bultur bari daraxtlarni sovuq urgandi. Avj olmasmikin, deb qörqqandim. Xudoga şukur! Özining rahmi keldi. Bölmasam, biz ham ötirib qolardik.
Onasi pişib yetilgan katta-katta anorlarni bitta-bitta uzib unga uzatardi. U bölsa avaylab savatlarga joylardi. Yorilganlarini alohida qilar, saralarini boşqa yoqqa terardi.
– Gulini pastga qaratma. Ezilsa uzoq turmaydi, – tanbeh berdi onasi. – Nima balo, hammasini unutibsan-da!?
– Qölim ança çiqqanmi deyman, – özini oqlamoqçi böldi u.
– Ha-aa… Otangning sendan umidi katta edi. Buni katta şaharda öqitamiz, derdi rahmatli. Aytganini qiladigan odam edi-da. Şuning uçunam hamma hurmat qilardi.
Bolaligida boğda otasiga köp yordamlaşgan. Bahorda daraxtlarning tagini yumşatib, öğitlaşişar, kuzda esa hosilni yiğiştirişardi. Otasining qiziq odati bor edi. Har doim pişgan mevalarning oldini qöşnilarga ulaşardi. Nima sabab bunday qilganiga haliga dovur aqli yetmaydi. Otasidan söraganda: "Kelasi yil uçun", derdi jilmayib. Töğrisi, bu haqda heç öylab körmagan ekan.
– Qolganlar hayallaşdimi?.. – gapni boşqa yoqqa burmoqçi böldi u aka-ukalariga işora qilib. Yöqsa, onasini biladi. Közyoş qilişi aniq. Öpkasi tölib turibdi. Buning ustiga, boşidan yiğlab olsa, ming yillik yiğin ham tatimaydi.
– Hademay kelib qolişadi. Uyni tözitişadi hali, – fikrini böldi onasi.
– Hammalari katta bölib qolişgandir? – jiyanlarini söradi u.
– Nimasini aytasan. Öh-hö… Aql örgatişadi senga. Kelişsa körasan.
Onasi nevaralarining qaysi bir qiliqlari esiga tuşdimi, miyiğida kulib qöydi. Ikki savat ham qip-qizil anorlarga liq töldi. Endi mevalarni bandi bilan uzib, toğoralarga joylay boşlaşdi. Bu safar bir qator qilib terib çiqişdi.
– Böldi, yetarli, – dedi onasi biroz ötib. – Qolganini keyinroq yiğib olamiz.
– Men terib qöyaqolay, – dedi u onasining çarçaganini bilib.
– Butun boşli boğni senga işonib bölarkanmi?..
– Eplarman.
– Uzoq yöldan kelgansan. Yur endi, – dedi onasi qatʼiy.
Ular idişlarni olib boğdan çiqişdi. Hammasini kötarmoqçi bölgandi onasi könmadi. Qöyarda-qöymay bir savat bilan toğorani özi oldi.
– Unaqada anorlar eziladi, – dedi dakki berib.
Şu payt darvozaxonadan dupur-dupur oyoq tovuşlari eşitildi. Kim, deyişga ulgurmasidan aka-ukalari yetib kelib, zumda qöllaridagi idişlarni olişdi. Onasi aytganday, birpasda qiy-çuv, tös-töpolon boşlandi. Kiçkina jiyanlari xarxaşa qilişar, kattalari bölsa yupatişardi.
– Kördingmi bularning qanaqaligini? – dedi onasi ularga qarata qoş uçirib.
– Buvilariga öxşagan-da, – dedi u ham miyiğida kulib.
– Koşki şundoq bölsa. Otasining özginasi. Mana bunisining şirinligini qara. Meni körgani kelibdi-da jujuğim, – deya eng kiçkina nabirasini kötarib bağriga bosdi onasi. Çöntagidagi şirinliklardan berib, biroz erkaladi.
– E-ee, bormisiz, aka! – söraşdi ukasi şoşib kelib.
– Rahmat.
– Bizsiz butun hosilni yiğiştiribsan-da, uka, – dedi akasi ham körişa turib.
– Yaxşimisiz, aka.
– Xudoga şukr. Özing tuzukmisan? Oilang tinçmi?.. Qani ular!? Nega olib kelmading? Bir yozilib ketişardi-da.
– Hadeb avaylayvermay qişloq oftobidan ham yediring ularga, aka! – dedi ukasi ham qöşilib.
U tuzukroq bahona topolmay kulib qöya qoldi. Birin-ketin jiyanlari kelib körişa ketişdi. Kattalari böyi barobar çözilişibdi. Hammasini körib xursand böldi. Yangasi bilan kelini ham hollaşa turib, oilasini söraşdi. Rostdanam olib kelsa bölarkan.
Birpasda ayvonga dasturxon yozildi. Singlisi keliboq oş-ovqatga unnadi. Onasi kelinlari bilan non zuvalasini olişga tuşdi. Bu ğimir-ğimirlarni körib kallasi aylanib qoldi. Hamma narsa taxt edi. Onasi hatto xamirgaça qorib, tayyorlab qöygan ekan. U nima qilarini bilmay, tandirga öt qaladi. Kosov bilan olovni kavlab, sal qoldi qoşini kuydirişiga. Xijolatdan ariqdagi suvga yiqilay ham dedi. Toza kulgi bölardi-da öziyam. Jiyanlari amakilarining harakatlarini bir-biriga körsatib, qiqirlaşardi. Yer yorilmadi-yu, kirib ketmadiyam… Amallab tandirni qizitib oldi. Onasi kelib, özi non yopdi. Tandirning jağiga mitti kulçalardan yopiştirgan ekan, birozdan keyin uzib unga uzatdi.
– Ma, yeb ol! Esingdami, bola paytlaring doim kulça pişişini poylarding, – dedi. U qöli kuya-kuya sindirib oğziga soldi. Haqiqatan ham, juda mazali. Xotiralar vujudida ajib his uyğotdi çoği, allaneçuk bölib ketdi.
Şu yösin qoş qoraydi. Keçki ovqatga barça jamuljam böldi. Hamma yoqni endigina tandirdan uzilgan issiq nonu, iştahani qitiqlovçi qovurma taomlarning isi tutdi. Mevalarning hidini aytmaysizmi? Naq dimoğni yoradi-ya! Hammalari birga ötirişib tanovvul qilişdi. U yoq-bu yoqdan gaplaşib, köngil yozişdi. Onasi nevaralari bilan ança ovundi. U ham yaqinlari qatorida özini yengil sezdi. Barça taşvişlarini unutgandek böldi. Dasturxonni yiğiştirar vaqti otasini eslaşdi. Onasi ötganlar haqqiga duo qildi. Şu bilan bu yilgi yiğinga ham yakun yasaldi. Hamma tarqadi. Bir zumda uy yana huvillab qoldi. Yotar mahal onasi gapga tutdi.
– Qaçon qaytasan?
– Ertaga.
– Biroz qolmaysanmi?
– Işlarim köp. Keyin nevaralariz…
– …Otang hosilning boşidan şaharga jönat, deb tayinlagandi, – dedi sekin gapini bölib. – Şuning uçun ertalab injiqlik qila körma!..
Har gal şu – ketar mahal onasi bir dunyo narsalarni qöliga tutqazardi.
– Xöp, – dedi boş qimirlatib.
Ammo onasining içidagi gap boşqa edi. Uni aytolmay qiynalayotgani yaqqol sezilib turardi.
– Boyagi sözlarimdan xafa bölmagin yana. Bolalarni öqitinglar. Kelinga ham tayinla. Köp kuyunavermasin. Dunyo özi şunday…
Onasi nimaga şama qilayotganini tuşunolmay biroz garangsidi. Uzoq vaqtdan beri xotinining tobi yöq edi. Biroq onasi buni bilmasdi-ku! Hayron bölib qaragan edi:
– Yoz oxirlab qolganda kelin tuşimga kiruvdi. Oppoq kiyimda farişta misol uçib yurgan ekan. U osmonga qarab talpinar, sen bölsa yerga tortarding. Tuzukla, betobga öxşaydi. Hali soğayib, otday bölib ketadi. Köp siqilavermanglar.
U nima deyarini bilmay, jim qotib qoldi. Vujudi quloqqa aylanib, faqat tinglardi.
– Yana bir gap, – dedi onasi çuqur xörsinib. – Doim bir narsa içimni ezadi. Diydor qiyomatga qoladimi, deb zirillayman. Gapimni bölişga şoşilma. Özimni özim yaxşi bilaman. Otangdan keyin ança çökdim. Işlarim ham avvalgidek unmayapti. Harakatda mador yöq. Qaridim, şekilli. Barisi orqaga qarab ketyapti. Buni öylaş qançalik oğir bölmasin, bu – haqiqat! Haqiqat esa doimo aççiq…
Ming harakat qilib, gapirişga çoğlansa ham, buni uddalay olmadi. Hatto onasini yupatuvçi biror söz aytolmadi.
Tun içi onasining gaplarini öylab mijja qoqmadi. Quyoş boş kötarmay, akasi bilan ukasi yetib keldi. Tong sahar katta yölgaça kuzatib qöyişdi.
Ketar çoğ onasini mahkam quçoqlab, xayrlaşdi.
– Umringiz uzoq bölsin! – dedi sekin.
Onasi duo qildi.
– Yaqinlaringni yöqlab tur, – dedi ortidan.
Yölda atrofdagi dov-daraxtlaru qadrdon yöllar ham onasining gapini takrorlayotgandek tuyulardi. Bir tomondan yaqinlari bilan bölgan keçagi ötiriş zavqiyu boşqa tarafdan onasining tundagi ohi-zori içida tortişardi. Ulardan qoçay deb qoçolmasdi. Osmon olis, yer qattiq. Manzilgaça esa hali ança bor edi.
– Albatta, – dedi beixtiyor piçirlab öziga özi, ketib borarkan.
Kelasi yil keç kuz qişloqdagi eski hovlilarida barça oila aʼzolari yana yiğilaşadi.
Baxtiyor Nuriddin
1972-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Ota va öğil”, “Musavvir” , “U dunyo xaridori” , “Şudring gullari” , “Nurbola” kabi hikoyalari bilan öquvçilarga yaxşi taniş.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


