11 daqiqada öqiladi

428 marta körilgan

Huquqiy ong avvalo oiladan boşlanadi

Rasul Kuşerboyev

Xabaringiz bor, 2019–yil 22–dekabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi va mahalliy Kengaşlarga saylovlar yuqori kayfiyatida ötkazildi. Öylaymizki, xalqimiz özi­ning odil va tanti farzandlarini qöllab-quvvatladi. Albatta, saylovlarning natijasi ölaroq, Parlamentga el-yurt manfaati yölida xizmat qiladigan fidoyi şaxslar saylandi. Xalqining rağbati bilan Rasul Kuşerboyev Oliy Majlis Qonunçilik Palatasiga ikkinçi marotaba deputatlikka saylandi.

Avvalo, Rasul Xidraliyeviçga el-ulus katta işonç bildirdi. Öylaymizki, u saylovoldi dasturidagi vazifalarni ado etadi va bu yölda köpçilikga namuna böladi. Rasul Xidraliyeviçni tahririyatimizga çorlab, undan şakllantiriladigan yangi Parlament haqidagi öy-mulohazalari bilan örtoqlaşdik.

 

– Rasul aka, avvalo, xalq işonçi ölaroq deputat sifatida saylanganingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, özgarişlar bugun “Yangi Özbekiston” qiyofasida umumlaşmoqda. Mana, kuni keça, Parlament saylovlari ham bölib ötdi. Nima deb öylaysiz: yangi Parlament yangi Özbekiston qiyofasini tölaqonli aks ettira oladimi? Şu maʼnoda saylov natijalaridan könglingiz töldimi? Yaqin kelajakdagi yangi Parlamentning beş yillik faoliyatini qanday tasavvur qilasiz?

– Saylovlarni oldingilarga nisbatan demokratroq böldi, deb ayta olaman. Albatta, kamçiliklar yöq emas. Demokratroq deyişimga sabab, ommaviy axborot vositalari orqali siyosiy partiyalarning oçiq-oşkoralik asosida çiqişlarini va hatto unga öz fikrlarini bildiriş imkoniyati çekka hududlargaça yetib bordi. Şaxsan özim çinozlik dehqon ham, kosib ham partiyalarni kuzatib borgani, ayrim masalalarda partiyalar fikriga qöşilmasligini taʼkidlaşganiga guvoh böldim. Ular bizga oçiqçasiga erta bularni qila olasizlarmi-yöqmi, degan talabni ham qöyişdi. Xalqning siyosiy jarayonlarni kuzatib borayotganidan, albatta, xursand bölasiz. Yana bir jihat – odamlarda talabçanlik juda ortgan. Davlat uçun xalqdan kattaroq kuç yöq, uning xohişi, irodasi har doim hal qiluvçi bölişi şart. Şundan kelib çiqib, Yangi Parlament yangi Özbekiston uçun nima qilib bera oladi, degan savolga men bu xalqning talabçanlik ruhining tuşmasligi bilan boğliq, xalq özi saylagan vakildan talab qilsa, uni tinç qöymasa, deputatlar ham işlaydi, işlolmasa, özi bu yerni tark etadi, deb javob bergan bölardim.

Yangi Parlamentga saylanganlar saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ustida işlasa, xalqqa bergan vaʼdasini bajarişga, uning işonçini oqlaşga harakat qilsa, öşandagina özgariş böladi. Yangi Parlamentda biz xalqning özi saylagan vakili qaysi masalaga qanday fikr bildiryapti, nimani qöllab-quvvatlayapti – ana şularni bilib turişi uçun texnik imkoniyatlar yaratişga urinyapmiz.

Hozirgi işlaş jarayoni odamlarni qoniqtirmayapti. Bu haqiqatni tan olişimiz kerak. Biz odamlarning talab darajasida işlolmayapmiz, oçiqlik-oşkoralik, söz erkinligi yangi bosqiçga çiqsa, uzoq vaqt xalqni qiynagan muammolar dangal aytilsa va qöyilsa, Parlamentda körib çiqilsa, ana şunda işimiz körinadi. Bularning yeçimini topiş – bizning asosiy vazifamiz. Agar odamlarda işonç yöqolmasin desak, ularning xohiş-irodasi yölidan boradigan bölsak, Parlament yangiça işlaş bosqiçiga ötişi şart va ötadi ham. Parlament jamiyat lokomotivi bölişi kerak. Davlatning barça organlari xalqning öziga hisobdor bölişi kerak. Hisobdorlik, avvalo, uning vakillari oldida kerak. Agar şunday bölsa, yangi Parlamentning qiyofasi ana şu böladi.

– Jamiyat ahlining huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi bevosita şaxsiyat bilan, uning madaniy-maʼnaviy saviyasi bilan boğliq. Bu galgi saylovlarning yoritilişida nisbatan oşkoralik, şaffoflik kuzatilgani uçunmi, ayrim fuqarolarning öz huquqlarini anglamasligi, bu jamiyatimizdagi eng katta kamçilik ekani yaqqol körinib qoldi. Biz yurtning ravnaqi uçun özini masʼul deb biladigan, öz huquq va burçlarini ongli ravişda his qiladigan fuqarolik jamiyati quriş yölida qanday qadam taşlayapmiz? Bu borada öz qaraşlaringiz va şaxsiy taşabbuslaringiz haqida sözlab bersangiz.

– Haqiqatan, fuqarolik jamiyatining rivojlanişi qay darajada ekanligini körsatadigan belgilardan biri bu huquqiy ongdir. Agar jamiyat aʼzolari davlat hayotiga befarq bölişsa, öşa joyda rivojlaniş bölmaydi. Aslida eng yomoni ham şu. Jamiyatning orqaga ketişiga harakat qiliş, buzğunçilik qiliş şartmas, befarq bölib tursa böldi. Oqibatda davlatni öz manfaatini öylaydigan bir guruh korçalonlar egallab oladi va şu bilan xalqning manfaatlari körinmay qoladi. Bizda huquqiy ong deganda yana bir muammo bor: kimga qanday masalada murojaat qiliş kerakligini bilmaymiz. Bizni qiynaydigan narsa şuki, hokimlikning vakolati yoki sudning vakolatiga kiradigan işlar böyiça ham bizga murojaat qilinadi. Öz-özidan uni hal qilişga bizning vakolatimiz yetmaydi. Masalan, sanitar holat obodonlaştiriş masalasi bölişiça Oliy Majlis deputati emas, masʼul taşkilotlar hal qilişi kerak. Individual xususiyatga ega bölgan, barçaga tatbiq etib bölmaydigan masalalarni javobgar taşkilotning özi hal qilişi lozim. Biror huquqiy vakolatga ega şaxs qilişi lozim bölsa xalq öşa hududdan saylangan deputatning vakolati ekanligini anglab olişi kerak.

Yana bir misol, biz sudning mustaqilligini haqida köp gapiramiz. Aslida, sudning işiga aralaşişga heç kimning haqqi yöq. Sud bilan boğliq masalani sudning öziga murojaat qilib yeçiş kerak. Buni boşqa taşkilotlarga murojaat qilgan bilan iş yana sudning öziga topşiriladi. Bunday ovoragarçilikning oldini olişda ham huquqiy ong muhim ahamiyatga ega. Bizdagi köp muammolar mana şu bilan boğliq. Huquqiy ongi darajasi, anglaş yuqori böladigan jamiyatda rivojlaniş bölişini kuçli mamlakatlar misolida körib turibmiz. Mahalliyçilik, taniş-bilişçilik degan illatlar ham bölmaydi va davlat xalq bilan hisoblaşadi. Kimdir öz huquqini anglamaydigan bölsa, majburiyatiga kiradigan organlar ham uni bildirmasdan çetlab ötib ketişga harakat qiladi. Huquqini bilmasa, boşqa tomon uning huquqini buziş orqali nimagadir erişmoqçi böladi. Boşqa odamning huquqiy erkinligi boşlangan joyda ikkinçi odamda şu erkinlik töxtaydi, degan gap bor.

– Xöş, öşa huquqiy ongni qanday şakllanti­riş mumkin?

– Huquqiy ong, avvalo, oilada şakllanadi. Biz kundalik turmuşimizda duç keladigan qonun-qoidalar bor. Masalan, voyaga yetmagan bolasiga dökondan sigaret yoki spirtli içimlik olib keliş buyuradi. Qonunan olganda, sotuvçi unga bu mahsulotlarni sotişga haqqi yöq. Lekin bunga befarqlik oqibatida odatiy hol sifatida qaraladi. Yoki yöl harakati qoidalarini olaylik, ota-onaning özi örnak bölişi kerak bölgan örinda qoidani buzadi. Uni körgan bola bundan keyin töğri harakatlanadimi? Bola uçun ota-ona hamişa ideal namuna hisoblanadi. Demak, huquqiy ong oiladan boşlanişi kerak.

Bolaning dunyoqaraşi şakllanişida, ertaga mustqil qaror qabul qilişida ham ular namuna bölişi kerak. Farzandni uriş mumkin emasligi, erkakning ayoliga qöl kötarişi kabi holatlar tarbiyaga ham, huquqiy ongga ham taʼsir körsatadi. Huquqni örgatiş faqat taʼlimga taşlanmay oilada ham olib borilsa, oson va yaxşi natijaga erişiladi. Yana bir masala – maktablarda davlat va jamiyat huquqi bilan boğliq fanlarni çuqurlaştirib öqitişni yölga qöyiş kerak. Faqat nazariy kitobda çiroyli gaplarni aytavergan bilan u quruq maʼlumot bölib qoladi. Menimça, bu borada mutaxassis – amali­yotçilarni ham köproq jalb qiliş kerak. Palament haqida mavzu bölyaptimi, öquvçi şu bosqiçdan ötgan, amaliyotni ötagan kimdir bilan körişişi kerak. Nazarimda, heç qaysi davlat idorasi vakili bu uçraşuvlarni rad etmaydi, çunki bugun vaziyat şuni taqozo qilyapti.

Taʼlimda ham, boşqa sohalarda ham eksperimentlarimiz köpayib ketdi. Aslida, bu fundamental asoslar özgarmasligi kerak. Uning atrofidagi talablar özgarsa ham, mustahkam poydevorni özgartirmaslik kerak. Biz taʼlimni real hayot bilan töla boğlab olmaganmiz. Masalan, darslikni öqigan abituriyent, test savollarining darslikdan farqliligini yaxşi biladi. Demak, örganilayotgan va amal qilinadigan işlar özaro muvofiq bölişi lozim.

Yana bir tomoni jamiyatning barça qatlami bir-biriga namuna böla olişi lozim, u mahalla raisimi, hokimmi, öqituvçi yoki şifokormi. Agar hokimning oğzidan rahbarlarga nomunosib sözlar eşitilsa, bu faqat unga emas, barça şu soha vakillari haqidagi salbiy tasavvurni şakllantirib qöyadi. Rivojlaniş sekinlaşuvining asosiy sababi biz haliyam qoliplardan çiqolma­yapmiz. Bu psixologiya bilan boğliq, tarbiyamiz, jamiyatning befarqligi, manmanlik ham sabab.

– Suhbatimiz öz-özidan yoşlarga borib taqaldi. Bu yilgi saylovlarda yoşlarning ovozi nisbatan köproq böldi. Bu esa yoşlarning ijitimoiy-siyosiy hayotimizda muhim örin tutişidan dalolat. Söngi yillarda yoşlarga oid turli qonun va qarorlar qabul qilindi. Xöş, bularning ijrosi qay darajada? Bugun yoşlar bilan boğliq muammolarga yeçim topişda Parlamentning örni qay ahvolda? Siz sohada yana qanday işlarni amalga oşiriş kerak deb bilasiz?

– Yoşlar Parlamentda qança köp bölsa, bu ular uçun şunça yaxşi böladi, deb öylaganman. Ammo bu har doim ham töğri bölavermas ekan. Parlamentda yoşlar ham qatnaşadi. Lekin yoşi katta vakil ham men faqat kattalarni öylayman, yoşlar bilan işim yöq, degan qaraşda bölmaydi. Yoşlarning jamiyatda öz örnini topib olişida maʼlum bir vaqtda ularga imtiyozlar, şaroit kerakdir. Aynan, sen 29 yoşda bölsang bunday imkoniyating bor, 30 kirsang bunday degan ajratiş töğri emas. Bu tabaqalaşişga ham olib keladi. Köproq yoşlar işlaşi kerak bölgan soha yoki yoşlarni qöllab-quvvatlaş mumkin bölgan yönalişlar bor. Parlamentda yoşlar komissiyasi bor, şu komissiyaning vakolatlarini oşirib beriş kerak, şuningdek yoşlar bilan işlayotgan boşqa taşkilotlar ham bor. Şu taşkilotlar yoşlarni qiynayotgan muammolarni yiğib hukumat oldiga qatʼiy qöyişi kerak. Masalan, ayni paytda yurtimizda 32000 nafar talabaga turar-joy yetişmaydi. Nega şu muammo köndalang qöyilmaydi. Bu masala bitta xat yoziş bilan bitmaydi. Bu katta ijtimoiy masala. Ayni şu yetişmovçilik ortida talabalarning qançadan qança ijtimoiy muammolari bor.

Yana bir holatni aytmoqçiman, stipendiyalarning bir xillaştirib qöyilişi ham notöğri. Bunda ötiş bosqiçi, sifat kafolati bölişi kerak edi. Öşa 32000 nafar talabani turar-joy bilan taʼminlab, keyin bu iş qilinganda ham, xarajat kamaydi, talabaning ahvoli yaxşilandi, deyiş mumkin edi. Talabaning tölagan şartnoma mablaği hisobidan öqituvçining oyligini oşiriş, bu holatda talabaning öqituvçiga nisbatan qaraşi qanday böladi? Biz bir neça marta şu masalada murojaat qildik. Lekin natija bölişi qiyin keçyapti. Bu talabni şaxsan özim Vazirlar Mahkamasiga qayta-qayta murojaat sifatida olib çiqdim. Afsuski, bu Parlamentning vakolatiga kirmaydi. Bu vakolatni Parlamentga qaytarib olişimiz kerak. Taʼlimga oid qonunlarni faqat Parlamentning ruxsati bilan qabul qiliş tizimiga ötişimiz lozim. Ammo bu işni qiliş uçun faqatgina deputat yoş bölişi şartmas. Şunga xohiş-irodali deputat bölişi kerak. Yoşlarga oid qanday masala borki, marhamat qilib, xalq saylagan vakillar orqali amalga oşirilsin.

Bizda, afsuski, haliyam jazolaniş riçaglari qolgan. Haqiqatni aytgan talaba talabalar safidan çiqariladi, bahosi qöyilmaydi. Marhamat, bu bilan Parlamentning Yoşlar komissiyasi şuğullansin, xolislik yölga qöyilsin. Şundagina ularning ijtimoiy ahvoli yengillaşadi.

– Keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarining faoliyatidagi jiddiy özgarişlar kuzatilyapti. Tom maʼnoda OAV törtinçi hokimiyat sifatida şakllanişga harakat qilyapti desak, mubolağa bölmaydi. Bundan taşqari, ijtimoiy fikrga taʼsir etişda, internet tarmoqlari keng örin olayotganini ham eʼtirof etişimiz kerak. Ammo baribir OAVning faoliyati körsatilgan şaroit, berilgan imkoniyat darajasida emasday. Sohani yanada rivojlantiriş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş zarur? Bu borada yangi Parlament öz zimmasiga qanday vazifalarni olişi kerak deb öylaysiz?

– Ommaviy axborot vositalari haqida davlat tomonida aniq bir pozitsiya belgilanişi kerak. Bozor şaroitida maişiy va oldi-qoçdi mavzularni yoritayotgan naşrlarning yaşab qolişi aniq, ammo ijtimoiy muhim bölgan, kelajak uçun kerak bölgan ayrim naşrlarga davlat byudjet hisobidan bölmasa ham, grantlar, fondlar orqali amaliy yordam berişi kerak. Agar biz ularni özi kuraşolmayapti, yöqolib ketaversin, deydigan bölsak, yana köp narsani boy bergan bölamiz. Maqsadi tijorat emas, ilm-maʼrifatga xizmat qiladiganlarini davlat ajratib olişi va qöllab-quvvatlaşi kerak. Agar nodavlat naşr ham şu yönalişda faoliyat körsatmoqçi bölsa, unga ham yordam berilsin. Umumiy talablarni eʼlon qilib, şu talab asosida kim işlay olsa, davlat kömagidan foydalansin. Lekin çegarani belgilab olişimiz kerak. Agar şunday qilmasak, biz köplab maʼnaviy tarbiya berişi mumkin bölgan naşrlarni qöldan boy beramiz. Axir, bu naşrlarning maqsadi kelajak avlodga yaxşi asarlarni yetkaziş, dunyoqaraşini kengaytiriş, fikrlaşini oşiriş-ku?! Kelajakda odamlar özlari uçun bu naşrlar kerakli­ligini bilganda bu masalalar yana joyiga qaytişi mumkin. Lekin hozir hukumat, Parlament bunga yordam berişi kerak.

– Adabiyot barça davrlarda ijtimoiy hayotga jiddiy taʼsir qilib, millat dardini, xalqning irodasini aks ettirib kelgan. Siz özingiz ham adabiyotga, ijodga begona emassiz. Şu maʼnoda bugungi adabiy jarayon bilan qançalik tanişsiz? Bugungi zamonaviy özbek adabiyoti haqida qanday fikrdasiz?

– Bundan ön-ön beş yillar oldin özbek adabiyotida kuzatilgan bir xavotir – proza yönalişida oqsoqlik bor edi. Lekin sönggi yillardagi özgarişlarni köryapman, özbek adabiyotida ham barakali ijod qilayotgan yangi avlod şakllanmoqda. Bu juda quvonçli holat. Sönggi yillarda yozilgan asarlar­ning jahon adabiyoti darajasida tenglaşa oladiganlari ham bor: özimizning Markes, özimizning Aytmatovlarimiz. Nazarimda, bizda asosiy muammo özga tilga tarjima qilinişi, bunga yetarli saviyadagi tarjimonlar kamligi. Yaxşi asarlarimizning inglizça, rusça, nemisça variantlari, albatta, bölişi kerak. Ular ham özbek adabiyotidan xabardor bölsin.

Avvalo ijodkorga şaroit kerak. Uni boşqa taşvişlardan qutulib, yaxşi ijod qilişi uçun davlat ham kömak berişi lozim. Masalan, Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasi ham davlatning kömagi bilan qilinmoqda. Faqat bir savol tuğiladi: yoşlar bundan töğri foydalanyaptimi? Kitoblar javonlarda turib qolma­yaptimi? Adabiyotga ilk qadam qöygan yoş ijodkorlarni xalq bilan yuzma-yuz qiliş kerak. Elga tani­tiş lozim. Şu maʼnoda elektron kitoblarni ham köpaytirişimiz kerak. Uz domenidagi tizimda özbek adabiyoti sonini oşiriş lozim ayniqsa, özbek tilidan tarjima qilinganlarni. Şunda boşqalarni ham adabiyotimiz bilan tanişiş imkoniyati oşadi. Atoqli adiblar nomi bilan ijod maktablarining oçilganligi ham adabiy jarayonni yaxşilaşga xizmat qiladi.

– Qozoq adabiyotidagi ertaklarni özbek tiliga tarjima qilgansiz ular kitob holida naşr etildi. Uşbu işlarga ustoz Mahmud Saʼdiyning ham sizga bergan qatʼiyat, qistovlari bor. Judayam band odamsiz. Bunga qanday vaqt topgansiz?

– Heç qaçon alohida vaqt topib bölmaydi. Faqat kuçli istak bölişi kerak. Biror bir taʼmasiz bajarilişi kerak. Bu işlar kelajak avlod tarbiyasi, xalqlar bilan özaro munosabatda maʼlum bir darajada hissa qöşadi. Şu nuqtayi nazardan, özbek öquvçilarini yangi manbalar bilan taniştiriş masʼuliyati keçalari uyqudan keçib işlaşga undagan. Özaro döstlikni mustahlamlaş, tariximiz birligi xalqlarni bir-biriga yaqinlaştirişda bu kabi tarjima asalarning öz örni bor. Nasib qilsa, men ham şu birlikni mustahkamlaş uçun öz ijodiy işlarimni davom ettiraman.

– Vaqt ajratib, suhbat qurganingiz uçun rahmat. Bundan bu­yoğiga ham şijoat va ğayratingiz sönmasin deb qolamiz.

Husan MAQSUD, Dilnoza Rustamova suhbatlaşdi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…