3 daqiqada öqiladi

216 marta körilgan

Gumon

Odinaxon Abdurahimova

Hikoya

Oç qornim – tinç quloğim.

Ertalabdan hammaning kayfiyati buzildi. Saflanişdan söng direktor örinbosari Fazilat opa barçani yiğib oldi-da, körsatkiç barmoğini rökaç qilib vaysay boşladi:

– Hurmatli öqituvçilar! Sizlarning ortingizdan rayo­ndagilardan gap eşi­taverib çarçadim. “Ha?” desa, 1-maktab, “Nima?” desa, 1-maktab. Özini yaxşi körsatiş uçun maktabdagilarni qora qilib rayonoga yugurib ketadiganlar bor içimizda!

Fazilat opa çap tomonga qarasa çap qoşi kötariladi, öng tomonga qarasa öng qoşi. Körsatkiç barmoği ham töpponçadek öşa tomonga buriladi. Qoşlari ham ovozining baland-pastligiga qarab tortilaveradi:

– Nima gapingiz bölsa, bizga ayting, Xudo yorlaqagurlar! Avval biz bilaylik nima gapligini!..

Nima gapligini esa töplanganlarning birortasi ham bilmaydi. Hamma hayron. Ibragimova yonidagi Komilovani sekin turtib qöydi. Rahimov tomoq qirib, yolğondakam yötaldi.

– Nima bölibdi özi, tinçlikmi? – toqati toq bölib söradi öqituvçi Murodjon Asqarov.

– Kimdir rayonoga borib, bizda heç qanday tadbir ötkazilmayapti. Maktablararo tanlovlar ham yöq, debdi. Şunça yil işlagan, hammadan tajribali Soqijon akaning kabinetiga bostirib kirib şunday debdi.

– Kim ekan u? – savol taşladi Turdiyev.

– Kimligini aytmadi-da. Bizning maktabdanmiş. Özi yoşgina ekan. Körsam taniyman, dedi. Soqijon aka şu kungaça bunday eʼtiroz eşitmagandim, deya hamma hujjatlari­­ni körsatibdi. Tortmasidagi neça yillik rasmlar, tadbirlar bayoni bormi, barini titkilabdi. Nima keragi bor buni, hurmatli ustozlar?

Qiziq… Yiğilganlar hayratlanib, bir-biriga qarab çiqişdi. Kim ekan-a u Soqijon akani bezovta qilgan?

Fazilat opa tuni bilan ğazabini qaynatib çiqqan bir kurak olovni örtaga soçdi-da, hammani tarqatdi. Yiğilganlarning yarmi ğovur-ğuvur qilib ikkinçi qavatga kötarildi, yarmi öqituvçilar xonasiga yöl oldi. Mate­matika öqituvçisi Madumarova yöl-yölakay yengimdan tortib piçirlay boşladi:

– Işqilib meni aytma­dimikan-a?.. Keça men borgandim rayonoga.

– Nega borgandingiz?

– Olimpiada uçun maʼlumot olişga.

Şunday deya Madumarova römolining uçini tişlab boşini çayqadi. Uning içiga ğulğula tuşgandi.

– Fazilat opa olimpiada haqida gapirmadilar-ku, – dedim xotirjam qiliş uçun.

Öqituvçilar xonasida uç daqiqalik muhokama bölib ötdi.

– Rayonoga öylab boradigan bölibmiz-da endi, – dedi birov hangama bilan.

– Oramizda şunaqalar ham bormi-a? – dedi yana kimdir.

– Öşaning kimligini öziga aytsa bölmaydimi?

– Ötgan kuni men borgandim, Soqijon akaga bir hujjatni topşiriş uçun. Lekin men unaqa gaplarni gapirmadim, – dedi Karimaxon muallim.

– Meni aytdimikan-a? – hammani öylantirdi tarix öqituvçisi Rohila opa, – şu kunlarda tez-tez borayotgandim öşa yoqqa. Ikkinçi qadam bosganim bölsin!

Men ham gapiriş uçun endi oğiz juftlagandim, Fazilat opa kirib qoldi. Hamma jim böldi va jurnallarni qöltiqlab sinfxonalarga tarqaldi. Ikki kun avval men ham borgandim rayonoga. Metodistimizga maktablararo körgazmali qurollar tanlovini ötkazaylik, demoqçiydim. Metodist yöq ekan, 4-xonadagi Malohat opaga uçrang deyişdi. Malohat opa Şahobiddinga kiring, dedi, Şahobiddin mudirga, mudir Soqijon akaga röbarö qildi. Soqijon aka meni kabinetiga boşladi, “Juda yaxşi taklif aytyapsiz. Özim ham yaqinda xuddi şunday tadbir rejasi tuzib qöygandim”, deya tortmasini titkiladi. Rejani topolmadi, şekilli, yonboşidagi şkafdan bir quçoq delo olib, stoliga taşladi. Delolar­ning şaloplagan tovuşidan bir çöçib tuşdim.

– Qöyavering, şart emas. Men uni körmoqçimasman. Taklifimni aytdim, endi menga ruxsat…

Bir qadam orqaga ti­sa­rildim. Ammo Soqijon aka astoydil delo oça ketdi.

– Hozir, men sizga körsataman, mana, mana bunda aynan sizning maktabingizda ötkazilgan tadbirlar bayoni rasmlari bilan. Köring-çi, bularni taniysizmi?

Men ilojsiz unga yaqinroq bordim. Suratlarda taniş ğişt devorlar, taniş çehralar bor edi.

– Mana bunda kasb-hunar tanlaş böyiça 2013-yil ötkazilgan tadbirlar. Mana bunisi…

U menga hamma deloni oçib körsatdi. Men ham sabr bilan qarab turdim. Lekin Soqijon akaning tuzib qöygan tadbir rejasi bular içidan çiqmadi.

Balki Fazilat opa aytgan öşa mendirman: “…özi yoşgina ekan, körsa tanirmiş…” Lekin, astağfirulloh, men heç qanday şikoyat qilmadim-ku. Butunlay boşqa narsani gapirgandim.

Öşa gumondor şaxs kim bölsayam, bekor qipti-da…

Odinaxon ABDURAHIMOVA

 

2021/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…