Işonçim komil, otam umri bino bölib menga bor-yöği bir marotaba köz taşlagan, rost, bu bir marotaba sodir bölgan, xolos. Köz solgan-u mendagi narsani körgan.
Öşa vaqtlarda çaqaloqlar tuğiladigan nurli sahnaga yoxud ayollar tuğruq arafasida özini dod-voydan arang tiyadigan, tiymaganlar esa azoblarini baralla oşkor qiladigan öşa xonaga otalar uçun ruxsat yöq edi. Közi yorigan ayollarni ozoda holda öziga keltirib, tuğruqxonaning bepul yotadigan bölimi, ikki kişilik yoki yakka kişilik pullik xonaga olib, pokiza çoyşabga yotqizganidan sönggina otalarga onalarni köriş uçun ruxsat berilar edi. Mening onam şaharçadagi obrösiga qarab, alohida xonada yotgan. Keyingi sodir böladigan voqealarni nazarga olganda, şundayligi ham yaxşi bölgan.
Tuğruq keçgan xonaning derazasi ortida kutib turgan otam onam hali öşa yerda ekanida, derazadan meni körganmi-körmaganmi – bunisi menga qoronği. Lekin, fahmimça, onam alohida bölmaga çiqişidan avval hamşira derazadan meni otamga körsatgan. Negaki toza çoyşabda yotgan onam eşik ortidan erining qadamlari tovuşidan uning ğazabini sezgan, sezgan-u ammo sababini bilmagan. Qayerdan ham bilardi, axir, u eriga, ehtimol, dunyoning jamiki erkaklari istaydigan öğil farzand tuğib bergandi.
Öğlini körib, otamning gapirgan gapini bilaman. Balki, otam u gapni aytmagandir ham, harqalay, onam menga şunday degan.
“Nima, bu bir bölak jigar?”
Gapning davomi ham bor. “Siz uni uyga olib ketaman, deb öylab ötirmang, bunga hojat yöq”.
Yuzimga bir tomondan qaralganda u benuqson, albatta. Töpiğimdan yelkamgaça – hammasi joy-joyida bölgan. Böyim – yigirma bir dyum, oğirligim – sakson beş funt. Tört muçasi soğ, oppoqqina çaqaloq, faqat öşa vaqtda töqqiz oylik safarimdan keyin rangim, tabiiyki, qizğiş bölgan.
Tuğilganimda yuzimda norim bilan tuğilganman, qizil emas, siyohrang nor. Çaqaloqligimda, bolalik yillarimda ham norim töq quyuq rangda bölgan, yillar ötgan sayin quyuq rang harqalay oçargan, ammo baribir siyohrangligini heç qaçon yöqotmagan. Menga bir qaraganda odamlar köradigan bor narsasi ham, çap tomondan yonimga kelganni şoşirib qöyadigan norim ham baribir öşa siyohrangligiça qolavergan. Allakim yuzimning çap tomoniga xuddi uzum şarbatini sepib yuborgandek öziyam. Şarbatning yaxlit qismi yuzimga tekkan-u, keyin böynimgaça tomçi-tomçi bölib oqib tuşgan. Çap qovoğimdan quyilgan bu şarbat burnimga kiygizilgan yubkadek körinadi.
– Közingning oqi noring içida alohida ajralib turibdi. Közingning bunday ajralib turişi nigohlaringga boşqaça husn beradi, – norimdan nafratlanmay, özimni şu holimça sevişimga umid qilgan onamning daldasi şunday edi. Bunday gapdan odamning kulgisi keladi, ammo bu qabul qilsa böladigan dalda edi. Ittifoqo, onamning bu ğaroyib fikrining çindan ham menga foydasi tekkan. Şu gapga işonganim uçun ham norimni deb tuşkunlikka tuşib qolmagan bölsam kerak.
Albatta, mening uyga olib kelinişim borasida otam onamga gapini ötkazolmadi. Mening uyga kelişim, umuman, tuğilişim otam bilan onamning örtasida dahşatli jarlik yaratdi. Töğri, bu jarlik jar bölib ularni ikki tomonga ajratib yubormagandir, ehtimol. Yöq, men ularning biri-biriga ters bölib yurganlarini sezmaganman ham. Ammo oralarida qandaydir ziddiyat paydo bölgan. Menimça, bu asli ziddiyatdan ham ortiqroq narsa edi. Ularning bir-biridan köngli qolib ketgan edi.
Otam boşida könçilik fabrikasi, undan ötib boşmaldoqli qölqop fabrikasiga egalik qilgan, ammo u öqimagan odamning öğli edi. Yigirmançi asrga kelib, zamon ança taraqqiylaşib, köp eski narsalar özgarib ketadi. Biroq bobom qurgan katta hovli, biz yaşagan uy, bir etagida ham boğbon uçun, ham oşpaz uçun solingan uy, oradan qança vaqt ötsa-da, özgarmay öz holiça saqlanib qolaveradi. Otam oliy maʼlumotli böliş uçun universitetga öqişga kiradi, faqat öğil bolalar öqiydigan universitetga. Biroq baribir u davlat işidan köra, eski gurkiragan davrlarni afzal bildi, çoği, singan fabrika örnida suğurta biznesini oçdi. Öşa vaqtda otam universitet körib kelgani uçun şaharçamiz atrofida uning yaxşigina obrösi bor edi. Bundan taşqari, u golfni ham yaxşi öynar, tengsiz dengizçi ham edi. (Darvoqe, aytiş xayolimdan kötarilibdi, uyimiz Huron köli ustidagi qoyada, şafaqqa qarab Viktoriya uslubida qad rostlagandi).
Uyimizda otamning hamma tan beradigan bir qobiliyati bölgan. U juda noyob didga ega odam edi. Bunday nozik didi tufayli otamga har narsa ham yoqavermas va u unça-munça narsani ham nazariga ilmasdi. Otamda mana şu ikki xususiyat – har narsani yoqtiravermaslik va pisandiga ilmaslik biri-biriga egiz edi. Otam baʼzi bir ovqatlardan tortib, çiqayotgan avtomobillar-u musiqagaça, odamlarning qanday gapirişidan to urf bölayotgan kiyimlargaça, radiodagi hajviy eşittirişlar, keyinroq, televizor paydo bölgaç, televideniye maşhurlarigaça past baho berar va odatda ularni yoqtirmasdi. Bularning orasida zamonamizdagi irqiy guruhlar va tabaqaviy sinflar ham otamning çiğiriğida aylanib turardi (lekin bu oxirgilarini u qadar çuqur emas, gap yöqligida gap qabilida şunçaki muhokama qilib qöyardi). Qiziq tomoni, otamning dengizçi birodarlari va eski qadrdonlari orasida juda kam odam uning fikriga qarşi çiqardi. Menimça, hatto öşa sanoqli odamlar ham uning qonini qaynatgan. Negaki, unga qarşi çiqişlari otamning izzat-nafsini qattiq kamsitgan.
“Haqiqatni ayamay gapiradi”. Otamga şunday taʼrif berilgan edi.
Uyda u har safar eşik oçganida yuzma-yuz keladigan men kabi mevasi, aniq, uning uçun haqoratli holat edi. U yolğiz özi nonuşta qilar, tuşlikga uyga kelmas edi. Onam nonuştani ham, tuşlikni ham men bilan qilardi. Faqat keçki ovqatda biroz men bilan, keyin yana otam bilan ham ötirar edi. Keyinçalik mana şu keçki ovqat masalasida ham ularning örtasida qanaqadir nizo bölgan bölsa kerak. Boisi onam men ovqatlanib bölgunimgaça yonimda şunçaki ötirar, ammo heç narsa yemas, keyin otam bilan birga ovqatlanar edi.
Körinib turibdi – men ota-onamning oilaviy hayoti tinç-totuv bölişi uçun hissa qöşmaganman.
Ammo şunday yaşab turib ham ular qanday qilib ajraşib ketmagan? Onam universitetda öqimagan, öqitişga oilasining puli ham bölmagan. U kemada suzişdan qörqar, golfga ham nönoq edi. Taşqi körinişidan odamlar aytgandek (öz onam haqida şu gapni aytişim men uçun oğir, albatta), otamning didiga töğri kelmas edi. Otam ayrim ayollar töğrisida gapirganda “hurliqolar” yoki keyinroq hayotida uçraganlarini esa, “qöğirçoqlar”, deb gapirar edi. Onam labiga böyoq qöymas, odmi siynabandlar taqar edi, tarang tortilib örilgan soçi boşining tepa qismiga toj kabi örama qilingan ediki, turmak uning oppoq va keng peşonasiga alohida urğu berib turardi. U öşa vaqtda urfdan qolgan, birmunça keng va haşamdor kiyimlar kiyar edi. Uni oqbilak kibor ayollarga taqlidan şoda-şoda marjonlarga burkanib yuradigan ayollar toifasidan ekan-da, deyişingiz mumkin, lekin men onamda bir marta bölsin kibrni körmaganman.
Bularni aytayotganim, ota-onamning bir-biriga bölgan munosabatida men, aftidan, şunçaki bir vaj-karson bölib kelganman, xolos. hatto ular uçun Tangri yarlaqagan bir bahona bölgan bölsam ham kerak. Buningsiz ham tabiatlari kelişmaydigan er-xotinning örtasida ikkisi özini ham aldab, ham oqlab yaşaşi uçun qoçib va hal etib bölmas bir muammo bölganman. Amalda esa men ularning turmuş tarzida ança qulaylik tuğdirgan bölsam kerak. Şaharçamizda ötgan şunça yillik umrim davomida men hali turmuşidan ajraşgan er-xotinni körmadim. Demak, hayotda bir tom ostida yaşaydigan, ammo qalban ajraşib bölgan, özga-özga xonada uxlaydigan şunday er-xotinlar borki, ularning örtasida heç qaçon keçirib bölmas şunday gaplar, şunday işlar ötganki, örtasiga olib bölmas şunday tösiqlar tuşganki, şunday er va şunday xotinlar bu narsalarni umrbod qabul qilgan va birga yaşab kelavergan.
Bundayin hol odamning hayratini çetlab ötadigan yakunga olib keldi, yaʼni turmuşi qandayligidan qatʼiy nazar içkilik va tamakiga berilgan döstlari kabi otam ham çekişga va içkilikka berildi. U hali ellikka tölib-tölmay kasallikka çalinib, töşakka mixlandi. Otam şu holida bir neça oy yaşadi, keyin vafot etdi. Onam, tabiiy, yotib qolgan eriga ğamxörlik qildi. U otamni kasalxonaga, hamşiralarga topşirmay, uyda özi parvariş qildi. Otam onamdan minnatdor bölib, yaxşi gapiriş örniga uni haqoratli sözlar bilan çaqirar, birovning qaroviga muhtoj bölib qolgani uçun esdan oğay derdi, onamga hamişa qörs muomala qilar, tuşunişimça, şundan baxtiyor ham edi.
Otamning dafn marosimida soçlari oppoq keksa bir ayol, sening onang avliyo ayol, deb gapirib qoldi. Bu ayol şu gapni gapirdi-yu, men uni şu zahoti yomon körib ketdim. Otam vafot etganda men universitetda ikkinçi bosqiç talabasi edim, harqalay, katta erkaklar davrasiga bemalol qöşila oladigan bir yigit edim. Ammo dafn marosimida otamning döstlarining oldiga bormadim, ular ham meni özlarining davrasiga çaqirmadi. Mening döstlarim yozuvçi va aktyor bölişga maqsadtalab öşa vaqtdagi donolardan edi, ular behuda safsatalar söqib vaqtini zoye ötkazadigan, jamiyatni ayovsiz tanqid qiladigan, yangi niş urib çiqqan ateistlar jamoasi edi. Men özini atrofidagilarga avliyo qilib körsatiş iddaosida bir iş qiladigan odamlarni inson sifatida hurmat qilmaganman. Şunisi aniqki, onam ham otam kasal bölib qolganida unga özini avliyo qilib körsatiş uçun qaramagan. Umuman, onam özini kimgadir yaxşi körsatiş kabi tuşunçalardan tamomila yiroq ayol edi. Zotan, men uy böylab yugurgilab, öynab yurgan çoğlarimda onam otamning xonasiga kirişimni yoki u bilan yaqinlaşişga harakat qilişimni aqalli bir marta bölsin söramagan, hatto bu töğrisida oğiz ham oçmagan edi. Onam odam qalbini anglay oladigan donişmand ayol edi.
Maktabga borgunimga qadar, onam faqat men uçun yaşagan, desa ham böladi. Uning özi menga harf tanittirgan. Na onam menga na men onamga biror marta bölsin qattiq gap aytmaganmiz. Oçiği, men buni alohida qadrlayman. Keyin u meni maktab internatga yuborgan. Bu quloqqa xuddi muşkulot endi hal böldi, degandek eşitiladi. Siyohrang yuz bolaning jonkuyar onasi bir vaqt kelib, tösatdan farzandini jajji yovvoyilarning şafqatsiz tajovuzlari, haqoratlarining qaynoq qozoniga jönatib yuboradi. Lekin maktabda oğir kunlarim bölmagan, hozirgaça buning sababini tuşunmayman. Men yoşimga nisbatan novça böy va jismonan baquvvat bola bölganman, ehtimol, bularning foydasi mana şu bölgandir. Yana bir tomondan, uyingda nosoğlom vaziyat, otangning sendan jirkanişi, bir uyda yaşab turib uni körmay, ammo senga qahrini bilib ulğayganingdan keyin seni qaysi joyda qanday qabul qiladi – buni senga ahamiyati ham, oğriği ham bölmaydi. Otamdan olgan saboğim – hayotda heç kim menga mehr körsatişga majbur emasligini anglaganim bölgan. Maktabda laqabim bor edi: Uzum-yonğoq. Laqabli yolğiz men emas edim, deyarli hammaning laqabi bor edi. Içimizda oyoği terlaydigan bir bola bor edi. Menimça, u har kuni oyoğini sovunlab yuvardi, lekin baribir unga buning foydasi tegmagan. Bolalar u bolaga ham yayrab nom topgandi: Sassiq. Men bu bosqiçdan ham ötdim. Onamga hajviy maktublar yozardim, u ham şunga munosib javoblar yöllardi. U şaharçada, çerkovda bölgan mayda-çuyda qiziq voqealarni yozardi. Hatto bir safar ayollarning çoyxörlik ziyofatiga tortiladigan sendviçlar masalliqlarining bari bir xil qilib kesilganini, mana şuni ham hajviy ruhda tasvirlay bilgani, hozirgaça xotiramda turibdi. Biroq otamdan, u muhtarama zot, deb qabul qiladigan odamdan, bir dona söz ham yozmasdi.
Mening tasavvurimda, otam dahşatli bir mahluq, onam bölsa, xaloskor bir posbondek qolib ketgan. Men haqiqatan ham şunday, deb bilaman. Darvoqe, qissamda maktabga çiqişimdan avval sodir bölgan yana bir voqea bor, zotan maqsad faqat oilaviy munosabatlar manzarasi emas. Uyimdagi muhitga guvoh yolğiz özim bölmaganman. Men öşa vaqtda hayotimda sodir bölgan jiddiy drama, deb biladigan bir voqeada özga asosiy qahramon bor edi.
Jiddiy drama. Buni yoziş odamni önğaysiz holga soladi. Yozib turib, öylab qolasan, işqilib, bu siyqa hangomadek yoki odam özini dunyodagi muhim bir şaxs qilib körsatayotgandek çiqib qolmasmikan? Ammo yana bir tomondan, hayot yölimni qanday tanlab ketganim, birdaniga qanday özgarib ketgani, buning bariga sabab bölgan öşa voqeani aytib berişning yomon joyi yöq-ku, deb ham öylayman.
Men aktyorlik kasbini tanladim va şu kasb egasi böldim. Hayron qoliş heç gapmas, töğrimi? Axir, döstlarim davrasi teatr gumaştalaridan iborat bölganidan keyin boşqaça bölişi ham mumkinmidi? Öqişimning sönggi yili teatrda rol ijro etdim. Bu oddiy bir masxaraboz roli edi. Rol tomoşabin payqamaydigan, vazifasi quruq turiş va kerak vaqti sahnaning özidan ortga yurib ketadigan rol edi. Masxarabozning bundan boşqa harakati yöq edi.
Öşa vaqtlarda milliy radioda muntazam radio pʼesalar berib borilar, bu yakşanba oqşomlarining eng sevimli dasturlaridan biri edi. Radioda eşittirişga moslaştirilgan u badiiy asarlar Şekspir, Ibsen asarlaridan edi. Tabiatan ovozimni har xil ovoz qilib özgartirib gapira oladigan qobiliyatim bor edi, maxsus maşqlardan keyin bu qobiliyat yanada sayqallandi. Avvaliga kiçik qismlarda rol ijro etdim. Umuman, öşa vaqtlarda televideniyening butun diqqat-eʼtibori madaniy-maʼrifiy dasturlarga qaratilgan edi. Men şunday dasturlarda qariyb har hafta iştirok etardim. Nomim, harqalay, maʼlum bir tomoşabinlar doirasida, (ammo heç qaçon u qadar katta doirada emas), tanilgan edi.
Kunlardan bir kun aktyorlik faoliyatimni yakunladim va ovoz qobiliyatim bilan boğliq faoliyatimni boşladim. U qobiliyatimning menga foydasi katta böldi, uning şarofati bilan boşlovçi bölib işladim. Avval Vinnipegda işladim, söng Torontoga qaytdim. Ijodimning sönggi yigirma yilida hafta kunlari tuşdan oqşomga qadar uzatiladigan ekliktik musiqiy şouda boşlovçi böldim. Musiqalarni özim tanlamas edim, köpinça tinglovçilar tanloviga yuzlanar edik. Oçiği, musiqani u qadar mukammal tuşunadigan boşlovçi ham emas edim. Biroq dasturlarimda bir xillikdan çekinib, işimni zavq bilan olib boradigan radioboşlovçi edim. Dasturga köplab maktublar kelar edi. Biz qariyalar uyidan, közi ojizlar uyidan, davlat korxonalarida işlamaydigan odamlardan, asosiy vaqtini uyda ötkazadigan, kunduz vaqtini pişir-kuydir-u dazmollaş bilan yolğiz ötkazadigan uy bekalaridan, traktorida yer haydab, yerni ekinga tayyorlayotgan fermerlardan ham maktublar olar edik. Xullas, maktublar butun mamlakatdan kelar edi.
Nihoyat, nafaqaga çiqdim. Tinglovçilarimning bunga favqulodda munosabati odamga yöqimli edi. Kimdir xuddi yaqin döstini yöqotib qöygandek, yana kimdir özini xuddi oila aʼzosidan birini yöqotgandek his qilayotganini aytar edi. Ötgan yillar davomida, xaftaning beş kunida muntazam uzatilgan bu radioeşittiriş odamlar uçun oddiy bir eşittiriş emasdi, balki ular hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan bir voqea bölgan. Bu ularni yolğizlikdan qutqarib kelgan döst edi, tinglovçilarimiz esa eşittirişimizdan iç-içidan, telbalarça minnatdor edi. Ajablanarlisi, bu tuyğu faqat tinglovçilarimdan ötmadi, özim ham faoliyatimni yakunlay turib şunday tuyğularni boşimdan ötkazdim. Jonli efirda ayrim maktublarni öqiyotganimda hissiyotlarimni yaşirişga tirişsam-da, ammo baribir buning uddasidan çiqa olmay qolardim.
Endi radio xotiralarimdan çekinib, boşqa bir mavzuga ötay. Xullas, hayotimda yangi bir davr boşlandi. Men iş faoliyatimni töxtatdim. Ha, xayriya auksionlarini boşqariş yoki eski damlarni xotirlab suhbatlar uyuştirişni ham rad qilib mutlaq tanaffusga çiqdim. Bir neça yil böldi – onam olamdan ötdi. U uluğ yoşni kördi. Köhna uyimizga kelsak, onamdan söng men uni sotmadim, ammo ijaraga berdim. Endi bölsa, uyni sotmoqçi bölyapman, şunga tayyorgarlik köryapman. Ijarodorlarimga ham buning xabarini berib qöydim. Uyga xaridor çiqib, to uni sotgunimga qadar şu yerda yaşab turişga qaror qildim. Yana bir tomondan boğni ham epaqaga keltirib qöyiş kerak.
Men öspirin yigitlar şu davrda yolğizlanib qolib, çekadigan dardlarga duç kelmaganman. Yonimda yetarliça döstlarim bölgan, ayollar bilan yaqin munosabatlarim ham bölgan. Şunday ayollar borki, erkaklar borasida yaxşigina ötkir, ularning bor fikru xayoli baxtli yaşaş yoki kimnidir baxtli qilişdan iborat. Bunday ayollar özlarining zavqi uçun ham erkakka borini berib, uning bilan baxtli bölişga çanqoq böladi. Men bunday ayollar borasida, harqalay, ehtiyotkor edim. Şu oxirgi yillarda men yaqin munosabatda bölgan ayol stansiyada adminstrator bölib işlar edi. Ajoyib, aqlli bu ayolni eri tört bolasi bilan taşlab ketgan edi. Biz bu yerga, uyimizga, birga köçamiz, deb rejalar qilgan edik. Ayolning qölida çaqaloği bor kenja qizi uning bilan birga yaşar, haligi qiz bolasi bilan ovora bölib köçaga ham çiqa olmas edi. Xullas, u qizini çaqaloği bilan taşlab keta oladigan vaziyatda emas edi. Şu bilan rejalarimiz ham öz-özidan qolib ketdi. Öz örnida buning munosabatlarimizga taʼsiri böldi. Men köhna uyimga qaytganimdan söng biz telefonda gaplaşib turdik. Men uni mehmonga taklif qildim. Ammo kutilmaganda undan turmuşga çiqayotganini va yaşaşga Irlandiyaga köçib ketmoqçi ekani xabarini eşitdim. Men undan, qizing bilan nabirang-çi, deb söraganimda uning javobi ustimdan bir çelak sovuq suv quygandek böldi. Ularni ham Irlandiyaga birga olib ketişayotgan ekan.
Boğ juda taşlandiq ahvolda edi. Yoşini yaşab bölgan daraxtlar qurib, ötlar orasida u yoq-bu yoqda yakkam-dukkam turar, oltmiş-yetmiş yillik ravoç osilmaçoq yotoqlarni pana qilib ilingan soyabon lattalar uvadasi çiqib osilib yotar, faqat çuvalçangu qurt-qumursqalarga bardoş bergan olti-yettita olma daraxtlari, ularning turining nomini ham bilmayman, qolgan edi, xolos. Taşqaridan qaraganda men qisqa vaqtda tozalab çiqqandek köringan boğning ekin maydonçasidan çiqqan begona ötlar uyumi öziyam toğdek kelar edi. Boz ustiga, bu toğ uyumlarini yöqotiş hamyonimning çekiga edi, axir bularni yoqib yubora qolay, desam, şahar maʼmuriyati ruxsat, qiynalmay yoqavering, demaydi-ku.
Boğimizga bir vaqtlar Pit ismli odam boğbonlik qilgan edi. Hozir uning familiyasini eslay olmayapman. U bir oyoğini sudrab bosar, boşini ham bir tomonga qiyşaytirib yurar edi. U avtohalokatga uçragan edimi yoki zarb bilan yiqilib asab tolalari şikastlangan edimi – bunisidan bexabarman. U sekin işlasa-da, ammo hafsala bilan astoydil işlar edi. Odam uni mundoq bir oçiq kayfiyatda, kulib-yayrab yurganini heç körmagan edi. Onam uni izzatlab, yaxşi muomala qilardi. Biroq Pit onamning gulzor töğrisidagi takliflarini köpinça beeʼtibor qoldirar edi. Men uç ğildirakli velosipedimda boğning uçiş mumkin bölmagan qismida tinimsiz uçaverganimdan bölsa kerak, u meni unça xuşlamas edi. Kim bilsin, balki u men orqasidan Snekiy Pit, deb yurganlarimni eşitgandir. Qayerdan unga bunday laqab töqiganman, özim ham bilmayman. Birorta gazeta yo jurnaldagi rasmdanmi yoki qaysidir hikoyadan topib olib aytganmanmi – bunisi özimga ham qoronği.
Endi şu tobda nega u meni qovuşmagan telbalik bilan yoqtirmaganining boşqa bir sababini topgandek böldim. Qiziq, nega bu fikr ilgari xayolimga kelmagan, hayronman. Ikkimiz ham körinişidan toleyi çopmagan, nuqsoni bölgan odamlarmiz. Siz bunaqangi dardi bir odamlar asli bir-biriga hamdard böladi-ku, deb aytarsiz, ammo bir-birini jini suymaydigan darddoşlar ham köp uçrab turadi. Ular bir-birini körgani sayin oğriqli nuqtalari bilan qayta va qayta uçraşavergani uçun ham biri ikkinçisini yomon körar, ehtimol.
Lekin men uni körganimda bunday holatga tuşmaganman. Onam uzoq vaqt meni asrab-avaylab, menga şunday bir kuç berib kelganki, taşqaridan meni körgan odam özimni azbaroyi erkin tutişimdan, bu bolani qara, u çap yuzini çaplab turgan noridan xabari bormikan, deb öylar edi. Men maktabga çiqadigan yoşga yetganimda onam, maktab töla virus, öğlimning şamollaşga moyilligi bor, keyin bronxlariga ötib ketadi, uni hozir odamlar orasiga qöyib bölmaydi, uni özim uyda öqitaman, deb turib olib özi uyda harf tanittirgan. Öşanda onamning bu gapiga işongan odam, bilmadim nega-yu, faqat men bölganman. Otamning menga begonadek qaraşiga kelsak, uning butun uy içiga munosabatini körib, menga bölgan sovuqqonligidan aziyat çekib, özimni yolğiz his qilganimni, oçiği, eslay olmayman.
Şu yerda bir narsani tan olişim kerak, onam öşanda meni to esimni taniydigan yoşimga qadar yonidan jildirmay, özi öqitib, baribir, töğri yöl tutgan. Közga yalt taşlanadigan yuzimdagi bu nor bolalarga yaxşigina ermak bölardi, ular meni bemalol çetga çiqarib, yakkalatib qöyar edi. Söng bolaligimdan böladigan bu zarba meni zör sindirar, umuman, u ruhiy zarbadan bir umr qutulib bölmas edi. Hozir hayotda köp narsalarga munosabat özgaça, masalan, şu zamonda biror bola mening vaziyatimda böladigan bölsa, öşa bolakayga foydasiz ğamxörlik va keragidan ortiq mehribonçilik qilinadi. Yöq, körinişingdagi boşqalardan farqli jihatingni nuqson hisoblab jamiyatdan ajratib, uyda olib ötirmaydi. Biroq öşa vaqtning odamlariga birining hayoti boşqasinikiga qiziq bölgan, odamlar bir-biriga aql örgatib yaşagan, milliy qadriyatlar, deganda xalq saf tortib turadigan zamonlar bölgan. Onam öşa vaqtlarda bularning barini öz holida qabul qilib, oqimga qarşi suzmagandir, ehtimol.
Hovlimizning içida yana boşqa bir xöjalik bor edi. Bu – Pit iş qurollarini saqlab kelgan, özimiz ham bir marotaba işlatib söng işlatmagan, lekin nima qilişni ham bilmay, axir, nimagadir yarab qolar, deb saqlab qöygan asbob-anjomlarimizga vatan bölgan kottej edi. Pit boğbonlikdan ketgaç köp ötmay uning örniga kottejga, yuk maşinasida zamonaviy anjomlari bilan yoş, serğayrat er-xotinlar – Djinni va Franzlar kelişdi. Lekin ular ham bu yerda uzoq qolmadi. Keyinçalik ular boğdorçilikda kerak böladigan anjom-uskunalar bilan savdo-sotiq qilişga ötib ketdi. Ular boğimizda özlari işlamas edi, ösmir yoşidagi bolalarini işlatar edi. Keyin onamning ham boğ bilan işi bölmay qoldi.
Darvoqe, öşa kottejga qaytaylik, nega asosiy gapdan çetlab ketayapman özi. Xullas, oddiy omborxona bölişidan ilgari u yerda odamlar yaşagan. Birinçi bölib, bu kottejda bobom bilan buvimning xizmatkorlari er-xotin Bellslar istiqomat qilgan. Xotin pişir-kuydir va uy yumuşlari bilan şuğullangan bölsa, er boğga qaragan va bobomga şofyorlik qilgan. Bobomning Pekard rusumli maşinasi bölgan, ammo u heç qaçon uni haydaşni örganmagan. Men tuğilganimda Bellslar ham, pekard ham yöq edi. Lekin u kottej hanuzgaça Bellslar Kotteji, deb aytiladi.
Bolaligimda bu kottejda Şeron Settls ismli ayol bilan uning qizaloği Nensi bir neça yil yaşagan edi. Ayol tibbiyot bilim yurtini bitirar-bitirmas biz tomonlarga işlaşga eri bilan şahardan kelgan edi. Yoş oilaning kelganiga bir yil yoki undan sal ötib yoş erkakning qoniga infeksiya tuşadi va u vafot etadi. Ayol qölida çaqaloği bilan, odamlar aytganidek, begona şaharçada “heç kimsiz” qoladi. Ayolning kimsasiz qoldi, degani na unga yordam beradigan yoki na uni bu yerlardan olib ketadigan qon-qarindoşi bor edi, degani edi. Harqalay, mana şunday yetarli vajlar bilan uni otamning suğurta kompaniyasiga işga olişadi va ayol Bellslarning kottejiga köçib keladi. Ayol qizi bilan kottejga aynan qaçon kelganini bilmayman. Nensini taniganimda u neça yoşda edi? Uç yoşmidi? Yöq, tört yoş bölişi kerak. Men undan olti oylik kattaman. Lekin kottejni böş turgani yoki Nensilarning u yerga köçib kirgani töğrisidagi biror xotira esimda yöq. Öşa vaqtda uyning rangi kir puşti böyoqda edi. Men öşanda hamişa nima uçundir uyni aynan şunday rangga böyaş missis Sattlsning özidan çiqqan, u boşqaça rangga böyalgan uyda yaşay olmaydi, deb öylar edim.
Men, albatta, uni missis Sattls, deb, familiyasi bilan çaqirar edim. Aslida, yoşi katta ayollarning ismini deyarli bilmas edim, lekin şu ayolning ismini bilar edim. Öşa vaqtlarda Şeron ismi kam uçraydigan ismlardan edi. U ismning bir tomondan esimda qolgani, yakşanbalik maktabda aytadigan madhiyamizda ham şu ism kelar edi. Onam bu maktablarning ham yopiq tekşiruvi borligi, ham orada tanaffuslari yöqligi bois meni u yerga qatnaşimga qöygan edi. Madhiyaning sözlari projektor orqali ekranga çiqib turar, biz esa uni ekrandan körib turib kuylar edik. Menimça, hali madhiyamizni boşlamasimizdan avval mening ham, bolalarning ham tasavvurlarimizda madhiyaning sözlari bilan boğliq qandaydir manzaralar jonlanar edi.
Siloyamning salqin sabosida
Qançalar fusunkor hilpirar nilufar!
Bunçalar gözal u qoya pinjida
O! Şeronning şabnam ila zeblangan atirguli!
Töğri, endi közimizga ekranning bir burçagidan atirgul ösib çiqayotgandek körinmas edi, albatta, ammo qanaqadir xotiralarimiz tiklanar edi. Bir raqamini körganimda ham öz-özidan yakka turgan puşti kottejni – Şeron ismiga yetaklab boradigan tumanni körar edim.
Yöq, lekin men öşanda Şeron Sattlsni sevmaganman. Ammo qiziği, hali esimni tanir-tanimas Bessi ismli yoş erkakşoda xizmatkor qizni yaxşi körgan edim. U meni aravaçamda sayrga olib çiqar, xiyobonlardagi arğimçoqlarda şu qadar baland-baland uçirar ediki, men özimni salkam xiyobonning ustiga uçib çiqqandek his qilar edim. Keyinroq, onamning baxmal yoqali palʼto kiygan bir dugonasini yaxşi körib qolgandim. Hayronman, negadir uning ovozi öşa baxmalga hamohang tuyulaverar edi. Şeron Sattls mehribonligi yoki latofati tufayli yoqtirib qoliş mumkin bölgan ayollar sirasiga kirmas edi. U ayolning baxmaldek mayin ovozi yöq edi, bundan taşqari, mening vaqtimni maroqli ötkaziş unga anoyi ham kelmagan edi. U novça böy, onamga nisbatan juda ozğin, tep-tekis ayol edi. Soçlari iris qanddek jigarrang, uçlari esa oltinrang, turmagi Ikkinçi Jahon uruşi vaqtida urf bölgan bob uslubida kesilgan kalta turmak edi. U qöyib yuradigan qip-qizil lab böyoği uning lablarini bördoq qilib qöyardi, men bunaqa labni rasmlari katta qilib osib qöyiladigan kino yulduzlarida körgan edim. U uyda vaqti, odatda, kimono kiyib yurardi. Men uning kimonosidan çiqib turgan oyoqlarini körib, öşa kimonoda oyoqlari uzun va ingiçka allaqaysi oq quşmi, laylakmi bor, deb öylardim. Şeron kunini, deyarli, divanda ötkazar edi, u divanida yotib sigaret çekar va goh-goh yoki bizning yoki özining kayfiyatini kötariş uçun öşa çöpdek oyoqlaridan avval öngini, keyin chapini oldinma keyin tepaga tik kötarib havoni tepar va tepganda oyoğidagi jun şippagini uzoqroqqa otib uçirib, keyin bizga uni olib kelişni buyurar edi. Biz bilan bunday öyinlar öynamagan vaqtlarda u juda past ovoz bilan, deyarli piçirlab, ammo qandaydir asabiy ohangda gapirar edi. Uning bu ovozi, bu ohangi muloyimlik yoki ğamxörlikdan xoli öziga xos samimiy bir ovoz bölib, unda qandaydir ğamginlik (men onamdan şunday ğamgin ovozni kutar edim) sezilib turar edi.
Quloqsiz şaytonvaççalar – Şeron bizni şunday çaqirar edi.
– Qani, quloqsiz şaytonvaççalar, yonimdan tuyoqlaringni bir şiqillatlaring-çi. Dastlaringdan tinçlik tegadimi özi?
Biz bu tanbehni, odatda, Nensining öyinçoq maşinalarini polda u yoqdan bu yoqqa quvlab yurgan paytlarimiz eşitardik. Şeron bölsa, yumşoq divaniga çözilib olib, qorniga kuldonini qöyib, sigarasini tutatib bizni mana şunday koyir edi. Biz Nensi ikkimiz özaro öynayotgan bölsak, hayron qolardim men, u özi divanda yotgan bölsa, unga heç kim tegmayotgan bölsa, yana qanday tinçlik kerak unga?
Ona-bola huşiga kelgan vaqt ovqatlanar va yemaklari ham qanaqadir maxsus narsalar bölar edi. Şeron qornini töqlaş uçun oşxonaga kirganida qölida hamişa bizga issiq kakao yoki qarsildoq peçene bilan çiqar edi. Nensiga sabzavot şörva içiş majburiy emas edi, ketma-ket şirinliklar yoki hovuç-hovuç bodroqlar yeyiş ham taqiqlanmagan edi.
Şeron Sattls otamning maʼşuqasi edimi? Uning otamning ofisiga işga olinişi, otam uni moliyaviy tomondan taʼminlaşi yoki uning puşti kottejda bepul turişi şundan edimi?
Onamning Şeronga munosabati yaxşi edi, uning boşiga tuşgan körgulikni, yoş erining ölimini köp tilga olar edi. Boğimizning hosillaridan: uzilgani hamonoq malinadan, kovlanişi bilan yangi kartoşkadan, hali pöçoği bilan turgan nöxatdan ularga ham berar edi. Hammasidan ham nöxot sahnasi köz oldimdan köp ötadi. Uni hatto hozir ham yaxşi eslayman: Şeron Sattls divanida çözilib yotibdi, nöxatlarni havoga otib-otib öynaydi-da, deydi:
– Tavba, men bularni nima qilar ekanman.
– Avval suvga solib, söng gazda qaynatib pişirib olasiz, – aql örgataman men ham özimça.
– Şunday qilişingiz kerak, degin?
Otamning Şeron bilan munosabatiga kelsam, ularni heç qaçon birga körgan emas edim. Otam işdan birmunça keç qaytar edi. Işdan söng otamning maxsus sport maşğulotlari bölar edi, şuning hisobiga ham u keç kelar edi.
Nensining onasi uyda bölmaydigan, divanida çözilib, sigarasi bilan hordiq çiqarmaydigan kunlar ham bor edi. Şeronning bu kunlari men heç qaçon körmagan, şaksiz, u yerda körinişim ham xuş kelmaydigan afsonaviy joy – otamning ofisidagi iş kunlari edi.
Şeron işda bölgan kunlarda Kodd ismli xizmatkorimiz bizga enaga edi. Bu badjahl ayol kottej oşxonasida ötirib olib, radionovella tinglab, topgan narsasini kavşab-kavşab bizga enagalik qilar edi. Onam bu xizmatkorimizni men bilan Nensiga qarab turişi uçungina işlatişini, Nensi ikkimizning qariyb butun kunimiz birga ötadigan Şeronning iş kunlarida unga Nensiga ham xuddi mendek közquloq bölişini buyurgani mutlaqo xayolimga kelmagan ekan.
Hozir öşa damlarni eslasam, Nensi bilan bir-birimizdan azbaroyi umuman ajralmay öynaganimizdan faqat şu uxlagandagina öynamagan ekanmiz-da, deb öylayapman. Nensi bilan tört-beş yoşlarimdan to sakkiz yarim yoşlarimgaça mana şunday ajralmaganmiz. Köpinça, hovlidan içkariga kirmas edik, yomğirli kunlar esa vaqtimiz Nensining onasini jiğibiyron qilib uyda ötar edi. Bizga hovlining ekin ekilgan maydoniga qadam bosmaslik va gullarning tagini kovlab çuqurlar qilmaslik tayinlanar edi. Ammo biz hamişa aksini qilar edik: taqiqlangan joylarda, mayda mevalar ekilgan maydonda bölmasa-da, olmazorda va kottejning mutlaqo taşlandiq qismlarida öynar edik. Ular bizga havo hujumlaridan himoyagoh va germanlardan yaşiriniş uçun boşpanalar qurişga tayyor joy edi.
Öşa vaqtlarda şaharçamizning şimoliy qismida harbiy tayyorlov lageri bölib, ularning haqiqiy harbiy samolyotlari uyimizning ustidan muttasil uçib turar edi. Atrofimizda uruş tasavvurini uyğotib turadigan bu manzara taʼsirida boğbon Pit bizga yovdek, tağin yov bölganda ham oddiy mahalliy yov emas, balki natsist ğanimdek, öt örar maşinasi bölsa tank kabi taassurot berar edi. Gohida bizni havo hujumlaridan tösadigan pakana olma daraxtlarining olmalarini uzib-uzib, uzoqdan natsist Pitga hujumlar uyuştirar edik. Bir safar u onamga ustimizdan arz qildi. Buning evaziga biz sohilga borib turadigan böldik.
Sohilga boradigan bölsak, onam köpinça Nensini ham birga olib ketar edi. Biz biror bir yopiq çömiliş havzasiga emas, uyimiz joylaşgan qoyaning biqinadigi oçiq suv havzasiga borar edik. Töğri, bu şovvoz suzuvçilar yoki suv çanğiçilari keladigan suv havzasi emas edi, lekin baribir bu yerda suziş uçun yaxşigina ter tökiş kerak edi. Aslida ham onam bizni u yerga suvda suzsin, deb olib borardi. Nensi menga qaraganda birmunça çayir edi, keyin unça-munça narsadan ham xavfsiramasdi, mana şu narsaga mening ğaşim kelardi. Bir safar suzayotganimizda men dengizning kelayotgan tölqinini poylab turib, Nensini suvning tagiga itarib tiqib, özim uning boşini möljallab yotib oldim. Şunda u çaqqonlik qilib, meni tepib itarib yubordi-da, yölini böşatib suzib ketdi.
– Bu nima qilganing? – baqirib koyidi buni körib qolgan onam, – Nensi hali kiçkina qiz-ku, unga singlingdek qarasang bölmaydimi?
Men unga şundoğam singlimdek munosabat qilar edim. Lekin ayaş-ayamaslikka kelganda uning kuçini özimnikidan kam hisoblamas edim. Nensining jussasi kiçkinagina bölib, bu unga juda qöl kelar edi. Daraxtga çiqqanlarimizda ham u maymunga öxşab daraxtga osilib-osilib mendan avval birinçi çiqib olar edi. Bir safar uruşganimizda u qölimni qayirib uşlab olib, tişlab qonatgan edi. Öşanda bizga bir hafta öynaş maʼn qilindi. Lekin bir-birimizga deraza orqali soçilayotgan nafrat heç qança ötmay yana birga öynaş soğinçi bilan ikki tomonning biri-birini oqlaşiga aylangan, söng taʼqiq ham yeçilgan edi.
Qişda mol-mulkning barça hududi bizning tasarrufimizda edi, bunga ruxsat tekkan edi. Butun uy biz uçun misli ulkan bir Qorqörğon edi, biz uni kamin uçun uyulgan ötin ğölasi maydoniga aylantirar edik. Qörğonimizdagi qor esa bizga atrofdan ötib qoladigan kimsalarni otiş uçun kerak böladigan töplar zahirasi edi. Uyimiz köchaning oxirida joylaşgani bois eşigimiz oldidan yölovçilar kam ötar edi. Oxiri hujum uyuştirişga odam topa olmaganimizdan qorbobo yasab olardik-da, unga şavqatsiz qorli hujumlar qilaverar edik.
Hozir Nensining yuzini köz oldimga aniq keltira olmayman, qaytanga onasining yuz körinişi yaxşiroq esimda. Menimça, Nensi terisining asl rangi, faqat quyoşda yuraverganidan kuyganini aytmasa, onasining rangidan farq qilmas edi. Soçining rangi u azbaroyi şunçalik köp quyoş körganidan oçarib-oçarib, jigarrang tusga kirib qolgan edi. Terining rangi ançayin qizargan, hatto salkam qizğiş yuz, desa ham bölar edi. Rost. Köz oldimga uning qizil yonoqlari keldi, xuddiki qalam bilan qizilga böyab qöyilgan yonoqlar. Bu kunimiz deyarli köçada şataloq otib ötganidan va Nensining içiga siğmas ğayratidan dalolat edi.
Mening uyimda, maʼlum bir xonalarni aytmaganda, boşqa barça xonalarga kirişimiz qatʼiy taʼqiqlangan edi. Uyimizning ikkinçi qavatiga çiqişni, mehmonxonaning yoki ovqatlaniş xonasining oldida öynaşni orzu qilmasak ham bölar edi. Ammo kottejda bizga heç qanday taʼqiq yöq edi. Bizga bu yerda eng afzali yertöla edi. Kunduzgi jang-u jadallardan tinkamiz qurigan bölsa ham, baribir, u yerga tuşişdan erinmas edik. Yertölaning içiga olib tuşadigan zinalarga uşlab çiqişga möljallangan tutqiç örnatilmagan bölib, bizga şu ham qöl kelgan edi. Biz zinaning yon tomonidan, tutqiçi yöq tomonidan yertölaning pişiq, çang poliga sakrab-çiqib, polni çangitib döpir-döpir öynayverar edik. Sakraşdan zerikkanimizda, u yerdagi eski bahaybat tebranma stulga, birimiz u tomoniga birimiz, bu tomoniga çiqib olardik-da, xayolimizda göyo ot minib ketayotgandek stulni tebratib uçib ötirar edik. Bir safar şu yertölada Nensining onasining sigaretidan ömarib, çekib körmoqçi bölganmiz ham (Öşanda qutidan bir dona sigaret olganmiz, bundan oşiq olişga jasoratimiz yetmagan). Nensi bu borada mendan köra tajribaliroq çiqqan edi.
U yerda – yertölada, eski yoğoç javon ham bor edi. Unda bir qança metal idişçada qotib qolgan böyoqlar va laklar; ularning içiga suqib qöyilgan, böyoqlari tolalarida qotib qolgan har xil ölçamdagi möyqalamlar; ranglar surib-surib sinab körilgan yoki möyqalamdagi böyoqlar sidirib taşlangan ingiçka yoğoç doskaça ham bor edi. Idişlar orasida hali qopqoği oçilmaganlari ham bor edi. Biz ulardan birini amallab oçdik. Uni quyuqlaştiruvçi modda bölişi mumkin, deb topdik. Biz böyoqlar içida qotib qolgan möyqalamlarni suğurib olib, uni doskaçaga urib-urib, yoyib-soçib bir maza qilmoqçi böldik, ammo şunça kuç sarflasak-da, bir iş çiqara olmadik. Nihoyat, ularning içida şeriklariga öxşab toşdek qotib qolmagan, hidi ötkir rangsiz suyuqlik çiqib qoldi. Endi uning şarofati bilan dikkayib taraşasi çiqib yotgan möyqalamlarni işlata olar edik. Öşa vaqtda men sakkiz yoşda bölib, onamning mehnatlari bilan, harqalay, öqiş-yozişni örgangan edim. Nensi ham ikkinçi sinfni tugatgan, öqiş-yozişni bilar edi.
– Tugatgunimgaça qaramay tur, – dedim Nensiga va tağin körib qolmasin, deb uni doskaning oldidan ohista itardim. Doskaga nimadir çizib, böyaşni möljallagan edim. Nensi bölsa qölidagi möyqalamini temir bankaçadagi qizil böyoqning içiga urib-urib, uni jon-jahd ila aylantiriş bilan ovora edi. Men şunday yozdim: “NANSIST MANA ŞU YRTÖLADA BOR EDI”.
– Endi qara, – dedim.
U menga orqa ögirib, möyqalamini öziga işqalab çiqayotgan edi.
– Men hozir bandman, – dedi Nensi.
Söng u menga ögirildi, yuzi qizil böyoq bilan çaplangan edi.
– Qalay, endi senga öxşadimmi? – baqirdi Nensi dahaniga qizil çaplaşdan töxtamay. – Xöş, öxşadimmi endi senga?
Nensi böyaşdan töxtadi. Uning yuzi dahşatli darajada qip-qizil edi. U şavqinning avjidan yaraqlar edi. Nensining şunaqa tabiati bor edi, odamning tasavvuriga siğmaydigan iş qilsa, mana şunday zavqlanib çaqnar edi. Uni yaxşi bilganim uçun aniqroq aytsam, bilaveringki, odam hayratdan qotib qoladigan iş körsatiş – uning orzusi edi.
Endi buyoğiga nimalar röy berganini aytay.
“Nensining qizil yuzi bunçalar qörqinçli”, xayolimga birinçi kelgan fikr şu böldi.
Mening yuzim qizil emasdi, bunday fikr tasavvurimga ham siğmas edi. Aslida, ham şunday edi. Şunçaki yuzimning yarmida tuğma norim bor edi. Lekin u qizil emas, oç siyohrang edi.
Nensi namoyiş qilgan qizil narsa heç qaçon xayolimga kelmagan edi. Men yuzimda oç jigarrang norim bor, xolos, deb öylar edim.
Onam uyda közgularni maʼn qiliş darajasida ahmoqlikka boradigan yoki qandaydir hissiyotlarga berilib iş tutadigan ayol emas edi. Ammo uyimizdagi közgular baholi qudrat teparoqqa osilgan bölib, ular yoş bola özini körişi uçun balandlik qilar edi. Çömiliş xonasidagi közgu ham ança tepaga osilgan bölib, unga böyim yetmas edi. Men özimni köra oladigan, böyimga mos birdan bir közgu uyning asosiy kiraverişidagi xolga osilgan közgu edi. Kunduzi töğridan töğri quyoş tuşmaganidan bu yer qoronğiroq edi, keçasi yoqiladigan çiroği ham xira nur soçar edi. Yuzimning bir tomonidagi oç jigarrang norimni va uning ozgina tukini ham aynan şu közgu orqali bilganman.
Öz yuzi töğrisida şunday bilib kelgan bola uçun Nensining bejalgan qizil yuzi odamni şunday bir halok qiladigan, qahrdek taʼsir qildi. Nensini bor kuçim bilan javonga itarib yubordim va özimni zinaga urib, yuqoriga otildim. Men hoziroq közgu topaman, yugurayapmanu, xayolimda faqat şu maqsad, bölmasa, Nensining menga yolğon tomoşa körsatganini aytadigan odamni topaman, öylayapman yana. Nensiga nisbatan içimdan dahşatli nafratni his qildim. Şoşmay tur, hali seni taʼziringni beraman. Ammo qanday yöl bilan taʼzirini beraman? Yölini hozir emas, keyin topaman. Kottejdan yugurib çiqdim, Nensining onasi uyda körinmadi, axir, bugun şanba – uning dam oliş kuni edi. Kottejdan çiqdim-da, uning şağal hovlisidan yugurdim, undan ötib, oq akatsiyalar qator-qator qilib ziç ekilgan maydonning maxsus qilingan toşli yölkasidan yugurdim. Qarşimda – orqa verandamizda qamişli töqima stulda kitob öqib ötirgan yerida tik turgan onam paydo böldi.
– Qizil emas, – dedim uvvos tortib, közimdan ğazabli yoşlarim töxtamas edi, – yöq, men qizil emasman.
Onam yuzida dahşat ifodasi bilan zinadan tuşib keldi. U nima bölayotganini tuşuna olmay diqqat edi. Ortimdan yugurib Nensi yetib keldi, böyoqqa çaplangan, baxtiyor Nensi.
Onam hammasini tuşundi.
– Yovuz mahluqçasan sen, – qiçqirdi onam Nensiga qarab. Men heç qaçon onamdan bunday ovozni eşitmaganman. Bu ovoz emas, odamning yuragidan otilgan titroq naʼra edi.
– Yaqinlaşma yonimizga. Xayolingga ham keltirma. Yaramas, sen yaramas qizsan. Senda mehr bormi, zarraça bölsa ham bormi özi? Sen heç öylaganmisan özi…
Onamninng gapi oxiriga yetmay kottejdan höl boşidan köziga çakillab suv oqib tuşayotgan Nensining onasi çiqib keldi. Soçiği qölida edi.
– Laʼnat bölsin, bu yerda hatto boşimniyam tinçgina yuva olmayman…
Onam unga ham qiçqirdi.
– Men bilan öğlimning oldida tilingni tiyib ol.
– Voy-voy-yey! – darhol javob qildi Nensining onasi. – Qörqib ketib ayuhannos solişingni qara.
Onam çuqur xörsinib oldi.
– Öylama, qörqib ayuhannos solayotganim yöq, – javob qaytardi onam dona-dona qilib. – Faqat bir narsani aytmoqçiman, endi buyoğiga sening yaramas bolangga bizning xonadonimizda joy yöq. Tabiat yaratgan, bunga qarşi qölidan heç nima kelmaydigan öğlimni masxara qilayotgan sening toşbağir, yaramas qizingni aytyapman. Sen heç qaçon qizing bilan qiziqmagansan, uning tarbiyasini ham öylamaysan. Özimiz bilan sohilga olib boramiz, uning na iltimos deyiş kerakligini biladi, na minnatdorçilik bildirişni. Sendek onasi bölganidan keyin qizingning bu qiliqlariga hayron qoliş ham tentaklik asli.
Onamning qalbidan yillar sari qat-qat yiğilib, heç qaçon töxtamagan, çeksiz nafrat, oğriq, istihola – bari uning qalbidan otilib çiqdi. Men uning köylagidan tortib, böldi, kerak emas, böldi, deyar edim. Bu hatto unga taʼsir ham qilmas, u menga qaramas ham edi.
Keyin bundan ham battari sodir böldi. Közlaridan duv-duv yoş oqa boşladi, sözlari içidan çiqmay, nafasi tiqilib, dağ-dağ qaltiray boşladi.
Nensining onasi közini tösib yotgan xöl soçlarini qöli bilan orqaga ağdarib, onamni indamay kuzatib turdi.
– Menga qara, senga bir gapni aytaman, – dedi u. – Sen özing butun dunyo ğami senda-yu, u ham faqat mana şudek, ahmoq bölib özing buni yelkanga ortmoqlab olgansan. Xöp, ering sendan nafratlansa, yuzi doğ öğling bölsa, özing ayt, men senga nima yordam bera olar edim?
Onam qöllari bilan boşini çangalladi. U yiğlar, oh tortar, oğriqlar uni maydalab bölaklarga ajratar edi.
Öşa vaqtda uy işlarimizni qilib yuradigan Velma degan ayol bölar edi. U içkaridan baqir-çaqirni eşitib çiqib keldi.
– Bekam. Kelsangiz-çi, bekam, – çaqirdi u onamni.
Söng Nensining onasiga baqirdi.
– Sen uyinga bor, – haydadi u Nensining onasini, – tez ket.
– O, qörqma, özi şundoğam ketmoqçiman. Özingni kim öylaysanki, menga nima qilişni örgatasan. Tağin miyasida soğ fikri qolmagan şu yalmoğiz xotinning poyini öpib, xizmat qilişingga hayronman.
Keyin u Nensiga ögirildi.
– O, Xudoyim, hozir kamiga sening yuzingni ham tozalaşim kerakmi! – Söng u men eşitişim uçun ovozini qasddan baland qildi. – U yaxşi bola emas. Qara, qoçib qari ledining etagiga yaşirinib olganini. Boşqa aslo bu bola bilan öynama. Onasi bölsa özidan ham battar.
Bölayotgan voqealar Nensiga favqulodda taʼsir qildi. U dahşatda qotib qolgan edi. Undan bir sas ham çiqmadi.
Velma bir tomonidan, men ikkinçi tomonidan onamni qöltiqlab uyga kirişiga kömaklaşdik. Biz kottejdan uzoqlaşganimizdan söng onam ingrab, töxtadi. Töxtab, qölimizdan çiqdi va qaddini kötardi. Söng soxta quvnoq ovoz bilan dedi:
– Mening boğ qayçimni qayerga qöygan eding, Velma? Şuni olib kelsang-çi, boğga kirganimda bir yöla gullarning qurigan-quriganlarini kesib taşlar edim. Qara, gullarning içida qurib yotganlari ham talaygina ekan.
Onam işini tugatdi. Yölkada yurişga joy qolmadi. Gullarning bari: gullagani ham, qurigani ham tekis kesildi.
Adaşmasam, öşa kuni şanba edi. Çunki Nensining onasi ham, Velma ham uyda edi. Yakşanba kunlari Velma biznikiga kelmasdi. Duşanba kunimi yoki undan ikki-uç kun ötibmi kottej böşadi. Menimça, Velma borib otamni örtoqlari davrasidanmi yoki golf maydonidanmi, xullas, qayerda bölsa, öşa yerdan topib, voqeadan xabardor qilgan. Otam uyga böğilib, özini qöyarga joy topolmay keldi va heç qança ötmay xusumatini boşladi. Bu xusumatga Nensi va uning onasi kottejdan ketayotgani vaj edi. Hozir Nensining onasi öşanda kottejdan ketayotganiga ziğirça bölsin afsuslangan, deb öylamayman.
Bora-bora Nensini endi buyoğiga boşqa körmasligimni fahmlab yetdim. Avvaliga undan darğazabligim uçun ketganining ahamiyati ham bölmagan edi. Keyin onamdan Nensi haqida söraganman, ammo aniq bir javob eşitmaganman, onam ikkimizni ham qiynamaslik uçun meni çalğitib qandaydir mujmal bir gap aytib qöygan edi. Unda men hali maktabga çiqmagan, ammo onam meni maktabga çiqaraman, deb jiddiy tayyorgarlik körib, yaxşi bir maktab sörab-suriştirib yurgan paytlar edi. Ehtimol, onam öğlim bir kun kelib öğil bolalar maktabida qiz bola örtoği bölganini aytib maqtanişi, asli maqtangulik narsa emas, hatto uni kulguga qöyadigan gap, deb öylagan bölsa ham kerak.
Kunlardan bir kun, otamning dafn marosimlaridan söng, onam meni ajablantirib, uni sohildan bir neça mil uzoqda joylaşgan restoranga birga ovqatlanişga olib borişimni (asli, uning özi meni olib ketayotgan edi) söradi.
– Şu tobda özimni bir umr mana şu uyda böğilib yaşagandek his qilyapman, – dedi u. Taşqariga çiqib, havo almaştirib kelişim kerak.
Restoranga borib joylaşganimizdan söng onam atrofni çiğiriğidan ötkazib oldi. Va bu yerda uni taniydigan odam yöqligini aytdi.
– Birga vino içmaymizmi, nima deysan? – söradi onam mendan.
Biz şunça masofani u odamlar köz öngida vino iça olişini sinaş uçun keldikmi?
Biz buyurtma qilgan vino keldi.
– Sen bilişing kerak bölgan narsa bor. Menimça, senga buni aytişim kerak.
Dunyoda odam zoti eşitişi uçun bundan ortiq yoqimsiz gap topilmasa kerak. Sen bilişing kerak bölgan gapni eşitişing uçun mana tayyor imkoniyat, ammo keyin yuragingni ğijimlab oladigan oğir tuyğudan qani endi qutila olsang. Senga, bilişing kerak, deyilganda dunyoning bu bilan işi yöğ-u, ammo sen hali mutlaqo bilmaydigan öşa nomaʼlum gapning qörqinçi içida yakka qolib ketib qovurilayotganga öxşaysan.
– Otam haqiqiy otam emasmi? – söradim men. – Qiziq-ku.
– Tentak bölma. Jajji dösting Nensini eslaysanmi?
Bir muddat Nensi kim edi, deb haqiqatan ham uni eslay olmadim.
– Zör-bazör, – dedim söng.
Öşa onda onam bilan hayotim davomida ötgan barça suhbatlarim ehtiyotkorlik bilan, öziga xos qoida asosida ötgan suhbatlardek tuyulib ketdi. Qoidaga köra, men hayotdan baxtiyor, quvnoq, kuçli inson holida bölişim kerak edi. Hozir onamning ovozidagi dardni, yuziga ingan anduhni payqaşim qiyin emas edi. Onam öz muammolaridan bir marta bölsin noligan ayol emas edi. Ammo öşanda u menga sözlab bergan voqealarida uni qilça ham tuşunmagan, uni tahqirlagan odamlar şu qadar köp ediki, onamning hayotidagi u narsalarni eşitiş odamning yuragiga juda oğir edi. Nihoyat, onam tugatgaç, avval amal qilgan uslubim böyiça dötlarimdan, baxtli hayotimdan nimalarnidir gapirdim.
Men onamga taskin bermadim. Öşanda onamning mendan bor-yöq istagani, ehtimol, ozgina bölsayam dardiga şerik bölişim yoki qöllab-quvvatlaşim bölgandir. Töğri, men şunday qilişim ham kerak edi. Lekin onam baribir öşa boladek kuyinçakligiça qolgan ayol edi. Mabodo öşa paytda unga boşqa mavzudan gapirmaganimda, men öğlimni qiynab qöydim, degan öyi bilan onam yana özini uzoq vaqt örtab yurgan bölar edi. Men aynan yuzimdagi norim bilan boğliq mana şu voqealarga biror qöşimça qilişdan, fikr bildirişdan qoçdim. Negaki, meni bu borada bergan tasallimdan köra, xotirjam holimda taqdirimdan rozi ekanimni, uning qornidaligimdayoq menga singgan mustahkam irodani, hayotda yengilmaganimni körsatişim – uni hammasidan ortiqroq baxtiyor qilar edi, menimça.
– Sen uyda bölganingda, balki, bularning baridan xabardor bölgan bölarding, – dedi onam. – Bu voqealar seni maktabga jönatganimizdan keyin oradan biroz vaqt ötib bölgandi.
Onam bilan Nensining örtasida ötgan öşa janjaldan söng Nensilar otamning Skverdagi köp qavatli binoda joylaşgan uyiga ketgan. U yerda ajoyib kuz kunlarining birida – ertalabda, yuviniş xonasiga kirgan Nensining onasi qizini piska bilan yonoğini kesayotgan holida köradi. Nensining yuzidan rakovinaga, polga ança qon tomgan, lekin Nensi şunda ham maqsadidan qaytmagan, uni hatto oğriqlar ham töxtata olmagan.
Onam bularning baridan qanday xabar topgan? Xayolimga faqat bir fikr keldi, u buni şaharçaning börttirilgan, qöşib-çatilgan ğiybatlari orqali bilib olgan, aslida, voqea qanday sodir bölgan – unga bu qoronği.
Nensining onasi qizining yuzini soçiq bilan öraydi-da, öşa vaqtlarda şaharçamizda tez yordam bölmagan, bir yölini topib özi qizini şifoxonaga olib borgan. Nega u dadamga qönğiroq qilmagan? Xullas, qönğiroq qilmagan tamom-vassalom, buni unçalik ahamiyati ham yöq ekan. Pol qon bölib ketganiga qaramay, Nensining jarohati juda çuqur bölmagan va köp qon yoqotmagan ekan. Nensining onasi qizini koyimagan, sen qizning esi joyidami, degan, xolos. Söng, qara, omadim bor ekan, sendek şunaqa tentak qizim bor, degan u qiziga.
– Mabodo öşanda yon-atrofda bola huquqlarini himoya qiliş odamlari bölganida, – dedi onam, – bu kiçkina köngilsizlikni deb Nensini onasidan tortib olib qöygan bölar edi.
– Bir xil – ikki yuz edi, – davom etdi onam, – xuddi senikiga öxşagan.
Men onamning gapini anglamaganga olib, indamay ötirmoqçi edim. Lekin öşa vaziyatda javob berişim kerak edi.
– Öşanda Nensi öziyam butun yuzini böyab olgan edi-da, – dedim men.
– Ha. Ammo bu safargisida, harqalay, u ança özini ehtiyotini qilgan. U yuzini faqat bir tomonini kesgan. Boyaquş jonini qiynab bölsayam senga öxşaşga uringan.
Bu safar javob qaytarmaslikka qaror qildim.
– Öğil bola bölsa ham harna edi, – dedi onam. – Özing öylab kör, qiz bola uçun lekin juda xunuk narsa-da.
– Hozir bu muammo emas. Plastik jarrohlar buni bemalol hal qila oladigan bölib ketgan.
– O, ha, ehtimol, rostanam hal qila olar.
Onam biroz jim turdi-da, söng qöşimça qildi.
– Bolalarning qalbi bunday narsalarni juda çuqur his qiladi.
– Bolalar bu narsalarni yengib ötadi.
Onam u ona-bolaning keyin holi qanday keçganidan bexabar ekanini aytdi. Onam men ham ular töğrisida umuman sörab-suriştirmaganimdan xursand bölganini aytdi. Boisi men hali bola vaqtimda könglimni çöktiradigan har qanday gapni gapiriş uning uçun mutlaqo yoqimsiz bölgan ekan.
Bilmadim, bunda qandaydir qusur bormi yoki bu yaxşilikkami, ammo şuni eʼtirof etişim kerakki, onam yoşi ulğayganda endi, istihola qilmay xayolidagini gapiradigan ayolga aylanibdi. Yana onam töyidan avvalgi xotiralarini eslab, otam behad xuşbiçim oşiq bölganini, özi esa xunukkina qiz bölganini öziça tasdiqlab ham ötdi. Söng jiddiy bölib, men öşa yuzini kesgan qizga uylanişim kerakligini aytdi. Nega deganda, ikkimizning ham men senga uylanib yoki men senga tegib katta oliyjanoblik qilganman, deyişga haddimiz bölmas ekan. Nensining ham, mening ham, baland ovozda qiqirlab gapirdi onam, holatimiz bir-birimizga taʼna qiladigan emas ekan.
Men onamga, xöp, roziman, dedim. Söng öşa suhbatimizdan qançadir vaqt ötib qalbimda Nensiga iliqlik böldi.
Bir neça kun ilgari boğda qari bir daraxt yonida qurib qolgan olma daraxtlarini suğurib tozalayotgan edim. Atrofda ğizillab uçib yurgan arilardan biri közimning qovoğidan çaqib oldi. Qovoğim şişib ketib, közim bir zumda yopilib qoldi. Bir közim şişib ketgan, bir közim öz holida (azob yegan közim yuzimning “körkam” tomonidagisi edi) rulga ötirib, şifoxonaga yöl oldim. Şifoxonada, hayron qolganim, bir keça yotib qolişimga töğri kelar ekan. Muolajadan söng faqat ari çaqqan közimga emas, balki ikki közimga barobar doka örar ekan.
Keça men uçun, şifokorlarning tili bilan aytganda, uyqu bermas keça böldi. Darvoqe, şifoxona qaçon özi osoyişta joy bölgan. Köriş imkoniyatim çegaralanganidan söng, şu qisqa vaqt içida, tinglaş qobiliyatim ahamiyatli darajada ösganini his qildim. Xonamga yaqinlaşib kelayotgan qadam tovuşlarini eşitganimda bu ayol kişi ekanini va u hamşira emasligini ham bildim.
– Bu yerda közingizga uyqu kelmayotgan bölsa ham kerak? – söradi xonamga kirgan ayol. – Men sizning öqituvçingiz bölaman.
Men bu ayol hozir menga zaruriy qandaydir maşqlarni örgatar ekan, deb oyoqlarimni uzatib, bir tekis töğri yotib oldim.
– Yöq, yöq, – dedi ayol xiyla şoşgan ovozda. – Kelganim, bordi-yu, qarşi bölmasangiz, nimadir öqib bermoqçi bölgandim. Odamlar közlari boğliq yotaverganidan baʼzan nima qilarini bilmay zerikib ham ketadi.
– Bunday tinglovçilarga tinglaydigan janrini tanlaş imkoniyati beriladimi yoki bunisini özingiz hal qilib qöya qolasizmi?
– Beriladi. Bu imkoniyat berilişi uçun ham yonimda barça janrlar mujassam Töplamim bor.
– Men şeʼriyatni lozim köraman, – dedim men.
– Bu gapni özingizni majburlab aytayotgandeksiz göyo.
Bu haq gap edi va buning sababi menga maʼlum ham edi. Men radioda va boşqa ohangni şakllantiradigan ovoz maşğulotlarida baland ovozda şeʼrlar öqib tajriba orttirgan edim. Maşğulot jarayonlarida boşqalarning ham şeʼr öqiganlarini tinglar edim. Ular orasida şunday öqiş uslublari bor ediki, ularni tinglaganimda huzur qilar edim. Va yana ular orasida şunday öqiş uslub turlari bölardiki, ularni tinglaşga toqatim yetmas edi.
– U holda, – dedi ayol mening izohimdan söng, – bir öyin öynasak böladi. Men şeʼrning birinçi yoki ketma-ket ikki misrasini öqiyman va töxtayman, söng köramiz, siz uning uçinçi misrasini davom ettira olarmikinsiz? Böladimi?
Tösatdan xayolimga kelgani, bu yoş ayol istaganini oladigan va bu borada yaxşigina tajribaga ega, degan taassurot böldi.
Men rozi böldim. Faqat mumtoz şeʼriyatdan parça öqilmasligini aytdim.
– Ötirardi şoh Danfermlin şahrida, – boşladi ayol savol ohangi bilan.
– Qondek qizil vino içib, – davom ettirdim men.
Kayfiyatimiz kötarildi. Bolalarning tezligida bölsa ham, harqalay, u şeʼrni yaxşi öqiyotgan edi. Men endi öz ovozimdan zavqlanişni boşladim, söng öz-özidan aktyorlik salohiyatim ham birmunça oçildi.
– Ajoyib, – dedi u. Söng yana davom etdi.
– Körsaturman sizga nilufarlar ösişin.
– Italiya qirğoqlarida.
– Ösişi edimi yoki gullaşi? – söradi u. – Oçiği, kitoblarim orasida şu şeʼr yozilgan kitobim yöq. Lekin buni eslay olsam kerak. Mayli, heçqisi yöq, öyin mana şunisi bilan ham qiziq. Men radiodan sizni hamişa maroq bilan tinglaganman.
– Haqiqatanmi? Eşittirişlarimni tinglaganmisiz?
– Bölmasam-çi. Muxlislaringiz köpligini bilmasmidingiz?
U misralar öqişdan töxtadi va meni öz-özidan şeʼr öqişimga ilhomlantirib, qöyib berdi. Odam xayoliga keltirişi qiyin-a. “Duvr qirğoği” , “Qublaxon” , “Ğarb şamoli” , “Yovvoyi oqquşlar” va “Zavol topgan yoşlik”. Bu şeʼrlarni, mayli, boşidan oxiriga qadar bölmasa-da, ammo qandaydir huzur içida öqidim.
– Endi bir muddat tin olişingiz kerak, – dedi u.
Uning çaqqon jajji qöllari nogahon lablarim ustida paydo böldi. Söng yuzlari yuzlarimga tegdi.
– Men ketişim kerak. Ammo ketişimdan avval aytadigan yana bir misram bor. Bu safar endi biroz qiyinroq, parça şeʼrning boşlanişidan keltirilmaydi:
– Umr tugab, kelganda ölim
Hamma çömar qayğuga birdan.
Abadiymas duo va soğinç
Lek aza ham emas bardavom.
– Bu şeʼrni eşitgan emasman, – dedim men.
– Rostanmi?
– Rost. Şeʼrning davomini bilmayman. Siz ğolibsiz.
Hozirgaça ikkilanaman. Menimça, u öşanda qandaydir besaranjom, andak jahlda ham edi. Men şifoxona ustidan uçib ötayotgan ğozlar galasining ğağalagan ovozini eşitdim. Ğozlar yilning şu vaqtida uçişni maşq qiladi, uzoqroqqa uçişni maşq qilib-maşq qilib, söng bir kun uçib ketadi. Men uyğondim. Tuşim edimi bu yoki öngim, degan hayrat bilan uyğondim, nima sodir bölganini anglayolmay. Ammo buning tuş ekaniga köproq işonardim. Men vaqt yana orqaga qaytişini, qaytib uning yuzi yana bir bora yuzimga tegişini istadim. Uning yonoqlari yonoqlarim ustida paydo bölişini istadim. Ammo tuşlar öz nomi bilan ham tuşlar, ular sening istaging bilan amalga oşib qolmaydi.
Közim öz xoliga qaytib, uyga qaytdim. Şunda kitoblarimni titkilab, tuşimda u menga aytgan misralarni izladim. Men ikki tomli antalogiyani qarab çiqdim, biroq u şeʼrni topmadim. Keyin u biror şoirning şeʼri bölmasa kerak, şunçaki tuşimda meni hayron qoldiriş uçun atay töqib aytilgan şeʼr bölsa kerak, degan fikrga keldim.
Biroq uni kim töqib aytdi?
Kuzga borib, xayriya bozoriga hadya qiliş uçun bir qança eski kitoblarni ajratadigan böldim. Kitoblarni taxlayotganimda ular orasidan jigarrang qoğozga qalam bilan yozilgan şeʼr çiqdi. Bu onamning yozuvi emas edi. Yöq, buni otam yozganiga ham işonmayman. U holda kim yozgan? Bilmadim, bu kimning yozuvi? Şeʼrning tagiga muallifi yozilgan edi: Uolter de La Mar. Şeʼrning nomi yozilmagan edi. Uning muallifi töğrisida ham biror maʼlumotga ega emasman. Ammo qayerdadir bu şeʼrga közim tuşgan, lekin jigarrang qoğozga qölda köçirilgan uşbu nusxasiga emas. Qaysidir bir şeʼriy töplamda öqiganman. Öqiganman-u, xayolimning qaysidir bir çuqur yeriga uni kömganman. Ammo nima uçun? Bu misralar orqali ustimdan kulganlari uçundir yoki tuşimda kelgan öşa xayoliy qizaloq öşanda özimni özimga ilk foş qilgani uçundir.
Heç bir qayğu yöq-ki dunyoda
Vaqt – tabibdan topmagan daʼvo.
Ayriliq va xiyonatni ham
Yaralari bitadi hatto.
Garçi qabr ajratar keskin
Yöqotsa gar sevgisin, borin.
Qalbga malham topilar sekin
Vaqt daʼvolar dardlarin borin.
Qara, saxiy quyoş nur soçar
Yomğir esa yiğlaşdan tindi.
Köz-köz etar çiroyin gullar
Kun bağriga iliqliq indi.
Muhabbat va burç ham, aslida,
Taşvişlardan yiroq yurarkan.
Köpdan beri unutgan dösting
Qayerdadir seni kutarkan.
Umr tugab, kelganda ölim
Hamma çömar qayğuga birdan.
Abadiymas duo va soğinç
Lek aza ham emas bardavom.
Biroq örning bilinar har dam,
Endi yöqsan dilga solib ğam.
Yöq, bu safar bu şeʼrni oğir qabul qilmadim. Aksinça, u menga özim uçun bir narsani isbotlab berdi. Keyin uyni sotiş fikrimdan qaytib, unda özim yaşayman, degan qarorga kelgan edim. U şeʼrni öqib turib, qarorim töğri yöl bölganiga qalbimda iqror böldim.
Keyin bir voqea böldi. Odamning hayotida şunday voqealar böladiki, ehtimol, bunday voqealar hayotingda faqat bir marta bölar, öşa onda senda yaşab kelgan-u ammo sen anglamagan haqiqat özing uçun oçiladi. Öşa lahzadan, öşa haqiqatdan söng boşqa narsalar sen uçun avvalgi ahamiyatini yöqotadi va sen ularni oğriqlarsiz, özi şunday bölişi kerakdek tabiiy qabul qila boşlaysan.
Yillar ötib, Nensini metroda – Torontoda, uçratdim. Uni heç ikkilanişsiz, qiynalmay tanidim va öz-özidan qabul qildim. Ikkimiz ham taşqi körinişimizda közga yarq taşlanadigan sifatimizni sezmadik. Aksinça, bor diqqatimiz eski qadrdonlar körişib qolganda naridan beri böladigan oddiy bir suhbatda böldi. Biz, odatda, tarjimayi hollarda yoziladigan ahamiyatsiz maʼlumotlar bilan bir-birimizni taniştirib çiqdik. Men uning çandiqli yonoğini, çandiği bitib ketgan tuppa-tuzuk yonoq edimi yoki haliyam yarq etib taşlanadigan çandiq yonoq edimi – payqagan-payqamaganimni ham bilmayman. Suhbatlaşayotganimizda bu xayolimga ham kelmadi. Yoş bolalar bunday narsaga alohida eʼtibor berib ötgan bölar edi. Menga öxşab, yuzida çandiq bor edimi-yöq edimi, deb keyin eslayolmay ötirmagan bölar edi. U menga nabiralari, işi töğrisida gapirdi. Menda taniştiradigan bunday oilaviy maʼlumotlar yöq edi. Nensi ikkimiz dahşatda edik, quvonçdan yorilib ketay der edik va bir-birimizdan qoçib ketişni istar edik.
Xayolingizga, yuqorida men aytgan öşa, qalbdagi asl haqiqatni anglatadigan lahza şu bölgan ekanmi, degan öy keldimi?
Ha, bu öşa, mendagi haqiqatni anglatgan va dunyoni bir onda butunlayga özgartirib yuborgan öşa lahza edi.
Elis MANRO
2013-yilda adabiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölgan hikoyanavis Elis Manro (Alice Ann Munro) 1931-yilda Kanadaning Oktario şahrida tavallud topadi. Elis badiiy adabiyot bilan ösmirlik çoğidan şuğillana boşlaydi va özining “Soya ölçovi” nomli ilk hikoyasini 1950-yilda, universitetda öqib yurgan çoğida çop ettiradi.
Elis Manroning “Baxtli soyalar raqsi” nomli birinçi hikoyalar töplami 1968-yilda naşr etilgan. “Ayollar va qizlar hayoti” nomli töplam yozuvçining şuhratini yanada oşiradi. Navbatdagi, “Sen kim bölibsan?” hikoyalar töplami uçun yozuvçi ikkinçi marta “General-gubernator mukofoti” bilan taqdirlanadi. Ana şunday mukofotga 1986-yilda yana bir karra sazovor böladi.
Yozuvçining köpgina hikoyalari turli tillarda çop etilgan.
Ingliz tilidan Gulhayo MAHAMADALIYEVA tarjimasi
2021/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


