Men yomğirni xuş körmayman. Biroq bugun faqat ugina qalbim nolasidan közyoş tökayotgandek göyo… Yomğirdan pana joylarga berkingan odamlarga jahl qilgandek şiddat bilan yoğyapti. Huvillagan köçalar xuddi qalbimdagi böşliqqa öxşaydi. Sovuq havoda muzlagan yonoqlarimdan alamli, qaynoq yoşlar daryodek quyuladi.
Turmuş örtoğim bizni taşlab ketganida katta öğlim tört yaşar, kiçkinasi esa olti haftalik edi. Bir neça oygaça uçma-uç arang rözğor tebratdim. Biz judayam eskirgan binodagi ikki xonali uyda yaşardik. Oyoq ostiga töşalgan kulrang gilamçalarning rangi öngib ketgan, xonalardan birining devorida qonga öxşaydigan qoramtir-jigarrang doğlar közga taşlanardi. “Balki bu yerda qotillik sodir bölgandir? Yoki… birontasi öz joniga qasd qilganmi? Ehtimol, bu umuman qonning doği emasdir?” Şu kabi savollar meni öylantirardi. Baʼzan bu azobli yolğizlikdan qutuliş uçun jonimga qasd qiliş haqida öylab ham qolardim. Lekin farzandlarim uçun ham ölişga haqqim yöq, yaşaşim kerak edi!
Özim yaşayotgan köchaning boşidagi barda tungi ikkigaça dam olmay işlardim. Köproq çoyçaqa unib qolişiga umidvor bölib, sönggi xöranda ketguniga qadar kutib, uyga erta qaytolmasdim. Ijara haqini tölaşim, uyga yegulik va kiyim-keçak xarid qilişim kerak. Atrofni koinotdagidek qop-qora tun öragan mahal uyga qaytayotib, yölimni poylayotgan erkaklardan bazör qoçib qutulardim. Bir qadam oldinga siljiganimda, yana ikki qadam ortga qaytişimga töğri kelardi. Qölimda hunarim ham, tayinli maoşim va işim ham yöq. Öz-özidan maʼlumki, döstlarim, yaqinlarim, hatto erim ham mendan voz keçişgan. Şu tariqa, şovqin va tutunga tölgan bar hayotidan, oilasidan yoki işidan zada bölib, içkilik bilan hamma narsani unutişga urinayotgan çorasiz begonalar bugungi kunimni töldiruvçi şaxslarga aylanişgandi. Lekin tez orada hamma narsa tubdan özgarişini bilardim…
Biz bir neça kun oç ötirdik. Bolalarimning sillasi qurib, huşini yöqotişdi. Dunyo közimga qoronği körinib ketdi. Yöqotilgan muhabbatimning mevasi bölmiş ikki farzandimning ölimini kötara olmasligimni his qila boşladim. Eski qon doğlari bilan bejalgan xonadagi arqonni oldim va keçirib bölmas xatoni qilişga çoğlandim.
Arqonni böynimga boğlayotganimda, tösatdan telefon jiringladi. Eʼtibor qilmadim. Xabarli ovoz qoldiriş tugmasi yoqildi:
“Azizam, bu men… Men… Meni… Meni keçir!”
Uning ovozini eşitdim-u… közlarim alamli yoşga töldi.
“Allo! Eşityapsanmi? Men ahmoqlik qildim. Keçir, iltimos! Seni, bolalarimni juda soğindim. Iltimos, xabarimni eşitişing bilan menga qönğiroq qil. Kutaman!”
Yarim daqiqalik xabar menga xuddi bir asrdek bölib tuyuldi. Közyoşlarimni tiyolmasdim.
– Oyi, dadam keldimi?
Yölakdan bazör yurib kelayotgan öğlimning ovozi meni özimga keltirdi. “Meni bu holatda körsa, bolam beçoraning dahşatdan yuragi yorilib ketadi-ku!” deb öyladim va darrov böynimdagi arqonni yeçib, yerga sakradim. Oyoğim uvişib qolgan ekan, yonboşimga yiqildim.
Madorsiz öğlim yölakda ötirar, xonagaça yurib kelişga holi yetmagandi.
Erim meni xörlab, tahqirlab, yana kamiga xiyonat qilgani, taqdirning beşafqat qöllariga yolğiz taşlab qoçgani haqida öylab, telefon oldida uzoq ötirdim. Birgina sabab – u bolalarimning yaxşi yaşaşiga yordam berişi mumkinligigina meni qönğiroq qilişga undardi. Nihoyat, uning raqamini terdim…
– Alo! Azizam, senmisan?
– Nima kerak?
– Meni keçir, ötinib sörayman. Ahmoq eringni keçir.
– Keçirişimning nima keragi bor?
– Qarşi bölmasang, bir körişib, gaplaşaylik. Öşanda hammasini tuşuntirib beraman. Bolalarni ham olib kel. Men hozir Las-Vegasdaman. Manzilingni aytsang, sizlarga yöl çiptasi jönataman. Iltimos, menga yana bir imkon ber.
– Faqat bolalarim haqqi boraman, çunki ular otasini juda soğinişgan. Lekin özim umuman işonayotganim yöq.
– Sen nima desang şu, azizam. Hoziroq çiptalarni poçtadan jönatib yuboraman. Sizlarni intizorlik bilan kutaman.
Garçi nafratim çeksiz bölsa-da, qalbimning tub-tubida ilk uçraşganimizdagi kabi iliq hislar uyğondi. “Balki rostdan ham u xatosini tuşungandir? Ehtimol, bizni hali ham hayotining mazmuni deb hisoblar? Yana avvalgidek baxtli oila bölib yaşaşimizni çin dildan istayotgandir?” kabi xayollar miyamda aylana boşladi. Yolğizlikda, azobda ötgan kunlarimni unutib, yangi hayotga umid paydo böla boşladi.
Darrov qöşnimdan qarz oldim, bolalarimni ovqatlantirib, söngra kiyintirdim. Uç kişining bir yarim yilda töplangan buyumlari bitta sport sumkasiga siğib ketdi. Köp qavatli uyimiz oldidagi örindiqda ötirib, poçtaçini kuta boşladim. Xursandçiligimga şerik bölgan katta öğlim yonimda tabassum bilan ötirardi.
Janubiy Dakotadan Nevadaga bölgan safarimiz boşlandi. Yölimiz uzoq çözildi, manzilga yetgunça judayam toliqdik. Nihoyat, yarim tunda Las-Vegas avtovokzaliga yetib keldik. Bizni erimning dösti kutib oldi-da, “U sizlarni ertalab bazaga olib ketgani keladi”, dedi va oilasidan zerikkan odamlar köngil yoziş uçun boradigan arzon “mehmonxona”ga joylaştirib ketdi. Eşikdan kirişim bilanoq Janubiy Dakotadagi eski ikki xonali şaxsiy uyimni Nevadadagi eski ikki xonali “mehmonxona”ga almaştirganimni tuşundim. Birinçisi-ku uy edi, nima bölsayam, özimniki edi… Bunisi esa…
Erimning bizni bu yerga çaqirişdan asl maqsadi nimaligini aniqlaşga kirişdim. Xullas, maʼlum bölişiça, erim aviabazadagi rahbariyatiga oilasini taşlab ketganini aytmagan, meni va bolalarini boqiş uçun qöşimça yordam puli olib yurgan ekan. Hozir esa bazada tekşiruv ötkazilayotgan, u oila aʼzolarini rahbariyatiga şaxsan körsatişi şart qilib qöyilgan ekan. Mana şu maqsaddagina biz unga kerak bölgan ekanmiz.
Bundan taşqari, erim qimor öyinlarini juda yoqtirar, Las-Vegas qimorxonalarida katta-katta pul tikib öynardi. U menga qimorxonalarning birida tanişgan raqqosa bilan yaşayotganini aytdi.
Biz tekşiruvdan söng köchaning bir çetidagi taşlandiq treylerlar saqlanadigan joyga bordik. Men farzandlarim bilan treylerlardan birida yaşay boşladim. Erim kun-u tun raqqosaning oldida bölar, deyarli bizni yöqlab kelmasdi ham.
Kelganimizdan söng bir neça kun ötgaç, erim raqqosa bilan urişib qoldi va kelib mendan alamini oldi. Öşa sökişlar, öşa kaltaklar, öşa haqoratlar… Katta öğlim çirqirab yiğlagança otasining oyoğiga yopişardi. Tağin uni ham urib yubormasin, deb öğlimni treylerdan taşqariga çiqarib, ukasini qöliga berdim-da, eşikni yopib qöydim.
Nega bu yerga keldim? Eh… Yana işondim… Yana umid qildim… Qançalar ahmoqman… Qançalar laqmaman…
Afsus… Aqlim kirişi uçun bir xatoni ikki marta takrorladim va farzandlarimga jabr qildim. Erimga suyanib ham, işonib ham bölmasligini juda keç tuşundim. Yordam sörab, döstlarim, tanişlarim va hatto qarindoşlarimga qilgan qönğiroqlarim befoyda ekanini tuşungaç, erim işlayotgan aviabaza boşliğining oldiga bordim:
– Mening şaroitim juda oğir. Turmuş örtoğim oilani kerakli oziq-ovqatlar va boşqa narsalar bilan taʼminlab bermayapti. Unga oilasining taʼminoti uçun ajratilayotgan yordam pulini şaxsan özimga berişingizni sörayman. Men ikkita bolam bilan neça haftadan beri taşlandiq treylerda oç-nahor ötiribman.
– Keçirasiz, buning aslo iloji yöq. Biz moddiy yoki maişiy yordamni faqat baza işçilari uçungina ajratamiz. Turmuş örtoğingiz haftalab işga kelmayotgani sababli, iş şartnomasi mazkur oydan töxtatilgan va yordam puli ham berilmaydi. Afsuski, sizga bu borada heç qanday yordam berolmayman.
– Bu qanday tizimki, ona va bolalarning oç qolişiga indamay qarab tursa? Agar yordam pulini menga bermasangiz, ustingizdan politsiyaga şikoyat qilaman.
– Marhamat. Ixtiyor özingizda.
– Nahotki vijdoningiz qiynalmasa? Aqalli bolalarimga rahmingiz kelsin! Qölimda hunarim bölmasa, işim bölmasa, özimni sotişim kerakmi?
– Ha-da!
Közlarim qonli yoşga töldi. Qançalik baxtsizman… Yigirma bir yoşda hatto qonuniy huquqlarga ham ega emasman. Bir oy davomida bormagan, yordam söramagan taşkilotim qolmadi. Qançasi eşikdan köçaga haydab soldi. Oxirgi hafta deyarli heç narsa yemadim. Bolalarim ham oç qolayotgandi.
– Oyi, qornim oçdi! Ukam ham ingrayapti, uxlatolmayapman. Dadamga qönğiroq qiling, biror yegulik olib kelsinlar. Judayam qornim oçib ketdi.
– Bolajonim, ozgina sabr qil, tez orada ovqatlanamiz.
Öşa kuni keçgaça yiğladim. Çunki hayotimdagi eng dahşatli, yaʼni “tanamni sotiş” haqidagi qarorni qabul qilişdan boşqa çoram qolmaganini tuşundim. Yarim tungaça közyoşlarimga çömildim. Ota-onamning birga menga qarab turgan qiyofasi köz oldimga kelardi. Xuddi ular menga açinib, yonimda qarab turgandek…
Öğillarim neça kundan beri bir mahalgina ovqatlanayotgani, bugun esa kuni böyi umuman tuz totmay, sillasi quriganini öylab, örnimdan turdim. Aft-angorimni töğrilab, taşkilotlardan yordam sörab yugurib yurganimda körganim – “köça” qizlari turadigan joylardan biri tomon piyoda ketdim. Manzilga yetgaç, qizlardan sal çetroqda turdim. Bir neça marta yonimda maşinalar töxtadi, içidan qimmat kiyimlar kiygan erkaklar tuşib, meni kuzatgan bölişdi. Lekin ularga maʼqul bölmadim, çoği, teparoqdagi qator turgan qizlar tomon ketişdi.
Sovuqda ança turdim. Bu holatimdan osmon ham xafadek, qop-qoronği, qayerlaridadir bir-ikki dona yulduzlar ğira-şira körinib turardi, xolos. Tong yorişa boşlaganida qölidan heç narsa kelmaydigan, xato ustiga xato qiladigan ahmoq ayol bölib ortga qaytdim. Treylerga yetay deganda çarçoqdan oyoqlarim çalişib, bir dökonning yonida yiqilib tuşdim. Dökon yonida turgan ikki ayol yugurib kelib, menga yordamlaşişdi. Ularni körib höng-höng yiğlay boşladim.
– Ahvoling yaxşimi? Nega yiğlayapsan?
– Neça kundan beri bolalarim oç. Bugun ularga biror yegulik topib kelişimni aytgandim. Heç narsani uddalay olmadim. Qölimga qarab turgan kiçkintoylarimga nima deyman endi?
– Mayli, siqilma. Hammasi yaxşi böladi!
Ayollar yonidagi pullarini çiqarib, qöşib sanaşdi. Jami bir neça dollar ekan.
– Sen şu yerda ötira tur. Biz hozir kelamiz!
Ayollar şunday deb dökonga kirib ketişdi. Ular dökondan bir talay oziq-ovqat va boşqa narsalar xarid qilib çiqişdi-da, ularni qölimga tutqazişdi.
– Bolalaringga olib bor. Hali yoşgina ekansan, oldinda butun boşli kelajak kutyapti. Qaddingni bukma! Bular bizdan bolalaringga hadya. Boraqol, farzandlaring kutib qolişdi! – Ayollar şunday deb, meni örnimdan turğazişdi.
Men treylerga kirdim-u, içkaridagi sovuq havodan nafasim muzladi. Yuragimga nimadir sançilgandek böldi, nafasim siqildi. Katta öğlim yonimga yugurib keldi:
– Oyi, ukamni uyğotolmayapman…
Qölimdagilarni taşlab, kiçik öğlim tomon çopdim. Kiçkintoyimning qöllari xuddi quçoğimga talpingandek çözilib turar, közlarini katta-katta oçganiça, holsizgina tabassum bilan menga boqar, lekin nigohlari juda olislarga qaratilgandi. Öğlimning yonginasida uning eskirib ketgan paxmoq ayiqçasi yotardi.
Darrov öğlimni kötarib, bağrimga bosdim. Közim bilan körib tursam-da, bu dahşatli haqiqatni tan olgim kelmasdi.
– Öğlim! Öğlimga yordam beringlar! Iltimos! Öğlimga yordam kerak! Kim bor?!
Bolamni bağrimga bosgança, taşqariga yugurdim, yordam izladim. Qöşnilar birin-ketin çiqib darrov “Tez yordam”ga qönğiroq qilişdi. “Tez yordam” maşinasida ketar ekanman, hammasi xuddi tuşimda bölayotgandek tuyulardi. Öğilçamning şahlo közlari bir lahza ham yumilmadi. “Öğlim tirik! Bolajonim menga qarayapti. Tuni bilan körmay soğingan-da, közini yumgisi ham kelmayapti…” degan xayollar bilan özimga taskin berardim.
Mana, kasalxonaga yetib bordik. Şifokorlar bolamni jonlantiriş xonasiga olib kirib ketişdi. Politsiya xodimlari yetib kelişdi. Menga savollar berişdi. “Qayerda edingiz? Bola qayerda edi? Kim bilan qoldirgandingiz?” kabi savollarga kömib taşlaşdi. Nima javob qilganimni ham eslolmayman.
Mening butun fikr-u zikrim va közlarim jonlaştiriş xonasida edi. Men uçun asrlarga teng bölgan vaqt ötib, şifokorlar çiqişdi. Ular farzandimni saqlab qolişolmaganini, unda kam uçraydigan bolalarning nogahoniy ölim sindromi sodir bölganini taʼkidlaşdi. Bunday sindrom haqida heç qaçon eşitmagan edim. Şifokorlarning gapiga işonmadim. Dod soldim, nola qildim, lekin özimdan boşqa heç kim ovozimni eşitmadi.
Meni baxtiqaro qilgan öşa tunga laʼnatlar öqidim. Öğlimning ölimida özimni aybdor deb hisobladim. “Öşa tunda pul topaman deb çiqib ketmaganimda öğlim tirik bölardi…” degan xayol meni tinimsiz taʼqib qila boşladi. “Men… Seni men öldirdim, bolajonim! Ahmoq onangni keçir! Jajji fariştam eding. Mana, farişta bölib osmonlarga uçib ketding!” degan öylardan, vijdon azobidan özimni qöygani joy topolmasdim.
Bu voqea şov-şuv bölib ketdi. Erimning badavlat oilasi qayerdandir paydo bölib, “ğamxör insonlar” sifatida dafn marosimini ötkaziş taraddudiga tuşib ketişdi. Marosim vaqtida katta öğlim ikkimiz ular yaşaydigan uyda yaşaydigan böldik. Kiçik öğlim uçun alohida xona tayyorlaşibdi. Yangi taʼmirdan çiqqan, şinam xonaning örtasidagi bejirim yasalgan tobutda mening mitti fariştam yotar, atrofi yangi uzilgan gullar bilan töldirilgandi. Tobut tagiga baxmal körpa töşalgan, bolamga oq şoyi libos kiygizilgan, uning yoniga yangigina, çiroyli paxmoq ayiqça ham qöyilgan. Erimning çiroyli liboslar kiygan singillari, onasi va boşqa yaqin qarindoşlari tobut yonida suratga tuşiş bilan ovora edilar. Şu damda mangu uyquga ketgan bolajonimni şartta tobutdan olib, bu “tomoşa”dan uzoqroqqa qoçib ketgim keldi. Taşqariga otilib çiqdim, biroq norasidam qölimda emas edi. Dardimga osmon ham şerik bölayotgandek yomğir şarros quyardi.
Ertasi kuni qabristonga bordik. Men hali ham uyğonib ketişimni kutardim. Ongim muzlab qolgandek edi, göyo… Bugungi kun har kungidan özgaçaroq, quyoş çaraqlab turardi. Uzoqlardan kabutarning tonggi xonişi quloqqa çalinardi. “Bu adolatdan emas, – deb öyladim men. – Nega mening qora kunimda tabiat bunçalar çiroyli?!”
Öğlim yotgan kiçik tobutning yoniga keldik. Qölimda atirgul ğunçasi. Uni qöyib yuborişni istamasdim. Gulni qöysam, şu bilan bolamni bir umr körolmayman. Bu men uçun hayotimdagi eng oğir jazo edi!
Şu payt kun qoronğilaşib, osmon şiddat bilan qora bulutlarga töla boşladi.
– Oyijon, ahvolingiz yaxşimi? Bu yerga kelişimga ruxsat berişmagandi. Rosa iltimos qildim, sizning yoningizda turişimni aytdim, – dedi katta öğlim qölimdan uşlab.
– Bolajonim! – deya öğlimni bağrimga bosdim köz yoşlarimni tiya olmay.
– Oyi, ukamni endi heç qaçon körmaymizmi?
– Ukang fariştalar şahriga ketyapti. U yerda uni öziga öxşagan çiroyli, qanoti oppoq fariştalar kutişyapti. Lekin ukang u yerga borgaç, bizning yonimizga qaytib kelolmaydi.
– Unda özimiz uni körgani bora qolaylik. Ukamni judayam soğindim.
– U yerga faqat ukang kabi kiçkina çaqaloqlar kira oladi, katta bolalarni esa kirgizişmaydi. Sen endi katta bolasan. Biz uxlagan paytimizda, tuşlarimizda ukang bizni körgani keladi. Hozir tobutga birga gul qöyib ukangni kuzatamiz.
– Xöp, oyijon.
Tobutni tuşira boşlaşdi. Birdaniga momaqaldiroq gumbirlab, şarros yomğir quyib yubordi. Yiğilganlarning usti-boşi şalabbo bölib, pana-panaga qoça boşlaşdi.
Kiçik öğlimning jonsiz tanasiga nazar solar ekanman, tösatdan katta öğlim qölimdan mahkam uşlagança, közlarini katta-katta oçib, menga qarab turganini sezib qoldim. Uning közlari “Oyijon, men yoningizdaman!” deyayotgandek edi göyo. Şu onda ongimda çaqmoq çaqnagandek böldi.
Nahotki, bari tugadi?.. Izlaganim, topganim, “yagona muhabbatim”, deb işonganim sarob bölsa?.. Yöqotdimmi?.. Men sevgan, farzandlarim otasi bölgan insonning asl qiyofasini nega körmadim, nega yana işondim?..
Bugun muhabbatimni uning “mevasi” bölgan qora közim bilan birga yöqotdim. Afsus… Qani endi barini oldinroq tuşunganimda edi, bugun yöqotilgan muhabbatning badalini tölamagan bölardim… Bolajonim… Qöl tutmas sarob sari intilgan sodda onangni keçir, bolajonim!
Şu onda şarros yoğayotgan yomğir tinib, bulutlar orasidan quyoşning zarrin nurlari körindi. Hamon qölimni mahkam uşlab turgan katta öğlimga qaradim-u kim uçun yaşaşim kerakligini tuşundim.
Donna M Young
1962-yili AQŞning Texas ştatida tuğilgan.
“Hammasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganda” (“When All Else Fails”) nomli kitobi chop etilgan.
Ingliz tilidan Gulnoz TOJIBOYEVA tarjimasi
2021/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


