(Hikoya)
Buvasi doimgi joyida – hovlining kungay tarafidagi, şamolgohdagi örik daraxti tagida ötirardi. Nigohlari sokin, qaraşlari xotirjam, baroq qoşlari doimgidek biroz çimirilgan. Egnida öşa ohori ketgan, rangi uniqqan kökimtir yaktagi, boşida – bir çetida tirnoqça kattalikdagi qönğir doği bor döppisi. U bölsa, bobosining soqolini tutamlab öynab ötirardi. Bobosi doimgidek indamas, nevarasining öylab topgan öyiniga parvo qilmasmiş…
Sodiq örtaça böyli, keng yelkali, oq-sariqqa moyil, qöyköz, qirra burun yigit bölib, közlari xayolçan boqar, qaraşlaridan sermulohaza yigit ekani bilinib turardi. U garçi tuşida çöçituvçi biror köngilsiz narsani körmagan bölsa-da, negadir nogahon seskanib uyğonib ketdi. Garangsirab yon-atrofiga alangladi, sababini öziyam bilmadi – bobosini qidirdi, göyo. Keyin şoşa-pişa örnidan qözğaldi, köylagining bir-ikki eşilib qolgan tugmalarini joyiga ötkazib, özini tartibga soldi, peşonasida reza-reza yumalagan terini artdi. Şu lahzada yotgan uyining olis qoronği burçagidan kimdir xörsingandek tuyuldi unga. Hayron bölib, razm solib qaradi, heç kim yöq edi. Söng yana körgan tuşi esiga tuşdi… Qiziq, bir neça ön yil avvalgi xotiralarni esga solgan bu tuşning taʼbiri nima bölsa ekan? Derazadan namozşom quyoşining sönggi nurlari tuşib turar, ufq göyo temirçining bosqonidek çöğ bölib lanğillardi. Tavba, namozşomdayam uxlaydimi, bunaqa paytdagi uyquni bexosiyat böladi, deguvçi edi bobosi. Bobosi… Qiziq, nega kirdi ekan uning tuşiga? Hayot taşvişlariga öralib, uni unutib qöygan nabirasiga özining qaçonlardir bu dunyoda, uning yonida yaşab ötganini eslatdimi yoki? Yoki ğaflat uyqusida yotganing yetar, uyğon demoqçi böldimi? Sodiq uçi-keti yöq savollar girdobiga şönğigança, bir-bir qadam bosib uydan çiqdi. Kuni keça 26 yoşni urib qöygan, ikki bolaning otasi bölişga ham ulgurgan bölsa-da, hali-hanuz bobosini soğinişini, uning tizzasiga çiqib erkalik qiladigan damlarini olis bir entikiş bilan xotirlaşini öyladi. Maktabdan boşi oğrib kelganining dami hali tarqamaganimi yoki rahmatli buvasi aytganidek, bexosiyat paytda uxlagani uçunmi, boşi zil-zambil edi. Şuning uçun lanjligi tarqamay, hovliga çiqdi.
Kun botib borayotganiga qaramay, quyoşning tafti hali sönay demas, aksinça “qilt” etgan şamol sezilmas, tomorqa etagidagi daraxtlar issiqdan garangsiragandek turardi. Tavba, biror yil bahor bunday issiq kelmagan edi, öyladi Sodiq. Töğri, bahor oyoqlab böldi, hademay yoz etagini yozadi, ammo bu yilgi bahorning şaşti oldingi yillarning bir neça yozidan ötaman, derdi. Aksiga olgandek, salqinlatiş uçun sepilgan suv beton hovlining issiğini battar çiqarib yuborgan, yerdan kötarilgan hovurda tova qöyib, tuxum qovurib olsa bölardi. Sodiq xayolidan ötgan öxşatişga içida kulib qöydi; ming qilsayam odam öz kasbidan kelib çiqib fikrlarkan-da. Yangi fikrmi, ohori tökilmagan biror taşbehmi xayolidan ötguday bölsa, adabiyotçiligidan, aniqroği ona tili va adabiyot fani öqituvçisi ekanidan içida ğururlanib qöyardi. Şu öylar bilan ozgina bölsa ham toza yel qidirib, şamolmakonga yönaldi. Hovlining eni-yu böyiga qaratib uylar solingan bölsa-da, darvozaxonaning çap tomonida bir neça metr joy oçiq qolgan, köçadan boşlanib, qiyalab tomorqaga tutaşib ketadigan mana şu yerda şamol erkin aylangani uçun bahavo bölardi aksari vaqtda. Odatda uy kattalari kun dimiqib ketganda yoki şunçaki salqinlab ötiriş uçun ham mana şu yerga kelib qör tökişar, şu yerda ozgina nafas rostlaşardi. Bu yer uy egalari tomonidan şamolgoh yoki şamolmakon nomi bilan atalar, bu nomni esa bir mahallar rahmatli buvasi bergandi. Siddiq buva quyuq, qora soqolini tutamlab (Sodiq jajji bolakay bölgan öşa mahallarda bu basavlat odamning soqoli qop-qora edi hali), mana şu yerda ötirar, özi ötirişni yaxşi körgan joyning yanada salqin va bahavo bölişi uçun örik daraxti ham ekkandi şamolmakonga. U mana şu yerda ötirib nafas rostlagaç, yana katta tomorqasiga oralar, ketmonni har kötarib yerga urganda uning zarbidan yer zirillab ketgandek tuyulardi bolaga. Bola bobosining işlaşini kuzatib ötirar, goho kiçkina ketmonçasini kötargança buvasi oçib qöygan jöyaklar tuproğini olib, ularni kengaytirardi. Mana şunday paytlarda Siddiq buva nevarasiga mehr bilan tikilar, biri-biridan katta, biri-biridan köp çöntaklaridan bolaga konfetmi, turşakmi olib berardi, odatda har doim ularda nabira uçun, albatta, biror yegulik bölardi. Sodiq hozir şuni esladi-yu, miyasining lanjligi tarqagandek tuyuldi beixtiyor; öşa bolalik turşagini qömsab, oğziga suv yugurdi. Ammo xotinining birdan eşitilgan tovuşi bolalik xayollarini tözitib, oğziga yugurgan tamşanişni ham qoçirib yubordi. Xolida hovliga boyagina özi suv sepganini ham unutib, jahl bilan çelakning suvini tört tarafga saçratib separkan, şu barobar şanğillagança kimnidir qattiq qarğab ham olardi. Şu payt mehmonxona yonidagi kiçkina uydan qayinopasi Sarvigul yugurib çiqdi. Uning römoli boşidan sirğalib yelkasiga tuşgan, çamasi buni özi ham sezmasdi. Sarpoyçan çiqqanini ham unutib, qöllari titragança, keliniga qarab, yiğlamsirab gapirdi:
– Xudodan qörqing, kelin. Bolam birovning narsasini olmaydi, axir…
– Xudoni örtaga qöşmang, opa! – Xolida atigi bir neça qadam narida eri kuzatib turganini körmay, jazava aralaş öşqirdi. – Xudoning tayoği böladi, indamay-indamay özingizga körsatmay, soladi boşingizga.
– Bu… bu nima deganingiz, axir? – Sarvigul yupqa lablari pir-pir uçib, majolsiz ovozda öşqirdi. Ammo bu ovoz öşqirişdan köra çinqirişga, zorlanişga öxşab ketardi.
– Bu deganim – bolangizni özingizga öxşatib şumoyoq qilmang, deganim. Şu qizingiz kirib çiqqan uydan, albatta, biror narsa yöqoladi, deganim!
Xolida şanğillarkan, Sodiqning boyagina töxtagan miyasidagi oğriq yangi jazba bilan kuç oldi. Xotinining kesib-kesib gapirişi şu tobda unga kimdir qattiq taxtaga ataylab tömtoq uçli mixni qoqayotgandek, keyin öşa taxtani nariga olib qöyib, örniga uning miyasiga qoqişayotgandek tuyuldi. Şu tuyğu bilan ikki qadamda xotini va opasining örtasiga tuşib qolganini, Xolidaning yuz-közi aralaş şanğillagan ovozini öçiradigan tarsakini tuşirganini ham sezmay qoldi. Qilgan işidan bir lahzaga uyalib ketgan bölsa-da, endi keç edi. Otilgan öqni qaytarib bölmagandek, qöyvorilgan şapaloqni ham qaytib olib bölmasdi. Opasining yiğisi birdaniga öçgan bölsa-da, yelkasi haliyam titrab turar, uning uçib-uçib qöyişidan içiga qamagan yiğisining kuçini köriş mumkin edi.
– Sen… sen oğzingga qarab gapirgin! – U öylab turgan narsasi qolib, boşqa narsani gapirdi. – Qaytib bunaqa şanğillaganingni körmay!
Şu gaplarni gapirarkan, şaxd bilan yurib, molxona tarafga ötib ketdi. Ikki ayol – biri noçorlikdan, biri alam va jahldan bözarib turişar, Sarvigulning qizi közining yoşi burnining suvi aralaş yuzidan oqqança, uy eşigidan möralab qarab turarkan, yangasining yolğon gapirib, bunday rost yiğlayotganiga bola aqli tuşunib yetmasdi. Tuşunib turgani – bu kabi oyisi va yangasi örtasida tez-tez bölib turadigan janjallardan keyin onasining içkari uyga kirib, ança paytdan keyin közlari yanayam qizarib qaytib çiqişi edi. Çindan ham, har galgidek oyisi kasal buvasi yotgan narigi uyga kirib ketdi. Römoli endi belida, köylagining qaysidir burmasiga ilaşib, osilib qolgan, bir uçi yerni supurib izidan kirib ketayotgan bölsa-da, oyisi buni körmasdi, sezmasdi.
Sodiq boşi, yuragi, qalbi oğriganini, oğrigandayam qattiq oğriganini his qilgança, molxona ostonasida ötirar, ola sigir kavş qaytargança, unga maʼyus qarab qöyardi. Sodiq opasining, onasidan yodgor opasining köziga qarolmadi hozir; xotiniga xörlatib qöyganidan, uning nohaq taʼnalari yuki ostiga taşlab qöygani uçun ham qarolmadi, balki. Yana şu uy mojarosi kötarilyapti. Xolida qayinopasining ota uyida yurişiga, öz tili bilan aytganda, “öz uyida xon – kölankasi maydon” bölişiga qaysidir maʼnoda Sarvigulning şu yerda ekanligi ham soya solişiga sira könolmasdi, könikolmasdi. Xolida boya “şumoyoq” deb qarğanganida poççasining avtohalokatga uçrab, vafot etgani, quda xola ikki oy ötar-ötmas opasini qölida beş oylik bolasi bilan ota uyiga keltirib qöyganiga şama qilgandi. Sarvigul dunyodagi barça haqoratga çidaşi mumkin edi-yu, ammo bolasini nohaq ayblaşlariga, oq-qorani tanitib tarbiyalayotgan norasida qizini öğriga, şumoyoqqa çiqarişlariga jim quloq sololmasdi.
Xolida hovli örtasida, bir qölida suvi yarimlagan çelak bilan turar, banogoh közi şamolgohdagi örik soyasi ostiga, undan ötib soyada örnatilgan yoğoç söri ustidagi savat içiga yumaloqlab qöyilgan qurutlarni uy egalarining öz-özi bilan andarmonligidan foydalanib naridan-beri çöqiyotgan tovuqlarga tuşdi.
– Kişt! Voy, oting öçgurlar! Voy, böyinginang uzilgurlar, kişt deyman! – U taraqlatib çelakni yerga qöyarkan, alamini şu parrandalarga soçdi; uning bor alamlari – qayinopasining uning oşiga şerik bölayotgani-yu, undan qutulolmayotganiga, kamiga u sabab mana bugun eridan yegan birinçi tarsakisiga, hamma-hammasiga şu tovuqlar sababçidek ularni qarğaşga tuşdi. – Tovuq bölmay balo bölgur, qirçingingdan qiyilgurlar! Tutib olsam, naq tovaga bosaman hozir, haromilar! Kişt!
Haliyam molxona ostonasida ötirgança, aççiq xayollarga çömgan Sodiq özi suyub uylangan, bir vaqtlar qişloqning oldi gözali bölgan, uylanguniça tuşlarida kaftidan suv içib yurgani şu qiz – öşa Xolida ekanligiga ilk bor şubhalandi. Pariqiz qaçon yalmoğizga aylandi özi? Dafʼatan xayolidan şu fikr keçdi uning. Aslida, bu xayollar miyasining yuzasida aylanar, ongining, şuurining iç-içida qanday qilsa, opasiga yaxşi bölişini, sölğin çehrasiga quvonç qaytişini, öz ukasining uyida begona joyda yurgandek ehtiyot bölib yurmasligini öylardi. Beixtiyor şamolmakondagi örikka, uning uçlarida yengil şabada öynayotgan şoxlariga qaradi-yu, miyasiga kelgan öydan sergak tortdi. Xayolida paydo bölgan hozirgi rejani çamalaş maqsadida örnidan turib, öşa tomonga yönaldi. Bu paytda xotini dunyoning bor qarğişini tovuqlarga soçib, bor yomonlikni şu ongsiz mavjudotlarga tilab bölib, yengil tortganmi, şaşti bosilganmi, hovli yuzasida körinmasdi. Sodiq kelasolib şamolmakonning enini qadamlay boşladi. Piçirlab sanarkan, qadam bosgan sari çehrasi yorişar, çehrasi yorişgan sari miyasidagi boyagi fikr pişib borayotgandi. Ha, xuddi özi! Mana şu yerga opasiga uy quradi! Bemalol bir çoğroq uy va bir dahliz solgulik joy bölarkan! Ham darvozaxonadan narigi tarafda, yaʼni şanği kelinidan ikki-uç xona bölsa-da uzoqda, ham özi uçun alohida kirib-çiqadigan eşikli uy böladi. Toki, Sodiq tirik ekan, opasini heç kimga xörlatib qöymaydi, hatto u Xolida bölsa ham. Şu öylar şuuridan keçarkan, köngli sal-pal yorişganini his qildi. Öyini otasi bilan maslahatlaşib oliş maqsadida otasi yotgan uyga kirdi.
Bu xona köçaga qaragan, öşa tomon devorida ikki qöştavaqali deraza, röparasidagi devoriga gilam osilgan, otasi mana şu gilam osilgan devor yonidagi karavotda yotardi. U orqa ögirilib yotar, dard uni qasdi-bastiga olgani keyingi paytda ozib-tözib qolgan vujudidan yaqqol seziladi. Xona törida kitob javoni, uning tepasida esa rahmatli onasining surati jilmayib qarab turardi. Onasi örtaça böyli, oq yuzli, yuz-közidan nur yoğiluvçi, istarasi issiq ayol edi. Öqituvçi edi u ham, maktabdagi sobiq ustozlar taxtasida haligaça uning rasmi bor. U deyarli buvasi bilan izma-iz bu dunyoni tark etdi, orada qirq kun farq bilan. Buvasi kelinini öğlidan, Sodiqning otasidan ham köra köproq qadrlardi, Sodiqning nazdida. Onasi yuvoş, muloyim, qaynotasining könglini oğritmagan kelin bölganigami, yoki kampiri vaqtli ötib, yegan-içgani kelinining qöliga qolganigami, Siddiq buva unga suyanib qolgandi. Umuman unga köpçilik suyanib qolgan ekan… Ayniqsa, otasi! Mana onasining vafot etganiga tört yildan oşib qolgan bölsa-da, hali-hamon uning nomini tildan qöymasdi u. Bunga Sodiqning özi guvoh. Onasi vafot etgaç, bir yildan söng, garçi, özi xohlamasa-da, amakisining, qolaversa bir-ikki qöşnilarining maslahati bilan “farzandlik burçi”ni bajarişga unnamoqçi böldi. Otasi esa uni uyaltirdi, qattiq uyaltirdi.
* * *
Öşanda endigina işga kirgani – maktabidan qaytayotgan, erta bahorning sarxuş havosi odamni karaxt qilar darajada turli gulgun hidlarga tölgan, darvoza yaqinidagi jiyda daraxti yonidan ötgan odamning dimoğiga gup etib ötkir hid urilardi. U şuni öylagança, endi darvozaning kiçik tavaqasini oçgan edi, orqasidan kimdir çaqirdi. Ögirilib, oftobröyada toblanib ötirgan, qöşni Tolib akaga közi tuşdi. Yonginasidagi jiyda daraxtining gulidan behuzur bölayotgan, qolaversa bugun olti soat dars ötib, lölining eşagidan battar çarçagan bölsa-da, qöşnining hurmati uçun devor böylab yurib, u tomonga ötdi. Salom berib, eski örindiqqa ötirdi. Tolib aka semizligidan baqbaqasi osilgan, ikki yuzi qip-qizil, möylovli, semiz odam bölib, yuzining qizili emas, semizlikdan yaltirab turişi odamning eʼtiborini tortar, Sodiq har gal uning yuzidan çertib körgisi kelar, közi tuşganda xayolan şunday qilib körib, kulgisi qistardi. Mana hozir ham, garçi burnidan tortsa yiqilguday çarçab kelgan bölsa-da, yana har galgi xayol miyasidan ötib, yuziga tabassum yugurdi. Tolib aka qassob bölib, har bir kişidan kasbidan kelib çiqib, söraşardi.
– Ha, Sodiqboy, qandaysan? Tişlaring qanday? – Bu “yaxşimisan, soğliging qanday” degani bölardi odatda. Qassoblar molning soğ yo kasalligini köpinça tişlariga qarab aniqlaşadi. Tolib qassob mol bilan köp işlagani uçunmi, yo özi molfahmroq odam edimi, xullas uning bu söraşişi uni taniydiganlarning köngliga tegmaydigan bölib ketgan bölsa-da, Sodiqning hali-hanuz bu kabi köngil söraşdan ensasi qotardi.
– Rahmat, yaxşi. Özingiz, yangamlar yaxşimi? – Sodiq söraşarkan, qöşni yanganing qandayligini kunda-kunora, ayniqsa eri içib kelgan kunlarda bu uydan eşitiladigan baqir-çaqirlar, gohida uçib ketib, qanot çiqarolmagan – yerga tuşib ketgan idişlar siniği sasidan bilsa-da, yöliga söragan böldi. Tolib qassob erinib, qöl silkib qöydi.
– Ha, yangang ham yuribdi… – U gapining davomini çetga çiqib, uy poydevori yoniga nosini tuflab kelayotib aytgani uçun Sodiq nima deganini tuşunolmadi. Aslida, u bunga qiziqmayotgandi, yolğiz istagi – tezroq uyga kiriş-u, dam oliş edi.
– Ha, yaxşi…
– Yangani vafotlariga ham bir yil böldi, adaşmasam. Bu, otangning köngliga qöl solib kördingmi? – ösmoqçiladi Tolib qassob.
– Nima masalada? – Sodiq hayron böldi.
– Hali uylanmagansan-da, ukam, – beöxşov kuldi qassob. – Erkak odam xotinsiz yaşolmaydi, buni unutma. Otangni uylantirib qöyişing kerak endi… bu farzandlik burçing!
Sodiq ğalati bölib ketdi, onasining xotirasini toptaşayotgandek, “ölding – öçding” deyişayotgandek tuyuldi. Boyagidan köra boşi ğuvillab qaytdi uyga.
Keyin amakilari ham şunga öxşaş gap ayta boşlaşgaç, bu haqda jiddiy öylaşga majbur böldi. Opalariga maslahat solgan edi, ikki katta opasi dunyoni boşlariga kötarib, uvvos solişdi. Ayniqsa, Salima opasi Tolib qassob, umuman ayoli ötganiga bir yil bölib-bölmay köngli yangi xotin tusaydigan erkak zotining göriga ğişt qalab, qarğandi. Sarvigul esa indamas, öşa kezlari ota uyiga qaytib yaşayotganiga endi bir yilça bölib qolgan, özini bu yerda siğindidek his qilganigami, ovozini kötarib gapirmasdi deyarli. Ammo, u ham buni kötarolmagani qizargan közlari, yiğidan kepçib ketgan yuzidan körinib turardi. Baribir oxirida otalariga maslahat soladigan bölişdi, harqalay öylab-öylab qassobning va amakilarining fikri bir hisobdan töğridek tuyuldi ularga.
Keçqurun ovqatlanib bölişgaç, Sodiq otasining yoniga ötirdi, ammo gapni nimadan boşlaşni, qanday boşlaşni bilmasdi. Öşa kezlarda oliygohda uçinçi kursda öqir, bu mavzuda gaplaşişga yoşlik qilardi, özining nazarida. Şuning uçun bir holatda söradi boyagi savolni.
– Bolam, onang köz oçib körganim edi, yaxşimi-yomonmi, öttiz yil umrguzaronlik qildik. Oltita farzand kördik, ikki akang bolaligidayoq birin-ketin dunyodan ötib, bizni kuydirdi. Mayli, bu uçun ham emas… U tirikligida boşqa ayolning qölini tutiş tugul, köziga qaramaganman, endi ölgaç bu işni qilamanmi? U dunyoda onangga nima deyman?
Sodiq bir söz deyolmadi. Örnidan turib, narigi uyga ötdi. Çiqayotib, eşik orqasida piq-piq yiğlab ötirgan Sarvigul opasiga közi tuşdi, u çamasi otasining gapini eşitib qolgandi. Şundan keyin bu mavzuga boşqa qaytişmadi.
(Davomini jurnaldan öqiysiz)
Gözal RÖZIYEVA
1986-yili tuğilgan.
Buxoro davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.
“Tong sabosi” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
2021/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


