Men jiddiiy oilada tarbiyalanganman. Uyimizda kulgi ovozi kamdan-kam eşitilardi. Ota-onamiz: “Jiddiy bola bölgin, şunda sendan jiddiy odam çiqişi mumkin. Bölar-bölmasga hiringlayversang gör ham bölmaysan”, deb örgatişgan. Ana şu gap hamon quloğimda. Mendan durust odam çiqdimi-yöqmi bilmadim-u, lekin şunaqa qovoği soliq odam böp qolganim aniq.
Tabiatimda yoşligimdan bir xudbinlik bor: men gapirsam-u, boşqalar eşitsa! Şu deng, iç-içimda aytadigan gaplarim köpga öxşardi. Qanaqa gapligi esimda yöğ-u, ammo gapirişga kuçli ehtiyoj sezardim. Vaqti-soati kelib biron kasbning boşini tutiş masalasi köndalang bölganida, nima hunar qilsam ekan, deb öylay boşladim. Avvaliga diktor, özbekçasiga – suxandon bölsammikan, dedim. Maza-da! Radiodami, televizordami gapiraverasiz, millionlab odam eşitaveradi. Keyinçalik bir-ikki urinib ham kördim, lekin radioga ovozim yoqmadi, televizorga – başaram… Xullas, bölmadi.
Aktyorlik eng zör kasb bölib tuyuldi menga. Tasavvur qiling, zal liq töla odam! Buyam yetmaganday, oxirida çapak çalib, gullar ham berişadi! Artistlar tayyorlaydigan oliy öquv yurtini bitirganimdan keyin biron ön yil teatrda işlab, bu kasbdan ham könglim qoldi. Aktyor degani birov yozgan gaplarni gapirarkan, özining gaplari içida qolib ketaverarkan şörlikning. Tölib-tölib dardingni aytolmaganingdan keyin, şuyam hunar böldi-yu… Qisqasi, bu kasbniyam yiğiştirdim.
Yoşligimda, deng, Brejnevga juda-juda havas qilardim. Dunyoda şu bandadan baxtli odam bölmasa kerak, deb öylardim. Yöq, mansabiga emas, gapiriş imkoniyatiga havas qilardim. Siyezdlardagi nutqlarini eslang. Öziyam jaği tuşib ketguniça gapirişga haqi bor edi-da! Keyin bilsam, ungayam birov yozib berarkan. Öylab-öylab Brejnev bölişdan ham voz keçdim…
Kunlardan bir kun Boşbekovning boşiga bir zör fikr keldi: hamma birov yozgan gaplarni gapirsa, öşa “birov” özim böp qöyaqolsam-çi? Yaxşi-da, özim yozaman – özim gapiraman! Şu-şu, desangiz, özim yozadigan böp ketdim. Maqtaniş bölmasin-u, hozir Siz öqib turgan satrlarni ham özim yozganman. Şunaqa yozadigan odamlarni yozuvçi deyişarkan. Yozuvçilar ham ikkiga bölinarkan. Birinçisi, bolaligida kam kulganlar (“durust odam böliş” ilinjida). Ular kulgiga töymay ösgani sabab, nuqul kulgili asarlar yozadi. Ikkinçisi – hamma kulgisini bolaligida kulib bölganlar. Ular nuqul jiddiy asarlar yozişadi. Biron muallif asarini “komediya” deb daʼvo qilsa-yu, lekin kulgili çiqmasa, “bu yozuvçi bolaligida kulib qöygan ekan-ku”, deb qöyaman.
Yozuvçilik ğalati kasb ekan. Butun umr kimgadir, nimanidir isbotlaşga, “hö, birodarlar, meniyam qölimdan yoziş keladi” deyişga sarf bölarkan. Avval teatr jamoatçiligiga, keyin adabiy jamoatçilikka, söng tomoşabinga. Ungaça yoşingiz ham qirqni qoralab qolarkan.
Xöp, isbotladingiz ham deylik. Keyin xotiningiz boşlab qoladi:
– Hay, dadasi, biron jiddiyroq iş qilsangiz bölmaydimi? Kap-katta, soğ-salomat erkakka sekretar-maşinistkalarga öxşab maşinka çiqillatib ötiriş ham işmi? Mayli, işdan böş vaqtingizda asar yozasizmi, quş boqasizmi, it boqasizmi – ixtiyoringiz!
Xotiningizga to it boqiş bilan yozuvçilikning farqini tuşuntirganingizgaça yoşingiz ham ellikka borib qolar ekan. Oltmişga kirsam nima böladi, bilmayman…
Hali aytganimday, bolaligimda kulgiga töymay ösganman, endi öşaning hissasini çiqariş uçun hajviy asarlar yozadigan yozuvçi bölişga ahd qildim. Kulgining özi nima, rangi qanaqa, qanday materialdan yasalgan – xullas, şu masalada qattiq boş qotirdim. Vale, şunday xulosaga keldim: kulgiyam ikki xil bölarkan – bamaʼni kulgi, bemaʼni kulgi. Şunday bir asar yozişni orzu qilib kelaman – uni körgan tomoşabin qah-qah urib kulmasa, biroz havas, bir qadar maʼyuslik bilan jilmaysa va jilmayib ötirganini özi ham sezmasa… Bilasizmi, bu tabassumda tama yöq. Bu nihoyatda şirin, huzurbaxş, iliq va yoqimli kulgi. Tomoşabinni kuldiriş oson, jilmaytiriş qiyin. Tarvuz kötarib ketayotgan bir semiz amaki gup etib yiqilib tuşsayam kulaveramiz-da. Bamaʼni kulgi esa boşqaça böladi…
Bir kuni kiçkina qizçamni yetaklab bozorga tuşdim. Uzum olmoqçi böldik. Bir badjahl, qörs odam uzum sotyapti. Qovoği menikidan ham battar osilib ketgan. Yaqinlaşib narxini söradim.
– Körmayapsizmi, yozib qöyibmiz-ku! – deb jerkib berdi u.
– Ha endi, bu bozor – xaridor degani savdolaşadi, tortişadi.
– Siz bilan tortişib ötirişga vaqtim yöq! Olsangiz oling, bölmasa tovarni tösmang!
Baribir savdolaşa boşladik. Men u dedim, u bu dedi, xullas, ön sömlik uzumni sakkiz yarim sömga kelişdik. Qarab turibman, haligi amaki tarozining pallasini taraqlatib jahl bilan uzum tortyapti. Bir payt qizçamga közi tuşib, butunlay boşqa ohangda söradi:
– Iye, bu yaxşi qizaloq ekan-ku! Isming nima? Ma, manovi senga… – deb salkam yarim kilo keladigan uzum boşini qizimga uzatdi. Hayron bölaman, men bilan şunça tortişgani nima-yu, şunça uzumni tekinga berib yuborgani nima? Berişga berdi-yu, lekin ogohlantirib qöyişniyam unutmadi: – Buni özing yegin, xöpmi? Dadangga berma, şundoq ham u meni qaroqçiday qaqşatib ketyapti!..
Qarasam, boşqa sotuvçilar ham unga jilmayib qarab turişibdi. Ular bu odamning sirti qöpol, lekin içki dunyosi neçoğlik yoruğligini bilişar, u savdo qilayotganida doim kuzatib turişar ekan. Uyga qaytayotib eʼtibor qilsam, özim ham jilmayib ketayotgan ekanman… Menga ana şunday kulgi kerak.
Kulgining yana bir turi bor, u “jirafa kulgi” deyiladi. Yöq, men hammadan keyin kuladiganlarni aytmayapman. Hayotda şunday voqealar yuz beradiki, aynan öşa paytda heç kim kulmaydi. Voqea sodir bölib ötganidan ança keyin eslab kulamiz. Aytaylik, it quvlayotgan odam öşa paytda kulmaydi-ku, töğrimi? Keyin, oradan maʼlum vaqt ötganidan söng öşa paytda qanday qoçgani, nima deb dodlagani haqida gapirib yoki eslab kuladi. Men ham ana şunday “jirafa kulgi”ning bir marta guvohi bölganman…
Ança yillar oldin bir guruh yozuvçilar paxta yiğim-terim mavsumida dala aylangani viloyatlardan biriga bordik. U vaqtlarda “obkom” degan gaplar bölardi. Öşa idoradan bir kişini bizga hamroh qilib jönatişdi. Haligi odam biram sipo ediki, na gaplaşib böladi, na hazillaşib. Oddiygina hol-ahvol söraşişgayam erinayotganday. Bir xöjalikka borsak, odmigina mehmonxonaning foyesiga dasturxon qilişibdi. Ötirdik. Haligi odam ham. Şlyapasini yeçmadi, xuddi birov opqöyadigandek. Dasturxon atrofida ötirib, biroz qizişib olganimizdan keyin latifagöylik boşlandi. Bora-bora siyosiy latifalargayam ötib ketibmiz. Vakil miq etmay, hammamizning ğaşimizni keltirib ötiribdi. Şu payt rahmatli yozuvçimiz Otayor şiftdagi yonğinga qarşi örnatilgan qurilmani körsatib:
– Örtoqlar, har narsani gapiravermanglar, anovi kim nima desa hammasini yozib olyapti, – deb qoldi.
Bu şunçaki hazil ekanini, u qurilmaning nimaligini hammamiz bilib tursak-da, örtaga allaneçuk noqulay jimlik çökdi. Keyin gap boşqa mavzuga köçib, haligi gap esimizdan ham çiqib ketdi. Bir payt, deng, boyagi vakil heç gapdan heç gap yöq, örnidan şaxt turib, şiftga qarab qiçqirib qolsa böladimi:
– Bu yerdagi gaplarga mening aloqam yöq! Familiyam – Vahobov!
Hammamiz qotib qoldik. Vakil bir işni qoyillatib qöyganday, viqor bilan joyiga ötirdi. Birontamiz kulmadik. Aksinça, şörolar jamiyati odamni ne köylarga solib qöyganidan afsuslanib ötirardik. Faqat keyin, Toşkentga qaytganimizdan söng öşa voqeani eslab, rosa kulişdik. Qarang, familiyasiniyam aytdi-ya…
Portlovçi kulgi ham böladi. Tomoşa zali titrab ketadi. Bu juda keng tarqalgan, ommabop kulgi. Hayotda bunaqa voqealarga juda köp duç kelamiz. Özimizning askiyamizni eslang. Eşitgan zahoti kulamiz, u “jirafa kulgi”ning teskarisi.
Bir hamkasb döstimizning piyesasi teatrda ilk bor sahnalaştirildi. Bu yozuvçining ijodida katta voqea, albatta. Döstimiz ziyofat berdi. Uning şaʼniga köpdan-köp maqtovlar aytildi. Uyga qaytyapmiz. Köçada bir ayol sadaqa sörab ötiribdi, qölida yoş bolasi ham bor. Bir payt dramaturg döstimiz (“dramaturg” deymiz-da endi, piyesasi sahna yuzini kördi axir) gadoyning qarşisida töxtab, birpas tikilib qoldi. Biz sadaqa bersa kerak, deb öyladik. U biroz çayqalganiça gadoyga daşnom berdi:
– Sadaqa sörab ötirgani uyalmaysizmi, hali yoş ekansiz? Undan köra biron joyda işlang!
Ayol noliy ketdi:
– Voy, ukajon, qandoq qilay, biron hunarim bölmasa, öqimagan bölsam, qölimdan nimayam kelardi?
Döstimizning dramaturgligi tutib ketdi:
– Nega qölingizdan heç nima kelmas ekan? Masalan… piyesa yozib, teatrda qöydiring!..
Hajviy asar yozişning köp yaxşi fazilatlari bor. Masalan, asaringizning unça-munça kamçiligini yumor bilan “suvab” yuborişingiz mumkin – özingizdan boşqa heç kim sezmay qoladi. Uning yordamida adabiyotning boşqa turlarida ham bemalol qalam tebrataverasiz, heç kim “qarang, falonçi dramaturgiyani qöyib, şeʼr yozişga ötib ketibdi, tinçgina piyesasini yozib yuravermaydimi” deb taʼna qilolmaydi. Men heç qaçon şeʼr yozmaganman, yoziş qölimdan ham kelmaydi. Mabodo, şayton yöldan urib, yozib qöysam ham, birov bir nima deyolmaydi.
Farğona teatrining yetmiş yillik töyi munosabati bilan uç-tört qator bir nima qoralab, teatr jamoasini tabriklaganim esimda. Yozganimni birov tanqid ham qilgani yöq, heç kimning ensasi ham qotmadi, aksinça, olqişlar bilan kutib olişdi. Farğona teatri deganda, albatta, “Temir xotin”ni eslamay iloj yöq. Hamma mendan qandaydir möjiza kutardi. Sharofning şeʼr yozişidan ortiq qanday möjiza bölişi mumkin?
Birinçi bölib Qöçqor rolining ijroçisi Muhammadsoli Yusupovni tabrikladim:
Qöçqor dedik, qöçqor bu deb boğlab qöydi,
Ne-ne qizlar yuragini doğlab qöydi.
Köz tegmasin dedimi yo qizğandimi,
Kelin bola uning özin şoxlab qöydi.
Spektakl rejissyori Olimjon Salimov ham benasib qolmadi:
Yomon piyesa kelib qolsa qoçolmaysiz,
Yaxşisiga yetvolgudek çopolmaysiz.
Qöying öşa Said Ahmad-u, Şukrulloni,
Mendan yaxşi dramaturgni topolmaysiz.
Kamtarlik şunçalik böladi-da…
Bilasiz, asarda temir xotinni ixtiro qilgan Olimjon obrazi bor. “Temir xotin” spektakliga Davlat mukofoti berilganda şu rol ijroçisi Ğulomqodir Sobirov qandaydir sabablarga köra nomzodlar röyxatiga kirmay qolibdi…
“Alomat”ni xöb yaratdi – zör möjiza,
Taqdir ekan, Qöçqor uni ilib ketdi.
Buyam, mayli, azoblarga çidolmasdan,
Temir xotin gulxan bölib yonib ketdi.
Ammo, qarang, robot qurğur esli ekan,
Yuraklarga bir ökinçni solib ketdi:
Mukofotlar berilganda “Alomat”ni
Yaratgan zot bir çekkada qolib ketdi.
Teatrning yubileyi ötayotgan kezlarda spektakldagi robot rolining ijroçisi Oykaram Halimova ham, kinodagi robot rolining ijroçisi farğonalik singlimiz Dilorom Egamberdiyeva ham farzandli bölişgan edi. Xuddi kelişib olgandek. Şu munosabat bilan Şarofjon bir söz deb turibdi:
Ne balolar yoğilsa ham
Ayol beşik quçaverar.
“Tuğmoq zarar” deya baʼzi
Maddohlar lof uraverar.
Ayol alla aytsa, ular
Tomoğidan böğaverar.
Lek qasdma-qasd özbeklarning
Roboti ham tuğaverar!..
Köpinça muxbir ukalarimiz mendan “Adabiyotga qanday kirib kelgansiz?” deb sörab qolişadi. Men: “Adabiyotning orqa eşigidan kirganman, şuning uçun ham birov bilib, birov bilmay qolgan”, deb javob beraman. Bu gapga gohida özim ham işonib ketaman…
2010-yil
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


